Научная статья на тему 'EFTALIYLAR DAVLATI SIYOSIY FAOLIYATIDA ELCHILIK ALOQALARINING O‘RNI'

EFTALIYLAR DAVLATI SIYOSIY FAOLIYATIDA ELCHILIK ALOQALARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1268
93
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ташқи алоқалар / ҳуқуқ / элчилик / карвонсарой / маросим / кўчманчилик / урф-одат / анъаналар / йилномалар / хокимият / қонун-қоидалар. / Foreign relations / law / embassy / caravanserai / ceremony / nomadism / customs / traditions / chronicles / authority / laws.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Жаҳонгир Мамасидиқович Камолов, Малика Шерзодовна Рахматова

Ушбу мақолада Эфталийлар давлати ва унинг ташқи алоқалари, жумладан Хитой, Ҳиндистон, Византия ва Эрон сосонийлари давлатлари билан элчилик алоқалари ҳақидаги маълумотлар акс этган.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF EMBASSY RELATIONS IN THE POLITICAL ACTIVITY OF THE HEPHTALIAN STATE

This article provides information on the Hephthalite state and its foreign relations, including diplomatic relations with the Sassanid states of China, India, Byzantium, and Iran.

Текст научной работы на тему «EFTALIYLAR DAVLATI SIYOSIY FAOLIYATIDA ELCHILIK ALOQALARINING O‘RNI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

EFTALIYLAR DAVLATI SIYOSIY FAOLIYATIDA ELCHILIK

ALOQALARINING O'RNI

Жахонгир Мамасидикович Камолов Малика Шерзодовна Рахматова

Тошкент давлат педагогика университети

АННОТАЦИЯ

Ушбу маколада Эфталийлар давлати ва унинг ташки алокалари, жумладан Хитой, Х,индистон, Византия ва Эрон сосонийлари давлатлари билан элчилик алокалари хакидаги маълумотлар акс этган.

Калит сузлар. Ташки алокалар, хукук, элчилик, карвонсарой, маросим, кучманчилик, урф-одат, анъаналар, йилномалар, хокимият, конун-коидалар.

THE ROLE OF EMBASSY RELATIONS IN THE POLITICAL ACTIVITY OF

THE HEPHTALIAN STATE

ABSTRACT

This article provides information on the Hephthalite state and its foreign relations, including diplomatic relations with the Sassanid states of China, India, Byzantium, and Iran.

Keywords. Foreign relations, law, embassy, caravanserai, ceremony, nomadism, customs, traditions, chronicles, authority, laws.

Eftaliylar davlati o'z davrining yirik saltanatlaridan biri o'laroq faol tashqi siyosat olib borgani ko'plab yozma manbalarda saqlanib qolgan. Eftaliylar yirik imperiyalar bo'lmish Xitoy, Sosoniylar Eroni, Hindistondagi mahalliy sulolalarga nisbatan yuritgan tashqi siyosati va siyosiy-harbiy yurishlari turli tillardagi yozma manbalarda u yoki bu darajada o'rin olgan.

Ilk o'rta asrlarda Markaziy Osiyoning kunchiqar tomonlarida, asosan, Tangritog'ning shimoli-sharqiy qismi, Oltoy tog'larining sharqiy etaklari, Janubiy Sibir va Mo'g'ulistonni o'z ichiga olgan kengliklarda Juan-juan yoki Avar xoqonligi (402552) deb ataladigan yirik imperiya ko'plab el-uluslarni o'z bayrog'i ostida birlashtirgan edi. Shu o'rinda aytib o'tish kerak, "Avar xoqonligi" ostida aksariyat hollarda VI-IX asrlarda Sharqiy Yevropa asosan, Qora dengizning shimoli, Pannoniya /Avstriya, Tuna daryosi bo'ylarida hukm surgan turkiy saltanat tushuniladi. Shu bilan birgalikda, bir

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

qator tadqiqotchilar Juan-juan xoqonligi va Eftaliylar davlatini ham aslida bitta davlat bo'lib, ularning asl nomi Avar xoqonligi bo'lgan, deb hisoblamoqdalar1.

O'sha kezlarda mintaqada yana bir yirik siyosiy kuch - Eftaliylar davlati (420565) o'rtaga chiqib, Amudaryo-Sirdaryo oralig'i, Shimoliy Hindiston (Gandxara / Pokiston, Afg'oniston) va qisman Xurosonni o'z qo'l ostida tutdi. Xitoy yilnomalarida eslatilishicha, Yeda (Eftaliy) davlati kuch-qudratga erishgan paytda (450 yillarda) unga G'arbiy o'lkalardagi Kangyuy (Choch yoki Sug'd), Xo'tan, Shale/Sule (Koshg'ar), Kucha, Yansi (Qorashar), kabi 30 ga yaqin kichik hukmdorliklar bo'ysunishgan . Har ikkala saltanat o'zaro qo'shni bo'lib, mintaqada Sharqiy Turkiston va Yettisuv ularning chegara hududlarini tashkil qilardi.

Bu davrda Markaziy Osiyoga sharqdan qo'shni hudud - Xitoyda Shimoliy Vey (Toba; 385-556) sulolasi etakchilik qilardi. Mintaqaga janubi-g'arbdan qo'shni hudud Eronda esa yirik siyosiy kuch - Sosoniylar imperiyasi boshqaruv tizginini qo'lda tutib, Xurosonni egallash uchun Eftaliylarga qarshi kurash olib borardi. 560 yillarda Sosoniylar ham xuddi Xitoyga o'xshab mintaqada yangi siyosiy kuch-Turk xoqonligining o'rtaga chiqishini xayrixohlik bilan kutib oladi va oradan ko'p o'tmay xoqonlik bilan aloqa o'rnatib, uning Eftaliylarga qarshi siyosatini qo'llab-quvvatlay boshlaydi.

