Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON MADANIYATINING RIVOJLANISHI'

O’ZBEKISTON MADANIYATINING RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1937
174
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Madaniyat / tarix / madaniy svilizatsiya.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ruslan Asliddinovich G‘aybullayev, Davron Yo‘ldoshevich Ro‘ziyev

Ushbu maqolada o’zbek madaniyatining tarixi, rivojlanishi xususida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON MADANIYATINING RIVOJLANISHI»

O'ZBEKISTON MADANIYATINING RIVOJLANISHI

Ruslan Asliddinovich G'aybullayev

Buxoro Davlat universiteti talabasi Davron Yo'ldoshevich Ro'ziyev

Ilmiy rahbar, Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek madaniyatining tarixi, rivojlanishi xususida so'z

boradi.

Kalit so'zlar: Madaniyat ,tarix ,madaniy svilizatsiya.

KIRISH

Respublikamiz hududida turli davrlarda, ayniqsa, XX asrning birinchi yarmi, so'ng'i choragida olib borilgan tadqiqotlar mamlakatimiz madaniyati umuminsoniy madaniyatning bir tarkibiy qismi bo'lganligini, turli davrlarda ikki qit'a - Osiyo hamda Yevropa madaniyatlari va manfaatlari to'qnashadigan joy bo'lganligini ko'rsatadi. Bir tomondan, hozirgi 0'rta Osiyo xalqlarining madaniyati qadim - qadim davrlardan buyon bir-biri bilan bog'liq holda shakllanib taraqqiy etgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, qo'shni davlatlar va mintaqalar xalqlari madaniyatidan ta'sirlangan va aksincha aks ta'sir etgan. Qadimgi dunyo tarixining har bir davri yani ilk paleolit ,o'rta paleolit ,so'nggi paleolit ,mezolit, neolit, eneolit davrining har birini o'zini madaniyati mavjud bo'lgan .

Mintaqamizning iqtisodiy-geografik joylashuvi, tarixiy manbalar va asarlarda ko'rsatilishicha, eramizdan avvalgi VI- IV ming yilliklar oralig'ida Markaziy Osiyo geografik joylanishuvi va iqlim sharoitiga ko'ra ikkita yirik madaniy-tarixiy hududga bo'lingan. Mazkur bo'linish o'sha davr kishilarining xo'jalik yuritishida, turmush tarzi va o'zaro madaniy aloqalari hamda san'atida o'z aksini topgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Janubi-g'arbiy hududlarda (hozirgi Turkmanistonning janubiy hududlarida) dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanuvchi o'troq qabilalar yashagan bo'lsa, shimoliy hududlarda ovchilik, baliq ovlash va yig'uvchi-terimchilik bilan shug'ullanadigan kishilar istiqomat qilganlar. Ular o'rtasida tosh qurollardan

foydalanish uzoq davrlargacha saqlanib qolgan. Albatta, xo'jalik yuritishning cheklanganligi, shimolda yashovchi turli qabilalar madaniyati va san'atining janubiy hududda yashovchi qabilalar madaniyatidan orqada qolishiga sabab bo'lgan. Faqat eramizdan avvalgi 11 ming yillikka kelibgina shimolda yashovchi kishilar dehqonchilik bilan shug'ullanishni yo'lga qo'ya boshlaganlar, o'troq hayot kechirishga o'tishgan, metall (bronza)dan mehnat qurollari yasashgan. Albatta, mazkur o'zgarishlar ma'naviy madaniyat, ayniqsa, uning tarkibiy qismi hisoblangan san'atda o'z ifodasini topa boshlagan.

Markaziy Osiyoda bronza davri taxminan eramizdan avvalgi III ming yillik o'rtalaridan to I ming yillik boshlariga qadar davom etgan. Bronza davrida cho'l va adirlarda chorvachilik madaniyati rivojlangan bo'lsa, janubiy hududlarda hunarmandchilik madaniyati ravnaq topgan. Shu bilan birga Janubiy hududlarda dehqonchilik taraqqiy etib, shaharlarning vujudga kelish jarayoni kechgan. Ilk bronza davrida kulolchilik buyumlariga bir xil geometrik naqsh berish odatga aylangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bronza davri moddiy madaniyati va unga singdirilgan badiiy tafakkurning qay darajada ekanligini Farg'ona shahri yaqinidan topilgan eramizdan avvalgi III ming yillikka oid bronza to'g'nog'ichlar, Chirchiq daryosi yuqori irmog'idan topilgan eramizdan avvalgi II ming yillikka tegishli bronza bilaguzuk, Chust madaniyati manzilgohidan topilgan turli xil taqinchoqlar, idishlar ko'rsatadi. Ibtidoiy-diniy tasavvurlarning vujudga kelishi badiiy tafakkur namunalarida ham o'z ifodasini topgan. Ibtidoiy davrga oid tasviriy san'at namunalariga e'tibor bersak, ularda diniy va badiiy tafakkur hamda tabiat hodisalariga bo'lgan munosabatlar umumlashib kelganligini ko'ramiz. Masalan, Saymalitosh g'ori (Farg'ona viloyati)dagi suratda qo'lini yuqoriga ko'tarib, quyosh xudosiga topinayotgan va iltijo qilayotgan kishilar tasviri berilgan. Shuningdek, bu suratda doira chalayotgan odam va qo'lini yuqori ko'tarib juft-juft bo'lib raqsga tushayotgan kishilar tasviri berilgan, degan xulosaga ham kelish mumkin. Saymalitosh rasmlari orasida arxarlar, tog' echkilari, kiyiklarni ovlash jarayoni tasvirlangan. Mazkur suratlarda ibtidoiy davr kishilarining tabiat hodisalariga nisbatan munosabatlari ifodalab berilgan.

XULOSA

Eramizdan avvalgi 3-2 ming yilliklar davrida hunarmandchilikning asosiy bo'g'inlaridan biri — kulolchilik rivojlanib, kulolchilik charxi keng yoyilgan. Shahar

madaniyati va davlatchilikning mustahkamlanishida muhim rol o'ynagan savdo-sotiq nafaqat mintaqa, balki boshqa hududlar va davlatlar bilan iqtisodiy ,ijtimoiy, siyosiy va madaniy aloqaning asosiy vositasiga aylangan. Albatta, davlatchilik asoslarining shakllanishi va shahar madaniyatining yuksalishida nafaqat ishlab chiqarish munosabatlari (dehqonchilik va hunarmandchilik)dagi o'zgarishlar va savdo-sotiqning rivojlanishi, balki mintaqamizning tabiiy geografik joylashuvi hamda g'arbiy-strategik (Sharq va G'arb manfaatlarining to'qnashuvi) ahamiyati ham muhim rol o'ynagan. Mazkur ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy o'zgarishlar hamda ilk davlatchilikning vujudga kelishida eng qadimgi shaharlar: Sopollitepa, Jarqo'ton (Surxondaryo), Yerqo'rg'on, Uzunqir (Qashqadaryo), Kuxatepa, Afrosiyob (Samarqand) va boshqa ko'hna shaharlar muhim rol o'ynagan.

REFERENCES

1.http://www.teatr uz.

2. http: //www.bilim.uz

3.http://www.ziyo. edu. uz

4.U.Qoraboyev ,G'.Soatov "O'zbekiston madaniyati"

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.