Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
O'ZBEKISTON DAVLATCHILIGI TARIXIDA BOSHQARUV TIZIMINING
SHAKLLANISHI
Jo'rayev Ilhom Abdisattorovich
Termiz davlat universiteti Tarix (yo'nalishlar va faoliyat turi bo'yicha) yo'nalishi I bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada mamlakatimizning davlatchilik tarixi, undagi boshqaruv tizimining shakllanish bosqichlari borasida tarixiy ma 'lumotlar aks etgan. Boshqaruv tizimining shakllanishiga ta'sir qilgan tarixiy shart-sharoitlar borasida ilmiy xulosalar keltirilgan.
Kalit so'zlar: O'zbekiston, davlat, davlatchilik tarixi, arxeologiya, tuzum, boshqaruv, hokimiyat.
ABSTRACT
This article reflects the history of the statehood of the decision, the processes of formation of management in it, historical data. Scientific investigations related to the historical situation that influenced the results of management research.
Key words: Uzbekistan, state, history of statehood, archeology, system, management, power.
KIRISH
Bugungi kunga kelib mamlakatimizda davlat boshqaruv tizimini isloh qilish, ushbu tizimda faoliyat olib borayotgan xizmatchilarning kasbiy malakalarini rivojlantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida" 1 gi, 2022-yil 28-yanvarda qabul qilingan "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmonlarda davlat boshqaruv tizimini isloh qilish va uni har tomonlama zamon ruhiga moslashtirish masalalariga doir ko'plab taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Darhaqiqat, zamonaviy davlat boshqaruv tizimini to'g'ri talqin qilish, to'g'ri yo'lga qo'yish uchun o'z davlatchilik tariximizni chuqur tadqiq etish, undagi tarixiy tendensiyalarga asoslangan holda ilmiy xulosalar qabul qilishimiz lozim.
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7- fevraldagi PF-4947- sonli "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvoryo 'nalishi bo 'yicha "Harakatlar Strategiyasi" Farmoni.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
ADABIYOTLAR TAHLILI
O'zbek davlatchiligi shakllanishi, uning taraqqiyot bosqichlari to'g'risida bir qancha tarixchi olimlar, arxeologlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Jumladan, taniqli tarixchilardan biri Anatoliy Sagdullayevning fikriga ko'ra, O'rta Osiyo xalqlari ajdodlarining davlatchiligi tarixi ancha qadim ildizlarga ega. Asrlar davomida ular chet el bosqinchilari (ahamoniylar, yunon-makedonlar)ga qarshi kurash olib borishdi. Turli mahalliy sulolalar davrida o'lkamizda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o'zgarib turdi. «Avesto»da oila va jamoa, iqtisodiy va boshqaruv tizimiga oid, ya'ni kohin - «zaotara», jangchi - «ratayshtar», hunarmand - «xuti», ziroatchi -«vastryoshan» hamda uy egasi - «nmanopati», urug' jamoasi boshlig'i - «vispati», zodagon - «azata», mulk - «gayta», uy-qo'rg'on - «maytana» kabi ijtimoiy qatlamlar va mulk egalarini belgilab beruvchi maxsus tushunchalar mavjud. Ulardan ilk davlatchilik tizimiga o'tish va dastlabki davlatlarning rivojlanishi tarixini o'rganishda foydalanish mumkin2.
Taniqli o'zbek arxeolog olimlaridan biri tarix fanlari doktori, professor Shopo'lat Shaydullayev ham o'z tadqiqotlarida o'zbek davlatchiligi, undagi boshqaruv tizimining shakllanishi, ushbu jarayonlarga ta'sir ko'rsatgan omillar to'g'risida batafsil ilmiy mulohazalar keltirgan. Shopo'lat Shaydullayevning "O'zbekiston hududida davlatchilikning paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari (Baqtriya misolida)" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida O'rta Osiyoda jamoalarning paydo bo'lishi va ularning rivojlanish bosqichlari, ilk sinfiy jamiyat belgilarining moddiy madaniyat yodgorliklarida aks etishi, O'zbekiston hududida ilk davlatlarning paydo bo'lish jarayonidagi shart - sharoitlar va omillar, ilk davlatchilik belgilarining arxeologiya manbalarida namoyon bo'lishi kabi masalalar borasida izchil fikrlar keltirilgan3.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tarixdan ma'lumki, miloddan avvalgi III-II mingyillliklarga kelib Markaziy Osiyoning iqtisodiy taraqqiyoti ilk shaharlar paydo bo'lishiga imkon yaratdi. Ilk shaharlar dastlabki davlatchilik shakllanishida asosiy omillardan biri bo'lib, bu ikkala jarayon uzviy holda kechgan. Miloddan avvalgi II asr o'rtalarida kichik shahar-davlatlar shakllangan.
