Научная статья на тему 'TA’LIMNI TRANSFORMATSIYALASH SHAROITIDA DAVLAT VA NODAVLAT TA’LIM TASHKILOTLARI INTEGRATSIYASINI BOSHQARISH'

TA’LIMNI TRANSFORMATSIYALASH SHAROITIDA DAVLAT VA NODAVLAT TA’LIM TASHKILOTLARI INTEGRATSIYASINI BOSHQARISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
33
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / o‘qituvchi / kadr / maktab / transformatsiya / davlat va nodavlat ta’limi / raqobat / pedagogik tehnologiya / klassifikator / standart / milliy dastur.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Raximova Shoxista Shavkat Qizi

Ushbu maqolada ta’limni transformatsiyalash sharoitida davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari integratsiyasini boshqarish jarayonlari tahlil etilgan bo’lib, undagi asosiy masalalar chuqur o’rganilgan va muammolarning echimlari ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMNI TRANSFORMATSIYALASH SHAROITIDA DAVLAT VA NODAVLAT TA’LIM TASHKILOTLARI INTEGRATSIYASINI BOSHQARISH»

TA'LIMNI TRANSFORMATSIYALASH SHAROITIDA DAVLAT VA NODAVLAT TA'LIM TASHKILOTLARI INTEGRATSIYASINI BOSHQARISH Raximova Shoxista Shavkat qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Maktab menejmenti"

yo'nalishining 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10810565

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'limni transformatsiyalash sharoitida davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari integratsiyasini boshqarish jarayonlari tahlil etilgan bo'lib, undagi asosiy masalalar chuqur o'rganilgan va muammolarning echimlari ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlari: Ta'lim, o'qituvchi, kadr, maktab, transformatsiya, davlat va nodavlat ta'limi, raqobat, pedagogik tehnologiya, klassifikator, standart, milliy dastur.

Аннотация. В данной статье проанализированы процессы управления интеграцией государственных и негосударственных образовательных организаций в условиях трансформации образования, в которых глубоко изучены основные вопросы и даны научно обоснованные предложения и рекомендации по решению проблем.

Ключевые слова: Образование, учитель, кадры, школа, трансформация, Государственное и негосударственное образование, конкуренция, педагогическая технология, классификатор, стандарт, национальная программа.

Abstract. This article analyzes the processes of managing the integration of state and nonstate educational organizations in the context of educational transformation, in which the main issues are deeply studied and scientifically based proposals and recommendations for solving problems are given.

Keywords: Education, teacher, personnel, school, transformation, State and non-state education, competition, pedagogical technology, classifier, standard, national program.

Rivojlangan davlatlarning ta'lim tizimi bevosita davlat va nodavlat ta'lim tizimining rivojlanishi bilan bog'liq. Bunga sabab, raqobatning kuchayishi ortidan ilg'or ta'lim texnologiyalari va resurslarning sohaga, aynan nodavlat ta'lim tashkilotlari orqali faol tarzda kirib borishidadir. Bugungi kunga kelib respublika bo'yicha xususiy bog'chalar 2243 tadan, xususiy maktablar 334 tadan va nodavlat Oliy ta'lim tashkilotlari esa 53 tadan oshgan. O'z navbatida, nodavlat ta'lim tashkilotlari sonining oshishi ortidan ular o'rtasida kuchli raqobat muhiti ham shakllanmoqda.

Ta'kidlash joizki, sog'lom raqobat, bu - ta'lim sohasida ta'lim sifati, madaniyatini shakllantiruvchi, o'zini o'zi rivojlantirishga muhit yaratuvchi ko'rinmas kuch. Qolaversa, xususiy sektor davlatning ta'lim xizmatlari bilan ta'minlash yukining bir qismini o'ziga olgan holda aholining ta'lim olishiga bo'lgan ehtiyojlarini qondirmoqda. So'nggi besh yilda ta'lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida nodavlat ta'lim faoliyatini tashkil etish uchun qo'yilgan talablarda ham bir qator o'zgarishlar bo'ldi. Jumladan, 2017 yilga qadar nodavlat ta'lim yo'nalishida faoliyat ko'rsatishni istagan tadbirkorlar 9-10 ta hujjatni taqdim etishi kerak edi, endilikda esa, ushbu hujjatlar soni qisqartirilib, 5 tani tashkil qilmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda yangi tizim ishga tushirilgan bo'lib, tadbirkor litsenziya olish uchun murojaat qilgan bo'lsa, hujjatlarida hech qanday kamchiliklar aniqlanmasa, tizim orqali 15 ish kuni davomida tadbirkorga inson omilisiz avtomatik tarzda litsenziya chiqarib beriladi. Hozirgi kunda bog'chalar soni ko'payib, nodavlat sektorining ulushi 2017 yildagi 0,01% dan

