Научная статья на тему 'NODAVLAT TA’LIM TASHKILOTLARIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA UNING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH'

NODAVLAT TA’LIM TASHKILOTLARIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA UNING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
61
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta`lim bozori / nodavlat ta’lim tashkiloti / ta`limda raqobatbardoshlik / ta’lim sifati / ta’lim xizmatlari bozori / ta`lim xizmatlar sohasini rivojlantirish / ta`limda tadbirkorlik / nodavlat ta’lim muassasasi faoliyatni baholash..

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jumayeva Dilafruz Abdujalilovna

Ushbu maqolada bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida nodavlat ta’lim xizmatlari rivojlanishida yuzaga kelayotgan kamchiliklar va muammolar, ularni bartaraf etishga qaratilgan izlanishlar yoritilgan. Hozirgi vaqtda nodavlat ta`lim muassasalarida ta`lim bozori iste`molchilarining turli darajadagi talablari, asosiy ta’lim va daromadlari uchun mo‘ljallangan ta’limning xizmatlarining ko‘plab shakllari va usullari mavjud. Mavjud xizmatlar turi va shakliga ko`rat ta`lim bozori iste’molchilar talablarini qay darajada qoniqtiradi? Ushbu savolning javobi esa ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talabni va uning ta`lim bozoridagi ahamiyati hamda nodavlat ta’lim muassasalarining moliyaviy muvaffaqiyatini belgilab beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NODAVLAT TA’LIM TASHKILOTLARIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA UNING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH»

NODAVLAT TA'LIM TASHKILOTLARIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA UNING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH Jumayeva Dilafruz Abdujalilovna

TDPU Maktab menejmenti 4-kurs https://doi.org/10.5281/zenodo.10799930

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida nodavlat ta'lim xizmatlari rivojlanishida yuzaga kelayotgan kamchiliklar va muammolar, ularni bartaraf etishga qaratilgan izlanishlar yoritilgan. Hozirgi vaqtda nodavlat talim muassasalarida ta lim bozori iste'molchilarining turli darajadagi talablari, asosiy ta'lim va daromadlari uchun mo'ljallangan ta'limning xizmatlarining ko'plab shakllari va usullari mavjud. Mavjud xizmatlar turi va shakliga ko'rat ta lim bozori iste 'molchilar talablarini qay darajada qoniqtiradi? Ushbu savolningjavobi esa ta'lim xizmatlariga bo'lgan talabni va uning talim bozoridagi ahamiyati hamda nodavlat ta'lim muassasalariningmoliyaviy muvaffaqiyatini belgilab beradi.

Kalit so'zlar: ta lim bozori, nodavlat ta'lim tashkiloti, ta limda raqobatbardoshlik, ta'lim sifati, ta'lim xizmatlari bozori, talim xizmatlar sohasini rivojlantirish,talimda tadbirkorlik, nodavlat ta'lim muassasasifaoliyatni baholash..

KIRISH

Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali mutaxasislar va yetuk kadrlarga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda. Jahonda ta'lim tizimining rivojlanish tendensiyalari intellektual rivojlangan, raqobatbardosh komil insonni tarbiyalash - eng asosiy, kechiktirib bo'lmaydigan muhim vazifalardan biri ekanligini ko'rsatmoqda. Mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish, odamlarning dunyoqarashini o'zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni hayotning o'zi taqozo etmoqda. So'nggi yillarda mamlakatimizda ta'lim jarayonini sifatli tashkil etish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ta'lim sifati masalasi hozirgi kunda mamlakatimizning "Inson qadri uchun" degan ustuvor tamoyilga asoslangan strategiyasida ham muhim siyosiy komponentlar qatoriga kiritilgan. Tadqiqotchilar tomonidan "ta'lim sifati" tushunchasining murakkab va ko'p o'lchovli ekanligi, ta'lim sifatining abstract xususiyati rad etilib, yuqori sifat tushunchasining mazmuni ushbu darajaga mutaxassisni tayyorlash vaqtida hal qilinishi lozim bo'lgan vazifalarga maksimal mos kelishlikdan iboratligi, sifatning ko'plab xususiyatlarga va turli aspektlarga ega yirik, murakkab va universal kategoriya ekanligi, uning muassasa samaradorligining mezoni hisoblanib, erishilgan haqiqiy natijalarning me'yoriy talablarga, ijtimoiy ko'zlangan maqsadlarga muvofiqligini aks ettirishi qayd etiladi. Bizningcha, ta'lim sifati tushunchasi ta'lim jarayoni ishtirokchilarining ta'limda mavjud tashkiliy-pedagogik bosqichlar va xizmatlaridan qoniqishni ifodalab, ta'lim oldiga qo'yilgan maqsadga erishilganlik darajasini belgilab beradi. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek: "Hozirgi zamonda hamma jabhalarda ilm, bilim va salohiyat suv bilan havodek zarurligi, har qaysi davlat faqatgina shu asosda taraqqiyotga erishishi, soda qilib aytganda, inson bilak kuchidan ko'ra ilm kuchi bilan ko'proq daromad va obro'- e'tibor topishi mumkinligini hammamiz yaxshi anglaymiz" Har qanday davlat yuksak darajada taraqqiy etishi, o'ziga xos yutuqlarni qo'lga kiritishining asosini ta'lim-tarbiya hamda ilm-fanda berilgan katta ahamiyat tashkil etadi. Bu borada O'zbekistonda ham juda ko'p samarali ishlar olib borilgan. "Biz ta'lim-tarbiyaning barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashni o'zimizni birinchi darajali vazifamiz deb bilamizl" degan edi Prezident Sh.M.Mirziyoyev. Insoniyat

