INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
UDK 636.22/.28.082
TAJRIBA GURUHLARIDAGI SIGIRLARNING YELIN XUSUSIYATLARI VA SUT MAHSULDORLIGINING YELIN SHAKLLARIGA BOG'LIQLIGI
1Donayev Xusniddin Abdualimovich, 2Soatov Utkir Rajabovich
1q.x.f.f.d., Dotsent, Toshkent davlat agrar universiteti, 2q.x.f.d., professor, Toshkent davlat agrar
universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.13860003
Annotatsiya. Тадцщотларда цора-ола зотли сигирлар подасида уларнинг сут маусулдорлиги елин шаклларига боглицлиги аницланган. Сутбоп подаларда сигирларнинг елин шакллари буйича селекция ишларини олиб бориш юцори маусулдор подалар яратишда мууим ауамиятга эга эканлиги исботланган.
Kalit so'zlar: Sigir, sut, sutyog'i, sut oqsili, yog' chiqimi, 4% li sut, seleksiya, naslchilik, qora-ola, yelin shakllari, tossimon yelin, kosasimon yelin.
Annotatsiya. В исследованиях было установлено, что продуктивность черно-пестрых коров зависит от формы их вымени. Доказано, что селекционная работа по форме вымени у молочных стад имеет важное значение для создания высокопродуктивных стад.
Abstract. In the research, it was found that the milk productivity of black-and-white cows depends on the shape of their udders. It has been proven that selection work based on udder shape in dairy herds is of great importance for creating high-yielding herds.
Mamlakatimiz aholisini chorvachilik mahsulotlari ayniqsa sut va sut mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirishning eng muhim mezonlaridan biri bu seleksiya-naslchilik ishlarini to'g'ri tashkil qilish provardida sigirlarning mahsuldorligini oshirish katta ahamiyatga ega. Sigirlar sut mahsuldorligini takomillashtirish, buning uchun esa sigirlarni to'la qiymatli oziqlantirish, seleksiya-naslchilik ishlarini hamda ularni asrash sharoitlarini yaxshilash asosiy omillar bo'lib hisoblanadi. Sigirlarning sut mahsuldorligini oshirishda va yuqori mahsuldor podalar yaratishda ularning елин шаклларини такомиллаштириш мух,им ахдмиятга эга.
Hozirgi paytda sigirlarning zamonaviy sog'ish uskunalariga moslashganlik darajasi va yaroqliligi sigirlar yelinining morfofunksional tuzilishi bo'yacha tadqiqotlar olib borishni taqazo etadi. Qora-ola zotli qoramollar respublikamizga urchitib kelinayotgan qoramollar ichida sut ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi o'rinni egallab turgan yetakchi mahsuldor zot hisoblanadi. Yuqori sutbop podalar yaratishda qora-ola zotining yelin shakllari bo'yicha seleksiya ishlarini olib borish, sigirlarning sermahsul guruhlarini yaratish yuqori mahsuldor sutbop podalar shakllantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Biz shularni inobatga olgan holda Toshkent viloyatining Oqqurg'on tumanidagi "Abdulla" naslchilik fermer xo'jaligi podasida tadqiqotlar o'tkazdik. Tajriba uchun o'xshashlik belgilari talablari asosida kelib chiqishi, zoti, yoshi, tirik vazni, sut mahsuldorligi hisobga olingan xolda har birida 10 boshdan iborat III va undan yuqori laktatsiyalardagi qora-ola zotli sigirlar tanlab olindi
Sigirlar yelinining mutonasib rivojlanganligi, ayniqsa yuqori yelin indeksi va sut berish tezligi ularning mashinada sog'ishga yaroqliligini baholashda alohida amaliy ahamiyat kasb etadi. Sigirlarning yelin xususiyatlari bo'yicha seleksiya ishlarini olib borish hozirgi zamonaviy sut
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
ishlab chiqarish texnologiyasi sharoitida muhim hisoblanadi. Biz tajriba guruhlaridagi sigirlarni yelin shakli bo'yicha taqsimlanishini o'rgandik (1-jadval)
1-jadval
Tajriba guruhlarida sigirlarni yelin shakllari bo'yicha taqsimlanishi, %
Typyx^ap Bom cohh e^hh maK.ni
tocchmoh KOcacuMOH
I 10 60,0 40,0
II 10 80,0 20,0
III 10 40,0 60,0
TagKUKOT HaTH^a^apHHHHr KypcaramMna, I rypyxga 6 6om curup (60 %) tocchmoh, 4 6om (40 %) KOcacuMOH, II rypyxga Teram^Mna 7 6om (80%) Ba 3 6om (20%), III rypyxga 4 6om (40 %) Ba 6 6om (60 %) ym6y e^HH maK^napura эгa 6y^gH.
