Научная статья на тему 'G‘ARBIY TURK XOQONLIGINING TASHKIL TOPISHI VA UNING O‘RTA OSIYODAGI SIYOSIY JARAYONLARGA TA’SIRI'

G‘ARBIY TURK XOQONLIGINING TASHKIL TOPISHI VA UNING O‘RTA OSIYODAGI SIYOSIY JARAYONLARGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2530
167
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
O‘rta Osiyo / Turk xoqonligi / Eftallar davlati / El Arslon / G‘arbiy Turk xoqonligi / Buxoro / Farg‘ona turklari / Usturshona / Ibn Xavqal. / Средняя Азия / Тюркское ханство / государство Гефталей / Эль-Арслан / Западно-Тюркское ханство / Бухара / тюрки Ферганы / Устуршона / Ибн Хавкал.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mirzayeva Diloromxon

Ushbu maqolada G‘arbiy Turk xoqonligining tashkil topish jarayoni va bu davrda O‘rta Osiyo hududidagi siyosiy hamda etnik jarayonlarining qay tarzda borayotganligi to‘g‘risida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ОБРАЗОВАНИЕ ЗАПАДНОТЮРКСКОГО ХАНСТВА И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА ПОЛИТИЧЕСКИЕ ПРОЦЕССЫ В СРЕДНЕЙ АЗИИ

В данной статье рассказывается о процессе образования Западнотюркского ханства и о том, как в этот период развиваются политические и этнические процессы в Средней Азии.

Текст научной работы на тему «G‘ARBIY TURK XOQONLIGINING TASHKIL TOPISHI VA UNING O‘RTA OSIYODAGI SIYOSIY JARAYONLARGA TA’SIRI»

G'ARBIY TURK XOQONLIGINING TASHKIL TOPISHI VA UNING O'RTA OSIYODAGI SIYOSIY JARAYONLARGA TA'SIRI Mirzayeva Diloromxon

Farg'ona davlat universiteti Tarix fakulteti 4-bosqich talabasi https://doi. org/10.5281/zenodo.7068372

Annotatsiya: Ushbu maqolada G'arbiy Turk xoqonligining tashkil topish jarayoni va bu davrda O'rta Osiyo hududidagi siyosiy hamda etnik jarayonlarining qay tarzda borayotganligi to'g'risida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: O'rta Osiyo, Turk xoqonligi, Eftallar davlati, El Arslon, G'arbiy Turk xoqonligi, Buxoro, Farg'ona turklari, Usturshona, IbnXavqal.

ОБРАЗОВАНИЕ ЗАПАДНОТЮРКСКОГО ХАНСТВА И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА ПОЛИТИЧЕСКИЕ ПРОЦЕССЫ В СРЕДНЕЙ АЗИИ

Аннотация: В данной статье рассказывается о процессе образования Западнотюркского ханства и о том, как в этот период развиваются политические и этнические процессы в Средней Азии.

Ключевые слова: Средняя Азия, Тюркское ханство, государство Гефталей, Эль-Арслан, Западно-Тюркское ханство, Бухара, тюрки Ферганы, Устуршона, Ибн Хавкал.

THE ESTABLISHMENT OF THE WESTERN TURKIC KHANATE AND ITS INFLUENCE ON POLITICAL PROCESSES IN CENTRAL ASIA

Abstract: This article talks about the process of establishment of the Western Turkic Khanate and how the political and ethnic processes in Central Asia are progressing during this period.

Key words: Central Asia, Turkic khanate, Hephtal state, El Arslan, Western Turkic khanate, Bukhara, Turks of Ferghana, Usturshona, Ibn Havqal.

KIRISH

O'zbekiston va qolaversa, Markaziy Osiyo tarixining ilk o'rta asrlar bosqichi (V - VIII asr birinchi yarmi) o'ziga xos tarixiy jarayonlari bilan ahamiyatlidir. III - IV asrlarga kelib, Kushon va Qang' kabi davlatlar tanazzuli kuchayib, ular o'rniga siyosiy jihatdan mustaqil va mahalliy ma'muriy boshqaruviga ega davlatlar (Afrig'iylar, Choch va Farg'ona) va davlat uyushmalari (Sug'd va Toxariston konfederasiyalar) vujudga keldi. Ularning shakllanishida mintaqada kechgan ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy jarayonlar muhim rol o'ynadi. Xususan, ikki yirik etnik guruh: hind-yevropa tillari oilasiga mansub sug'diylar, xorazmiylar, boxtariylar va oltoy tillari oilasi vakillari - turkiylarning o'ziga xos sinkretik yaqinlashuvi kuchaydi. Prototurk qabilalari uyushmasi "turk" nomi ostida mintaqada yetakchi mavqyega chiqa boshladi. Natijada, bu hodisa etnomadaniy jarayonlarni takomillashtirdi.