33,7% gacha oshdi, maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikning 10 xil shakli ishlab chiqilib, amalda tatbiq etilishiga erishildi. 2022 yilda jami 1300 ta, shu jumladan quvvati 10000 o'ringa teng 100 ta davlat xususiy sherikchiligi asosida yirik loyihalar amalga oshirildi hamda 35000 quvvatga teng 1200 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etilgan.

Raqobat muhitining kuchayib borishi ta'lim muassasalarining, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda mas'uliyati va mustaqilligini oshiradi. Boshqaruv qarorlarning qanchalik samarali bo'lishi ko'p jihatdan muassasadagi boshqaruv jarayonini, uning natijalarini o'z vaqtida, har tomonlama ob'ektiv baholash bilan bog'liq. Buning uchun esa, zamon talablaridan kelib chiqib, ta'lim muassasalari boshqaruvi jarayoni, uning samaradorligini baholashda zamonaviy usul va uslublarni qo'llashni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda ta'lim muassasi ichki muhitida boshqaruvning turli bo'g'inlarida samaradorlikni baholashda sodda, qulay, egiluvchan uslublar yetarli bo'lmaganligi uchun ularga ehtiyoj mavjud. Turli xarakterdagi muammolarni aniqlash, tahlil qilish va baholashga karatilgan va eng to'g'ri qarorga kelishni ta'minlaydigan ko'p mezonli kompleks tahlil qilish va baholash usullarini ta'lim muassasalari boshqaruvi jarayonida samarali qo'llash o'zining imkoniyatlari kengligi va istiqbolliligi bilan ajralib turadi. Ta'lim tizimida raqobatbardosh iqtisodchi kadrlar tayyorlashning ustuvor yo'nalishlarini belgilash va ta'lim muassasalari boshqaruv jarayoni samaradorligini baholash bozor sub'ektlarida qiziqish uyg'otadi va dolzarbligini yuqorida keltirilgan mulohazalar asosida ifodalaydi.

"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda va ta'lim sohasidagi boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda, maktabgacha va maktab ta'limi, Oliy va o'rta maxsus ta'limi muassasalarida ta'lim sifatini oshirish, malakali, zamon talablariga javob beruvchi yuqori malakali kichik mutaxassis kadrlarni hamda Oliy ta'lim muassasalarida bakalavriat va magistratura bo'yicha Oliy malakali kadrlar tayyorlash muhim omil ekanligi belgilab qo'yilgan.

Mamlakatimizda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hamda Oliy ta'lim tizimlari yo'nalishlari va ixtisosliklarining yangi klassifikatori hamda kichik mutaxassislari va oliy ma'lumotli mutaxassislarga qo'yiladigan malakaviy talablar joriy etildi. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hamda Oliy ta'lim muassasalari sohasidagi ta'lim xizmatlari bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi ta'lim muassasalari o'rtasida raqobat muhitini shakllantirishga, davlat va nodavlat ta'lim muassasalarining rivojlanishini ta'minlashga, asosiy ta'lim dasturlarida ko'zda tutilmagan pullik maslahat va qo'shimcha xizmatlar tizimini rivojlantirishga asoslanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentyabrdagi PQ-3276-son "Nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qarorida pulli ta'lim xizmatlari ko'rsatish bozorini jadal rivojlantirish, ilg'or xalqaro tajribalarni inobatga olib, o'qitishning innovatsion pedagogik shakllari, uslublari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida ta'lim sohasidagi samaradorlik va natijaviylikni oshirish nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalish va vazifalari sifatida belgilab berilgan.