Tadqiqotlarda tajriba guruxlaridagi sigirlar yelinining texnologik ko'rsatkichlari ham o'rganildi (2-jadval)
2-jadval
Tajriba guruxlardagi sigirlarni yelinining texnologik ko'rsatkichlari, sm (X±Sx)
Yelin ko'rsatkichlari Guruhlar
I II III
Yelin aylanasi 135,1±1,28 138,8±1,73 132,3±1,42
Yelin uzunligi 45,9±0,86 48,5±0,96 44,1±1,01
Yelin eni 41,4±0,77 43,8±0,75 40,0±0,80
Yelinning oldingi qismining chuqurligi 30,6±0,88 34,4±0,93 30,0±0,91
Yelinning orqa qismining chuqurligi 34,1±0,91 38,3±0,99 33,2±0,89
Oldingi so'rg'ichlar uzunligi 8,25±0,62 8,44±0,78 8,07±0,48
Orqa so'rg'ichlar uzunligi 7,93±0,57 8,10±0,66 7,46±0,49
So'rg'ichlar diametri, mm 22,6±0,35 23,5±0,31 22,2±0,40
Yelin indeksi,% 43,0±0,26 43,9±0,23 42,6±0,27
Yelinning shartli hajmi,sm 3 4134,1 4774,7 3969,0
Sut berish tezligi, kg daqiqa 1,31±0,05 1,36±0,06 1,28±0,03
Jadval ma'lumotlarining tahlili shundan iboratki, II guruhdagi sigirlarning yelinining aylanasi I va III guruhlardagi tengqurlari ko'rsatkichlaridan tegishli tarzda 3,70 sm, yelin uzunligi 2,6 sm (R>0,95) va 6,5 sm (R>0,99), yelin eni 2,4 sm (R>0,95) va 4,4 sm (R>0,99), yelinning
oldingi qismining chuqurligi 3,8 sm (R>0,99) va 4,4 sm (R>0,999), uning orqa qismining chuqurligi 4,2 (R>0,99) va 4,4 sm (R>0,999), oldingi so'rg'ichlari uzunligi 0,19 va 0,37 sm, orqa so'rg'ichlar uzunligi 0,17 va 0,64 sm, yelin indeksi 0,9 va 1,3 %, yelinning shartli hajmi 640,6 va 805,7 sm3 , sut berish tezligi 3,82 va 6,25 % yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lganligini ko'rsatdi.
Bu ma'lumotlar sermahsul sigirlar yelini yuqori texnologik ko'rsatkichlarga ega bo'lganligini ko'rsatadi.
Umuman olganda, olingan natijalar barcha tajriba guruhlaridagi sigirlar yelini yaxshi darajadagi texnologik ko'rsatkichlarga ega va ular yelini zamonaviy sog'ish uskunalariga yaxshi moslashganligidan dalolat beradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
Sigirlarni mashinada sog'ishda yelinning funksional xususiyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib tadqiqotlarda tajriba guruhlaridagi sigirlar yelinining funksional xususiyatlari bo'yicha ham tadqiqotlar olib borildi. Sigirlar yelining "Yelin indeksi" va "Sut berish tezligi" aniqlandi. Olingan ma'lumotlar 3-jadvalda keltiriladi.
3-jadval
Tajriba guruhlaridagi sigirlarning yelinining funksional xususiyatlari
Guruhlar n Yelin indeksi, % Sut berish tezligi, kg
X±Sx Cv, % X±Sx Cv, %
Tossimon yelinli sigirlarda
I 6 43,9±0,39 2,01 1,45±0,032 4,93
II 7 44,7±0,23 1,26 1,55±0,025 3,99
III 4 44,7±0,48 1,86 1,49±0,024 2,85
Kosasimon ye inli sigirlarda
I 4 43,0±0,48 1,94 1,30±0,05 6,67
II 3 43,8±0,51 1,64 1,36±0,06 6,00
III 6 43,5±0,25 1,30 1,30±0,02 3,46
Jadval ma'lumotlarining ko'rsatishicha, nisbatan yuqori sut mahsuldorligiga ega II guruh sigirlarning yelinining funksional xususiyatlari yuqori darajada bo'ldi. Jumladan, bu guruh sigirlarida yelin indeksi I guruhlardagi tengqurlari ko'rsatkichidan yuqori bshlib, sut berish tezligi I va III guruhlardagi sigirlarnikidan tegishli tarzda 0,10 va 0,06 % yuqori bo'lganligi aniqlandi.
