Научная статья на тему 'ILK O‘RTA ASRLARDA DAVLATCHILIK VA BOSHQARUVNING RIVOJLANISHI'

ILK O‘RTA ASRLARDA DAVLATCHILIK VA BOSHQARUVNING RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
15177
658
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ilk o’rta asrlar / Markaziy Osiyo / davlatchilik tarixi / boshqaruv tizimi / siyosiy hokimiyat. / Early Middle Ages / Central Asia / history of statehood / management system / political power.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Jo‘Rayev, Ilhom Abdisattorovich

Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda, xususan O’zbekiston hududida ilk davlatchilik boshqaruvining shakllanishi borasida fikr-mulohazalar keltirilgan. Davlatchilik boshqaruvining taraqqiyotiga ta’sir qilgan ichki va tashqi omillar xususida ilmiy xulosalar qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF GOVERNMENT AND ADMINISTRATION IN THE EARLY MIDDLE AGES

This article presents opinions on the formation of the first state administration in Central Asia, particularly in the territory of Uzbekistan. Scientific conclusions were made about the internal and external factors that influenced the development of state management.

Текст научной работы на тему «ILK O‘RTA ASRLARDA DAVLATCHILIK VA BOSHQARUVNING RIVOJLANISHI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

ILK O'RTA ASRLARDA DAVLATCHILIK VA BOSHQARUVNING

RIVOJLANISHI

Jo'rayev Ilhom Abdisattorovich

Termiz davlat universiteti Tarix (yo'nalishlar va faoliyat turi bo'yicha) yo'nalishi I bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda, xususan O 'zbekiston hududida ilk davlatchilik boshqaruvining shakllanishi borasida fikr-mulohazalar keltirilgan. Davlatchilik boshqaruvining taraqqiyotiga ta'sir qilgan ichki va tashqi omillar xususida ilmiy xulosalar qilingan.

Kalit so'zlar: Ilk o'rta asrlar, Markaziy Osiyo, davlatchilik tarixi, boshqaruv tizimi, siyosiy hokimiyat.

This article presents opinions on the formation of the first state administration in Central Asia, particularly in the territory of Uzbekistan. Scientific conclusions were made about the internal and external factors that influenced the development of state management.

Key words: Early Middle Ages, Central Asia, history of statehood, management system, political power.

Ma'lumki, o'zbek davlatchilik tarixi uzoq o'tmishga b orib taqaladi. Mintaqa azal-zaldan qulay geografik muhitda joylashganligi uchun iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalarning markazida turganligi ham hududda shakllangan davlatchilik boshqaruvining shakllanishiga o'z ta'sirini ko'rsatgan. Ushbu mintaqadan Buyu k Ipak yo'lining o'tganligi ham mintaqada shakllangan davlat birlashmalarining rivojiga o'ziga xos ta'sir ko'rsatgan. Zero, Buyuk Ipak yo'li turli sivilizatsiyalararo madaniy uyg'unlikni vujudga keltirib, savdo-sotiq va hunarmandchilik taraqqiyoti uchun qulay shart-sharoitlar yaratib bergan. Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ilk o'rta asrlar nafaqat etnik yuksalish, balki davlatchilik boshqaruvi shakllarining rivojlanishi davri ham hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Ilk o'rta asrlarda davlatchilik boshqaruvning rivojlanishi masalasi bir qator mahalliy va xorijiy tarixchilar tomonidan tadqiq va tahlil qilinib kelinayotgan masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu olimlar qatoriga tarix fanlari doktori, professor Shopo'lat Shaydullayev, tarix fanlari doktori, professor, O'zbekiston Respublikasi