Eftaliylar - Xitoy aloqalari

Xitoy manbalaridan ma'lum bo'lishicha, Eftaliylar davlati va Xitoy sulolalari orasida bir necha yillarda, bir qator yo'nalishlarda diplomatik aloqalar o'rnatilgan edi. Eftaliylar davlatining markaziy boshqaruv hududi Toxariston bo'lib, bu erda davlatning bir necha boshqaruv markazlari bo'lgan shaharlar o'rin olgandi. Chog'aniyon, Termiz, Balx, Qunduz kabi shaharlar Kushon va Xioniylar davrida boshqaruv markazi vazifasini o'taganidek Eftaliylar davrida ham bu holat saqlanib qoladi. Shuning uchun yozma manbalarda Eftaliylar davlati Toxariston o'lkasi o'laroq tilga olinadi. «Vey-shu» yilnomasida 464 yilda Tuxolo (Toxariston)dan Shimoliy Vey sulolasiga elchi kelgani tilga olingan bo'lib, ular Eftaliylarga tegishli bo'lsa kerak. Boshqa tomondan esa Idan (Eftaliy) va Tuxolo davlati bir-biriga qo'shni davlatlar sifatida ko'rsatiladi. "Suy-shu" va "Tan-shu" yilnomalarida esa 615 yilda Toxaristondan Xitoyga elchi jo'natilgani, ular xitoyliklarga Idan (Eftaliy)lar bilan yonma-yon yashashlari to'g'risida so'zlab berishganiga urg'u beriladi.

L.A.Borovkovaning yozishicha, Yada/Idan (Eftaliy) davlati VII asrga kelib ancha kichrayib qolgan bo'lsa-da, Amudaryoning janubida yashashda davom etadi. Ushbu davlatning VIII asr o'rtalarida ham saqlanib qolganini "Sin Tan-shu" yilnomasida Tyan-bao erasining 7 yilida Eftaliylardan elchi kelgani tilga olinishi, shuningdek "Yada -

1 Qarang: Golden P. B. Türk Halklari tarihine Giri§. Qev. O. Karatay. - Ankara: Karam, 2002. - S. 61-65, 88.

2 Бичурин Н. Я. Собрание сведений... II. - С. 269.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

hukmdor laqabi, qaysiki uning izdoshlari bu nomni davlat nomiga aylantirdilaf degan

"5

ma'lumot uchrashi bu qarashni qo'llab-quvvatlaydi . Boshqa tillardagi manbalardan ham Eftaliylar biror siyosiy uyushma o'laroq VII-VIII asrlarda ham yashashda davom etgani payqaladi, biroq bu paytda ular Turk xoqonligi qo'l ostidagi Toxaristonning kichik bir bo'lagida o'z boshqaruviga ega bo'lganini esdan chiqarmaslik kerak.

Eftaliylar davlatining yana bir nomi o'laroq xitoy yilnomalarida "Xua" atamasi uchraydi. Yilnomalarda bu atamaga quyidagicha tushuntirish beriladi:

"Xua elati - bu Cheshi (o'lkasining) alohida elatidir".

Shuningdek, yilnomalarda Xua davlati borasida so'z borib, 516, 520, 526 yillarda ulardan Xitoyga elchiliklar kelgani aytib o'tiladi4.

"Tyan-szyanning 15 yilida (516 y.) (Xua hukmdorligi) boshqaruvchisi Yaday Ilito ilk bor Lyan sulolasiga elchi yuborib, o'z o'lkasining mahsulotlaridan tortiq qildi";

"Yuan-Vey saltanati chog'ida Xua elati Sansyan (o'lkasi)da yashar edilar. Xua o'sha chog'larda kichik hukmdorlik bo'lib, Jujanlar qo'l ostida edi. Keyinchalik ular ko'payib, yanada kuchliroq bo'lishdi va qo'shni o'lkalarga qarshi urushlar olib borib, Bosi (Fors), Panpan, Szibin (Kobul/Kashmir), Yansi (Qorashar), Guysi (Kucha), Shule (Koshg'ar), Gumo, Yuytyan (Xutan) va boshqa hukmdorlikliklarni bo'ysundirib, o'z chegaralarini kengaytirdi";

"Xua (Avar) o'lkasi ... Yozuvi yo'q, bitimlar tuzish uchun yog'och taxtachalarni ishlatishadi. Qo'shni o'lkalar bilan bordi-keldi qilgandagina "Xu"larni yuborib, Xu yozuvida maktub yo'llaydilar"5.

"Xua" atamasini ko'pchilik izlanuvchilar Eftaliylar davlatining yana bir nomi bo'lmish "Avar" bilan tenglashtiradilar. Birinchi ma'lumot, "Cheshi o'lkasi" Sharqiy Turkistondagi Turfon (Urumchi) tegrasiga tegishli bo'lib, geografik o'rni Tangritog' (Tyanshan)ning kunchiqar etaklariga to'g'ri keladi. Ikkinchi ma'lumot esa Toxaristondagi Eftaliylar davlatiga tegishlidir. L.A.Borovkovaga ko'ra, birinchi ma'lumotdagi "Xua elati - bu Cheshi (o 'Ikasining) alohida elatidif deganda Gaochelar to'g'risida so'z borib, ayni o'sha chog'larda Turfon va tevaraklari ular tomonidan egallangan, Yada (Eftaliylar) esa kunbotardagi o'lkalarga ko'chib ketgan edi6.