Kosasimon yelinli II guruh sigirlarida mazkur ko'rsatkichlar I va III guruhlar sigirlarnikidan 0,80 va 0,30 %, 4,61 va 4,61 % yuqori bo'lganligi aniqlandi.
Tadqiqotlarda III va undan yuqori laktatsiyalardagi sigirlarning sut mahsuldorligini yelin shakllariga bog'liqliqligini ham o'rgandik. Tahlil natijalari 4-jadvalda keltiriladi.
4-jadval
Tajriba guruhlaridagi tossimon yelinli III va undan yuqori laktatsiyalardagi sigirlarning sut mahsuldorligi
Ko'rsatkichlar Guruhlar
I II III
X±Sx Cv, % X±Sx Cv, % X±Sx Cv, %
Bosh soni 6 7 4
Sut miqdori, kg 5338,3±76,8 3,22 5685,7±154,9 6,67 5505,0±300,2 9,45
Sut tarkibidagi yog', % 3,83±0,007 0,42 3,81±0,002 1,20 3,81±0,0035 0,25
Sut yog' chiqimi, kg 204,3+2,73 2,99 216,6+6,67 7,53 209,7+11,18 9,24
4%- li sut miqdori, kg 5111,4+68,6 3,00 5415,6+166,8 7,53 5243,5+279,4 9,23
Sutdorlik koeffitsiyenti 1126,0+46,7 9,28 1135,4+3,14 5,48 1088,0+45,7 7,27
4-jadval ma'lumotlarining tahliliga ko'ra, sigirlarning sut mahsuldorlik darajasi uzviy ravishda yelin shakllariga bog'liq II guruhdagi sigirlarning laktatsiya davomidagi sut miqdori I va III guruhlardagi tengqurlari ko'rsatkichlaridan tegishli ravishda 347,4 kg (6,51 %) va 180,7 kg (3,28 %), sut yog i chiqimi 12,3 kg (6,02 %) va 6,9 kg (3,29 %), 4 %-li sut 304,2 kg (5,95 %) va
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
172,1 kg (3,28%), sutdorlik koeffitsiyenti 9,4 kg (0,83 %) va 47,4 kg (4,36 %) yuqori ko'rsatkichlar bilan tavsiflandi.
Shunga o'hshash natijalar kosasimon yelinli sigirlardan ham olindi (5-jadval). Bunday yelinli II guruh sigirlarning sut miqdori I va III guruhlardagi sigirlarnikidan tegishlicha 549,6 kg (12,4 %) va 345,0 kg (7,45 %), sut yog'i chiqimi 22,1 kg (R>0,99) va 14,0 kg (R>0,95), 4 %li sut 547,7 kg (R>0,99) va 346,5 kg (R>0,95), sutdorlik koeffitsiyenti 197,6 kg (R>0,99) va 97,4 kg (R>0,95) kg yuqori bo'ldi. I,II va III guruhlardagi tossimon yelinli sigirlarning sut miqdori ushbu guruhlarga mansub kosasimon yelinli sigirlarnikidan tegishli ravishda 909,6 kg (R>0,999), 707,4 kg (R>0,999) va 871,7 kg (R>0,999).
5-jadval
Tajriba guruhlaridagi kosasimon yelin shakliga ega III va undan laktatsiyalardagi sigirlarning sut mahsuldorligi
Ko'rsatkichlar Гурухлар
I II III
X±Sx Cv, % X±Sx Cv, % X±Sx Cv, %
Bosh soni 4 3 6
Sut miqdori, kg 4428,7±146,1 5,71 4978,3±127,8 3,63 4633,3±53,2 2,27
Sut tarkibidagi yog', % 3,93±0,025 1,11 3,94±0,038 1,40 3,93±0,026 1,50
Sut yog' chiqimi, kg 174,0±5,35 5,29 196,1±4,39 3,16 182,1±2,41 2,95
4 % li sut miqdori, kg 4351,2±123,5 5,27 4898,7±111,2 3,21 4552,2±60,6 2,98
Sutdorlik koeffitsiyenti 895,0±60,8 11,77 1092,8±19,0 2,46 995,4±38,3 8,72
4 % li sut 760,2 kg (R>0,999) 516,9 kg (R>0,999) va (R>0,999) yuqori bo'lganligi aniqlandi.
