Научная статья на тему 'TARIXNI O’RGANISHDA MESOPATAMIYA MADANIYATINIG O’RNI VA AHAMIYATI'

TARIXNI O’RGANISHDA MESOPATAMIYA MADANIYATINIG O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
3478
210
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Frot / Dajla / fauna / El-Ubayd / Shumer / Akkad / Semit / Amoriy. / Frot / Tigris / fauna / El-Ubayd / Sumerian / Akkadian / Semitic / Amorite.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abdulazim Norpulatov, Diyorbek Xolmurodov

Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalardan foydanildi maqolada Mesopatamiya madaniyati xaqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF MESOPATHAMIC CULTURE IN THE STUDY OF HISTORY

The article uses sources from the history of the Ancient East. The article deals with the culture of Mesopotamia.

Текст научной работы на тему «TARIXNI O’RGANISHDA MESOPATAMIYA MADANIYATINIG O’RNI VA AHAMIYATI»

TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYA MADANIYATINIG O'RNI VA

AHAMIYATI

Abdulazim Norpulatov Diyorbek Xolmurodov

Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalardan foydanildi maqolada Mesopatamiya madaniyati xaqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Frot, Dajla, fauna, El-Ubayd, Shumer, Akkad, Semit, Amoriy.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF MESOPATHAMIC CULTURE IN THE

STUDY OF HISTORY

Abdulazim Norpulatov Diyorbek Kholmurodov

Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

The article uses sources from the history of the Ancient East. The article deals with the culture of Mesopotamia.

Keywords: Frot, Tigris, fauna, El-Ubayd, Sumerian, Akkadian, Semitic, Amorite.

KIRISH

Jahon sivilizatsiyasining markazlaridan hisoblangan mesopotamiya uzoq vaqt hatto asrimizning boshlarida ham o'z ahamiyatini yo'qotgan emas.Malumki, sharq mamlakatlari, shuningdek, qadimgi mesopotamiya tarixini ham turli manbalarga asoslanib o'rganiladi. Qadimgi Mesopotamiya o'zining xilma-xil tarixiy manbalariga ega.Qadimgi mesopotamiya tarixi bo'yicha asosiy manbalar bu moddoy madaniyat yodgorliklari, yozma hujjatlar va adabiy asarlar, antic mualliflar asalrlari hisoblanadi.

Miloddan avvalgi III-II ming yilliklarga oid madaniyat yodgorliklari Mesopotamiyaning qadimgi shaharlari Eredu, Mari, Ashshur, Nineviya va Bobil xarobalarini qazish natijasida ma'lum. Shaharlarda zinapoyasimon minora, saroylar, ulkan ibodatxonalar, turar joylar, xo'jalik inshoatlari, san'at asarlari va uy anjomlari topilgan. Mesopotamiyadan, Misr, Baxrayn va Hindistondan mill. Avv III-II ming yilliklarga oid silindirsimon stealit, lazurit, serdolikdan yasalgan muhrlar ko'plab topilgan. Eng qadimgi hujjatlar (mill.avv III ming yillik boshlari) Uruk va Jamdat-Nasdan topilgan mingga yaqin loy taxtachalardir. Ular piktografik belgilar bilan yozilib hali oxirigacha o'qilmagandir. Lagashdan mill.avv III ming yillikka oid xo'jalik