Marvdan Xitoy devoriga qadar turli etnoslar, jumladan turkiy va sug'diy komponentlar simbiozi ro'y berdi. Bu yangi tipdagi davlatlarining siyosiy barqarorligi, iqtisodiy rivoji mahalliy xalqlarning shakllanishiga zamin hozirladi. V - VI asr o'rtalarigacha eftaliylar Markaziy Osiyo siyosiy va etnomadaniy tarixida o'ziga xos o'rin tutgan bo'lsa, 555-yilda xoqonlik turklarining ularga bergan zarbasi so'ng bu davlat mavqeyiga putur yetgan. Shundan so'ng eftaliylar batamom mahalliy aholi orasiga singishib, sug'diy etnik komponentda eftaliylar salmoqli o'rin tutgan. Bu esa so'g'diylarning turkiylashuvi jarayoni tezlashuviga ham xizmat qilgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Eftallar davrida aholi asosan vohalarda istiqomat qiluvchi o'troq ziroatkorlar hamda dasht va cho'llarda chorvachilik bilan shug'ullanuvchi ko'chmanchi va yarim ko'chmanchilar tashkil

etgan. Mintaqaning shimoli-sharqiy qismlari (hozirgi Qozog'iston), Oltoy va Tyanshan etaklari, Mo'g'uliston va Shimoliy Xitoyda ko'prok ko'chmanchi hayot tarzi ustuvor bo'lsa, mintaqaning janubi-g'arbiy qismlarida, asosan, Sharqiy Turkiston, Amudaryo-Sirdaryo oralig'i, Shimoliy Xindiston, Afg'oniston, Xuroson kabi hududlarida o'trok vohalar mavjud bo'lib, aholisining aksariyati shahar va qishloqlarda istiqomat qilgan va xo'jalik hayotida dehqonchilik, hunarmandchilik va tijorat katta o'rin tutgan. Mintakaning har ikkala qismida ham sersuv daryo havzalari, ham dasht va cho'llar bo'lib, ulardan biri doimiy ravishda o'troq aholini o'ziga jalb qilsa, ikkinchisida esa qadimdan ko'chmanchi aholi o'z chorvalari bilan ko'chib yuradigan maskanlar edi. Xususan, mazkur mintaqaning ko'chmanchi muhit ustuvor shimoli-sharqiy xududlarida Ili, Irtish, Chu, Talas kabi daryolarning mavjudligi bu yerlarda ko'chmanchilar bilan birga qadimdan o'troq aholining ham istiqomat qilishiga sharoit yaratgan; Sharqiy Turkiston, Amudaryo-Sirdaryo oralig'i va Xurosonda birmuncha yirik dashtlar bilan birga cho'llarning mavjudligi, Xindikush togi etaklarida esa yaylovlar mavjudligi bu yerlar aholisining bir qismini ko'chmanchi chorvadorlar tashkil etishiga zamin yaratardi.

