Научная статья на тему 'TARIXIY ADABIYOTLARDA EFTALITLAR DAVRI VA TURK XOQONLIGI TARIXINING YORITILISHI'

TARIXIY ADABIYOTLARDA EFTALITLAR DAVRI VA TURK XOQONLIGI TARIXINING YORITILISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
254
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘rta Osiyo / eftallar / Turk xoqonligi / Tabariy / arxivlar / Beruniy / A.Mets. / Central Asia / Hephthalites / Turkish Khanate / Tabari / Archives / Beruni / A.Mets.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Diloromxon Mirzayeva

Ushbu maqolada yurtimiz hududiga ilk o‘rta asrlarda kirib kelgan eftallar va Turk xoqonligining tarixiy adabiyotllarda qanday aks etgani va bu davrga oid bo‘lgan manbalarning o‘rganilishi aks etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTRODUCTION OF THE HISTORY OF THE EPHTHALITIES AND THE HISTORY OF THE TURKISH KHANATE IN HISTORICAL LITERATURE

This article examines the Hephthalites who entered the country in the early Middle Ages, how the Turkish Khanate is reflected in the historical literature and the study of sources related to this period.

Текст научной работы на тему «TARIXIY ADABIYOTLARDA EFTALITLAR DAVRI VA TURK XOQONLIGI TARIXINING YORITILISHI»

TARIXIY ADABIYOTLARDA EFTALITLAR DAVRI VA TURK XOQONLIGI

TARIXINING YORITILISHI

Ushbu maqolada yurtimiz hududiga ilk o'rta asrlarda kirib kelgan eftallar va Turk xoqonligining tarixiy adabiyotllarda qanday aks etgani va bu davrga oid bo'lgan manbalarning o'rganilishi aks etgan.

Kalit so'zlar: O'rta Osiyo, eftallar, Turk xoqonligi, Tabariy, arxivlar, Beruniy, A.Mets.

INTRODUCTION OF THE HISTORY OF THE EPHTHALITIES AND THE HISTORY OF THE TURKISH KHANATE IN HISTORICAL LITERATURE

This article examines the Hephthalites who entered the country in the early Middle Ages, how the Turkish Khanate is reflected in the historical literature and the study of sources related to this period.

Keywords: Central Asia, Hephthalites, Turkish Khanate, Tabari, Archives, Beruni, A.Mets.

O'rta Osiyoning ilk o'rta asrlardagi tarixini o'rganish, manbalarni tahlil qilish katta ahamiyatga egadir, chunki bu orqali yurtimizning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti bu davrda qay tarzda bo'lganligini, tariximizga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish mumkin, ayniqsa, eftallar va Turk xoqonligi tarixiga oid o'rganilmagan manbalar juda ko'pdir, so'g'd tilida topilgan yozuvlar, arxiv hujjatlari ham chuqur o'rganishni talab qiladi. Biz yurtimizning ko'hna tarixini o'rganar ekanmiz o'z oldimizga ushbu tarixni topilgan asosli manbalar, ushbu davr tarixchilarining asarlari orqali chuqur o'rganishni maqsad qildik.

ASOSIY QISM

V asr o'rtalarida Eftalitlar davlati shakllanishi oxiriga yetdi. Eftalitlar davri bo'yicha asosiy manbalar rimlik tarixchi Ammian Marselin (IV asr), vizantiyalik tarixchi Prisk Paniyskiy, Prokopiy Kesariyskiy va Feofan Vizantiyskiy asarlaridir,

Diloromxon Mirzayeva

Farg'ona davlat universiteti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

suriyalik yozuvchi Zenon Glakning yunon tilida yozilgan "Eftalit podshohlari tarixi" asari ham asosiy manba hisoblanadi.

Eftalitlar tarixi bilan shug'ullanuvchilar ko'pchilikni tashkil etsada, ularning etnik tarkibi, tabiati haqida nuqtai nazar mavjud emas. Eftalitlar turli tillarda turlicha nomlanadi: xitoy manbalarida ye-da yoki i-da; armanlarda xeptal, idal, tetal; arablarda xaytal, yaftal; yunonlarda adel, eftalit; suriya manbalarida abdel, eftalit; o'rta fors tilidagi manbalarda yeftal, xeftal; fors-tojik tilidagi manbalarda xetal, xaytal.