xujjatlari topilgan. Ayniqsa, mill.avv II ming yillikka oid ko'pgina xo'jalik hujjatlari saqlanib qolgan, ular davlat arxivlari, ibodatxona va xususiy arxivlarda saqlanib qolgan. Hozirgi Turkiya hududidagi qultepadan mill.avv II ming yillikka oid Osuriya va amorey savdogarlariga tegishli qarz, tilxat va sud qarorlari aks etgan 10.000 loy taxtachalardan iborat arxiv; mill.avv II ming yillikka oid Nppur, Bobil, Borsippa, Ur va Uruk shaharlari kesishmalarida topilgan arxivlar, ayniqsa, Nippurda " Murashu uyi"dan topilgan mill.avv V asrga oid 700 hujjat diqqatga sazovordir. Huquqiy hujjatlardan bizgacha yetib kelgan yodgorliklaming ko'pchiligi Mesopotamiyadan topilgan. Ulardan eng qadimgisi podsho Shul'ga qonunlari, (mill.avv III ming yillikning oxiri), mill.avv XX asrga oid Eshnunna qonunlari, undan kirish va 59 modda saqlanib qolgan. Mill.avv II ming yillik boshlariga tegishli Larsa va Issin qonunlari parchalari, Lipit-Ishtar nomli hukmdorning kirish, xulosaning bir qismi va 40 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan. Eng katta qonunlar to'plami 247-moddadan iborat asosiy qism, xulosadan iborat Hammurapi qonunlaridir. Mill.avv II ming yillik o'rtalariga oid Osuriyaning yoki o'rta Osuriya qonunlari, yangi Bobil podsholigiga oid 20 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan. Eng qadimgi diplomatik hujjatlardan ikki loy silindrda bitilgan mill.avv XXIV asrga oid Lagash va Umma o'rtasidagi chegara janjali to'g'risidagi yozuv bizgacha yetib kelgan. Mill.avv XXIII asrga oid Akkad va Elam davlatlari o'rtasidagi shartnoma, mill.avv II ming yillik boshlariga oid Mari podshosining Bobil, Suriya va Finikiya bilan diplomatik yozishmalari matnlari topilgan. Mill.avv II ming yillikda Old Osiyo, Misr tarixi va xalqaro munosabatlar to'g'risida boy ma'lumot beradigan bosh manba Misrda topilgan Tell-Amarna arxividir. Antik mualliflar Mesopotamiya tabiati, iqlimi va aholisining urf-odatlari, diniy e'tiqodlari, yutuqlari va tarixiy afsonalari to'g'risida qimmatli ma'lumotlar yozuvlar qoldirdilar. Eng batafsil ma'lumotlarni Mesopotamiyaga sayohat qilgan yunon tarixchisi Gerodot qoldirgan (mill.avv V asr). Gerodotning kichik zamondoshi ko'p yillar Eronda bo'lgan knidlik Ktesiy 23 kitobdan iborat «Eron tarixi» asarida Mesopotamiyaga ancha katta o'rin ajratgan. Ammo Ktesiy tarixini bayon qilish afsonaviy an'analarga asoslangan bo'lib voqealarni soxtalashtirish, xatolarni ko'pligi uchraydi. Mill.avv V asrda fors shahzodasi Kirning yollanma qo'shinida askar bo'lib Mesopotamiyaga kelgan yunon Ksenofontning «Kiropediya» va «Anabasis» asarlarida Dajla va Frot daryo vodiylari tasviri, mamlakat xalqlari va urf-odatlari to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Strabonning «Geografiya»sida (mill.avv I asr-milodiy I asri) 16 kitob Mesopotamiyaga maxsus bag'ishlanib boy ma'lumotlar beradi. Mesopotamiya tarixi bo'yicha bir qancha ma'lumotlar Iosif Flaviy va Rim tarixichisi Pompey Trog asarlarida uchraydi. Qadimgi Mesopotamiyadagi birinchi arxeologik qazishmalar XIX asr o'rtalarida uning shimoliy qismi Osuriya joylashgan joyda amalga oshirildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI METADALOGIYA