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi Anatoliy Sagdullayev, tarix fanlari doktori, professor Bahodir Eshov kabilarni kiritishimiz mumkin. Xususan, Shopo'lat Shaydullayevning "O'zbekiston hududida davlatchilikning paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari (Baqtriya misolida)"1 mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida mintaqada shakllangan davlat boshqaruvining o'ziga xos jihatlari, O'rta Osiyoda jamoalarning paydo bo'lishi va ularning rivojlanish bosqichlari, ilk sinfiy jamiyat belgilarining moddiy madaniyat yodgorliklarida aks etishi, O'zbekiston hududida ilk davlatlarning paydo bo'lish jarayonidagi shart - sharoitlar va omillar, ilk davlatchilik belgilarining arxeologiya manbalarida namoyon bo'lishi, ilk davlatlar tipologiyasi, davlatchilik rivojida din va diniy qarashlarning ahamiyati kabi masalalar borasida ilmiy mulohazalar keltirilgan. A.S.Sagdullayev va O'.Mavlonovlar tomonidan yozilgan "O'zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi (qadimgi davrlardan XIX asrning o'rtalariga qadar)" nomli o'quv qo'llanmada esa boshqaruvning iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy va hududiy funksiyalari, davlatchilikning ilk bosqichlaridan boshlab XIX asrning o'rtalarigacha bo'lgan tarixiy davrda davlatchilikning rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari, davlat boshqaruvining mazmun va mohiyatlari ochib berildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mintaqaning, jumladan, O'zbekistonning ilk o'rta asrlar davriga oid bo'lgan davlatchilik tarixiga nazar solsak, bu davrda ko'plab mayda va yirik davlatlarning shakllanishi hamda ularning tarix sahnasidan ketishi bilan birga o'ziga xos iz qoldirib ketganligining guvohi bo'lamiz. Ilk o'rta asrlar davrida qadimgi O'zbekiston hududlariga turli xalqlarning kirib kelishi davom etdi. V asrning birinchi choragida Sharqdan Sirdaryo va Orol bo'ylari orqali ko'chmanchi aholi kidariylar (yuechji yoki toxarlarning avlodi) kirib keladi. Ularga Kidar ismli hukmdor yo'lboshchilik qilgani uchun ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi.

Ta'kidlash lozimki, milodning IV-V asrlari O'rta Osiyo qadimgi tarixining muhim bosqichlaridan hisoblanadi. Ulkan kushonlar davlati ichki va tashki kurashlar natijasida bir qancha mustaqil davlatlarga bo'linib ketadi. O'rta Osiyoning janubida uning tarkibidan Toxariston va Marv ajralib chiqadi.

Ilk o'rta asrlarda mintaqada sug'orish inshootlari takomillashib, yangi-yangi yerlar o'zlashtiriladi. O'zlashtirilgan yerlarda, yirik sug'orish inshootlari boshida, markaziy shaharlarning atroflarida, dehqonchilik vohalarining chegaralarida qo'rg'onlar, qasrlar va istehkomlar qad ko'taradi. Istehkomlarning to'rt burchagi baland mutahkamlanib, devoru mo'rilari bir necha qator kamondan o'q uzish uchun

1 Sh.B. Shaydullayev "O'zbekiston hududida davlatchilikning paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari (Baqtriya misolida)". Tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - Samarqand: 2009.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

shinaklar va istehkomlar bilan ta'minlangan. Qalin mudofaali zodagonlar qo'rg'onlari ilk o'rta asrlarning murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot taqozosi bilan bunyod etilgan bo'lib, asosan tashqi dushman hujumiga qarshi mudofaa inshooti, harbiy garnizon to'planadigan joy, ma'muriy markaz hamda oziq-ovqat va qurol-yarog' saqlanadigan ombor vazifasini o'tagan2.

VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Janubiy Sibir va Shimoliy Mongoliya ya'ni, Oltoy hududlarida turkiy qabilalar ittifoqi shakllana boshlaydi. Xalqlarimiz davlatchiligi tarixida muhim ahamiyatga ega bo'lgan Turk xoqonligi xususida talaygina manbalar bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan bo'lsa-da, ularning ayrimlari bir-birini inkor etadi. Ushbu manbalar VI asrning oxirlarida yashagan vizantiyalik tarixchilar Menandr Protektor, Feofan Vizantiyskiy, suriyalik tarixchi Ionna Efessiylarning tarixiy asarlari, epigrafik yodgorliklar - O'rxon-Yenisey yozuvlari, Xitoyning "Tan xonadoni tarixi" kabilardir. Undan tashqari o'rta asrlar mualliflari at-Tabariy, Beruniy, Narshaxiylar asarlarida ham Turk xoqonligi to'g'risida ma'lumotlar uchraydi. Ta'kidlash joizki turk atamasining ilk marotaba tilga olinishi 542 yilga to'g'ri keladi. Turli manbalarda turklar "turk el", "turk", "turkash", "tukdus", "tu-kyu", "tuk-yut" kabi nomlar bilan tilga olinadi. Kuchli, baquvvat, botir kabi ma'nolarni anglatuvchi "turk" atamasi dastavval etnik xususiyatga ega bo'lmay ijtimoiy ma'noga ega bo'lgan.

Turk xoqonligida Xoqondan keyingi shaxs, birinchi amaldor "Yabg'u" (Bahodir) bo'lib, u bosh sarkarda hisoblangan. Ammo, yabg'u taxtga merosxo'rlik qila olmas edi. Turk xoqonligi taxtiga vorislik tartibi turk davlatchiligi tuzilishi uchun xos bo'lgan uluslarga bo'linish tizimiga asoslanib belgilanar edi. Ushbu tizimga ko'ra taxt aksariyat hollarda otadan o'g'ilga emas, akadan ukaga, amakidan jiyanga meros qolar edi. Taxt merosxo'ri tegin (shahzoda) deb yuritilgan. Shahzodalar to taxtga o'tirgunlariga qadar o'zlariga berilgan uluslarni boshqarib turganlar. O'rta Osiyodagi mahalliy hokimlarning faoliyatini nazorat qiluvchi amaldor, xoqonning nazoratchisi -"tudun" deb atalgan. Turk xoqonligi konfederativ davlat bo'lgan. Turkiylar o'z yurti va davlatini "el" deb atashgan. Birinchi turk xoqoni Buminxon elxon unvoniga ega bo'lganligi bejiz emas.

Xoqonlik tarkibidagi ko'plab qabila va elatlarni birlashtirish va boshqarib turish, ulardan ma'lum miqdordagi soliqlar va o'lponlarni o'z vaqtida yig'ib olish maqsadida xoqonlikda maxsus ma'muriy va harbiy-siyosiy boshqaruv tizimi joriy etilgan edi. Davlatni boshqarishda oliy hukmdorga uning yakin qarindoshlari, avvalo, hukmron sulola a'zolari hamda ular tomonidan barpo etilgan boshqaruv tizimi yordam berar edi. Manbalarning ma'lumot berishicha, u to'rtga bo'lingan. Ya'ni,

2 A.S. Sagdullayev. O'zbekiston tarixi, I kitob [Matn]. - Toshkent: Donishmand ziyosi, 2021. - B.23

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

qarindoshlar, xoqonga ittifoqdosh bo'lgan qabila va xalqlar; xoqonning o'ng tomonida o'tiruvchi amaldorlar va ma'muriy xodimlar; xoqonning chap tomonida o'tiruvchi amaldorlar va xodimlardan iborat bo'lgan. Xoqonning qarindoshlari -o'g'illari, amakisi, jiyanlari va aka-ukalariga "tegin" unvoni berilgan. Xitoy manbalarida ma'lumot berilishicha, xoqonlikda beshta oliy mansab - yexu (yabg'u), she (shod), dele (tegin), silifa (eltabar) va tutunfa (tudun) qabilar mavjud bo'lib, ularning barchasi meros qilib qoldirilgan3.