Xitoy manbalarda eftalitlarning kelib chiqishi haqida juda ko'p taxminlar bor, lekin ular bir-biriga qarama-qarshidir.

Xitoy manbalaridagi ma'lumotlarni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:

1) eftalitlar - yuechjilarni bir ko'rinishi;

2) eftalitlar - gaogyuy turk qabilalarini bitta bo'lagi;

3) eftalitlar - geshi (turfon) qabilalaridan kelib chiqqan;

4) ular kang vorislaridir.

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, eftalitlarning kelib chiqishi va so'zning ma'nosi to'g'risida tarixchilar o'rtasida yagona fikr yo'q.

VI asr o'rtalariga kelib Markaziy Osiyoda yirik ko'chmanchilar davlati - Turk xoqonligi tarkib topdi. Bu davrga oid ma'lumotlar yetarli, biroq ular bir-biriga qarama-qarshi va aniq ma'lumotlar bermaydi.

Ushbu davrga oid voqealar Tabariyning "Tarix ar-rasul va-l mulk" asarida va Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asrida ham bayon etilgan.

Turk xoqonligi bilan ba'zi masalalar I.Bichurin, V.V.Bartold, A.Yu.Yakubovskiy, A.Bernshtam va boshqa olimlar asarida bayon etilgan. Ularda turk atamasi etnik mazmunini anglatmay, bir necha qabila va xalq birlashuvini bildiruvchi siyosiy atama sanalgan. S.P.Tolstoy "Turk" so'zi "yosh uylanmagan jangchi" ma'nosini anglatadi deydi. So'ng bu so'z qabila an'analari va nihoyat siyosiy jihatdan birlashgan xalqlarning umumiy nomiga aylangan.

Bundan tashqari arab tarixchisi at-Tabariyning "Tavorixi Tabariy", Narshaxiyning "Buxoro tarixi" va Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" kabi asarlarini sharxlash orqali bu asarlarni Vatanimiz tarixini ilk o'rta asrlar davriga oid muhim manba ekanligi ko'rsatadi.

Moddiy madaniyat qurollarining paydo bo'lishi insonlar hayotiga qanchalik katta ta'sir ko'rsatgan bo'lsa, qo'lyozma va bosma kitoblarning paydo bo'lishi ham insoniyat madaniyati taraqqiyotiga shunchalar katta ta'sir ko'rsatdi. O'rta Osiyo xalqlarining Arab xalifaligi tarkibiga kirishi arafasidagi va undan keyingi ahvoli haqida gap borganda so'zsiz arabcha, forscha va qadimgi turk-runiy yozuvlariga murojat qilamiz. Tarixda uch joydan O'rta Osiyo tarixiga oid hujjatlar arxivi topilgan. Xozirgi Turkmanistoning

Niso shahrida - Parfiya davlati (mil.av I asr) hujjatlari,Tuproqqal'a (III asr) - Xorazm davlati hujjatlari, Mug' tog'i (Samarqand) - So'g'diyona hujjatlari (VII asr) topilgan.