madaniy-ma'naviy rivojlanishining ajralmas

qismi ta'lim-tarbiya hamda ilm-fan bo'lib, u barcha davrlarda jamiyat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo'lgan. Davlatimiz rahbari yoshlar ta'lim-tarbiyasiga ularning komil inson bo'lib yetishishlariga juda katta sharoitlar yaratib bermoqdalar. "Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og'ishmasdan, qat'iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko'taramiz. Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tegdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz Alohida e'tirof etish lozimki, 2023-yil 1-mayda yangi tahrirda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham nodavlat notijorat tashkilotlari institutining huquqiy maqomi konstitutsiya darajasida belgilandi. Konstitutsiyaning XIII bobi "Fuqarolik jamiyati institutlari" deb nomlanib, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishga oid davlatning majburiyatlari belgilandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta'kidlanganidek, "Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog'lig'i joyida bo'lishi, yaxshi ta'lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo'lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilyapmiz va bu yo'ldan aslo to'xtamaymiz. Ta'lim sifatini oshirish - Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to'g'ri yo'lidir" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 15- sentabrdagi PQ 3276-son qarorlariga muvofiq vazirlar mahkamasi qarori tasdiqlangan. Ta'limning xizmat xususiyatlari, ta'lim xizmatlariga oid ilmiy tadqiqotlar, nodavlat ta'lim xizmatlarining menejment va marketing masalalari, Ye.V.Burdenko, Sh.M.Aliyev va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida o'z aksini topgan.. Respublikamizda oliy ta'lim tizimini zamonaviy talablar darajasiga olib chiqish yo'nalishida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlardan biri ta'lim xizmatlarini jadal sur'atlar bilan rivojlantirish va jahon oliy ta'lim tizimiga, shu jumladan, mamlakatimiz ta'lim tizimiga ham yangidan-yangi, talab darajasidagi raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga qaratishdan iboratdir. 2023-yil yanvar oyida ta'lim sohasidagi xizmatlar hajmi 1 125,5 mlrd. so'mga yetdi. 2022-yil yanvar oyiga nisbatan o'sish sur'ati 110,3 % ni tashkil etdi. Ta'lim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy ta'lim sohasidagi xizmatlar ustunlik qiladi, ularning ulushi 2023-yil yanvar oyida 52,8 % ni tashkil etdi.

Nodavlat ta'lim tashkilotlari o'rtasidagi raqobat ta'lim tizimi uchun sog'lom raqobat muhitini yaratadi, chunki u ta'lim xizmatlari sifatini, innovatsiyalarni va takliflarning xilma-xilligini yaxshilashga yordam beradi. Nodavlat ta'lim tashkilotlari o'rtasidagi raqobat xodimlar va rahbarlarni o'z ishlarini yaxshilashga, ko'proq mijozlarni jalb qilishga va raqobatbardoshlik darajasini oshirishga undashi mumkin. 2019 yil 8 oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-5847-sonli Farmoni hamda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiyintellektual hamda moliyaviy resurslarni to'liq safarbar etgan holda ilmiyinnovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va

mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish maqsadida

2020 yilning 29 oktyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6097-sonli Farmonlari qabul qilindi. Nodavlat ta'lim tashkilotlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlovchi chegara va qonunchiliklar bilan belgilanadi. Bu chegara va qonunchiliklar yordamida tadbirkorlik faoliyati rivojlandiriladigan o'quv markazlariga moliyaviy yordam, litsenziyalarni olish va saqlash usullarini, ta'lim tizimiga mos keluvchi maxsus shartlarning o'rnatilishini o'z ichiga oladi. Bu hamda, nodavlat ta'lim markazlari tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini oshirish uchun poisk, ma'muriy va boshqa tishkilarini ro'y berish va bunday tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda muvaffaqiyatga erishishni ehtiyotkorlik bilan takomillashtirishlarini ta'minlaydilar. Ta'lim bozori-bu ta'lim xizmatlari va tovarlari taqdim etiladigan iqtisodiyotning bir sohasi. Ushbu bozor davlat va xususiy ta'lim muassasalarini, shuningdek, ta'lim materiallari, uskunalari va ta'lim dasturlarini etkazib beruvchilarni o'z ichiga oladi. Ta'lim bozorida o'qituvchilar, talabalar, ota-onalar, ta'lim muassasalari ma'muriyati, hukumat va xalqaro tashkilotlar kabi turli ishtirokchilar muhim rol o'ynaydi. Ta'lim bozoridagi raqobat ta'lim muassasalari o'rtasida ham, ta'lim xizmatlari va tovarlarni etkazib beruvchilar o'rtasida ham bo'lishi mumkin.Texnologiyaning rivojlanishi va ta'lim talablarining o'zgarishi ta'lim bozori dinamikasiga ta'sir qilishi mumkin. Ko'pgina muassasalar raqobatbardosh bo'lish va ko'proq talabalarni jalb qilish uchun innovatsiyalar va zamonaviy o'qitish usullariga intilishadi.Ta'lim bozori mahalliy va xalqaro miqyosda bo'lishi mumkin, turli mamlakatlarda Qonunchilik, moliyalashtirish va sifat standartlaridagi farqlar mavjud. Ta'lim xizmatlari va tovarlarini almashish ushbu sohani rivojlantirish uchun ham muhimdir. Nodavlat ta'lim tashkilotlaridagi tadbirkorlik faoliyati o'quvchilarga sifatli ta'lim kurslarini taqdim etish, ularga xalqaro sertifikat va diplomlarni berish, yangi ma'ruzalar, seminarlar va konferensiyalarni tashkil etish, shaxmat doshlarini oshirish va boshqalar kabi faoliyat turlarini o'z ichiga oladi. Bu, tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishini ta'minlaydi va o'quvchilarga qanday foydalanuvchilarni berishi, ulardan kelajakda tadbirkorlikni o'rganadiganlarni hamda tadqiqotchilar, ilmiy va amaliy o'quvchilarni taqdim etish va ulardan talab qilish asoslarini tayyorlashda imkoniyat beradi. Nodavlat talim tashkilotlarida tadbirkorlik faoliyatining boshqa yo'nalishlari ham mavjud bo'lishi mumkin, masalan, o'quv markazlarida davlat ta'lim sifati va qulayliklarini yaxshilash, sport va san'at sohalarida tashkilotlar va musobaqalar tashkil etish, o'quv markazlarida xalqaro hamkorliklar qilish, xorijiy talabalar va professor-o'qituvchilarni jalb qilish, ilmiy-texnik qo'llanmalarni kommunikatsiya va nazorat qilishning o'rgatish bilan ta'lim tizimini yanada rivojlantirish kabi. Nodavlat ta'lim tashkilotlari tadbirkorlik holatidan katta qanday foydalanuvidagi mavjud qayga va imkoniyatlarga e'tibor berish juda muhimdir. Bu tashkilotlarda tadbirkorlik faoliyati o'quv markazlarining rivojlanishi, o'quvchilarning ma'lumotlarini oshirish va sifatdagi ta'lim dasturlarini takomillashtirish, o'quv markazini zamonaviy texnologiyalar va yangi o'quv-usullariga moslashtirish mumkinligini beradi. Nodavlat ta'lim tashkilotlarida tadbirkorlikning bir qismi shu jumladan o'quvchilar uchun turli xil imkoniyatlar yaratishga bog'liq bo'ladi. Bu o'quvchilarga ilmiy konferensiyalar, seminarlar, liberalariya va sport musobaqalari, tarixiy va madaniy merosni o'rgatish turlari kabi tadbirkorliklarda qatnashish imkoniyati beriladi. Bunda qator tashkilotlar xorijiy o'quvchilarni jalb etish uchun bevosita xizmat ko'rsatish, ularga qulay shartlar yaratish, xorijiy professor-o'qituvchilar bilan hamkorlik qilish imkoniyati beradi.

