Научная статья на тему 'OʻRTA OSIYODA DAVLAT VA DAVLATCHILIK AN’ANALARI'

OʻRTA OSIYODA DAVLAT VA DAVLATCHILIK AN’ANALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻRTA OSIYODA DAVLAT VA DAVLATCHILIK AN’ANALARI»

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

O'RTA OSIYODA DAVLAT VA DAVLATCHILIK AN'ANALARI

H. A. Normamatova

Milliy Arxeologiya markazi. O'zbekiston.

Milodiy IV - IX asrlarni qamrab olgan ilk o'rta asrlar O'rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va etnomadaniy hayotida o'ziga xos iz qoldirdi. Bu davrda mintaqani asosan Xioniylar (IV - V asrlar), Kidariylar (V asr), Eftaliylar (V - VI asrlar), Turk xoqonligi (552-744) va arab bosqini (VII - IX asrlar) kabi yirik saltanatlar boshqardi. O'rta Osiyodagi Choch, O'tror, Isfijob (Sayram), Farg'ona, Ustrushona, Sug'd (Samarqand, Panch, Kesh, Naxshab va b.), Xorazm, Buxoro, To'xoriston (Termiz, Chag'oniyon, Xuttal, Kobadiyon, Voxon, Kumed, Qunduz, Balx, Juzjon, Shibirg'on va b.), Marv kabi o'nlab katta-kichik voha hukmdorliklari -mulkliklari u yoki bu darajada ushbu saltanatlar qo'l ostida bo'lib, ular muayyan darajada o'z ichki boshqaruvini saqlab qoldilar.

Ilk o'rta asrlarda O'rta Osiyoda mavjud bo'lgan ushbu yirik davlatlar -saltanatlar va katta-kichik voha hukmdorliklarida o'ziga xos davlatchilik an'analari, davlat boshqaruv shakli, siyosiy-ma'muriy birliklari, hokimiyat ramzlari va hokazolar bo'lishi bilan birga umumiy o'xshashliklar bo'lganligi yozma manba va arxeologik topilmlar asosida o'z tasdig'iga ega.

Fanda davlat haqida qabul qilingan umumiy xulosaga ko'ra, davlatning ilk belgilari jamoat hokimiyatining o'rnatilishi va aholining hududiy belgilariga qarab taqsimlanishga o'tishi orqali o'zini namoyon qiladi[Ushniskiy V. 2005. - C. 138139].

Yer yuzidagi ilk davlatlar, asosan, miloddan avvalgi 3 mingyillik - 2 mingyillik o'rtalarida «ulug' daryolar» havzalaridagi sug'orishga moslashgan ziroatkor hududlarda vujudga kelgan. Xususan, qadimda Dajla va Firot daryolari (Mesopotomiya)da Shumer, Akkad, Bobil, Nil daryosi havzasida Misr, Yanzsi va Xuanxe daryolari oralig'ida Xitoy kabi davlat uyushmalari yuzaga kelib, ularga dastlabki davlatlar sifatida qaraladi [ Avdeev V. I. 1950. - B. 17-23.]. Ulardan birmuncha keyinroq vujudga kelgan ikkilamchi davlat uyushmalari esa shakllangan birlamchi davlatlar bilan qo'shnichilik ta'siri ostida kelib chiqqan [ Kradin N. N. 2006. - S. 143-144].

Dunyoning ko'pchilik hududlarida bo'lganidek, O'rta Osiyoda, aniqrog'i, Markaziy Osiyoda ham ilk davlatlar o'troq aholi yashaydigan vohalarda - dastlab,

May 15, 2024

553

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

Murg'ob, Amudaryo va Zarafshon kabi daryolar havzalarida, keyinroq esa Sirdaryo havzasida vujudga kelgan [Shirinov T. Sh. 2001. - B. 8-9].

Mintaqada ilk davlatlarda qadimgi Yaqin Sharqdagiga o'xshab dastlab "shahar-davlat" turi yetakchilik qilgan bo'lsa-da, keyinchalik ushbu vohalardagi muayyan bir shahar-davlatning ustunligida bir necha shaharni o'z ichiga olgan nisbatan yirik davlat uyushmalari paydo bo'lgan. Biroq Markaziy Osiyo janubi-g'arbiy vohalariga xos davlatchilikning bu shakli oradan ming yilcha vaqt o'tgan paytda ham, ya'ni ilk o'rta asrlarda ham o'nlab kichik voha hukmdorliklari misolida ko'proq o'z ifodasiga ega. Bunga o'rnak sifatida Sug'd vohasidagi Samarqand, Kushoniya (Kattaqo'rg'on), Panch (Panjikent), Kesh (Shahrisabz), Naxshab (Qarshi) kabi kichik hukmdorliklar -mulkliklarni ko'rsatish mumkin.