1842-yil fransuz diplomati P.Botta Kunjik tepaligini qazishni boshladi. Chunki bu joy mahalliy afsonalarga ko'ra Osuriya davlatining poytaxti Nineviya bolgan. Ammo te- palikni qazish aytarli natija bermagach, u bu yerda ishni tugatib Xorsabod qishlog'ida qazish ishlarini boshladi. U bu joyda 1843-yil Osuriya podshosi Sargon I ning Dur-Sharrukin saroyi qoldiqlarini topdi. Botta topgan yodgorliklar Luvr muzeyining Osuriya kolleksiyasining asosi bo'ldi. 1845-1847 yillar ingliz diplomati G. Leyyard sharq tillarini yaxshi bilgan holda Nimrud tepaligini qazishni boshladi. Ulkan odam, ho'kiz, odam-sher haykallari bo'lgan podsho saroylari bilan Osuriya poytaxti Nineviya hisoblangan Kunjik tepalagidan, Osuriya podshosi Sinaxxerib (mill.avv VII asr) saroyini uning nevarasi Ashshurbanipalning «Loy kitob»lar bilan to'la kutubxonasi bilan birga topildi. Leyyard topilmalari Londondagi Britaniya muzeyi qadimgi sharq kolleksiyasining asosi bo'ldi. Leyyardning xodimi U. Rassam Kunjik tepaligida qazish ishlarini davom ettirdi va harbiy manzaralar tasvirlangan ajoyib relyefli boy podsho kutubxonasi bilan Ashshurbanipalning saroyini topdi. Rassom tomonidan Nimrud yaqinidagi Balavat degan joyda mill.avv IX asrga oid Osuriya yodgorliklari, jumladan, harbiy yurish va xiroj keltirish tasvirlangan 4 jez plita, Balavat darvozasi qoplamasi topildi. Ingliz olimlari tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmida qadimgi shumer shaharlari Uruk, Larsa va Eredu qazib ochildi. XIX asrning oxirida fransuz arxeologlari Shumer shahri Lagash va uning hukmdorlarini ko'p sonli haykallarini asosan, Gudeaning kumush va alebastr vazalarini, «Kalxatlar stelasi»ni, ibodatxona xo'jaligi va 3000 yillik tarixga ega Nippur shahrini ochdilar. Nippur xarobalaridan umumshumer xudosi Enlil ibodatxonasi, 6000 loy taxtachadan iborat kutubxona, saroy, maktab, bozor, do'konlar uy-joylar va xo'jalik binolari topildi. XIX asrda Mesopotamiyadagi arxeologik kashfiyotlar hammani lol qoldirdi. Ammo arxeologik izlanishlarga qiziquvchan kishilar tomonidan hech qanday ilmiy rejasiz, ilmiy usullarsiz olib borildi. Ilmiy usuldan xabarsizlik butun-butun madaniy qatlamlami yo'qotishga olib keldi. XX asrning boshlaridan arxeologik izlanishlar qat'iy ilmiy usullarga suyangan holda olib borila boshlandi. Nemis arxeologi Koldevey, Bag'dod yaqinida qadimgi Bobil xarobalarini ochdi. 1899-1917 yillar shahar devorlari, Navoxudonosor II (mill.avv VII asr) saroyi, diniy marosimlar ko'chasi, bosh xudo Marduk ibodatxonasi, ulkan zikkurat qoldiqlari topildi. Nemis arxeologi V. Andre 1903-1914 yillar Osuriyaning eng qadimgi poytaxti Ashshurni qazib ochdi. 1933-1939 yillar fransuz Parro qadimgi Mari shahri qoldiqlarini qazib bu yerda podsho Zimrilim saroyi (mill.avv II ming yillik boshlari), 20 ming loy taxtachadan iborat xo'jalik- diplomatik hujjatlar arxivini topdi. 1922- 1924 yillar ingliz olimi D.Vulli qadimgi Ur shahri xarobalaridan oy xudosi Nannar, ma'buda Ningal ibodatxonalarini, podsho Ur-Nammu mill.avv III ming yillik oxirida qurgan zikkuratni, ilk sulola davrida qurilgan maktab, ustaxona, bozor, uy-joylar, ibodatxona, davlat va xususiy arxivlarini qazib ochdi. Ikkinchi jahon urushidan so'ng Yevropa va

Amerika tadqiqotchilari bilan birgalikda Iroq olimlari arxeologik izlanishlarda ishtirok eta boshladilar. Iroq olimlari Eredu shahrini, Nineviya xarobalaridan podsho Asarxaddon saroyini ochdilar. XIX asrning 50-80 yillaridan XX asr boshlarigacha topilgan yodgorliklar yangi ilmiy usullar asosida qayta o'rganila boshlandi. Shu bilan birga Mesopotamiyaning sinfiy jamiyat tarixigacha bo'lgan paleo- lit davri (Shanidar manzilgohi), neolit (Jarmo, Xassun manzilgoh- lari) yodgorliklari o'rganila boshlandi.

XIX asr oxiridan boshlab Mesopotamiya tarixiga oid qator tadqiqotlarni nemis olimlari K. Bekold, B. Maysner, amerikalik olimlar A. Almeted, A. L. Oppenxeym e'lon qildilar.

MUHOKAMA

Mesopotamiya tarixining quyidagi yo'nalishlari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayapti: siyosiy tarix va davlat qurilishi; sharq davlatchiligining o'ziga xos xususiyatlari; qadimgi Mesopotamiya huquqi; madaniyat va diniy e'tiqod etnogenezi, shumerlarning kelib chiqishi va ularning semit tilli xalqlar bilan aloqasi kabilar. Iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar muammolari yetarlicha o'rganilmagan. XIX asr oxiri