Bu davrda Markaziy Osiyoning shimoli-sharqiy qismlarida asosan, oltoy tillari oilasiga mansub xalqlar, aksariyati turkiy etnoslar va qisman mo'g'ullarning ajdodlaridan iborat edi. Ular orasida 50 ga yaqin qabilalarni birlashtirgan Tele qabilalalar ittifoqi eng yirigi edi. Ular keng xududlarda ko'chib yurishsa ham o'zlarining doimiy yashaydigan muayyan bir xududlari bor edi. Mazkur mintaqaning janubi-g'arbiy qismidagi aholining katta bir qismini esa sharqiy eroniy tilli xalqlar: so'g'diylar, xorazmliklar, baqtriylar, xo'tan-saklar tashkil qilardi. Sharqiy Turkiston aholisining bir qismi, aniqrog'i, Tyanshan tog'larining janubi-sharqiy qismida qadimiy xind-yevropa xalqlaridan biri - toxarlar ko'pchilikni tashkil qilib, yaqin qo'shnilari - turkiy etnoslar bilan uzviy etnomadaniy aloqada edilar. Turfon, Qorashaxr va Kucha kabi voxa xukmdorliklaridagi shahar axolisining katta qismini toxar tilli etnoslar tashkil qilib, "to'rt Toxar o'lkasi" deb atalardi. Aynan ana shu mintaqaning turli hududlarida tabiiy sharoit ta'siri natijasida joylashgan aholining aralashuv jarayoni bugungi O'zbekiston hududida jadal rivojlandi. Masalan, bu davrda Sirdaryoning o'rta xavzalarida o'nlab katta-kichik shaharlar qad rostlagan bo'lib, ularning axolisini, asosan, turkiylar va so'g'diylar tashkil etardi. Bunga o'sha davrdagi xitoy va vizantiya manbalaridagi ma'lumotlar hamda ularning turkiy va so'g'diy yoki turkiy-so'g'diy asosli joy nomlari guvoxlik beradi. Mazkur shahar va o'troq aholi maskanlarining katta bir qismi Turk xoqonligi davrida vujudga kelgan bo'lsa-da, qolgan bir qismi xoqonlik tashkil topgunga qadar ham yirik aholi maskanlari sifatida ma'lum edi. Turk xoqonligi tashkil topganining ilk o'n yilliklarida xoqonlikka tashrif buyurgan Vizantiya elchilarining ma'lumotlariga asoslanilsa, mazkur hududdagi shaharlar aholisining asosiy qismini turkiylar tashkil qilgani ayon bo'ladi [2: 53]. VII asr 30-yillarida Yettisuv-Taroz-Isfijob-Choch yo'nalishi bo'ylab janubga yo'l olgan xitoy rohibi Syuan Szan va Sharqiy Turkistonning janubi orqali yo'lga chiqqan sayyoh Xoy Chao (726-y.) esdaliklaridan bu hududdagi aholi manzillarida turkiylar va so'g'diylar ko'pchilikni tashkil etgani ayon bo'ladi. Buni arablar davrida yaratilgan "Hudud ul-olam" asaridagi ma'lumotlar ham tasdiqlaydi. Chunonchi, asarda Shalot, Navkas, Shulhiy, Taror, Takonkas, Farunkas, Mirkiy, Navikas kabi asosan turkiy va so'g'diy aholi yashaydigan shaharlar tilga olinadi. Demak, O'zbekistonning shimoliy hududlarida turkiy va so'g'diylarning aralashuvi kuchli bo'lgan. Lekin bu davrda O'zbekistonning markaziy va janubiy hududlarida etnomadaniy jarayonlar qay darajada sodir bo'ladi? Ta'kidlash lozimki, O'zbekistonning bu ikki hududlarida ham etnomadaniy jarayonlar shimoldagidan kam darajada sodir bo'lmaydi. Chunonchi, Kushonlar, Xioniylarning hukumronligi davrida, ya'ni Eftallarning kirib kelgunigacha bo'lgan

vaqt davomida turkiylarning katta bir qismi O'zbekiston hududlariga kirib kelgan va allaqachon mahalliy aholi bilan aralashish jarayonini boshlagan edi. Eftallar va turk xoqonligining kirib kelishi bu jarayonning yanada kuchayishiga sabab bo'ladi [12: 112]. Bu holatni so'g'd bitiklarida, garchi keyinroq yaratilgan bo'lsa-da, o'sha davrda sodir bo'lgan jarayonlarni yoritib bergan fors va arab manbalarida yorqin ko'ramiz.