Eftaliylar - Sosoniylar aloqalari

Sosoniylar va Eftaliylar o'rtasidagi dastlabki aloqalar V asrning boshlariga to'g'ri keladi. Eftaliylar kuchidan Eron sosoniylari Vizantiyaga qarshi kurashda foydalanib kelgan. V asrning o'rtalarida Sosoniylar hukmdori Bahrom Go'r (420-438) 427 yilda o'z o'lkasini Eftaliylar bosqinidan saqlab qolishi uchunmi yoki mintaqaga uyushtirilgan

3 Боровкова Л. А. Народы Средней Азии III-VI веков ..., с. 261.

4 Боровкова Л. А. Народы Средней Азии III-VI веков (по древним китайским и западным источникам) ..., с. 264265.

5 Боровкова Л. А. Народы Средней Азии III-VI веков (по древним китайским и западным источникам) ..., с. 257.

6 Боровкова Л. А. Народы Средней Азии III-VI веков (по древним китайским и западным источникам) ..., с. 265.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Juan-juanlar bosqini natijasidanmi yetarlicha aniqlanmagan sabablarga ko'ra davlat

n

chegarasidagi xun va eroniy ko'chmanchilar Eftaliy sulolasining qo'l ostiga o'tadi .

Pahlaviy yozuvida bittilgan «Bahman-yasht»dagi Sosoniylarning eftaliylar va boshqalar bilan munosabatiga doir quyidagi tarixiy tasdiqlar e'tiborni tortadi: "(Erondagi) podshohlik va oliy hokimiyat eroniy bo'lmagan qulvachchalarga, ya'ni xion, turk, haftal (eftal), tibetliklar ... qo'liga o'tdi"8. Bundan ko'rinadiki, Sosoniylar va Eftaliylar orasida turli voqeliklar yuz bergan bo'lib, bu holat sosoniy yozma adabiyotida aks etmasdan qolmagan. Eftaliylar tarixi bo'yicha Sosoniylar davriga tegishli "Xvatav-namak" (Hukmdorlar kitobi), "Ayatkari Zariron" (Zarir to'g'risidagi esdalik kitobi), "Kornamak-i Artaxsher-i Papakon" (Papak o'g'li Artasherning qilmishlari kitobi), "Shahristonho-i Eron" (Eron shaharlari) asarlarida birmuncha ma'lumotlar o'rin olgan. Ahamiyatlisi shuki, ushbu manbalar keyinroq yozilgan arab va fors tillaridagi tarixiy adabiyotlar uchun manba vazifasini ham o'tagan. Jumladan, arab-fors tilli asarlardagi ma'lumotlarning bir qismi to'g'ridan-to'g'ri eftaliy - arab to'qnashuvlarini ko'rgan yoki to'qnashuv qatnashchilaridan eshitgan mualliflar tomonidan yozilgan bo'lsa, bir qismi esa pahlaviy tilli asarlardan olingandir. Ular orasida ayniqsa o'rta fors (pahlaviy) tilida yozilgan "Xvatav-namak" (Hukmdorlar tarixi) asaridan yoki uning ko'plab arabcha o'girmalari negizida yozilgan. Arab-fors asarlaridagi ma'lumotlar ko'proq Sosoniylar Eroni, Eftaliylar davlati va Turk xoqonligi orasida bo'lib o'tgan to'qnashuvlar yoritilganligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, ularga tayanib Eftaliylaming davlat tuzumi, etnomadaniyati va turmush tarzi to'g'risida birmuncha tasavvurlarga ega bo'lish mumkin. Pahlaviy tilli manabalarda uchraydigan "xyaon" atamasining Eftaliylar bilan bog'liq tomonlari tadqiq qilgan A.A.Ambarsumyan ushbu manbalariga ancha keng to'xtalgan9.

Sosoniylar Eroni qo'l ostida bo'lgan, keyinchalik Eftaliy davlatiga qo'shib olinib, har ikkala davlat orasida chegara bo'lgan Xuroson ancha muddat Eftaliylarning tayanch hududlaridan biri bo'lgani sababli bu yer ularning o'lkasi sifatida bilina boshlagan bo'lsa kerak. Turk xoqonligi davrida ham Xurosondagi Badg'is hukmdorligini kelib chiqishi Eftaliylarga taqaluvchi sulola boshqargan. Bu sulola vakillaridan biri Nizak Tarxon xoqonlik noibi sifatida arablarga qarshi kurashgan10.

Eftaliylar va Sosoniylar o'rtasidagi siyosiy munosabatlarni xitoy yilnomalaridagi quyidagi ma'lumot ham tasdiqlaydi. "Vey-shu" yilnomasida eslatilishicha, Yada (Eftaliy) davlatiga "G'arbiy o'lkalarda Kangyuy, Yuytyan (Xo'tan), Shale (Koshg'ar),

7 Golden P.B. An introduction to the History of the Turkis Peoples. Wiesbaden: Otto Harrassowitz, 1992. - P. 81; Golden P. B. Türk Halklari tarihine Giri§. Qev. O. Karatay. - Ankara: KaraM, 2002. S. 64.

8 Гафуров Б. Таджики ..., c. 201, 206, 207.