XX asr boshlarida E.Meyer fikricha har qanday sivilizatsiya feodalizmdan boshlanadi, kapitalizm davriga yetib ichki qarama-qarshiliklari tufayli halok bo'ladi, shundan so'ng bu sikl yana qaytariladi. Sharqda bu nazariya bo'yicha jamiyat abadiy feodalizm holatida turadi. Shu sababli XX asr boshlarida nemis olimlari B.Maysner, P.Koshaker asarlarida qadimgi Mesopotamiya jamiyati feodal jamiyat deb baholanadi. G'arbdagi nazariyalardan yana bin tarixiy voqealami bilish mumkin emasligi va uning tartibsizligi konsepsiyasining ilgari surilishi natijasida Mesopotamiya jamiyati taraqqiyotini tub muammo- larini yechishga yordam berdi. Tadqiqotlardagi yana bir kamchilik dalillarni yozish kabi yo'nalishning ustuvor bo'lib qolishi bo'ldi. Ammo keyingi paytlarda ijtimoiy tuzilish, xo'jalikni tashkil etish, shaharlarni shakllanishi va ularning o'rni va ro'li, hunarmandchiik, savdo, ibodatxona xo'jaligi kabi qator muammolarga bag'ishlangan kapital tadqiqotlar paydo bo'ldi. (A. Falkenshteyn, Oppenxeym, I. Gelba, V. Lemans va boshqalarning asarlari). Mesopotamiya tarixini o'rganish markazlari dastlab Angliya va Fransiyada o'rnashdi. XIX asrda u Germaniyaga ko'chdi. Yevropada fashizmning paydo bo'lishi ko'pgina olimlarni AQSHga ko'chishiga sabab bo'ldi. Bu yerda hozir jahonga mashhur osurshunoslik markazlari ishlaydi. Shu bilan birga hozir Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Turkiya va Iroqdagi osurshunoslik markazlari samarali tadqiqotlar olib bormoqdalar. Mezolit davrining XI-VIII mingyilliklarda Frot va Dajla daryolari vodiysining tog'larga tutashgan yerlarida aholi termachilik va ovchilik bilangina shug'ullanib qolmay, yovvoyi o'simliklarni madaniylashtirish va yovvoyi hayvonlarni qo'lga o'rgatishga ham urinib ko'rgan. Ular qo'yni qo'lga o'rgatganlar. Ibtidoiy kishilar toshdan boshoqlarni o'radigan o'roq va donni maydalaydigan qo'l tegirmonidan foydalanganlar. Mezolit davri kishilari qish

mavsumida g'orlarda, yozda esa daryo sohillarida poya va qamishdan chaylalar qurib, istiqomat qilganlar. Ular keyinchalik paxsadan uylar qurishga kirishganlar. Mesopotamiyadagi Zevi-Chemi-Shanidar, Mlefaat va boshqa yodgorliklar ana shu davrga mansubdir. Miloddan avvalgi VII mingyilliklarda ilk neolit davrida Zagros tog'lari vodiylari, Mesopotamiya tekisligi chegaralarida Jarmo madaniyatiga mansub qishloqlar vujudga keladi. Bu madaniyatga mansub kishilar bug'doy va arpani madaniylashtirib, echki, cho'chqa va itlarni qo'lga o'rgatgan. Loygaqamish somonini qo'shib kulolchilik buyumlari yasaganlar. Mazkur yodgorlikdan metalldan yasalgan buyumlar ham topilgan. Miloddan avvalgi VIII-VII mingyilliklarda chorvador va ilk dehqon qabilalari tog'dan vodiyga tushib, Tell-Sotto kabi o'troq qishloqlarni barpo qilganlar. Miloddan avvalgi VI mingyillikning o'rtalari va ikkinchi yarmida Shimoliy Mesopotamiya neolit qabilalari tomonidan o'zlashtirilgan va bu joylarda Xassuna madaniyati nomi bilan mashhur bo'lgan madaniyat keng tarqalgan. Xassun qabilalari hozirgi Bag'dod chegarasigacha bo'lgan joylargacha kelib o'rnashgan. Bu davrda dehqonchilik va chorvachilik xo'jaligi shakllanib, ular yirik va mayda shoxli chorva boqqanlar, arpaning to'rt, bug'doyning uch navini, shuningdek, tut ekib parvarish qilganlar. Kichik-kichik to'g'onlar va kanallar qurib, sun'iy sug'orishga asoslangan ilk sug'orma dehqonchilikni kashf etgan lar. M.av. V-IV mingyilliklar orasida mesopotamiyaliklar yangi-yangi yerlarni o'zlashtirib, katta-kichik kanal, ariq va suv inshootlari qurganlar. Shuning natijasida dehqonchilik tobora rivojlanib, yerdan mo'l hosil ola boshlaganlar. Shu vaqtga kelib Mesopotamiyada Eredu, Ur, Uruk, Larsa, Lagash, Umma, Isin va Shuruppak kabi obod qishloqlar bunyod etilgan. Ularning atrofi esa ancha mustahkam mudofaa devorlari bilan o'rab olingan. Bu qishloqlarda va Mesopotamiyaning boshqa joylarida dehqonchilik bilan bir qatorda kulolchilik, asbobsozlik, to'qimachilik, zargarlik, duradgorlik, me'morchilik kabi kasb-korlar rivoj topa boshlagan. Ayni paytda voha yaylovlarida chorvachilik ham rivojlanib, aholi uzun, jingalak junli qo'y-qo'zilar, qoramol va eshak boqqan. Bu davrda mesopotamiyaliklar ot bilan tanish emas edilar.