Masalan, V-VIII asrlarda Buxorodagi aholining etnik tarkibiga nazar tashlasak, "Hudud ul-olam"da Buxoroning katta va obod shaharligi, Poykentning esa boy shahar ekanligi eslatiladi. A.Asqarovning arxeologik tekshiruvlar natijasida bergan ma'lumotlariga qaraganda Buxoroga bo'ysunuvchi 22 ta mulkning 15 tasi Buxoro vohasi mudofaa devori ichida, 7 tasi tashqarisida bo'lgan. Markazga Tavovis, Quyi Harqana, Hitfar, Qoxushtivon, Yuqori Samjon, Quyi Samjon, Yuqori Faraviz, Quyi Faraviz, Zar, Farg'idat, Farob, Poykent kabilar bo'ysungan va bu manzillarda istiqomat qiluvchi aholi orasida turkiylar salmoqli bo'lib, ularning ta'siri kuchli bo'lgan. Masalan, Buxoro mulkligining IV-V asrlarga oid mis tangasi sirtiga "Avsar hukmdor" yoki "Chavandoz hukmdor" nomi bitilgan [8: 220]. Demak, Buxoro hokimlari turkiylardan bo'lgan[4: 73]. Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asaridagi ma'lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Chunonchi, Turk shahzodasi Abruy xalqqa zulm qilgach, boy savdogarlar va dehqonlar o'z yurtlarini tark etib, "Turkiston va Taroz(yaqinida) bir shahar bino qilib", uni o'z yetakchilaridan biri Hamuk nomi bilan"Hamuket deb nomlaydilar". Buxoro ahli Turk yabg'u-xoqoni Istemi o'g'li Biyog'u, (Buyuk yabg'u) Qoracho'rindan yordam so'raydi. Yabg'u- xoqon o'z o'g'li El Arslon(Sheri Kishvar)ni Buxoro vohasida tartib o'rnatishga jo'natadi. U Poykentda Abruyni qatl ettirib, otasining roziligi bilan Buxoroni o'z tasarrufiga oladi. El Arslon(Sheri Kishvar) Hamukatga odam yuborib, Buxorodan ketgan aholini qaytaradi. "Hamuketdan kelgan har bir kishi(amir)ning yaqin kishilaridan bo'ldi", - degan buyruq beradi. Voqealarni tahlil qilsak, Abruy turk shahzodasi Xitoy tazyiqi ostida o'z urug'i bilan Buxoroga ko'chib keladi. Oddiy aholi uni qo'llab-quvvatlaydi. E'tiborlisi, Hamuketga (Turkiston, Taroz) ketganlar u yerda qiyinchiliksiz joylashadi, Abruy qo'zg'aloni bostirilgandan so'ng ham ularning barchasi qaytmaydi. Qolaversa, El Arslon va u bilan birga kelganlar Buxoroda qolish istagini bildiradi. Qoracho'rin bunga ruxsat beradi. Demak, turkiylar va sug'diylar orasidagi uzoq vaqtlik aloqalar ularning xo'jalik turmush tarzida o'xshashlikni keltirib chiqargan. Natijada nafaqat turkiylarning o'troqlashuvi, balki, Sug'diylarning turkiylashuv jarayonlari ham sodir bo'ladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Mahmud Qoshg'ariy: "Balosog'unliklar so'g'dcha va turkcha so'zlaydilar. Taroz va Madinat al-Bayza (Sayram) shaharlarining xalqlari ham so'g'dcha va turkcha so'zladilar. Ular (so'g'diylar) Samarqand va Buxoro o'rtasidagi So'g'ddan bo'lib, turklashib ketganlar" [6: 24], deb ta'kidlaydi. Garchi bu voqea X-XI asrlarda bo'lsa-da, assimilyatsiya jarayoni natijasi bo'lib yuqoridagi fikrlarni yana bir bor tasdiqlaydi. Bu holat nafaqat Buxoroda balki boshqa mahaliy hokimliklarda ham xuddi shu xolda sodir bo'ladi. A.Otaxo'jayev: 600-yildan 760-yilgacha Kesh mulkini boshqargan sakkiz nafar hukmdorlarni sanab ular orasida mahalliy so'g'diylar va turkiylar bo'lgan. Jumladan, Kesh viloyatidagi Xuzor mulkining hokimi Subug'ro turkiylardan edi, - deb ma'lumot beradi. Qolaversa, turkiy qabilalarning bugungi O'zbekiston hududida to'liq joylashganlagini Erondagi Sosoniylar hukumronligigi doir manbalardagi ma'lumotlarda ham ko'rsak bo'ladi. Masalan, IV asrda Sosoniylar xionit qabilalarini Vizantiyaga qarshi urushga jalb etganlar. 502-yilda shohanshoh Kavad (Qubod) eftalit qabilalari bilan birgalikda Vizantiyaga qarshi yurish qilgan, 503-yilda esa eftalit qabilalari Kavkazda hunlarga qarshi urushganlar. 527 -532 yillarda Sosoniylar Vizantiyaga qarshi urushda savir qabilalarini jalb etganlar. Xusrav I