Markaziy Osiyo xalqlari davlatchiligining yana bir shakli - bu asosan, mintaqaning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida ko'chmanchi chorvador qabilalar tomonidan barpo etilgan ko'chmanchi negizli siyosiy uyushmalardir. Bu turdagi davlatlar yuqorida ko'rsatib o'tilgan o'troq shahar-davlatlar yoki voha davlatlaridan tuzilishi va mohiyati bo'yicha katta farq qilib, ular biron bir qabila tomonidan dastlab ko'plab chorvador qabilalar bo'ysundirilgan holda barpo etiladi. Keyinchalik bunday davlatlar hududiy jihatdan kengayib, siyosiy mavqei oshadi va o'troq voha hukmdorliklarini o'z vassallariga aylantirgan imperiyalarga aylanishadi.

O'rta Osiyoda ilk o'rta asrlarda hukm surgan saltanatlar va voha hukmdorliklarining deyarli har biri o'zining tanga-pul tizimiga ega bo'lib, asosan bronza va kumush tangalarni zarb qildirganlar. Ayniqsa, bu holat ilk o'rta asrlarning muayyan bir pallasi VI - VIII asrlar oralig'ida O'rta Osiyodagi voha hukmdorliklarining deyarli barchasi o'zining maxsus hokimiyat ramzlari (tamg'a, ramziy belgi, unvon, yozuv va b.) aks etgan tangalariga ega bo'lishgan. Shu o'rinda aytib o'tish kerak, bu davrda ham yirik saltanatlar, ham ularga bo'ysunuvchi voha hukmdorliklari o'z boshqaruvchi sulolasi nomidan tanga bostirganlar. Turk xoqonligi davrida bu holat yanada aniqroq ko'zga tashlanib, G'arbiy Turk xoqonligi qo'l ostidagi vassal voha hukmdorliklari (Choch, Farg'ona, Ustrushona, Sug'd va b.) o'zlarining tangalarini tizimli o'laroq zarb qildirganliklari ko'zga tashlanadi.

Ilk o'rta asrlarga oid numizmatik materiallar noyob tarixiy manba bo'lib, asosan, ularda tanganing aynan qaysi hukmdorlikka tegishli ekanini bildiruvchi toponimi, boshqaruvchi hukmdorning ismi va unvoni bilan birga hokimiyat va davlatchilik an'analarini aks ettiruvchi belgilar - tamg'a, yozuv (sug'diy, qisman: qadimgi xorazm, pahlaviy (o'rta fors), turkiy-run, baqtriy), ikonografiya (tangalardagi

554

May 15, 2024

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

tasvir va syujet), o'q-yoy, ilohiy timsollar (hayvonlar totemi), taxt, oy va yulduz tasvirlari o'rin olganini ko'rish mumkin [ Ilyasov Dj. Ya. 2004. - S. 54-61].

Turk xoqonligi davlatchiligi uchun numizmatik materiallarning manba sifatidagi ahamiyati shundaki, ularda aks etgan obrazlar unvon, epitet ularning davlat boshqaruvi bilan bevosita bog'liq. Ilk o'rta asrlar O'rta Osiyo tangalarida o'rin olgan unvonlar bilan tanishib chiqilganda, Eftaliylar davrida nisbatan kam unvonlar uchrashi, Turk xoqonligi davrida esa ularning soni ancha ortgani ko'rinadi. Masalan, Eftaliylar davriga tegishli To'xoriston, Sug'd va Choch tangalarida ko'pi bilan 2-3 ta unvon uchrasa, xoqonlik davrida birgina Choch tangalarida 5 ga yaqin unvon ("tegin", "tudun", "eltabar", "xuv") o'rin olganligi bilinadi. Ayniqsa, xoqonlikning janubi-g'arbiy hududlaridagi muhim o'lkalardan biri bo'lgan To'xoristonda ham shunga o'xshash holat ko'zga tashlanib, VII - VIII asrlarda bu yerda "yabg'u", "tegin", "tudun-tarxon", "tarxon", "xidev", "xuv" kabi unvon va atamalar o'rin olganligi ma'lum [Boboyorov G'. 2019. - B. 3-23].