9Амбарцумянц А. А. Этноним «xyaona» в Авесте // Записки Восточного отделения Российского Археологического общества (ЗВОРАО): НС. - Санкт-Петербург, 2002. - Том И (XXVI). - С. 35-71.

10 История ат-Табари. Избранние отрывки (Пер. с араб. В.И. Беляева. Допол. к пер. О.Г. Большакова и А.Б. Халидова) - Ташкент, 1987. - С. 127, 129, 256-258.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Ansi va o 'ttizdan ortiq kichik hukmdorliklar unga bo 'ysundi hamda (bu davlat) buyuk podsholik deb yuritila boshlaydf11.

Sosoniylar-Eftaliylar aloqasi tarixi masalasida bir qator chalkashliklar bor. Milodiy IV asrda eski Kushon saltanati hududlari Xioniylar tomonidan egallangan. Xun saltanati tarmoqlaridan biri sifatida Amudaryoning yuqori oqimida o'z davlatini qurgan bu elatni "Xioniylar" emas, "Janubiy Xunlar" deyish maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning sababi milodiy III asrda o'zaro ichki urushlar va Xitoy bosqini natijasida Xunlarning ko'pchiligi Sharqiy Yevropaga ko'chgan bo'lsa, sezilarli bir bo'lagi esa Amudaryo-Sirdaryo oralig'iga siljib, Samarqandni egallagan, oradan ko'p o'tmay esa Amudaryoning yuqori oqimidagi o'lkalarni qo'lga kiritib, Xioniylar davlatni qurgan edilar. Biroq V asr boshlariga kelib Xioniy - Janubiy Xunlar davlati o'rnida Eftaliylar davlati o'rtaga chiqadi.

Shu o'rinda Xioniylar va Eftaliylarni ko'pincha bitta elat deb qaragan arman mualliflarining ma'lumotlarini keltirib o'tish kerak bo'ladi. IV asrning so'nggi o'n yilliklari - V asr boshlarida o'z asarini yozgan arman tarixchisi Favost Buzand va boshqa arman tarixchilari 370 yillarda Kushonlar erida hukmronlik qiluvchi "Xon"lar Sosoniylar Eroniga qarshi urushlar olib borganini yozadi. IV asrning o'rtalarida Kushon davlatining (to'g'rirog'i, boshqaruvini Sosoniylar qo'liga olgan Sosoniy-Kushonshohlarning) so'nggi yillari bo'lib, shu asrning ikkinchi yarmidagi boshqaruvini Xioniylar qo'lga kiritadi. Ular arman manbalarida "xon" (xo'n) atamasi ostida tilga olinadi. Arman manbalarini sinchiklab o'rgangan K.V.Trever "Xon"lar kushonlarga qarindosh elat bo'lib, yirik massaget uyushmasidan ajralib chiqqan va "xun'lar bilan

1 9

qandaydir bir darajada aralashgan elat bo'lganini yozadi . U va boshqa ko'pchilik tadqiqotchilar arman manbalaridagi "Xon"ni yunon va lotin manbalarida "xioniy", suryoniychada "xionaye", "Avesto"da esa "xiaona" deb tilga olingan Xioniylar bilan tenglashtiradilar. K.V.Treverning bu qarashlari birmuncha to'g'ri, biroq u negadir arman manbalaridagi "xon" (xo'n) bilan boshqa manbalardagi "xun" atamasi bir ekani masalasiga to'xtalib o'tmaydi.

Xioniylar ilk bor 350 yillarda tarix sahnasiga chiqib, G'arb manbalarida tilga olina boshlaydilar. Ular Sosoniylar ittifoqchisi o'laroq 356 yilda Amid (Diyorbaki r) shahri qamalida qatnashgan bo'lsa, 370 yillarda yirik siyosiy kuch sifatida Sosoniylarga qarshi urushlar olib borgani to'g'risida ma'lumotlarning uchrashi bu qarashni kuchaytiradi. Bu voqealardan deyarli yarim asrdan ko'proq vaqt o'tgach, eski Kushonlar o'lkasi o'rnida Eftaliylar boshqaruvi o'rnatilib, endi ular ayrim o'rinlarda "Xioniy", ayrim o'rinlarda esa "Eftaliy" atamasi ostida eslatila boshlaydilar. Bu yangi elatni "xeptal" yoki "tetal"

11 Боровкова Л. А. Народы Средней Азии III-VI веков (по древним китайским и западным источникам) ..., с. 225.

12 Тревер К.В. Кушаны, хиониты и эфталиты по армянским источникам // Советская археология, XXI. М.-Л., 1954. - С. 134.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

1 "5

deb yozgan arman tarixchilari ko'pincha ular bilan "Xon"larni bitta elat, deb biladi . 450 yillardan boshlab arman manbalarida Sosoniylarga qarshi kurashayotgan "Kushon o'lkasi" boshqaruvchilari deb "Xon"lar emas, ko'proq "Tetal"lar tilga olina boshlashi diqqatni tortadi. Bu holat Xioniylar davlati boshqaruvini Eftaliylar egallagani bilan bog'liq edi.

