Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
TADQIQOTLARDA "XORAZMSHOH", "XORAZM MALIKI" VA "XORAZM XUSRAVI" ATAMALARINING QO'LLANILISHI
M. Q. Rajapov
O'ZR FA Tarix instituti. O'zbekiston.
"Xorazmshoh" atamasi IV asrdan to XIII asr boshlarigacha Markaziy Osiyodagi Xorazm mintaqasi hukmdorlari tomonidan muntazam ravishda qo'llaniladigan unvon bo'lib, mo'g'ullar tomonidan Xorazm egallanganidan keyin mazkur unvon ishlatilishi deyarli to'xtagan. Xorazmshohlar sifatida 4 ta sulola: Afrig'iylar, Ma'muniylar, Oltuntoshlar va Anushteginiylar hukmronlik qilgani tarixiy tadqiqotlardan ma'lum. Bu unvon Markaziy Osiyodagi boshqa bir unvonlar kabi eron tilidan o'zlashgan. Tarixiy nuqtai-nazardan, "Xorazmshoh" atamasi Xorazmning siyosiy mustaqilligini va uning atrofdagi hududlardagi nufuzini aks ettiradi.
Yozma va numizmatik manbalarda "Xorazmshoh" unvonidan tashqari "Xorazm Maliki", "Xorazm Xusravi" atamalari keltirilgan bo'lib, bu unvonlar Xorazmshoh unvoni kabi oliy hokimiyat ramzini anglatishi yoki aksinchaligi bo'yicha maxsus tadqiqot amalga oshirilmagan.
Xorojiy tadqiqotlarda Afrig'iylar sulolasi hukmdorlarini "Xorazmshoh" sifatida emas balki, "Xorazm Xusravi" yoki "Xorazm Maliki" sifatida qarash keng yoyilgan. Etimalogik jihatdan "shoh" va "xusrav" atamasi fors tilidan o'zlashgan bo'lsa, "malik" atamasi arab tilidan kirib kelgan. Barcha unvonlar bir xil ma'noni anglatib "hukmdor" degan ma'nosini anglatadi.
Tadqiqotchilardan V.Zelda va K.Koteslar Xorazm arxeologiya ekspeditisyalari xulosalariga tayangan holda Xorazm milodiy asr boshlarida zaiflashgan Kushon imperiyasi bilan siyosiy aloqalarni uzganligini va mahalliy Afrig'iylar sulolasi Xorazmni boshqarishni boshlaganini ta'kidlashgan. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, mualliflar Afrig'iylar sulolasini "Xorazm xusravlari" nomi bilan atab, ularning kelib chiqishini Eron Siyovushlaridan ekanligiga ishora qilishgan[8.31-b]. S.Brenjes va S. Gulshani ishlarida islomgacha bo'lgan Xorazmga oid yozma manbalarning yo'qligi tarixiy tafsilotlarni qayta tiklashni yanada murakkablashtirishi, shuningek, Beruniyning ma'lumotlari bilan arxeologik topilmalar o'rtasida tafovutlar borligi sulolaga oid tarixiy voqealar tafsilotini yoritish qiyin ekanligini muammo sifatida keltirib o'tishgan. Yuqoridagi mualliflar izlanishlarida Afrig'iylar "Xorazm Xusravlari" yoki "Siyovushiylar" nomi bilan mashhur bo'lganligi va qadimgi Eron mahalliy sulolaning bir tarmog'i ekanligiga urg'u bergan[5.28-38-b; 6.29- b].
May 15, 2024
569
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
Arablaming Xorazmga bosqini davrida Xorazm hukmdorining ismlari turlicha ko'rsatilib, Belazuriy va ibn A'sam al-Kufiy asarlarida hukmdor nomi tilga olinmay "Xorazm Malik" deb ko'rsatilsa, Tabariyda Chag'on, Beruniyda Askajavar ismi xorazmshoh sifatida tilga olinadi. Bundan tashqari manbalarda markaziy hokimiyatga bo'ysunmagan 3 ta katta mahalliy mulk egalari -Hazorasp, Hamjird va Kerdar hukmdorlarini fors manbalarida "Xorazm Xusravi", arab manbalarida esa "Xorazm Maliki" degan unvon ishlatilganligi "Xorazmshoh" unvoni kabi oliy hokimiyat ramzini anglatishi yoki aksinchaligi masalasini keltirib chiqaradi. Bu atamalar ishlatilishi bevosita Chag'on va Xurzod munosabtlari masalasida aks etib, "Hamjird Maliki" va Hurzod o'rtasida bog'liqlik mavjudligi yoki aksinchaligi tadqiqotlarda tahlil qilinishga harakat qilingan. Xususan, E.Zaxau "Hamjird Maliki" atamasini Hurzod ma'nosida tushingan[7.27-28-b]. A.Kurat manbalarni qiyosiy tahlil qilish asosida "Hamjird Maliki" atamasini Xorazmshohga qarshi chiqqan mulkdorlardan biri ekanligi va Hurzod