Anushervon mamlakatini ko'chmanchi turkiy qabilalarning bostirib kirishidan saqlash maqsadida o'zining chegara yerlarini turkiy qabilalarning o'zlariga qo'riqchilik uchun topshirgan. al-Mas'udiy ma'lumotiga ko'ra, u Kavkaz tog'larida g'ayridinlarga qarshi Bob al-Abvob (Darband) qal'asi va uzunligi 40 farsax (1 farsax - taxminan 6 - 7 km) bo'lgan devor qurdirib, uning darvozalarini qo'riqlash uchun xazar, alan, as-sarir(savir) va turklarning turli toifalariga mansub bo'lgan qabilalarni joylashtirgan. Chegara yerlarning hokimlari lavozimiga asosan eroniy bo'lmagan xalqlar vakillari (xionitlar, eftalitlar, xazarlar, turklar, daylamiylar, armanlar, gruzinlar va boshqalar) ta'yinlangan. Ular "chegara posboni" ma'nosini anglatuvchi yuksak marzabon unvoniga ega bo'lib, Sosoniylar saroyida oliy harbiy tabaqa qatoriga kiritilgan Xusrav I Anushervonning eng yaqin odamlaridan biri Katulf ismli eftalit bo'lgan. Bundan ikki jihat yanada oydinlashadi. Birinchidan, turkiylarning Markaziy Osiyoga kirib borishi shu darajada chuqur bo'lganki, ular Sosoniylar davlati hududlarigacha kirib borgan. Shuningdek, Sosoniy hukumdorlar turkiylar hujumiga qarshi turkiy qabilalarning o'zidan foydalangan. Natijada ular bu chegara hududlariga oilaviy ko'chib kelishgan albatta. Turkiylarning bunday joylashuvi turkiyla va mahalliy aholi asimiasiyasi jarayoni O'zbekistonning yeng janubiy hududlarida ham nixoyatda kuchli bo'lganligini ko'rsatadi.

MUHOKAMA

Bugungi Farg'ona vodiysida ham turkiy va mahalliy aholining aralashuv jarayoni jadal davom etadi. Xatto bu hol u yerda boshqa hududlarga nisbatan kuchli sodir bo'ladi. Buni ayniqsa manbalardagi Bahrom Chobin haqidagi ma'lumotlar misolida yanada aniqroq ko'rishimiz mumkin. Chunonchi, Bahrom Chubin Xusrav II Parvizdan Eron taxtini tortib olgach, bir yil taxtda o'tiradi va hatto o'zining surati tushirilgan tangalar chiqarishga ham ulguradi 591-yilda arman, gruzin va vizantiyaliklarning Xusravga sodiq qolgan fors qo'shinlari bilan birlashgan harbiy kuchlari Armanistondagi Balarat daryosi yonida Bahrom Chubin askarlarini mag'lubiyatga uchratadilar. Shundan keyin Bahrom Chubin sharqqa qochib, Farg'ona turklari huzurida panoh topadi U Barmuda ismli turk hoqonining do'sti va maslahatchisi bo'lib qoladi va uning qiziga uylanadi.

Ta'kidlash lozimki, manbalardagi ma'lumotlarga qaraganda Barmudaning avlodlari Farg'ona hududidagi hukumronligi Eftallarning hujumidan oldin boshlangan. Agar manashu ma"lumotlarga qaraydigan bo'lsak, Fag'onani ham turkiylar boshqaruvi ostida asimilasiya jarayoni qanday bo'lganligini anglash qiyin bo'lmaydi.

Bunday holni nafaqat Farg'ona balki Ustrushona muzofatida ham kuzatish mumkin. Chunonchi, Ibn Havqal "Kitob surat ul-arz" asarida Ustrushonalik turkiy sarkarda Haydar ibn Kovusni tilga oladi. Ma'lumki, u Vizantiya imperatori Feofan vizantinskiyni mag'lub yetib, xalifalikka qarshi 815-yilda Bobek boshchiligida, Ozorboyjonda, ko'tarilgan qo'g'alonni bostiradi. Uning xalifalik oldida bundan tashqari yana bir qancha xizmatlari ham mavjuddir. U keyinchalik, xalifalik poytaxtidan Ustrushonaga qaytadi. Ibn Havqalning yozishicha, buning boisi Haydar ibn Kovusning ota-bobolari ushbu hududda qadimdan hukumronlik qilib kelgan va u yerni tark yetayotganda o'g'liga qoldirgan bo'lgan [18: 132]. Bundan anglashiladiki, Ustrushonaning hokimlari ham turkiylardan bo'lgan va turkiy ko'chmanchi va o'troq aholining aralashuv jarayoni bu hududda ham kuchli davom yetgan bo'lgan. Ta'kidlash lozimki, Haydar Ibn Kovus haqidagi ma'lumotlar garchi VIII asr ohiri IX asr boshlariga tegishli bo'lsada, Ustrushonada keyingi yillarda oli borilgan areologik tadqiqotlar natijasida o'rganilgan manzilgohlar va mozorqo'rg'onlar yuqoridagi fikrlarni yana bir bor isbotlaydi.