1948-1953-yillarda Turkmaniston hududida joylashgan Eski Niso shahar xarobasida prof. M.Ye.Masson rahbarligida olib borilgan qazishmalar jarayonida topilgan 2700 donaga yaqin hujjatlar podsholarining xo'jalik arxiviga taalluqli edi. Topilgan hujjatlar o'z vaqtida M.M.Dyakonov, I.M.Dyakonov, V.A.Livshits va boshqa olimlar tomonidan o'rganildi. Ular turli nashrlarda Niso arxivi hujjatlarini qisman e'ion qildilar. Keyinchalik bu murakkab matnlar bir necha jildda Londonda nashr etildi. Niso arxivi hujjatlari sopol parchalariga siyoh bilan yozilgan. Hujjatlar parfiyon tilida, oromiy yozuvida bitilgan. Ularning eng qadimgisi mil.avv. 100-yilga, oxirgisi esa milodiy 13-yilga mansubdir. Hujjatlar mazmun jihatidan bir-biriga o'xshash bo'lib, ularda Parfiya podsholariga tegishli yerlardan, aniqrog'i uzumzorlardan olingan natural soliqlar haqida ma'lumot beriladi. Hujjatlarda omborxonaga qaysi yer maydonidan qancha may (vino), sirka, kishmish va uzum kirim qilinganligi, ularni kimlar topshirganligi va kimlar qabul qilib olganligi qayd etiladi. Ular Parfiya davlatining ma'muriy-boshqaruv tizimi haqida ma'lum tasavvurlar hosil qilish imkoniyatini beradi. Birlamchi ma'muriy birlik qishloq, aniqrog'i "istehkomli qishloq" ("diz") bo'lgan, uni qishloq oqsoqoli yoki qal'a boshlig'i - "dizpat"' boshqargan. Dizpat tuman hokimi -"satrap"ga yoki viloyat, shahar hokimi -"masalan"ga bo'ysunga[1, 22-24]. Niso arxivi hujjatlari Parfiyada Arshakiylar sulolasi vakillarining hukmronlik qilgan yillariga aniqlik kiritishga yordam beradi. Jumladan, tarixchilar orasida sulola asoschisi Arshak afsonaviy shaxs bo'lgan, degan nuqtai nazar mavjud edi. Bundan tashqari, podsho Gotarz I ning shajarasi aniq emas edi. Niso arxivi hujjatlaridan birida Gotarz I mil.avv. 91-yilda taxtga o'tirganligi, u hukmdor Friapatiy II ning nabirasi ekanligi qayd etiladi. Friapatiy II esa sulola asoschisi Arshakning jiyani - Artaban I ning o'g'li bo'lgan. Shu tariqa, ushbu hujjat Gotarz I ning shajarasiga aniqlik kiritadi hamda sulola asoschisi Arshak afsonaviy shaxs emas, balki tarixiy shaxs ekanligini tasdiqlaydi.

O'rta Osiyo hududida qadim zamonlarda arxivlarning mavjud bo'lganligi 1948-1950-yillarda Xorazmdagi Tuproqqal'a shahar xarobasida prof. S.P.Tolstov boshchiligida olib borilgan arxeologik qazishmalar paytida ham isbotlandi. Bu yerda milodiy III-IV asrlarga oid xorazm tilida yozilgan 140 ga yaqin hujjat topildi. Hujjatlar Xorazm podsholari arxiviga tegishli ekanligi aniqlandi. Hujjatlarning 18 tasi randalangan yog'och taxtachlarga, qolganlari charmga (pergamentga) yozilgan. Hujjatlar qora siyoh bilan xorazm tilida, oromiy yozuvida bitilgan. Hozirgi kunga qadar olimlar 26 ta hujjatni o'qishga muyassar bo'ldilar. Tuproqqal'adan topilgan hujjatlarni ikkita asosiy guruhga bo'lish mumkin: Birinchi guruhga soliq hujjatlari kiradi, ular taxtachalarga bitilgan. Ikkinchi guruhga charmga bitilgan xo'jalik hujjatlari kiradi. Charmga bitilgan hujjatlarning birortasi ham bizgacha to'liq holda yetib kelmagan. Shu

boisdan matndagi ayrim so'zlardan ular xo'jalik hujjatlari ekanligini bilish mumkin. Hujjatlarda "un", "vino", "qo'zichoq", "ho'kiz" kabi so'zlarning mavjudligi, shuningdek, bu mahsulotlarni omborga topshirgan odamlar ismlari qayd etilganligi ushbu fikmi tasdiqlaydi[2, 74]. Xorazm podsholari arxividan topilgan cho'pxatlarda faqatgina alohida so'zlar saqlanib qolganligi bois ularning mazmuni haqida batafsil fikr yuritish amri maholdir.