TA'LIM BOZORINING RAQOBATCHILIK XARITASI l) raqobatchilarini bozorda egallab turgan o'rniga ko'ra tasniflash;

2) bozorda raqobatchining o'rnini nazorat qilish imkonini beruvchi raqobatchilar ulushini taqsimlash orqali aniqlanadi.

Nodavlat ta'lim muassasalarida tadbirkorlik faoliyati shunga qo'shimcha darajada qonun va qonunchiliklar bilan belgilangan chegaralar va moliyaviy yordam bilan amalga oshiriladi. Bu chegara va qonunchiliklar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yuqori darajada tahlil va nazorat qilishga imkon beradi. Nodavlat ta'lim tashkilotlari tadbirkorlikni rivojlantirish va yaxshilash bo'yicha tanqidiy analizlar, ta'lim sifatining oshirilishi va inobatga olinadigan muammolarni aniqlashda tadbirkorlik faoliyatiga aloqador bo'lgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishadi. Buni amalda aslida xalqaro ta'lim olamida maxsus qonunchiliklar, platformalar va kontseptsiyalarning bilan birga bobilganchi erishiladigan hamda dunyoda taninadigan talabalar, professor-o'qituvchilar va faol nashriyotlar bilan ishlash imkoniyatlarini berib keladi. Nodavlat ta'lim tashkilotlaridagi tadbirkorlik faoliyati juda ko'p yo'nalishlarda olib boriladi. Bu tadbirkorlikning mo'ljallangan maqsadi o'quvchilarga yuqori sifatli ta'lim berish, ularga xalqaro sertifikat va diplomlarni berish, o'quv markazlarida xalqaro hamkorliklar va ittifoqlarni o'rnatish, yangi ma'lumotlarni tarqatish, takomillashtirish, o'quv markazini yangi texnologiyalar bilan yanada yanada yanada yanada yanada yanada yanada yanada yanada rivojlantirish, bularning hammasi tadbirkorlik faoliyatining asosiy jihatidir. Nodavlat ta'lim tashkilotlaridagi tadbirkorlik turlari o'quvchilarning rivojlanishini va ulardan kelajakda tadbirkorlik bilan foydalanishini ta'minlaydi. Bu tadbirkorlik faoliyati o'quvchilarni shaxmat doshlar ko'rsatish, qaysi ta'lim shaklarining yaxshilashlari va talabalar uchun yangi o'quv usullarini amalga oshirish bilan bog'liq. Shu jumladan, tadbirkorlik foydalanuvchiga, ulardan kelajakda foydalanuvchilarga, ijtimoiy taraqqiyotga qanday o'zgartirish kiritadiganini ko'rish imkonini beradi. Ta'lim xizmatlari va mahsulotlarining ko'lami qanchalik keng bo'lsa, ularning sifati va ulardan foydalanish imkoniyati shunchalik yuqori, jamiyat hayot darajasi shunchalik yuqori bo'ladi. Binobarin, ta'lim tizimining rivojlanishi bevosita ishlatiladigan marketing vositalariga bog'liq. Ta'lim muassasalari, qoida tariqasida, ta'lim xizmatlari uchun to'lovlarni undirish yo'li bilan olingan byudjetlar va mablag'lar hisobidan ta'minlanadi. O'tish davri iqtisodiyotida byudjetlarning cheklangan imkoniyatlari pullik ta'lim xizmatlari marketingining rivojlanishini belgilaydi. Ta'lim sohasidagi marketingning o'ziga xosligi, avvalambor, ta'lim tizimining asosiy mahsuloti - ta'lim xizmatlarining o'ziga xos xususiyati bilan bog'liq. Ta'lim xizmatlari shaxsiy (oxirgi foydalanuvchi), guruh (ish beruvchilar) va jamoat (davlat) ehtiyojlarini qondiradi. Nodavlat ta'lim tashkilotlarida tadbirkorlik faoliyati bunday tashkilotlarning moliyaviy barqarorligi va rivojlanishini ta'minlashning bir usuli hisoblanadi. Nodavlat ta'lim tashkilotlari turli xil ta'lim xizmatlarini taklif qilishlari, kurslar va treninglar o'tkazishlari, tadbirlarni tashkil qilishlari va boshqalar.

Nodavlat ta'lim tashkilotlarida tadbirkorlik faoliyati quyidagi jihatlarni o'z ichiga oladi:

1. Ta'lim dasturlari va kurslarini ishlab chiqish va sotish.

2. Qo'shimcha ta'lim tadbirlari, seminarlar, treninglar tashkil etish

Ta'lim xizmatlari va ularning turlari:

va onlayn

tashkil etish bo'yicha xizmatlar.