XULOSA

Xullas, shimoldan tez-tez yo'nalib turadigan turkiylar oqimi bu holning uzilib qolishiga yo'l qo'ymagan. Chunonchi, arab sayyohi Ibn Haldun "Dasht bu oddiy bo'lmagan hayot generatori" - deb yozganida u tamoman haq yedi. Umumiy holda aytadigan bo'lsak, bugungi O'zbekistonning janubi va markaziy hududidlarida xalqlarning aralashuvi jarayoni V asr oxiridan boshlab nihoyatda kuchayadi. Albatta bunga o'sha davrdagi siyosiy jarayon o'zining ta'sirini o'tkazmay qo'ymaydi. Chunonchi, VI asr o'rtalarida tashkil topgan ilk turkiy davlat - Birinchi Turk xoqonligi mintaqada kechgan siyosiy jarayonlar natijasi edi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. - T.: "O'zbekiston tarixi" jurnali, 1999 yil 1-son;

2. Abduzuhur A. "Turkiy xalqlarning tillari va tarixi" .- T.: "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi, 8-son, 1993-yil 19-fevral;

3. Abdurahmonov G. O'zbek xalqi va tilining shakllanishi to'g'risida. T.: TDShI 1999;

4. Ahmedov B.A. O'zbekiston xalqlari tarixining manbalari.-T.: O'qituvchi, 1991;

5. Jabborov I. O'zbek xalqi etnografiyasi. - T .: O'qituvchi, 1994;

6. Mahmud Koshg'ariy. "Devonu lug'otit turk". - T.: Fan, 1963;

7. Mirzaeva D. Kokturk writing and different ideas in its study. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. 2021; 11 (4): 1144-1148.

8. Mirzayeva D. Turk xoqonligi davlatchiligi tarixi va ularni aks ettiruvchi manbalar. Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS). 2022; 2 (4): 217-221.

9. Mirzayeva D. Tarixiy adabiyotlarda eftalitlar va Turk xoqonligi tarixining yoritilishi. Central Asian Academic Journal of Scientific Research. 2021; 1 (1): 111-119.

10. Mirzayeva D. Farg'ona vodiysi G'arbiy Turk xoqonligi davrida. Farg'ona davlat universiteti "Ilm-zakovatimiz - senga, ona-Vatan!" mavzusidagi Respublika onlayn ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 2022; 132-133.

11. Mirzayeva D.M. O'rxun-Enasoy yodgorliklari Markaziy Osiyoning ilk o'rta asrlar tarixiga oid asosiy manbalar sifatida. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 2022; 2 (6): 655-660.

12. Nasimxon Rahmon. Turk xoqonligi. - T.: Abulla Qodiriy, 1993;

13. Rahmonov N., B.Matboboyev. O'zbekistonning ko'hna turkiy-run yozuvlari. Toshkent, "Fan", 2006;

14. Soatova G. "O'zbekistonda O'rxun-Enasoy yofgorliklari tadqiqi" O'zbek tili va adabiyoti jurnali, 2020-yil, 6-son;

15. Yuldashev S.B., Mirzayeva D. Eftaliylar davlati tarixining nemis tarixshunosligida tadqiq etilishi. O'tmishga nazar. 2022; 5 (6): 76-80.

16. Айдаров Г. Язик орхонского памятника Билге Кагана, Алмаата, 1966;

17. Кляшторний С.Г. Древнетюркские рунические памятники как источник по истории Средней Азии, Москва, 1964;

18. Малов С.Й. Енисейская писменност тюрков, Мoсква, 1952;

19. Рахманов Н. Новые находки Ферганы. - 0ш-3000, том 3, Бишкек, 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.