Arxeologik topilmalar va bizgacha yetib kelgan yozma manbalar Markaziy Osiyo hududida o'rta asrlarda ham arxivlar mavjud bo'lganligidan dalolat beradi Ilk o'rta asrlarda O'rta Osiyodagi alohida mulklarda, jumladan, So'g'd hukmdorlari saroyida arxiv mavjud bo'lgan. Buni 1932-1933-yillarda Tojikistonning Panjikent tumani Mug' tog'idagi qal'a xarobasidan topilgan hujjatlar isbotlaydi. Bu yerda Panj viloyatining hokimi Divashtich mahkamasiga oid hujjatlar topildi. Ular VII asr - VIII asrning boshlariga taalluqlidir. 80 ta hujjatdan iborat bu hujjatlar majmui 722-yilda arablar mazkur qal'ani shturm bilan olganda vayronalar ostida qolib ketgan edi. Mug' tog'idan topilgan so'g'd hujjatlari 3 ta guruhga bo'linadi: 1) yuridik hujjatlar, 2) xo'jalik hujjatlari va 3) maktublar. Yuridik hujjatlar qatoriga 3 ta hujjat kiradi. Ulardan biri - bu Dug'dg'uncha (laqabi - Chata) ismli so'g'd qizining Uttagin (laqabi - Nidon) ismli turk yigitiga turmushga uzatilishi to'g'risidagi nikoh shartnomasidir. Nikoh shartnomasi 710-yilning 25-martida tuzilgan. Kelinning tutingan otasi Cher Vaxzanakning o'g'li o'sha vaqtda Yettisuv hududidagi Navekat shahrining hokimi edi. Ikkinchi shartnomada yer tilkasini sotish xususida so'z yuritiladi. Uchinchi shartnomaning mazmuni ham diqqatni jalb etadi: unda Panj hokimi Divashtich o'ziga qarashli 3 ta suv tegirmonni Maxyon Dapatshir o'g'liga bir yil muddatga ijaraga berganligi o'z aksini topgan. Xo'jalik hujjatlari, asosan, ro'yxatlardan iborat bo'lib, ularda xazinaga kirim qilingan yoki xazinadan turli kishilarga berilgan mahsulotlar va pul mablag'lari haqida ma'lumot beriladi. So'g'd arxividagi xatlar mansabdorlarning Divashtichga yozgan ma'lumotlaridan, qishloq va tuman hokimlarining framandarga (xazinabonga) yuborgan nomalaridan iborat. Ular orasida diplomatik topshiriq bilan Choch hokimi (tudun) xuzuriga yuborilgan elchi Fatufarnning Divashtichga jo'natgan nomasi ham bor[3, 5]. Mazkur maktubning mazmunidan kelib chiqib, O'rta Osiyo viloyat xukmdorlari, jumladan Divashtich, arablar tajovuziga qarshi G'arbiy Turk xoqonligi ishtirokida keng koalitsiya tuzishga intilganligini anglash mumkin bo'ladi. Xullas, Mug' tog'idan topilgan so'g'd arxivi xujjatlari VIII asrning boshlarida So'g'ddagi siyosiy ahvol va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar to'g'risida g'oyat qimmatli ma'lumotlar beradi.

O'rta Osiyo tarixidan daliliy ashyolarga boy ma'lumotlarni o'rta asrlarda yashagan muarrix Tabariy asarlaridan, shu asarning Bal'amiy tuzgan forscha-tojikcha nusxasidan, jahonshumul qomusiy olim Beruniy asarlaridan topishimiz mumkin. VII asr boshida yirik arab davlati tashkil topdi va bu davlat bosqinchilik yurishlari natijasida

juda katta hududni, jumladan, Movarounnahr va Xorazmni bosib oldi. Arablar bosqini va hukmronligiga oid adabiyotlarni katta qismini arab tarixshunosligi tashkil etadi.

Arab tarixshunosligi to'g'ridan-to'g'ri folklor (xalk ijodi) va adabiy an'analar bilan shuningdek, ilohiyot - Islom dini an'analari bilan uzviy bog'liqdir.

Tabariy, Narshaxiy, Beruniy asarlarini tarixshunoslik yuzasidan taxlil qilishga o'tishdan avval islom diniga oid bir masala ustida to'xtashimiz lozim. I.Xoliqov, Shamsuddinov Boboxon va Abdusodiq Irisovlar ta'kidlashcha, imom Ismoil Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Abu Dovud Sijistoniy, Ahmad an-Nasaviy, ibn Madj al-Qazviniy va boshqa muhaddislar to'plagan hadislar bir yarim millionga yetadi. Bulardan Imom Ismoil al Buxoriyning "Al-jome' as-sahih" to'plami mo'tabarligi jihatidan islom olamida Qur'ondan keyingi, ya'ni ikkinchi o'rinda turadi. Gap shundaki, al-Buxoriy jahonga tanilgan buyuk muhaddis bo'libgina qolmay, o'z zamonasining atoqli tarixchisi ham edi. Uning "Jome'-at tavorix" asari kichik tarix, o'rtacha va katta tarix deb nomlanuvchi uch qismdan iborat. Ismoil Buxoriyning 1974-yilda topilgan "Kichik tarix" va "O'rtacha tarix" kitoblari A.Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Universitetining Sharq qo'lyozmalari fondida saqlanmoqda. Ammo bu asar ham tadqiqotchilarga unchalik ma'lum emas. O'rta Osiyoning X-XI asrlardagi tarixining tarixshunosligi V.V.Bartold, V.I.Belyayev, Ye.A.Belyayev, A.A.Romaskevich, I.Yu.Krachkovskiy, B.Gofurov va ayniqsa, K.Brokkelman, S.A.Stou asarlarida keng yoritilgan.

