Научная статья на тему 'Xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish manbalari va ulardan samarali foydalanish masalalari'

Xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish manbalari va ulardan samarali foydalanish masalalari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1614
197
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ta’lim tizimi / ta’lim xarajatlari / moliyalashtirishning davlat manbalari / moliyalashtirishning nodavlat manbalari / xarajatlar smetasi / shtatlar jadvali

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shahobiddin Rustamov

Mazkur maqolada maqolada O‘zbekiston Respublikasida xalq ta’limi muassasalarida xarajatlarni moliyalashtirish manbalari, tarkibi va ularni optimallashtirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish manbalari va ulardan samarali foydalanish masalalari»

Xalq ta'limi tizimini moliyalashtirish manbalari va ulardan samarali foydalanish masalalari

Shahobiddin Rustamov O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada maqolada O'zbekiston Respublikasida xalq ta'limi muassasalarida xarajatlarni moliyalashtirish manbalari, tarkibi va ularni optimallashtirish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim tizimi, ta'lim xarajatlari, moliyalashtirishning davlat manbalari, moliyalashtirishning nodavlat manbalari, xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali

Sources of financing the public education system and issues of

their effective use

Shahobiddin Rustamov Banking and Finance Academy of Uzbekistan

Abstract: В данной статье освещены источники, состав и оптимизация расходов в государственных образовательных учреждениях Республики Узбекистан.

Keywords: education system, education costs, state sources of funding, non-state sources of funding, cost estimates, state table

Barchamizga ma'lumki ta'lim sohasidagi islohotlar mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning uzviy va hal qiluvchi yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "O'zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma'rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo'lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham bog'chadan boshlab oliy o'quv yurtigacha - ta'limning barcha bo'g'inlarini isloh qilishni boshladik".1

Mamlakat uchun davlatdagi ta'lim tizimining qay holatda ekanligi va qanday kadrlar kelajakda tayyorlanishi muhim ahamiyatga ega. Ta'lim tizimining faoliyati esa ta'limga bo'lgan e'tiborga asoslanadi.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 24.01.2020, http://www.press-service.uz

O'zbekistonlik iqtisodchi H.Do'stmuhammadning fikricha "Ta'lim - bu barkamol insonni shakllantirishga qaratilgan investitsiya. Jamiyat ham, davlat ham, bunday investitsiya kiritishdan manfaatdor, chunki, ta'lim sifatini oshirish ijtimoiy-iqtisodiy o'sishni ta'minlaydi, mehnat unumdorligini oshirishga, mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Shu bois, ta'limga yo'naltirilayotgan moliyaviy resusrlr va ulanrdan samarali foydalanish chora-tadbirlari qo'llanilayotgan ustuvor ahamiyatga egadir"2.

Shu bilan birga, soha sifatida ta'lim bu aholining ta'lim xizmatlariga bo'lgan turli ehtiyojlarini qondirishga, shuningdek, jamiyatning inson resurslarini ko'paytirish va rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim faoliyati bilan shug'ullanadigan muassasalar, tashkilotlar va korxonalar to'plamidan iboratdir. Ta'limning pedagogik jarayon sifatida asosiy maqsadi, uning vazifasi insonning shaxs, ishchi, fuqaro sifatidagi qadriyatlarini oshirishdir. Takror ishlab chiqarish iqtisodiy o'sishningsharti bo'lar ekan, unda ta'lim omilining o'rni beqiyos. O'zbekistonda ta'lim har bir insonning butun umri davomida hayotining tarkibiy qismiga aylanish imkonini yaratadigan ta'lim tizimi joriy etildi.

Mamlakatimizda 2017 yil 1 oktyabr holatiga xalq ta'limi tizimi maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim va maktabdan tashqari ta'limini o'z ichiga olgan. Endilikda Xalq ta'limi vazirligining maktabgacha yoshdagi bolalarning o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etish funktsiyalari barcha davlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan birga Maktabgacha ta'lim vazirligiga o'tkazilgan. Bolalar va o'smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo'sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda maktabdan tashqari ta'lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga bolalar, o'smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o'smirlar sport maktablari, san'at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona muassasalari, sog'lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiysi bu, shaxs salohiyatini ko'tarish hisoblanadi. Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya isloh qilishning, takomillashtirishning, eng avvalo huquqiy asoslari yaratildi. 1992 yil 8 dekabrdagi o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasida O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi qabul qilinib, har bir fuqoroning bepul umumiy ta'lim olish huquqi, ta'limning davlat nazoratida ekanligi qonuniy kafolatlandi.