---v--

kurslar,konsultatsiva va ta'lim

-7-¿7---

dasturlari

Ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish

va test

xizmatlari,bolalar va o'smirlar

bo'yicha xizmatlar

uchun ta'

Kasb-hunar ta'limi va

elda o'qish bo'yicha

--1--^-

maslahat xizmatlari

Ta'lim xizmatlari maktablar, kollejlar, universitetlar, uzluksiz ta'lim va qo'shimcha ta'lim kurslarini o'z ichiga olgan turli xil o'quv muassasalari tomonidan taqdim etiladi. Ushbu xizmatlar turli yo'nalishlarda o'qitish, kasbiy tayyorgarlik, ko'nikma va malakalarni rivojlantirish, seminarlar, treninglar va mahorat darslarini o'z ichiga olishi mumkin. Ta'lim xizmatlari shaxsning rivojlanishi, kasbiy o'sishi va muvaffaqiyatli martabasida muhim rol o'ynaydi. Takidlash joizki, ta'lim xizmatlari tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi va nodavlat ta'lim tashkilotlarda ushbu xizmatlar ma'lum bir mutaxassislik bo'yicha o'qitish, malaka oshirish kurslari, imtihonlarga tayyorgarlik, individual darslar va boshqalarni o'z ichiga olishi mumkin. Boshqa har qanday biznesda bo'lgani kabi, muvaffaqiyat ham taqdim etilayotgan xizmatlar sifatiga, bozorda raqobatbardoshlikka va mijozlarni jalb qilish qobiliyatiga bog'liq. ta'lim xizmatlarini yanada rivojlantirish orqali nodavlat ta'lim tashkilotlarida yuqori samaradorlikka erishiladi.Bular quyidagicha amalga oshiriladi:

> To'garaklar va seksiyalarni tashkil etish: qiziqish va ixtisosliklar bo'yicha turli to'garaklar va seksiyalar yaratish. Bu, masalan, robototexnika, dasturlash, chet tillari, tasviriy san'at, sport va boshqalar bo'yicha doira bo'lishi mumkin.

> Mahorat darslari va treninglar o'tkazish: bolalar va yoshlar tajribali o'qituvchilar rahbarligida yangi ko'nikmalar va qiziqarli mavzularni o'rganishlari mumkin bo'lgan ixtisoslashtirilgan arslarni tashkil etish.

> Tanlovlar va olimpiadalarda ishtirok etish: talabalarni turli fan yo'nalishlari bo'yicha turli tanlovlar va olimpiadalarga tayyorlash. Bu o'qishga qiziqishni oshirishga va ularning akademik yutuqlarini oshirishga yordam beradi.

> Yozgi va qishki maktablarni tashkil etish: ta'til paytida o'quvchilarga o'rganilayotgan fan sohasiga sho'ng'ish va bilimlarini chuqurlashtirishga yordam beradigan intensiv o'quv dasturlarini o'tkazish.

> Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish: dasturlash, robototexnika, veb-dizayn va boshqalar kabi turli texnologiyalarga bag'ishlangan kurslar va darslarni tashkil etish.

> Tashqi tashkilotlar bilan hamkorlik: kurslar, stajirovkalar va dala amaliyotlari kabi qo'shimcha ta'lim xizmatlarini tashkil qilish uchun tashqi ta'lim va professional tashkilotlar bilan hamkorlik.

Shuni takidlash kerakki, nodavlat ta'lim tashkilotlarida tadbirkorlik faoliyatinin yanada yaxshilash uchun ta'lim tashkilotlarida turli qo'shimcha ta'lim xizmatlarini tashkil etish hamda uni rivojlantirish ta'lim bozori iste'molchilarining qiziqishlari va ehtiyojlarini qondirishga, shuningdek ularning ijodiy fikrlash, tanqidiy fikrlash va ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirishga ko'maklashadi.Negaki,mamlakatimiz ta'lim tizimida yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash bu ta'lim tizimining eng muhim vazifalaridan hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida. /Rasmiy nashr/ O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - Toshkent: Adolat, 2017.

2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yur taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: "O 'zbekiston". 2017. -B . 22

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. 2022-yil 21-dekabr. - https://gov.uz/uz/news/view/36090

4. Nodavlat ta'lim muassasalarida ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha marketing xizmatlaridan samarali foydalanish Irodaxon Sobirovna Sodiqova

5. www.stat.uz

6. OLIY TA'LIM TIZIMINI KONSEPSIYALI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION BOSHQARUVNING O'RNI MONOGRAFIYA G.D.XASANOVA, X.X.RAXMONOV Buxoro-2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.