Turk xoqonligi davlatining asosini yer bilan birga xalq tashkil etar edi. O'z davrida O'rta Osiyoda davlatchilikning mustaqil va an'anaviy shakllarini rivojlantirgan turkiylar davlati mavjud jamiyatning muayyan ijtimoiy tuzilmalariga va qadimgi turklarning davlat tomonidan tashkil etilgan hamda nazorat qilinadigan xo'jalik faoliyatiga tayanar edi. Tarixiy adabiyotlarda berilishicha, bu faoliyatning asosini ko'chmanchi chorvachilik tashkil etgan. Chorvador turklarda urug'-qabilachilik an'analari nihoyatda kuchli bo'lib, qabila va urug' jamoalarining asosi katta oilalardan iborat bo'lgan. Ko'chmanchi chorvadorlar xalq ommasini turklar "budun" yoki "kora budun"deb atashgan. Xoqonlikda keng mikyosda dehqonchilik ham qilinar edi. Xitoy manbalari, "garchi turklar doimiy yashash joylariga ega bo'lmasa ham, lekin ularning har birining ajratib berilgan yeri bor"ligi haqida ma'lumot beradi. Aynan mana shunday "ajratib berilgan yer"larda dehqonlar mavjud suv manbalari hamda lalmikor yerlar imkoniyatdan foydalanib asosan donli ekinlar yetishtirganlar4.

Turk xoqonligining markaziy boshqaruv tizimi asosan yirik siyosiy davlat tadbirlari (davlat osoyishtaligini saqlash, davlat sarhadlarini kengaytirish, soliq tizimi, ichki va tashqi savdo, diplomatik munosabatlar va boshqalar) bilan mashg'ul bo'lib o'zlari zabt etgan hududlardagi boshkaruv tizimiga ma'lum darajada erkinlik berilgan. Shuning uchun ham Farg'ona, Sug'd, Shosh, Toxariston, Xorazm va boshqa mulklardagi boshqaruv tartibi asosan mahalliy sulolalar qo'lida bo'lgan. Misol uchun, Sug'd va Farg'onada oliy hukmdor - "ixshid" Toxaristonda - "malikshoh", Xorazmda - "xorazmshoh", Keshda - "ixrid", Buxoroda - "xudot", Ustrushonada - "afshin'', Choch va Ilokda - "budun" deb atalgan.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish lozimki, ilk o'rta asrlarda Markaziy Osiyo hududida bir qator davlat uyushmalari yuzaga kelgan bo'lib, mintaqadagi boshqaruv tizimiga katta ta'sir ko'rsatdi. Ayniqsa, O'rta Osiyoning Turk xoqonligi tarkibida bo'lishi o'sha davr davlatchilik tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot uchun muhim

3 Bahodir Eshov. O'zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi.-Toshkent: 2014. - B.154.

4 O'sha asar - B.156.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

ahamiyatga ega bo'ldi. Turk xoqonligi juda katta hududlardagi turkiy qabilalarning birlashuvi va jipslashuviga keng imkoniyatlar yaratib, O'rta Osiyodagi ayrim turkiy xalqlar shakllanishiga asos soldi. Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, avval Turk xoqonligi, keyin esa G'arbiy turk xoqonligining qudratli va ko'chmanchilarga xos shiddatli harbiy tashkiloti, Sug'diylarning bevosita aralashuvi tufayli olib borgan diplomatik siyosati Xitoy, Vizantiya va Eronning O'rta Osiyo ilk o'rta asrlar davri xalqlari va elatlariga nisbatan olib borayotgan tajovuzkorlik siyosati yo'liga mustahkam to'siq qo'ydi. Bepoyon dasht va cho'l hududlarida, serhosil va sersuv vohalarda tashkil topgan ulkan davlat birlashmalari kattagina hududlardagi shaharlar, hunarmandchilik, madaniyat, savdo-sotiq va o'zaro aloqalarning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochib berdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Asqarov A. O'zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. - T., 2007. - B. 340.

2. Sagdullayev A.S. O'zbekiston tarixi, I kitob [Matn]. - Toshkent: Donishmand ziyosi, 2021. - 624 b.

3. Bahodir Eshov. O'zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi.-Toshkent: 2014. - 281 b.

4. Shaydullayev Sh. "O'zbekiston hududida davlatchilikning paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari (Baqtriya misolida)" Tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - Samarqand: 2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.