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-son Qonuniga ko'ra ta'lim olish shakllari quyidagilardan iborat3:

- ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta'lim olish (kunduzgi);

2 Do'stmuhammad H.Xalq ta'limini moliyalashtirish. Mogorafiya. -T. IQTISODIYOT,2016.-142 bet

3 O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-son Qonuni

- ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);

- dual ta'lim;

- oilada ta'lim olish va mustaqil ta'lim olish;

- katta yoshdagilarni o'qitish va ularga ta'lim berish;

- inklyuziv ta'lim;

- eksternat tartibidagi ta'lim;

- mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.

Bugungu kunda mamlakatimizdagi ta'lim tizimi turlarini quyidagicha tasniflash mumkin (1-j adval).

1-jadval

O'zbekistonda ta'lim tizimi turlari4

№ Ta'lim turlari Ta'lim turlarining tarkibi

Maktabgacha ta'lim va tarbiya -

Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim boshlang'ich ta'lim (I — IV sinflar); tayanch o'rta ta'lim (V — IX sinflar); o'rta ta'lim (X — XI sinflar).

Professional ta'lim boshlang'ich professional ta'lim; o'rta professional ta'lim; o'rta maxsus professional ta'lim

Oliy ta'lim bakalavriat; magistratura

Oliy ta'limdan keyingi ta'lim tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD); doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc)

Ta'lim tizimining samaradorligi uni moliyalashtirish bilan chambarchas bog'liqdir. Shunday ekan, dastlab moliyalashtirishning mohiyati va zarurligini ko'rib chiqamiz, keyin ta'lim tizimini moliyalashtirish xususiyatlarini tadqiq qilamiz.

Mamlakatimiz inson manfaatlari uning huquqlari va erkinliklari yuksak darajadagi qadriyatlardan biri bo'lgan bozor iktisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lidan dadil qadamlar tashlab borar ekan, bugungi kunda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatdan bir qator yutuqlarga erishayotganligi va barcha sohalardagi islohotlar jadalravishda olib borilayotganligi, ta'lim tizimiga yo'naltirilgan resurslarning bugungi kundagi samarasi bilan izohlanadi. Moliyalashtirish deganda tor ma'noda pul mablag'lari, moliyaviy resurslar bilan ta'minlash tushuniladigan bo'lsa, kengroq ma'noda belgilangan maqsadga erishish yoki faoliyatni amalga oshirish uchun moliyaviy ta'minlashni, ya'ni moliyaviy resurslar ajratishni tushunishimiz mumkin.

Ta'limni moliyalashtirish tegishli moliyaviy-iqtisodiy mexanizmga asoslanadi. Moliyaviy-iqtisodiy mexanizm tarkibi murakkab bo'lib, o'zaro bog'liq bo'lgan iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy elementlarning (quyi tizimlar) birligini tashkil qiladi.

4 O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-son Qonuni asosida magistrant tomonidan tayyorlandgan

Ta'lim tizimini rivojlantirish maqsadida qulay vaziyatni ta'minlash uchun ta'lim muassasalari va idoralar tomonidan moliyaviy resurslarni yaratish, taqsimlash va ulardan foydalanish shartlari, shakllari va usullari majmui moliyaviy mexanizni tashkil etadi. Ushbu mexanizmning o'ziga xosligi ta'lim sohasida, har bir bog'lanishda va turli o'quv muassasalarida mablag'larni shakllantirish va ulardan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq.

Ta'lim sohasidagi zamonaviy moliyaviy mexanizm ta'lim muassasalarini byudjet tomonidan moliyalashtirishni pullik ta'lim xizmatlarini rivojlantirish va boshqa o'zini o'zi moliyalashtirish manbalarini rivojlantirish bilan birgalikda tavsiflanadi. Shu bilan birga, bepul xizmatlarni pullik xizmatlar bilan almashtirish mumkin emas deb hisoblanadi va asosiy e'tibor ularni oqilona uyg'unlashtirishga qaratiladi.

Ta'lim tizimining moliyaviy mexanizmi umumiy ko'rinishda ta'lim muassasalarining moliyaviy resurslarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonlarini maqsadli tartibga solish tizimi sifatida ifodalanishi mumkin.

D. Raxmonovning fikricha "Ta'lim tizimini moliyalashtirish yo'nalishlarini kengaytirish lozimligi ta'lim bilan aholini qamrab olishning dolzarbligi orqali ifoda etiladi. O'zbekistonda ta'limning qamrab olish darajasi birmuncha kichik raqamlarda bo'lib qolayotganligi uning moliyaviy dastaklari bilan bevosita bog'liq bo'lishi mumkin. Shu boisdan ham, ta'lim tizimini moliyalashtirish mianbalarini va ularning boshqaruvini liberallashtirish zaruriyati tug'iladi5.