NATIJA

Qadimdan boshlab Mesopotamiya aholisi o'zaro va qo'shni o'ikalar bilan qizg'in savdo ishlari olib borgan. Xo'jalik rivojlana borib aholi ko'payib ibtidoiy qishloqlar asta-sekin shaharlar tusini ola boshlagan. Shu jihatdan qishloqlarni shaharlar onasi deyish mumkin. Ularda haybatli ibodatxonalar. hukmdorlarning qarorgohlari, xo'jalik, ma'muriy idoralar va hunarmandchilik ustaxonalari qurilgan. Shaharlarning atrofi mustahkam, minorali qalin mudofaa devorlari bilan o'rab olingan. Devor sirtida esa mudofaa uchun chuqur xandaqlar bo'lib, ularga doim suv to'latib qo'yilgan. Ibtidoiy qishloqlar aholisi bir urug' yoki urug'doshlardan iborat boiib. uni urug' oqsoqoli boshqarar edi. Shaharlarning vujudga kelishi munosabati bilan unga uzoqva yaqin

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

joylardan bir-biriga begona bo'lgan odamlar ham kelib o'rnasha boshlaganlar. Miloddan avvalgi IV mingyilliklarda Janubiy Mesopotamiyaga janubi-sharq tomondan shumerlar kelib joylashgan. Ular mahalliy aholi bilan aralashib istiqomat qilganlar. Shu vaqtdan boshlab bu joy Shumer viloyati nomini olgan. Janubiy Mesopotamiyada dehqonehilik chorvachilik va hunarmandchilikning rivojlanishi natijasida badavlat kishilar, erkin jamoatchi dehqonlar, hunarmandlar va qullar ko'paya boslilagan. Bu Mesopotamiya dunyosidagi tabaqalar edi. Endilikda jamiyatni boshqarish uchun qandaydir tashkilot zarur bo'lib qoldi. Bu tashkilot Shumerdagi shahar-davlatlar edi. Har bir shahar-davlatning o'z podshosi, amaldorlari, vaziru vuzarolari, qo'shinlari, qo'riqchilari, ruhoniylari, jinoyatchilarni jazolovchilari va qamoqxonalari bo'lgan. Butun shahar unga qarashli qishloq ahli podshoning fuqarosi hisoblanadi. Qadimgi Mesopotamiya shahar-davlatlarini faqat jazolovchi tashkilot deb qarash kerak emas. Bu shahar-davlatlar zimmasida sug'orish inshootlarini tartibga keltirish, dehqonehilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiqni rivojlantirish va mamlakatni mudofaa qilishdek juda muhim ishlar turgan. Bu jarayonlar Mesopotamiyada miloddan avvalgi IV mingyillikning ikkinchi yarmi va III mingyillikning boshlarida sodir bo'lgan.

XULOSA

Mesopatamiyani tarixchilar hududini ikkiga ajratishgan Quyi va Yuqori qismga ajratishgan janubdagi aholi shimoldagi aholigi qaraganda oldinroq janubda yashashgani kurishimiz mumkin.Keyinroq esa Shumer va Akkad shaharlari paydo buldi.shumerliklar eng qadimgi mixxat plitkalari 4 ming yilik aval ixtiro qilingani kurishimiz mumkin.Yozuvlar loydan yasalgan plitkalarga yoki planshetlarga solingan va olovda pishirilgan.

REFERENCES

1. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

2. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

3. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

4. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).

5. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

6. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).

7. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).

8. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).

9. Амиркулович, X. С. (2021). УЗБЕКИСТОН ТАРИХИ ФАНИНИ У^ИТИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УЗИГА ХОСЛИГИ. Scientific progress, 1(3).

10. Амиркулович, X. У. (2021). ТАРИХ ДАРСЛАРИНИ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШДА МИНИАТЮРАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЙУЛЛАРИ. Scientific progress, 1(3).

11. Хайдаров С. (2021). Убекистон тарихини укитишда миллий миниатюрадан фойдаланиш (Бобурнома мисолида). Academic Research in Educational Sciences. 2 (7). 760-764.

12. Sulaymonov Askarali. Khaydarov Sulaymon Amirkulovich (2021). Increasing the effectiveness of teaching history through miniature art works. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education. 1 (12). 2043- 2049.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.