Bir qator izlanuvchilar qatorida Ya.Xarmatta Kidariylar bilan Xioniylar (Xyon)ni tenglashtiradi. Uning yozishicha, Sosoniylar shohi Peroz Kidariylarga qarshi urush olib borganda raqiblarini "Xyonlar, qaysiki bular Xunlardir" deb atagan bo'lib, ushbu ma'lumot bu qarashni kuchaytiradi14. Biroq har uchala siyosiy uyushmani alohida-alohida deb yoki ulardan ikkitasini bir, qolgan bittasini esa alohida etnik va siyosiy asosga ega deb qarovchi tadqiqotchilar ham bor. A.Bivarga ko'ra, Kidariylar Xun elatlari ichida etakchi siyosiy uyushma bo'lib, ularning boshqa xunlar bilan yaqinligi etnik emas, ko'proq siyosiy tomondan ustuvor edi. 380 yilda Xioniylar boshlig'i Kidara Sosoniylar qo'l ostidagi Kushon o'lkasini ustidan ustunlik o'rnatib, Sosoniycha "Kusansah" (Kushonlar hukmdori) unvoniga ega bo'ladi. U Kushon-Sosoniylarga xos baqtriycha oltin tangalar bostiradi. Bu turdagi tangalarda uning ismi Kidaro ko'rinishi o'rin oladi. Keyinroq esa hind draxmalarida uning ismi brahmiy yozuvida Kidara ko'rinishida uchray boshlaydi15. Ko'pchilik izlanuvchilarga ko'ra esa V asr boshlarida Baqtriya - Toxaristonga kirib kelgan Xunlarning ikkinchi to'lqini bo'lmish Eftaliylar Kidariylarni Gandxara (Pokiston)ga siqib chiqaradilar16.

Eftaliylarni eroniy tilda so'zlashgan elat deb qaragan R.Fray, ular xioniylarning

11

etakchi urug'i bo'lgan, deb taxmin qiladi . Birmuncha keyin yozilgan izlanishlarida esa u xioniy va kidariylarni tenglashtirib, xioniy boshqaruvchilaridan biri Kidara tanga bostirar ekan, ularda o'zini "Kushon hukmdori" deb ko'rsatishga intilganiga urg'u beradi va Eftaliylarni Oltoy tillarida so'zlashuvchi elatlardan biri deb hisoblaydi. Unga ko'ra, Eftaliylar Juan-juanlar siquvi ostida Mo'g'uliston Oltoyidan O'rta Osiyo orqali Hindistonga kelib o'rnashadi. Bu erda ular V asrning boshlarida Kidariylarni

Baqtriyadan Hindistonga siljitadi. Ungacha Kidariylar IV asr o'rtalaridan V asrgacha

1 8

Sosoniylar bilan qo'shni edi .

Bundan ko'rinadiki, Xioniylar va Eftaliylar ikkita alohida-alohida sulola, biroq etnik tomondan bitta negizga ega - Xun elatlariga. Birmuncha boshqa etnik negizdagi Kidariylar esa Xioniylarning o'rnini egallagan, keyinchalik esa ular Xioniylarning bir tarmog'i Eftaliylardan mag'lub bo'lib, Hindistonga ko'chgan. Sosoniylar muhitida

13 Тревер К.В. Кушаны, хиониты и эфталиты по армянским источникам ..., с. 134-135.

14 Harmatta J. Late Bactrian Inscriptions ..., p. 391.

15 Bivar A.D.H. Hephthalites / Ye. Arshater (ed.), Encyclopaedia Iranica XII. 2. - New York, 2003. - P. 199

16 Bivar A.D.H. Hephthalites ..., p. 199.

17 Фрай Р. Наследие Ирана. Москва, 1972. С. 311.

18 Frye R.N. The Heritage of Central Asia. From Antiquity to the Turkish Expansion. Princeton, 2001. - P. 171-173.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

yozilgan asarlarda Kidariylar tilga olinmaydi, biroq xyon, xun etnonimlari ostida Xioniylar va Eftaliylar boshqaruvchilari tushunilgani anglashiladi.

Eftaliylar bo'yicha ko'plab izlanishlar olib borgan turkiyalik tarixchilar esa Eftaliylar davlatini "Oq-Xun davlati" deb ataydilar. Bu borada salmoqli ishlar qilgan Z.V.To'g'on, E.Qo'nuqchu, M.Tezjanlar Eftaliylarga turkiy, shu bilan birga birmuncha boshqa etnik elementlarni qo'shib olgan elat, deb qaraydilar19.

M.Tezjanga ko'ra, Eftaliylarni Oq-xunlar bilan tenglashtirib bo'lmaydi, ular ayri-ayri sulolalar bo'lib, biri ikkinchisining o'rnini egallagan. Eftaliylar Juan-juanlarning urug'laridan biri o'laroq "Xua" deb atalgan va Cheshi o'lkasi (Turfon tevaragi)da yashagan. Ushbu elat Toxaristonga kelib, Xurosonning kunchiqar tomonlarida o'rnashuvi V asrning boshlariga to'g'ri keladi. Uning yozishicha, Kidariy xunlaridan keyin yoki Eftaliylar bu erlarni egallagach Xuroson o'lkasi "Apar-shahr" - "Apar o'lkasi" deb yuritila boshlagan. Bungacha na eroniy va na arman yozma manbalarida yo bo'lmasa na Sosoniylar tangasida Apar yoki Apar-shahr atamasi uchraydi. Apar-shahr (Nishopur) shahri 350-360 yillarda qurilgan bo'lib, Sosoniylar kunchiqarda Xioniy (Xun)larni enggan chog'larga to'g'ri keladi. Musulmon manbalariga ko'ra, bu o'lkani Sosoniylar qayta egallagach, Xuroson deb o'zgartiradi. Sosoniy boshqaruvchilaridan biri Xusrav II o'zini "Aparvez" unvoni bilan atay boshlaydi. Bu Sosoniylar Kushon davlatini o'z qo'l ostiga olib, ularga tegishli o'lkalarni "Kushon-shahr" deb o'zgartirib, Shopur I o'zini "Kushonshoh" deb ataganiga o'xshaydi. Shunga o'xshab Xun / Xioniylar yoki Eftaliylar qo'l ostidagi o'lkalar Sosoniylar tomonidan bosib olingach, bu erlar "Apar-shahr"ga o'zgartirilib, Sosoniy boshqaruvchilar o'zini "Aparshoh" deb ataydilar20.