Ilk o'rta asrlarga tegishli numizmatik materiallarni ularda o'rin olgan unvon, ramziy belgilar, ikonografiya, poleografiya va hokazolarni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, bu davrda siyosiy holat bilan bog'liq ravishda turlicha tangalar zarb qildirilgan. Ularni o'z mohiyatiga qarab shartli ravishda quyidagicha turlarga bo'lish mumkin:

1) Yirik siyosiy uyushmalar - Eftaliylar va Turk xoqonligi kabi saltanatlarga tegishli tangalar. Ularning tangalarida ushbu sulolalarga xos unvon va boshqa atamalar o'rin olgan bo'lib, Eftaliylar tangasida "al-xon" ("ol-xun" - qizil xun") atamasi va ularga xos ayrim unvonlar, xoqonlik tangalarida esa "xoqon", "jabg'u", "jabg'u-xoqon", "xotun", "tegin" kabi imperial unvonlar o'rin olgan [ Boboyorov G'. B. 2021. - B. 12]. Eftaliylar tangasida ushbu sulolaga xos ramziy belgi -ko'rinishdagi tamg'a, G'arbiy Turk xoqonligi tangalarida esa ko'rinishidagi tamg'alar uchraydi [ Babayarov G. 2019. - S. 263-333].

2) Voha hukmdorliklarining o'z boshqaruvga xos unvonlar bilan tangalar zarb qildirilgan. Bu davrda deyarli har bir kichik hukmdorlik o'zining boshqaruvida qo'llanilgan unvonlar, sulola tamg'asi, hukmdorlik nomi va o'ziga xos ikonografiya aks ettiriladi. Jumladan, voha hukmdorligi - mulkliklar tangalarida "xuv" (deyarli barcha O'rta Osiyo tangalarida), "tudun" (Choch, Xuttal), "tutuq" (O'tror), "tarxon" (To'xoriston), "cho'r" (Isfijob) kabi nisbatan quyiroq mavqedagi unvonlar o'rin olgan bo'ladi [ Smirnova O. I. 1939 - S. 116-120].

Xullas, ilk o'rta asrlar O'rta Osiyo tangalari va ularda o'rin olgan davlatchilikka oid ramziy belgilarning mazmun-mohiyati bilan tanishib chiqish shundan darak

May 15, 2024

555

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

beradiki, bu davrda va undan ancha oldin ham mintaqa xalqlari rivojlangan davlatchilik an'analariga ega bo'lishgan. O'sha kezlarga xos mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy vaziyat tanga-pullarda ham o'z aksini topib, mintaqa xalqlarining dunyoqarashini o'zida aks ettirgan.

REFERENCES

1. Avdeev V. I. Qadimgi Sharq tarixi. - Toshkent, 1950.

2. Babayarov G. Tamgi na monetax oazisov Sredney Azii epoxi rannego srednevekovya / Tamgi doislamskoy Sentralnoy Azii - Tamgas of Pre-Islamic Central Asia / Samarqand: MITSAI, 2019.

3. Bichurin N. Ya. (Iakinf). Sobranie svedeniy o narodax obitavshix v Sredney Azii v drevnie vremena. V 3-x tomax. -M.-L., 1950.

4. Boboyorov G'. B. G'arbiy turk xoqonligi tarixi va numizmatikasi. - Toshkent, 2021.

5. Boboyorov G'. Qadimgi turkcha unvonli To'xoriston tangalari // O'zbekiston: til va madaniyat / Uzbekistan: Language & Culture. - Toshkent, 2019.

6. Илясов Дж. Я. Об этнической принадлежности правителей Пенжикента // Нумизматика Централной Азии. - Вып. VII. - Ташкент, 2004.

7. Илясов Дж. Я. Эфталиты - алхоны в Чаганиане // Нумизматика Централной Азии. - Ташкент, 1999.

8. Крадин Н. Н. Археологические признаки цивилизatsiи // Раннее государство, его алтернативы и аналоги. - Волгаград, 2006.

9. Смирнова О. И. О трех согдийских монетах // ВДИ, 1939.

10.Ушницкий В. Тюркская государственност на крайнем севере // Second international congress on Turkic civilization. - Bishkek, October 4-6, 2004. -Bishkek, 2005.

11.Shirinov T. Sh. Qadimgi Baqtriya podsholigi. Katta Xorazm // O'zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. - Toshkent, 2001.

556

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.