Tabariyning mashhur asari "Tarixi ar-rasul-va-l-muluk" ("Payg'ambarlar va mamlakatlar tarixi") yoki "Tavorixi Tabariy" deb ataladi. 963-yilda bu asarni Bal'amiy qayta ishlab fors tiliga tarjima qildi. "Tavorixi Tabariy"ning tarjimasi ko'p nusxalarda ko'chirilganligi uning shuhrat topganligini ko'rsatadi. At-Tabariy o'z asarini yozishda o'zidan avval o'tgan Abdul-Xasan Ali ibn Muxammad al-Madoiniy (V.V.Bartoldning yozishicha, xijriy 215-225, milodiy 830-840-yillarda vafot etgan) asaridan keng foydalangan. O'z navbatida avvalgi tarixchilarning asarlariga suyangan.

Ammo al-Madoiniy uz xikoyatlarini boshqa arab tarixchilaridan farq qilib, tarixiy asarlardan ko'ra epik xalq ijodi - dostonlarga o'xshatib yozgan. O'rta asr arab prozasi uchun bunday hol tabiiy edi. At-Tabariy arab tarixchilaridan birinchi bo'lib, tarixiy voqealarni aniq tarixiy dalillar asosida yoza boshlagan. Masalan, u sosoniylar (Eron) taxtiga Varaxran V ya'ni Baxrom Gur chiqishi bilan (420-437) Xurosonga "turklar xoqoni" bosib kelib, mamlakatni "talay boshlagan"ligini aytgan. Tabariy yezishicha, Baxrom Gur o'zini Ozarbayjonga ketgan qilib ko'rsatib, maxfiy ravishda turk qo'shinlari to'plangan Marv hududlariga yaqinlashgan. Orada jang bo'lib, natijada turklar xoqoni o'ldirilgan. Turklar (turonliklar) sulh so'rab, o'zlari bilan Eron o'rtasidagi chegaralarni aniqlashni taklif etishgan. Tabariyning yozishicha, chegaralar -sarxadlar aniqlangan. Shunisi e'tiborga loyiqki, Baxrom Gur o'sha vaqtda Xuroson

noibiga Balxni poytaxt qilib tayinlagan. Xuroson noibi ayni vaqtda "Marzboni-kushon", ya'ni "Kushonlar chegarasini qo'riqlovchi" degan unvon olgan.

Arab tarixshunosligi kelib chiqishi va g'oyaviy-nazariy asoslariga ko'ra, eng avvalo, folklor - adabiy an'analar va ilohiyot ya'ni islom dini bilan bog'liq. Tarixga bag'ishlangan risolalar islom jamoasining siyosiy va intellektual jihatdan faol qismi ifodalanadigan faoliyat tarixi mavzusi bilan bog'liq. Bunga islomgacha bo'lgan Arabiston rivoyatlari, qadimgi payg'ambarlar, O'rta Osiyo, fors va boshka Sharq podsho va hokimlarining afsonaviy tarixi ham qo'shildi. Umuman o'rta asr arab musulmon jamiyati uchun tarixan o'z-o'zini anglashning tugallangan shakllari, oy taqvimi bo'yicha yilni aniq hisoblash, tarixshunoslik an'analarining avloddan-avlodga o'tishi xos edi.

IX asrning ikkinchi yarmida arab tarixshunosligida yagona yoki takrorlanuvchi o'ziga xos asarlar vujudga keldi. Sayohatnoma, ma'muriy-jug'rofiy ma'lumotnoma va jug'rofiy asarlarda juda boy tarixiy-toponimik ma'lumotlar mavjud. X-XI asrlarda yaratilgan asarlar "mashhur arab jug'rofiyunlari kutubxonasi"ni tashkil etgan.