Dinovariy Sosoniylar va xoqonlik Haytallar davlatini tor-mor qilib, unga tegishli hududlarni o'zaro taqsimlashgani, turklar Choch, Farg'ona, Sug'd va Buxoroni qo'lga kiritgani, Sosoniylar esa Toxariston (Chag'oniyon va h. k.) hamda Kobulistonni o'ziga

91

olganini qayd etadi . Xitoy yilnomalaridan anglashilicha, bu voqea 560 yillar oralig'ida

99

bo'lib o'tgan edi .

Eftaliylarning Hindistondagi faoliyati

Hind yozma manbalarida Hindistondagi Gupta sulolasi bilan Eftaliylar orasida bo'lib o'tgan tinimsiz urushlar to'g'risida so'z boradi. Eftaliylarni "xuna" atamasi

19 Togan Z.V. Eftalit Devletini Te§kil Yeden Kabilelere Dair // Fen-Yedebiyat Fakültesi Ara§tirma Dergisi. Fas.:l, Sayi: 13. - Erzurum, 1985. - S. 59-65; Konukgu Ye. Ku§an ve Akhunlar tarihi. - Istanbul 1973; Tezcan M. Akhunlar ve Eftalitler // Hindistan Türk Tarihi Ara§tirmalari. Sayi: 2, Temmuz / Aralik 2001. - S. 1-56.

20 Tezcan M. The Ethnonym Apar in the Turkish Inscriptions of the 8th Century and Armenian Manuscripts // M. Compareti / P. Raffetta / G. Scarcia (eds.), Eran ud Aneran. Studies Presented to Boris Il'ic Marsak on the Occasion of His 70th Birthday. - Venezia, 2006. - P. 613-615.

21 Chavannes Ye. Documents sur les... - P. 229; Kafesoglu i. Türk Milli Kültürü. ... - S. 94; Shaban M.A. Khurasan at the Time of Arab Conguest // iran and islam. in memory of the Late Vladimir Minorsky. - Edinburg, 1971. - P. 482-483; Равшанов П. Кашвддарё тарихи. - Т.: Фан, 1995. - Б. 201; Зиё А. Узбек давлатчилиги тарихи... - Б. 81.

22 Бичурин Н. Я. Собрание сведений... I. - С. 229

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

asosida tilga olgan hind mualliflarining yozishicha, 460-520 yillar orasida yog'iylar Hindistondagi Gandxara (Pokiston), Panjob, Sind, Rajaston, Jamna-Gang tekisligidan Gvaliorgacha bo'lgan bir necha o'lkani qo'lga kiritadilar. To'raman (490-515) boshchiligidagi Eftaliy qo'shinlari Gupta imperatori Buddxagupta (467-500) qo'shinlarini yenggach, Hindikushning janubiy etaklarida yana bir Eftaliy sulolasi quriladi. Baqtriycha yozuvli Toxariston tangalaridan farqli o'laroq Eftaliylarga tegishli yangi tangalarda hindcha yozuvlar o'rin olishi buni ko'rsatib turibdi. Shimoli-G'arbiy Hindistondagi Eftaliy sulolasining boshqaruv markazi ilk yillarda Malva, keyinchalik Sialkot shahri bo'ladi. M.Isomatovning yozishicha, Hindistondagi Eftaliylar hukmronligi bu erning etnik qiyofasida sezilarli darajada o'zgarishlarga olib keladi. O'lkada yangi etnogeografik nomlar ko'rina boshlashida ham ko'rsatib turibdi. VII asrda G'arbiy Panjob "Xuna-desha" (Xunlar o'lkasi) deb atala boshlagan bo'lsa, Kanauj o'lkasidan shimolda o'rin olgan to'lik yerlar "Hudud al-olam"da (X asr) "Haytal" nomi ostida tilga olinadi .

Ayrim tadqiqotchilarga ko'ra, 484 yilda Sosoniylar shahonshohi Perozning kuchsizlanishidan keyin Hindikush tog'ining janubida siyosiy bo'shliq yuzaga keladi. Kobuliston va Zobulistonda Nezak deb ataluvchi sulola kuchaya boshlab, Kidariylar, Alxonlar yoki Eftaliylarchalik bo'lmasa-da, ikkiga - Kobul va Zobul tarmoqlariga

94

bo'linib, yon-tevarakda ustunlik o'rnatib, shu tangalarini bostira boshlaydi . Kobul va Zobulning erli sulolasi V asrning ikkinchi yarmida o'rtaga chiqqan bo'lib, VII asrda bu erlarda turkiy Kobul Teginshohlar sulolasi boshqaruvi o'rnatilgungacha o'z

9 S

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

hokimiyatini saqlab qolishadi .