O'zbek davlatchiligi tarixiga doir olib borilgan tadqiqotlar shaharlardagi arxeologik topilmalardan ayrimlarining yoshi 2500-3000 yildan kam emasligini isbotlab bermoqda. Afrosiyob, Ko'ktepa, Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo'rg'on va boshqa
2 A.S. Sagdullayev. O'zbekiston tarixi, I kitob [Matn]. - Toshkent: Donishmandziyosi, 2021. - B.25.
3 Sh. Shaydullayev. "O'zbekiston hududida davlatchilikning paydo bo 'lishi va rivojlanish bosqichlari (Baqtriya misolida) ". Tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - Samarqand: 2009.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
qadimiy shaharlar shular jumlasiga kiradi. O'zbekistonda dastlabki shaharlar Shimoliy Baqtriyada yuzaga kela boshladi, keyin So'g'diyona, Xorazm va Farg'ona hududlariga tarqalgan. Shaharlar sug'orma dehqonchilik rivojlangan vohalarda, qadimgi savdo yo'llari bo'ylarida, hukmdorlar qarorgohlari atroflarida paydo bo'lgan. Ular vujudga kelgan davrdan boshlab siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va harbiy markaz vazifasini bajara boshlagan. Qadimgi shahar-davlatlar va davlat uyushmalari tuzilganligi to'g'risida arxeologik ma'lumotlar bilan birga qadimgi yozma manbalar, shu jumladan, Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi - "Avesto" qimmatli ma'lumotlar beradi. "Avesto"da ahamoniylargacha bo'lgan geografik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, diniy va boshqa ma'lumotlar joy olgan. Ushbu manbada jamiyatda ijtimoiy guruhlar: kohinlar, harbiylar, dehqon-chorvadorlar, hunarmandlar tabaqalari to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Kohinlar va harbiylar hukmron tabaqalar bo'lib, hokimiyatni boshqarganlar. Ayniqsa, kohinlarning mavqei baland bo'lgan. Oila, qishloq, tuman, shahar va viloyatlar diniy yo'lboshchilar tomonidan boshqarilgan4.
O'zbek xalqining davlatchilik tarixi borasida boshqa yozma manbalar, Qadimgi Eron bitiklaridan, Yunon-rim tarixchilaridan Gerodot, Ktesiy, Arrian, Kurtsiy Ruf, Strabon va boshqalarning asarlaridan, o'lkamizda arxeologik tadqiqotlar olib borgan tadqiqotchilarning asarlaridan qimmatli ma'lumotlar olish mumkin. Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi VI asrning o'rtalariga kelib xalqlarning shakllanishi jarayoni tugagan, ularning hududiy joylashuv chegaralari, viloyatlarning ma'muriy chegaralari paydo bo'lgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O'zbekistonning dehqonchilik vohalarida so'g'diylar, baqtriyaliklar va xorazmiylar, tog', dasht va cho'llarda saklar va massagetlarning chorvador qabilalari yashagan. Ushbu xalqlar turkiy va eroniy tillarda so'zlashganlar.
Tarixdan ma'lumki, davlatlarning yuzaga kelishi murakkab jarayon bo'lib, turli xalqlarda o'ziga xos xususiyatlarni yuzaga keltiradi. Davlatlar yuzaga kelishining "Sharq yo'li" va "Yevropacha yo'li" mavjud. Osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan "Sharq yo'li"da yerga xususiy mulkchilik bo'lmagan, iqtisodiyotning asosini sun'iy sug'orma dehqonchilik tashkil etgan, sun'iy sug'orish inshootlarini jamoalar kuzatib turgan, dehqonchilik jamoasi jamiyatning birlamchi bo'g'inini tashkil etgan, yer va irrigatsiya inshootlari davlat mulki bo'lgan, boshqaruvchilar tabaqasi yuzaga kelgan. Osiyocha ishlab chiqarish usuli Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo kabi hududlarda keng tarqalgan5.