Ibn Xurdadbexning (846-847-yy) umumjahon miqyosidagi jug'rofiy asari, Ibn al-Faqixning jug'rofiy asari, Ibn Rusta, ibn Fadlan, Mas'udiy, Istaxriy, ibn Xavqal va Maqdisiylar asarlari juda muhimdir. Shuningdek noma'lum muallifning "Xudud al-olam" jug'rofiy asari va Bayramning "Jahonnoma" asari muhim manba bo'lib xizmat qiladi.

Arab jug'rofiy adabiyoti va uning ahamiyati haqida I.Yu.Krachkovskiy bunday deb yozgan edi: "Ispaniyadan Turkistongacha bo'lgan mamlakatlar va Hind tog'i etaklaridagi aholi maskanlarini aniq sanab, cho'l va madaniy joylarini tavsiflab, madaniy ekinlarning tarqalish ko'lami, foydali qazilmalar o'rnini ko'rsatgan xolda", fizik-jug'rofiy va ob-xavo sharoitini, xalq turmushi, sanoati, madaniyati, tili, diniy ilmlarini ko'rsatgan holda (ma'lumotlar xalifalik viloyatlari hududi bilan chegaralanib qolmasdan, balki greklarga tanish dunyodan ancha chetga chiqardi) u shunday keng, tugal ma'lumot beradiki, unga o'xshashini bu davrda xech qayerda topib bo'lmas edi[4, 21-24].

Mashhur sharqshunos Ye.E.Bertels Uyg'onish davrining rivoji va uning O'rta Osiyoga ta'sirini, eng avvalo, xalq ommasining arablarga qarshi tinimsiz kurashi va ularning arab hukmronligiga qarshi olib borgan ijtimoiy-siyosiy kurashi natijasi bilan bog'laydi.

XIX asrning ikkinchi yarmida tarixchi L.Ranke tarixiy tahlilning butunlay yangi usuli va ilmiy tadqiqotning yangi uslubini taklif qildi. U tarixchining shiori "Orqaga -manbalarga!" bo'lishi kerak degan xulosaga keldi, biroq uning milliy chegaralanganligi va yevropaparastlik ruhi shogirdi Ya.Bukxard tomonidan tanqid qilindi. Ya.Burkxard insoniyatning moddiy va ma'naviy madaniyati tarixini yoritishni birinchi o'ringa

qo'yishni talab kildi. Uning Italiya uyg'onish davri haqidagi asarlari mashhurdir. U "renessansizm" oqimiga asos soldi.

Oqimning ko'zga ko'ringan vakillaridan biri yirik sharqshunos olim, musulmon Uyg'onish davrini o'rganishga ko'p umrini bagishlagan Adam Mets (1869-1917) dir. A.Mets 1917-yil dekabrida "Musulmon Uyg'onish davri" asarini tugatishga ulgurmay vafot etdi. Uning shogirdi Rekendorf kitob ustida ishlab, 1922-yili asar chop etildi. A.Metsning asari 1973-yilda rus tilida nashr etilgan. Kitobning sarlavhasi yo'q edi, ammo Musulmon Uyg'onish davri tarixi sifatida qabul qilib kelindi. Bu kitobning arabcha tarjimasi arab dunyosida shov-shuvga sabab bo'ldi. Adam Mets musulmon davlati madaniy hayotidagi chuqur o'zgarishlarni, uning hayoti va qadim zamon madaniyatiga vorislik belgilarini yozgan. V.Bartoldning fikricha, Yevropa uyg'onishi va Musulmon madaniyati ravnaqi tushunchalari, asosan, bir-biriga o'xshash, mos tushunchalardir. Shu bois ham kitobni "Islom dunyosidagi Uyg'onish" deb atash to'g'ri bo'ladi degan nazariyalar ham mavjud, bundan tashqari bu davrdagi madaniyat sivilizatsiyasini "Musulmon Sharqi renessansi" deb atash to'g'riroq bo'ladi. Bunga sabab bu davrda Sharq dunyosining aynan musulmon xalqlarida uyg'onish davrining ro'y berganligidir.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ilk o'rta asrlarda yurtimiz tarixida eftallar, Turk xoqonligi va arablarning kirib kelishi katta o'rin tutadi. Bu davrga oid ma'lumotlar yetarli, biroq ular bir-biriga qarama-qarshi va aniq ma'lumotlar bermaydi. Bu davr tarixiy adabiyotlarini chuqur o'rganish, ularda tariximiz qanday aks etganini tahlil qilish orqali tariximiznining ochilmagan qirralarini ochishimiz mumkin. Musulmon Sharqi renessansi davrida ajdodlarimiz qilgan buyuk ilmiy izlanishlar, qomusiy olimlarimizning qoldirgan ilmiy meroslari butun dunyoga mashhurdir va bu bizda juda katta faxr tuyg'usini uyg'otadi.