va "Hamjird Maliki" bir shaxsga nisbatan ishlatilgan degan fikrni ilgari surgan[2.398-399-b]. S.P.Tolstov tadqiqotlarida Hurzod ismi eronchadan tarjima qilinganidek "Quyosh farzandi" emas, balki xorazmcha "bagpur" unvonining tarjimasi ekanligi, bu unvon xudolarning timsolini aks ettirib, xalqdan alohida ajralib turishga harakat qilgan zodagonlar xorazmshohning "muqaddas zoti"ga o'zlarining "muqaddas podsholari" ni qarama-qarshi qo'ygan deb, fikr bildirgan [9.225-b]. E.E.Nerazik VII-VIII asrlarda Xorazm hududida ikkita mustaqil mahalliy hukdmorlar mavjudligi numizmatik dalillar mavjudligi, ularning biri Kerdar - Amudaryoning quyi oqimida bo'lsa, ikkinchisi Amudaryoning shimolida Hamjird Maliki xorazmshohlardan mustaqil ravishda o'z hududlarini boshqarishganligini ta'sdiqlagan[3.205-b]. I.Hazandoza fikricha, "Hamjird Maliki" atamasi Hurzod sifatida tushinib bo'lmasligi, ularning alohida shaxs ekanligi, Hurzod xorazmshohning ukasi hisoblansa, Hamjird Maliki xorazmshoh oilasiga mansub muholiflaridan biri bo'lganligini qayd etgan[1.4-b]. A.O'zbayraktar Tabariy hikoyasiga tayanib "Hamjird Maliki" Hurzodga nisbatan ishlatigan unvon degan yonashuvni qo'llab-quvvatlagan[4.1069-b]. Aytish mumkink, Tabariy hikoyasidagi "Hamjird Maliki" va Hurzod voqealari manbada birin-ketin kelishi va numizmatik materiallarida ham o'z isbotini topgan Hamjird maliklarining tangalari masalaga oydinlik kiritib, arablar bosiqni arafasida "Hamjird Maliki" unvoni aynan Hurzodga ishlatilgan degan xulosaga kelish mumkin.
Yuqoridagi tadqiqotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, "Xorazmshoh", "Xorazm Maliki" va "Xorazm Xusravi" unvonlari bir xil ma'noni anglatib, "Xorazm Xusravi" Afrig'iylar sulolasi davrida keng qo'llanilgan bo'lsa, "Xorazmshoh" va Xorazm
May 15, 2024
570
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
Maliki unvonlari Afrig'iylar sulolasidan boshlab Anushteginiylar sulolasi davrigacha qo'llanilgan. Biroq, ma'lum hududlar hokimlari tomonidan "xusrav" va "malik" unvonlarning qo'llanishi va mazkur unvonlarning mis tangalarda aks etishi masalaga oydinlik kiritib, "Xorazmshoh"- oliy unvon ekanligi, "Xorazm Xusravi" va "Xorazm Maliki" mintaqada mustaqil mahalliy hukmdorlar tomonidan ishlatilgan unvon ekanligini xulosa qilsa bo'ladi.
REFERENCES
1. Hassanzadeh I. Tahleel-e Enteghadi-ye Ravayatha-ye Fath-e Khwarezm // Motale'at-e Tarikh-e Eslam. - 2011. - №3(8). - S 4.
2. Kurat N.A. Kuteybe Bin Müslim'in Hvârizm ve Semerkand'i Zabti (Hicrî 93-94-Milâdî 712) // Ankara Üniversitesi Dil ve Tarih-Cografya Fakültesi Dergisi. -1948. -№ 6 (5). - S 398-399.
3. Nerazik E. HIstory and culture of Khwarizm.History of Civilizations of Central Asia The crossroads of civilizations A.D. 250 to 750 / Editor B. A. Litvinsky. Multiple History Series UNESCO Publishing. - 1996. - P 205.
4. Özbayraktar A. Hârezm'in Müslümanlar tarafindan fethi (32-93 /652-712) // DTCF Dergisi. - 2023. - № 63(2). - S.1069.
5. S.Brentjes. Abu Nasr Mansur b. 'Ali b. 'Iraq (lived circa 950-1036) and Abu l-Rayhan al Biruni (lived from 973-after 1050) as students, teachers, and companions // Models & Optimisation and Mathematical Analysis Journal. -2015. -№ 03 (1). -P.28-30.
6. S.Golshani. Chorasmia Medical School from the beginning until the Mongol invasion // Journal of Medical Ethics and History of Medicine. -2015. - № 8 (11) . - P 3-6.
7. Sachau Ed. Zur geschichte und chronologie von khwarizm. Bei Karl Gerolds Sohn,Wien. 1873.S-27-28.
8. W.P & Zelda K. Coates. Soviets in Central Asia.London.1951.P.31
9. Tolstov S. P. Qadimiy Xorazm sivilizatsiyasini izlab. Toshkent: Fan. 1964. B.225
571
May 15, 2024