Hududlar ta'lim tizimida malakali, zamon talablariga javob beradigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, Oliy ta'lim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish va takomillashtirish jarayoni bilan chambarchas bog'liqdir. Ta'lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida gapirilganda quyidagilarga alohida to'xtalib o'tish lozim:

- ta'limning uzluksizligini ta'minlash bo'yicha maktabga va maktab ta'limi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini qamrab oluvchi yangi uzluksiz va izchil tizim barpo etilganligi

ko'zga tashlanadi. Ushbu yo'nalishda dasturning pedagog va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashning zamon talablariga moslashuvchan, ta'limning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishini nazarda tutuvchi tizimi vujudga kelmoqda;

- ta'lim jarayonini mazmunan isloh etish masalasi bo'lib, bunda kadrlarni o'qitish va tarbiyalash milliy tiklanish tamoyillari va mustaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma'naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy kadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka yo'naltirilgan, ta'limning mazmuni davlat ta'lim standartlari asosida isloh qilinmoqda. Ta'lim oluvchining shaxsi, unda ta'lim olishga bo'lgan ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil ish tutishni, iftixor va insoniy qadr-qimmat tuyg'usini shakllantirishga alohida e'tibor beriladi.

Ilg'or pedagogik texnologiyalar, ta'limning yangi shakl va uslublari, o'quv, shu jumladan differensiyalashgan dasturlar amaliyotga joriy etildi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta'lim tizimida kadrlarni tayyorlash faoliyati uchun uzluksiz ta'lim tizimining asosiy konseptual qoidalarini belgilashda quyidagi ustuvor yo'nalishlarga tayaniladi:

- uzluksiz ta'lim har qanday, shu jumladan, iqtisodiy ta'lim tizimini tashkiliy jihatdan qayta ko'rishni nazarda tutadi;

- maktabgacha va maktab ta'limi, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi hamda Oliy ta'lim uzluksiz ta'limning ajralmas qismi hisoblanadi;

- uzluksiz ta'lim tizimining rivojlanishi mavjud ta'lim tizimi va uzluksiz ta'limning noinstitutsional elementlarining yagona majmuaga integratsiyalashish yo'nalishidan borishi kerak.

Bundan tashqari, uzluksiz ta'lim tizimini shakllantirishda va rivojlantirishda quyidagi qator ustuvor yo'nalishlar ketma-ketligi hisobga olinadi:

- oliy ta'limning davlat ta'lim standartlari yagona talablariga (shu jumladan, uning ajralmas qismlariga - oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatori Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilariga davlat tomonidan qo'yiladigan talablar) asoslanishi;

- yagona ta'lim kengligini saqlash va mustahkamlash;

- mintaqalarning iqtisodiy va xizmatlar bozorida faol kasb faoliyatini amalga oshirishga qodir mutaxassislarga bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini hisobga olish;

- mutaxassisliklar va ta'lim xizmatlarining ro'yxatini kengaytirish;

- mintaqa iqtisodiyotining tijorat sohasi kadrlariga bo'lgan talabini muntazam tahlil qilish asosida mutaxassisliklar va ixtisosliklar yo'nalishlarini tezkorlik bilan o'zgartirib borish;

- iqtisodiy ta'limining mazmuni, tashkiliy shakllari va usullarini o'zgartirish, o'qitishning shaxsga yo'naltirilgan modeliga o'tish;

- akademik mobillik, ya'ni bir ta'lim dasturidan boshqasiga o'tish imkoniyati, eksternatni rivojlantirish, masofali ta'limni kengaytirish.

Uzluksiz iqtisodiy ta'lim tizimining amaliyotga joriy etilishi, xususan, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, bozor iqtisodiyotining rivojlanishi hamda mamlakatimiz ta'lim muassasalari uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Ta'lim tizimida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi bilan ta'minlanmoqda. Iqtisodiy ta'lim xizmatlari bozoridagi tendensiyalar va ta'lim tizimi o'rtasidagi bevosita bog'liqlikni ta'minlash muammolarini yechishda ta'lim xarajatlari va ularni qoplash masalasi dolzarb o'ringa chiqadi.

Keyingi yillarda ta'lim xarajatlarining ortib borishi xarajatlarni qoplash muammosini tug'dirib, ta'lim jarayoni resurslarni rivojlantirishga katta e'tibor berish kerakligini ko'rsatadi. Bu esa talab etiladigan ta'lim darajasi va sifati, yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash barqaror tizimini kafolatlashni taqozo etadi.