Sigirlarning sut mahsuldorlik darajasi uzviy ravishda yelin shakllariga bog'liqligini 8 va 9 rasmlar ma'lumotlaridan ham ko'rish mumkin. Ulardan ko'rinishicha, tossimon va kosasimon yelinli II guruh sigirlarining sut miqdori dinamikasi I va III guruhlardagi tengqurlari ko'rsatkichlaridan yaqqol ustunlikka ega bo'lganligi ko'zga tashlanadi.
Biz olib borgan tadqiqotlar natijalariga o'xshash ma'lumotlar U.SH.Ballasov, A.Petrovalarning tadqiqotlarida ham olingan. Mualliflar tossimon yelin shakliga ega sigirlar salmog'ini oshirib borish yuqori mahsuldor sutbop podalarda muhim omil degan hulosaga kelgan.
Shunday qilib, tadqiqotlarimiz qora-ola zotli sigirlar podasida ularning sut mahsuldorligi yelin shakllariga bog'liqligini ko'rsatdi. Qora-ola zotli qoramollar podasida sigirlar yelinining morfofunksional hususiyatlari bilan sut miqdori o'rtasida uzviy o'zaro bog'lanuvchanlik mavjud ekanligi asoslandi. Olingan natijalar sutbop podalarda sigirlarning yelin shakllari bo'yicha seleksiya ishlarini olib borish yuqori mahsuldor podalar yaratishda muhim omillardan biri ekanligini ko'rsatdi.
REFERENCES
1. Ashirov M. Soatov U. Produktivnost korov shviskoy porodbi v zavisimosti ot tipov teloslojeniya "Molochnoe i myasnoe skotovodstvo". Jurnal. Moskva. 2015 g. №6. S. 21— 23.
2. Ashirov M.E., Soatov U.R. Productive potential of schwyz breed cows of different industrial type and genotype. ACADEMICIA: International Multidisciplinary Research Journal. India-2020. Volume:10 Issue:6 iyl ' 2020, 137-142 p.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS"
_SEPTEMBER 26-27, 2024_
3. Andrianov YE.A., Andrianov A.A., Andrianov A.M. Massaj vimeni pervotelok v period razdoya. J. "Zootexniya",№ 7, 2007, s. 21-23.
4. Arnautovskiy I.D., Bajenova YE.V. Effektivnost ispolzovaniya plemennix kachestv viso-koproduktivnix korov i ix potomstva v seleksionnoy rabote. J."Zootexniya", 2007, №7, s.6-8.
5. Ballasov U.SH. Golshtinlashtirilgan sigirlar onalarining sut mahsuldorligiga bog'liq ravishda xujalik foydali belgilarining o'zgarishi.T. ,1999, 77-78 betlar
6. Islomov F., Soatov U.R. Sigirlarning tana tuzilishi tiplariga bog'liq ravishda sut mahsuldorligi oshirish. International scientific and practical conference "Application and development of smart technologies in agriculture" may 30, 2024. 145-148 b.
7. Petrova A.M. Effektivnost razvedeniya krasnoy, cherno-pestroy i ayrshirskoy porod v usloviyax Stavropolskogo kraya. J. "Zootexniya", 2011, №2, s. 8-10.
8. Pogrebnyak V. Vliyaniye jivoy massi na molochnuyu produktivnost korov. J"Molochnoye i myasnoye skotovodstvo", №2, 1999, s.33-36.
9. Soatov U., Ashirov M., Eranova G. Ulmasov B, Kasimova M. Productivity characteristics of Montbeliard breed cows in the conditions of Uzbekistan. E3S Web of Conferences 258, 04038 (2021) UESF-2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202125804038
10. Soatov U., Shakirov K., Shayusupov B. Morphofunction characteristics of udder of Swiss breed cows. E3S Web of Conferences 563, 03024(2024) ICESTE 2024 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202456303024.
11. Strekozov N.I., Levina G.N. Individualniy podbor s uchetom tipa jivotnix i seleksii bikov. J. Zootexniya. Moskva, 2001.-№1. -S. 10-12.