4 Bahodir Eshov. O'zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi.-Toshkent: 2014. - B. 29.
5 A. Asqarov O'zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. - Toshkent: 2007. - B. 91.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
Davlat birlashmalari paydo bo'lishining "Yevropacha yo'li"da xususiy mulkchilik shakllanishi tufayli kelib chiqqan jamiyatning ijtimoiy mulkiy tabaqalanish jarayoni asosiy omil bo'lgan.
Shuni alohida qayd etish lozimki, so'z yuritilayotgan mintaqada ilk davlat uyushmalari sun'iy sug'orish birmuncha qulay bo'lgan Amudaryo (yuqori, o'rta, quyi) oqimlari bo'ylarida, Murg'ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllangan. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar - Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatishimiz mumkin. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, dastlabki yirik shahar markazlarining paydo bo'lish muammolari davlatlar paydo bo'lishi masalalari bilan uzviy bog'liq masala hisoblanadi. Bizga qadar etib kelgan yozma manbalar O'rta Osiyo hududlarida ilk davlatlar paydo bo'lishi haqida nisbatan aniq ma'lumotlar bermaydi. Bu masalada arxeologik ma'lumotlarning ahamiyati beqiyosdir.
Insoniyat hayotida metallning keng yoyilishi - dastlabki shaharlar va davlatchilik asoslari rivojlanishining asosiy omillardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib O'rta Osiyoning juda ko'plab bronza va ilk temir davri yodgorliklaridan ishlab chiqaruvchi xo'jalik bilan bevosita bog'liq bo'lgan metall qurollar topib o'rganilganligi ham fikrimizning dalilidir. Mehnat qurollarining metalldan ishlanishi mehnat unumdorligining yanada oshishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. So'nggi bronza davriga kelib hunarmandchilikning ixtisoslashuvi va alohida xo'jalik tarmog'i sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, asosini ilk shaharlar tashkil etgan davlatchilikning paydo bo'lishi uchun muhim bo'lgan qo'shimcha mahsulot ko'payishiga turtki bo'ldi6.
Dastlabki davlat birlashmalarining paydo bo'lishida ilk shaharlardagi o'zaro ayirboshlash, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bo'lgan. So'nggi bronza davriga kelib shimoldagi ko'chmanchi chorvador qabilalar va janubdagi o'troq dehqonchilik aholisi o'rtasida o'zaro mol ayirboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Janubiy va shimoliy hududlardan topilgan topilmalaridagi juda ko'p o'xshashliklar bu hududlar o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy va madaniy aloqalardan, qadimgi yo'llarning taraqqiy etganligidan dalolat beradiki, bu jarayonlar ham dastlabki shaharlar bilan birga ilk davlatchilikning asosiy omillaridan hisoblanadi.
XULOSA
Xulosa o'rnida aytish lozimki, turli tarixiy viloyatlarda joylashgan yirik mustahkam maskanlar atroflarida dastlabki shahar markazlari shakllanib, rivojlana boshlaganligini tadqiqotlar isbotlaydi. Ilk shaharlar qishloqlardan iqtisodiy, siyosiy
6 Bahodir Eshov. O'zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi.-Toshkent: 2014. - B. 32.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
va madaniy mavqei bilan ajralib turgan. Bunday shaharlar o'zlari joylashgan vohalarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va harbiy markazlari vazifalarini bajargan bo'lishi shubhasizdir.
Hozirgi kunga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari O'rta Osiyo hududida temir davridagi ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning ayrim muhim masalalarini yangi asosda izohlashga imkoniyat yaratadi. Ammo, shunga qaramasdan bu masala to'liq yechimini topmagan. Xususan, O'rta Osiyo eng qadimgi davlatlari tipologiyasi va xronologiyasi, davlatchilik taraqqiyotida ilk shaharlarning ahamiyati muammosi shular jumlasidandir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. A. Asqarov O'zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. - T., 2007. - B. 340.
2. A.S. Sagdullayev. O'zbekiston tarixi, I kitob [Matn]. - Toshkent: Donishmand ziyosi, 2021. - 624 b.
3. Bahodir Eshov. O'zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi.-Toshkent: 2014. - 281 b.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7- fevraldagi PF-4947- sonli "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar Strategiyasi" Farmoni.
5. Sh. Shaydullayev. "O'zbekiston hududida davlatchilikning paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari (Baqtriya misolida)" Tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - Samarqand: 2009.