Mamlakatimizda ta'limni takomillashtirishda xorijiy omillardan samarali foydalanish yo'nalishlari ustuvor ahamiyat kasb etadi. Respublikamiz Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni samarali jalb etishning ustuvor yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

- rivojlangan davlatlarning ilg'or ta'lim muassasalari bilan qo'shma ta'lim muassasalarini tashkil etish;

- ta'lim muassasalarida kasb malakasini oshirish, ta'limning zamonaviy yo'nalishlari va mutaxassisliklarini rivojlantirish bo'yicha xorijlik pedagoglar va uslubiyotchilarni manfaatli shartlar asosida jalb etish;

- mahalliy o'qituvchilar, pedagoglarni xorijdagi ilmiy ishlab chiqarish markazlarida malaka oshirishga yuborishni davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan rag'batlantirish;

- iqtisodiy bilimlarning mamlakatimiz uchun dolzarb bo'lgan turli yo'nalishlari bo'yicha hamkorlikda ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;

- ta'lim tizimida tahsil oluvchilar va iqtisodchi-pedagoglarning innovatsion faoliyatlarini turli grantlar va imtiyozli kreditlarni jalb etish orqali rag'batlantirish va boshqalar.

Oliy ta'lim muassasasida asosiy maqsadga erishish uchun hamda kadrlar faoliyatini boshqarish jarayonida samarali natijalarni qo'lga kiritish maqsadida kadrlar siyosatining nazariy tomonlariga alohida ahamiyat berish, shuningdek, nazariy jihatdan asoslangan tartib hamda tamoyillarga qat'iy rioya qilish zarur. Oliy ta'lim muassasalarida fanlarni o'qitish jamiyatning quyidagi ehtiyojlariga muvofiq bo'lishi talab etiladi:

- bozor munosabatlari tamoyillarini keng targ'ib qilish va erkin iqtisodiyot tartib va qoidalarini insonlar ongiga chuqur singdirish;

- iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim bo'lgan yangi mutaxassisliklar, ya'ni moliya, bank va sug'urta ishlari, korporativ boshqaruv hamda davlat boshqaruvi bo'yicha malakali kadrlarni tayyorlash;

- ta'lim tizimida iqtisodchi olimlar, iqtisodchi pedagoglar va iqtisodchi tadqiqotchilarni tayyorlash.

Yuqorida keltirilgan yo'nalishlar faoliyatiga teskari ta'sir ko'rsatuvchi omillarga institutsional cheklanishlar hamda mablag'lar yetishmovchiligi kiradi, shuningdek, moddiy va moliyaviy mablag'lar, o'quv adabiyotlari va iqtisodchi kadrlar taqchilligi institutsional imkoniyatlar cheklanishiga sabab bo'ladi.

Shuningdek, ta'limni transformatsiyalash sharoitida davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari integratsiyasini boshqarishda nodavlat Oliy ta'lim muassasalari tarmog'ini rivojlantirshda qator hal etilish zarur bo'lgan masalalar bor. Xususan, O'zbekiston bilan aholisi soni deyarli teng bo'lgan Malayziyada bakalavr darajasini berishga ixtisoslashgan 500 ga yaqin nodavlat oliy ta'lim muassasalari mavjud. Bizda ham so'nggi vaqtlarda ularning soni ortib bormoqda. Ammo, ularning aksariyati o'quv markazi darajasida. Chunki texnik baza, professor-o'qituvchilarning soni unversitet maqomiga javob beradigan darajada emas. Shu bois, universitet maqomining tarif va normalarini ishlab chiqish lozim sanaladi.

Bundan tashqari yangi ochilayotgan nodavlat Oliy ta'lim muassasalarining aksariyati iqtisodiyot, menejment, marketing kabi yo'nalishlarga ixtisoslashtirilmoqda. Sababi, bunday ta'lim muassasasini ochishga sarf etiladigan harajatlar juda oz miqdorni tashkil qiladi. Eng qizig'i, bu ham o'zini oqlamasligi mumkin. Bugun, biz zamon nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda talablarni ishlab chiqishimiz lozim. Aytaylik, nanotexnologiyalar, qishloq xo'jaligi va AKT sohalari yo'nalishlarida nodavlat Oliy ta'lim muassasalarini ochish maqsadga muvofiq.

Shu bilan birga, nodavlat ta'lim tizimini rivojlantirishda xalqaro tajribani milliy mentalitet va ta'lim tizimi bilan uyg'un holda amalga oshirish, bu jarayonlarga xorijdagi asli O'zbekistonlik bo'lgan soha mutaxassislarini jalb etish ham o'z samarasini beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risidagi" 23.09.2020 yildagi O'RQ-637-son Qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 14.09.2017 yil PQ-3276-son Qarori.

3. Ш.Р.Джуманиязов. Развитие международного сотрудничества в сфере высшего образования. Экономическая газета "Биржа" Республики Узбекистан, #66(2949), 30.08.22 г.

4. www.lex.uz - O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlarining milliy bazasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.