Boshqaruv markazi Kobul bo'lgan Eftaliy davlati tarmoqlaridan birini boshqargan To'raman (vaf. 515 y.) Hind daryosi qirg'oqlaridagi bir necha o'lkalarni bo'ysundirib, Shimoliy Hindistondagi Malvagacha yetib boradi. Uning o'g'li Mihirakula (515-530) o'z boshqaruv markazini Kobuldan Gandxara (Sharqiy Panjob)dagi Sakal shahriga ko'chiradi. Ayrim taxminlarga ko'ra, xitoy sayyohi Sun Yun u bilan 520 yilda shu yerda uchrashadi. Sayyohning yozishicha, o'sha chog'larda Eftaliylar Kashmirni qo'lga kiritgan edi. Hind hukmdori Yasodxarman bitiklaridan aniqlanishicha, 533 yilda u Eftaliylarni yengib, Mihirakulani o'ziga bo'ysundiradi. Shundan keyin Kashmirni tashlab chiqqan Eftaliy hukmdori Gandxara (bugungi Pokiston)ga qaytadi.

M.Yamadaga ko'ra, Hindistonni egallagan ko'chmanchi elatlar hind manbalaridagi "Xuna"lar bilan Eftaliylar bir-biriga bog'liq bo'lmagan, ayri-ayri elatlar bo'lib, biri

23 Х,удуд ал-олам ..., б. 127; Исоматов М.М. Эфталитское государство и его рол в истории Централной Азии ..., с. 38.

24 Wondrovec, 2014. - P. 453-457; Rezakhani Kh. From the Kushans to the Western Turks / King of the Seven Climes. A History of the Ancient Iranian World (3000 BCE - 651 CE). Ancient Iran Series / Vol. IV. Edited by Touraj Daryaee. - P. 211.

25 Rezakhani Kh. From the Kushans to the Western Turks ... - P. 211.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

ikkinchisining o'rnini egallagan. Uning yozishicha, Shahi jauwla unvonli Eftaliy boshqaruvchi Toramana (To'raman) bilan "Xuna" boshlig'i o'laroq tilga olingan sri Toraman (To'raman) boshqa-boshqa kishilardir. Hind bitiklarida tilga olingan To'raman Xuna hukmdoriga, Taksiladan topilgan To'raman tangalari esa Eftaliylar boshqaruvchiga tegishlidir. To'ramanning o'g'li Mihirakula Xuna hukmdori bo'lib, u 520 yilda Gandxarada xitoy rohibi Sun Yun bilan uchrashgan Eftaliy boshqaruvchisi emas. Xunalar Malvadan boshlab Markaziy Hindistondan to Kashmirgacha bo'lgan kengliklarni boshqargan. Unga ko'ra, ko'chmanchi Eftaliylar Xunalar bilan bog'liq bo'lmasdan, Kobul tevaragida o'z boshqaruviga ega bo'lib, 477 yildan keyin onda-sonda Shimoli-G'arbiy Hindistonda ustunlik o'rnatishgan. Eftaliylar boshqaruvi Gandxara va Shimoli-G'arbiy Hindistondan tashqariga chiqmagan, ular Hindistonga shimoldan kirib kelib, Gandxara va Taksilagacha etib borgan, biroq ular Hindistonning ichki o'lkalarigacha kira olishmagan26. (10-ilova)

Eftaliylarning izdoshlari bo'lmish Xalajlar yoki xalaj turklari Hindistonda ko'p asrlar davomida faol siyosat yuritadilar. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning "Mafotih al-ulum" asarida quyidagi ma'lumotlar uchraydi: "Hayatila - Toxaristonni boshqargan

97

qudratli kishilar guruhi, Xalaj va Kanjina turklari ularning avlodidir" . Arab muallif Yoqut Hamaviy ular to'g'risida "Xalajlar qadimdan Kobulda, Hindiston va Seiston orasida, G'urning narigi yonida yashardilar" deb eslatib o'tsa, Ibn Havqal bu o'lkalarda yashaydigan "Xalajlar turklarning bir bo 'limi bo 'lib, kiyim-kechaklari va tili turkchadir" deb yozadi. Idrisiy esa hozirgi Afg'onistonning markaziy viloyatlari va ularga qo'shni o'lkalarning yerli elatlariga to'xtalib, shunday deydi: "Bu o'lkalarda xalaj nomli turklarning bir urug'i bo 'lib, qadimda bu yerga kelib o 'rnashgan. Ularning imoratlari Shimoliy Hindistongacha cho'zilgan. G'urning orqasida va G'arbiy Seistonning bir qismida ularga duch kelasan. Ularning mol suruvlari va ekinzorlari bor. Boy yashashadi, kiyim-kechaklari turklarnikiga o'xshaydi, jang usullari va qurol-

98

yarog'lari turklarniki bilan bir" .

Shimoliy Hindiston va Afg'onistonda yashagan xalajlarning ko'pchiligi keyinchalik o'z tillarini unutib, afg'onlashib ketadilar. Shunga qaramay, bu erlardagi xalajlar anchagacha o'z etnik kelib chiqishini unutmagani o'z davri yozma manbalarida keltirib o'tilgan. Ular XII-XIV asrlarda Hindistondagi turk-mamluk davlati - Dehli sultonlari davrida boshqaruvda qatnashadilar. 1290 yilda Dehli turk sultonligini qurgan Malik Feruz kelib chiqishiga ko'ra Dehlidagi "yabg'u" unvonli xalaj oilasidan edi. Yirik hukmdori Alouddin Muhammad bo'lgan xalajlar bu yerda 1290-1320 yillari orasida

26 Yamada M. Huna and Hephthal // Zinbun 23, 1989. - P. 79-113; Kurbanov A the Hephthalites: Archaeological and Historical Analysis ..., p. 24.