H.Do'stmuhammadning fikricha "Xalq ta'limi tizimi xarajatlarini samarali amalga oshirishni tashkil qilish birinchi navbatda, xarajatlarni rejalashtirilgan obyektlar to'liq qamrab olinishi va ular bo'yicha hisoblanishi lozim bo'lgan ko'rsatkichlarning mutlaq va nisbiy darajalariga bog'liq. Ta'lim tizimining byudjet hisobi xarajatlarni amalga oshirishda umumta'lim muassasalarini saqlash uchun xarajatlarni turlari bo'yicha me'yorlashtirish usulidan ko'ra, bir o'quvchiga o'rtacha me'yorlar asosida xarajatlarni amalga oshirish ko'rsatkichi maqbul yo'l hisoblanadi. O'zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalari, umumiy o'rta ta'lim maktablari soni va ulardagi tarbiyalanuvchilar, o'quvchilar soni yilma-yil kamayib borish tendentsiyasiga ega. Aksincha, respublikamizda akademik litseylar soni esa keskin o'sish tendentsiyasiga ega6.

Davlat ta'lim muassasalarini moliyalashtirish O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan, Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan, kadrlar buyurtmachilarining mablag'lari hisobidan, shuningdek byudjetdan tashqari

5 Raxmonov D. O'zbekistonda ijtimoiy sohani moliyalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirish. Iqtisod fanlari doktori darajasiniolish uchun dissertatsiya. T.2018 yil

6 Do'stmuhammad H.Xalq ta'limini moliyalashtirish. Mogorafiya.-.Iqtisodiyot,2016.-142 bet

mablag'lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Nodavlat ta'lim tashkilotlarini moliyalashtirish muassislarning, kadrlar buyurtmachilarining pul va moddiy mablag'lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Davlat ta'lim muassasalari ustavida belgilangan vazifalarga muvofiq pulli ta'lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko'rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega. Pulli ta'lim xizmatlarini ko'rsatish davlat ta'lim muassasalarining asosiy faoliyatiga to'sqinlik qilmasligi kerak.

Davlat ta'lim muassasalarida qo'shimcha ta'lim xizmatlari ko'rsatganlik uchun haq undirish tartibi ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Davlat ta'lim muassasalari pulli ta'lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko'rsatish hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish hisobidan olingan pul mablag'larini mustaqil ravishda tasarruf etishga haqli.

Ta'lim tashkilotlarini moliyalashtirishning qo'shimcha manbalari quyidagilardan iborat7:

- shartnomalar asosida, shu jumladan chet ellik jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hisobidan tushgan mablag'lar;

- jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot, o'quv-uslubiy va qonunda taqiqlanmagan boshqa ishlarni bajarish hisobidan tushgan mablag'lar;

- ta'lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotni, bajarilgan ishlarni va ko'rsatilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;

- binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga berish hisobidan tushgan mablag'lar;

- ta'lim tashkilotlarining bo'sh turgan pul mablag'larini bank muassasalariga depozitlarga joylashtirish hisobidan olingan pul mablag'lari (foizlar);

- davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratiladigan mablag'lar;

- bank kreditlari va ssudalari;

- jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag'lari.

Fikrimizcha, bugungi kunda ta'lim tizimini moliyalshtirish manbalarini quyidagicha tizimlashtirish mumkin (1-rasm):

7 O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-son Qonunining 62-moddasi

1-rasm. Ta'lim tizimini moliyalashtirish manbalari8 Maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus ta'limda va boshlang'ich professional ta'limda ajratiladigan mablag'lar summalari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi hamda ushbu mablag'lar tarbiyalanuvchilar va ta'lim oluvchilarning o'qish joyidagi ta'lim tashkilotlariga yo'naltiriladi.

Ta'lim tizimini moliyalashtirish mexanizmlari, jalb qilingan mablag'larning manbalari, ularni taqsimlash usullari, boshqaruv organlari, davlat mablag'larini ajratish shartlari va mezonlari bo'yicha farqlanadi, bunda moliyalashtirishning bozor sxemalari va mexanizmlarini qo'llash asos qilib olinadi. Ta'lim tizimini moliyalashtirishning aksariyat modellarida markazlashtirilgan va nomarkazlashtirilgan moliyalashtirish usullari qo'llaniladi. Ta'lim tizimini davlat byudjetidan moliyalashtirish mexanizmi va amaliyotini ishimizning 2-bobida batafsil to'xtalamiz.