REFERENCES

1. Дьяконов И.М., В. А. Документы из Нисы в. до н. э. - Москва изд-во восточ лит-ры, 1960.

2. Труды Хорезмской археолого-этнографической экспедиции XIV. Топрак-кала Дворец - Москва Наука, 1984.

3. Is'hoqov M.M. Unutilgan podsholikdan xatlar. Bir turkum so'g'd hujjatlarining o'zbek tiliga tarjimasi va izohlari. Toshkent. Fan, 1992.

4. Krachkovskiy I.Yu. Arabskaya geograficheskaya literatura. Izb. Soch. T.4. M-L.,

XULOSA

1957.

5. Saidqulov T.S. O'rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavxalar (1-kism) Toshkent "O'qituvchi" 1993.

6. Sulaymonova F. Sharq va G'arb. Toshkent "Fan" 1997.

7. Sagdullayev A. O'zbekiston tarixi ilk yozma manbalarda. Toshkent. "O'qituvchi"

8. Рафикова, Д. К., & Каримова, Г. Й. (2020). ЁШЛАРНИ ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШДА ^АДРИЯТЛАРНИНГ АДАМИЯТИ.

ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУРЫ, 2(1).

9. Беленицкий A.M., Бентович И.Б., Большаков О.Б. Средневековый город Средней Азии. - Л., 1973.

10. Живопись древнего Панджикента / Отв. ред. А.Ю. Якубов-ский и М.М. Дьяконов. - М., 1954.

11. Кабанов С.К. Культура сельских поселений Южного Согда III-VI вв. - Т.,

12. Каримов, У., & Каримова, Г. (2018). ГЕОПОЛИТИЧЕСКАЯ КОНКУРЕНЦИЯ В ИНФОРМАЦИОННОМ ПРОСТРАНСТВЕ. In Перспективные информационные технологии (ПИТ 2018) (pp. 1368-1372).

13. Каримова, Г. Й. (2018). РОЛЬ КОНСТИТУЦИИ В ПОСТРОЕНИИ ПРАВОВОГО ГОСУДАРСТВА И ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА. Теория и практика современной науки, (2), 161-163.

14. Кабанов С.К. В оазисах и степях Кеша и Нахшеба. - Т., Узбекистан, 1988.

15. Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. Очерки искусства Средней Азии. - Т. 1989.

16. Пугаченкова Г.А. Шедевры Средней Азии. - М., 1989.

17. Фрейман А.А. Описание публикации и исследование документов с горы Муг. - М., 1962.

18. Karimov, U. U., & Karimova, G. Y. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN ACHIEVING EDUCATIONAL EFFECTIVENESS. Журнал естественных наук, 1(1).

19. Umaralievich, K. U. SPIRITUAL EDUCATION OF STUDENTS OF PEDAGOGICAL UNIVERSITIES ON THE BASIS OF CULTURAL AND HUMANISTIC APPROACH.

20. Древние автору о Средней Азии. Хрестоматия. Ташкент 1986.

21. Каримов, У. У. (2017). РОЛЬ СРЕДСТВ МАССОВОЙ ИНФОРМАЦИИ В ПРОЦЕССЕ ГЛОБАЛИЗАЦИИ. In Перспективные информационные технологии (ПИТ 2017) (pp. 1189-1192).

22. Karimov, U., & Ergasheva, D. (2020). EDUCATIONAL ISSUES IN THE PERIOD OF AMIR TEMUR AND TEMURIDS. Теория и практика современной науки, (5), 18-20.

1994.

1981.

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 1 I ISSUE 1 I 2021

23. Bozarov, D. M., & Karimova, G. Y. (2021). ROLE OF THE SELF-ORGANIZATION MODEL IN COMPLEX SOCIAL SYSTEMS. Oriental Journal of Social Sciences, 1-9.

24. Каримов, У., Хакимова, Д., & Тулкинов, З. (2018). ЗАДАЧИ ПОСТРОЕНИЯ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА. Теория и практика современной науки, (10), 193-195.

25. Гофуров Б. Таджики Т.1. Душанбе "Ирфон". 1989.

119

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.