27 Баходиров Р. История Востока в "Ключах наук" ..., с. 114; Hudud al-Alam. The regions of the world, a persian geography ..., p. 362.

28 Konukcu Ye. Akhunlularin Kalintisi Olarak Kalaglar (Halaglar) // Turkler. Cilt I. - Ankara, 2002. - S. 845-849

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

boshqaruvni o'z qo'llarida ushlab turdilar. Borgan sari o'z turkligini unutgan xalajlar

90

afg'onlashib, pushtunlarning hiljiy / gilzay (xallaj-zay) degan bir urug'iga aylanadi . Xalajlar kabi Eftaliylarning qoldiqlari sanaladigan yana bir turkiy urug' - abdal elatining bir bo'lagi afg'onlashib, abdaliy nomi ostida pushtunlar ichiga singib ketadi. Shunga qaramay to yaqin yillargacha har ikkala pushtun urug'i - xiljiy va abdaliylarda o'zaro bir-biriga yaqinlik tushunchasi saqlanib qoladi. Shimoliy Hindiston va Afg'onistondagi afg'onlashgan qarindoshlaridan farqli o'laroq Eronga kuchgan xalajlar esa bugungi kunda ham o'z ona tilini saqlab qolishgan .

Eftaliylarning fuqorolari bo'lgan so'g'diylar ham ularning savdo va elchilik aloqalarida muhim o'rin egallagan. Savdo sohasida katta tajribaga ega bo'lgan sug'diylarning vatani haqida ma'lumotlar to'plashga yuborilgan xitoy elchilari - V asr 20-50 yillarida Shimoliy Vey (386-550) sulolasi Eftaliylar huzuriga yuborgan uch elchiligi (425 yildagi Van Enshen va Xey Van, 437-438 yillardagi Tue Yuan va Shao Min, 444-453 yildagi Chjechjiba missiyasi) Samarqand va Maymurg'da bo'lib, muhim ma'lumotlarni to'plashga muvaffaq bo'lganlar. Biroq eftaliylar olib borgan tinimsiz urushlar sug'dlarning ham savdo ishlariga putur etkazayotgan edi. Shunday sharoitda tarix sahnasida turklarning paydo bo'lishini sug'dliklar ham xayrihohlik bilan qarshi oldilar.

Xulosa

Eftaliylar sulolasining davlat boshqaruvini dastlab Markaziy Osiyo ko'chmanchilariga xos an'analar negizida boshlab, keyinchalik mintaqaga xos o'troq voha hukmdorliklariga xos an'analarni ham o'zlashtirgan. Markaz - tayanch hududda Eftaliylar sulolasi vakillari o'tirib, Toxariston va atroflari ular uchun markaziy hudud vazifasini bajargan. Eftaliylarga vassal 30 dan ortiq hukmdorliklarning ko'pchiligida esa o'zlarining mahalliy sulolalari boshqaruvni davom ettirib, markazga o'lpon to'lab turishgan. Eftaliylarning bosh hukmdori "yabg'u", xonadon vakillari esa "tegin" unvoni bilan boshqaruvni olib borishgan. Shuningdek, Eftaliylar boshqaruvida o'nlab turkiy va baqtriy (sharqiy eroniy) unvonlar mavjud bo'lgan. Bunday unvonlar ko'proq joylardagi vakillar yoki yirik amaldorlarga berilgan.

Eftaliylar davlatining tayanch o'lkasi Toxaristonda Chag'oniyon, Termiz, Balx, Qunduz kabi shaharlar Kushon va Xioniylar davrida muayyan bir boshqaruv markazi vazifasini o'taganidek, Eftaliylar davrida ham bu holat saqlanib qolgan. Badiyan (Valvalij / Qunduz) shahri Eftaliylarning poytaxti, Balx, Boykent, Kobul, Sakal (Gandxara/Panjob vodiysi) muayyan qarorgohlar va tarmoq sulolalarning boshqaruv markazlari bo'lgan.

29 Konukcu Ye. Akhunlularin Kalintisi Olarak Kalaglar ..., s. 845-849

30 Doerfer G. Mahmüd al-Kasyari, Aryu, Chaladsch // Ural-Altaische Jahrbücher. Band 7. Wiesbaden, 1987. - P. 105-114; Dani A. H., Litvinsky B. A., Zamir Safi M. Yeastern Kushans, Kidaritesin Gandhara and Kashmir, and Later Hephthalites // History of Civilizations of Central Asia. Vol. 3. - Paris, 1996. - R. 81.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Golden P. B. Türk Halklari tarihine Giri§. Qev. O. Karatay. - Ankara: Karam, 2002. -S. 61-65, 88.

2. Doerfer G. Mahmüd al-KasyarT, Aryu, Chaladsch // Ural-Altaische Jahrbücher. Band 7. Wiesbaden, 1987. - P. 105-114; Dani A. H., Litvinsky B. A., Zamir Safi M. Yeastern Kushans, Kidaritesin Gandhara and Kashmir, and Later Hephthalites // History of Civilizations of Central Asia. Vol. 3. - Paris, 1996. - R. 81.

3. Konukcu Ye. Akhunlularin Kalintisi Olarak Kalaglar ..., s. 845-849

4. Yamada M. Hüna and Hephthal // Zinbun 23, 1989. - P. 79-113; Kurbanov A the Hephthalites: Archaeological and Historical Analysis ..., p. 24.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.