; Ilmiy tadqiqot natijasida magistrant tomonidan tayyorlangan

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Byudjet tashkilotlarini mablag' bilan ta'minlash tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli Qaroriga asosan davlat byudjeti hisobiga mablag' bilan ta'minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet tashkilotlarini mablag' bilan ta'minlash mexanizmini takomillashtirish, byudjet mablag'laridan samarali va aniq foydalanish maqsadida 2000 yil 1 yanvardan boshlab byudjet tashkilotlari xarajatlarini mablag' bilan ta'minlashning yangi tartibini joriy etildi.

Qaror bilan barcha byudjet tashkilotlarida Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etildi. Ta'lim muassasalarida byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari faqat avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo'yicha nafaqalarni va mavjud kreditorlik qarzlarni to'lashga, byudjet tashkilotining moddiy -texnika bazasini mustahkamlash tadbirlariga va ijtimoiy rivojlantirish va byudjet tashkilotlarining xodimlarini moddiy rag'batlantirish tadbirlariga sarflanadi.

Ta'lim muassasalarida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo'yicha to'lanmagan nafaqalar muddati o'tkazib yuborilgan kreditorlik qarz mavjud bo'lsa, Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari tejab qolingan byudjet mablag'lari doirasida ushbu qarzlarni to'lashga (ishlar, xizmatlar tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo'yicha jami xarajatlar o'rni qoplangandan so'ng) sarflanadi.

Agar kreditorlik qarzi byudjet tashkilotining xarajatlari vaqtincha etarli miqdorda mablag' bilan ta'minlanmaganligi munosabati bilan paydo bo'lgan taqdirda, kreditorlik qarzning Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg'armasi hisobiga to'langan miqdori joriy moliya yiliga belgilangan xarajatlar limiti doirasida byudjetdan qoplanadi.

Ta'lim muassasalarida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo'yicha to'lanmagan nafaqalar va kreditorlik qarz mavjud bo'lmasa yoxud ushbu qarzlar belgilangan doirada va shartlarda to'langan taqdirda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo'yicha jami xarajatlarning o'rni to'ldirilgandan keyin byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg'armasining qolgan mablag'lari tushgan barcha mablag'larning kamida 75 foizi (sog'liqni saqlash byudjet tashkilotlarida kamida 50 foizi) moddiy -texnika bazani mustahkamlashga; ko'pi bilan 25 foizi (sog'liqni saqlash byudjet tashkilotlarida kamida 50 foizdan ortiq bo'lmagan miqdorda) byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag'batlantirish tadbirlariga sarflanadi.

Shunday qilib, ta'lim tizimining moliyaviy mablag'lari davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamg'armalar va ta'lim muassasalarining rivojlantirish jamg'armasi hamda boshqa tashqi manbalar hisobidan shakllantiriladi. Ular byudjet tasnifiga mos ravishda daromad va xarajatlar shaklida guruhlanadi. Davlat byudjet tizimining yagonaligi, yagona tasnif, ta'lim muassasalarini boshqarishda tegishli

statistik hisobotlarni taqdim etish, rejalashtirish hujjatlar shakllaridan foydalanilishi xalq ta'limi byudjetining huquqiy bazasini ta'minlaydi.

Ta'lim muassasalarida byudjet mablag'larining taqsimlanishi va ulardan foydalanish samaradorligini oshirishning yangi shakl va usullarini qo'llash O'zbekiston Respublikasi davlatchiligini mustahkamlash jarayonini barqarorlashtirishga xizmat qiladi, ta'limning o'sib boruvchi ehtiyojlarini moliyalashtirishning yangi va qo'shimcha imkoniyatlarini qidirib topishga imkon beradi.

Hozirda davlat byudjet va mahalliy byudjetlarning xarajatlar qismining o'sishi va daromadlar qismiga kelib tushayotgan tushumlarning bir maromda tushmasligi natijasida faqatgina mahalliy byudjetlarning birinchi ehtiyojli xarajatlari amalga oshirilmoqda. Ta'lim muassasalari, xususan maktab ta'limi muassasalarining texnik jihozlash va binolarini ta'mirlash ishlarida ajratilgan mablag'lar miqdorining kamligi ushbu tadbirlarni o'z vaqtida bajarilishini ta'minlay olmayapti.

Shularni inobatga olgan holda maktab ta'limi muassasalarida juda katta imkoniyat mavjud bo'lgani holda o'zlarini maxsus mablag'lar manbalarini yaratishlari kerak. Qo'shimcha yaratilgan manbalardan olingan mablag'lar natijasida, maktab ta'limi muassasalari ayrim xarajat moddalariga byudjetdan ajratilgan mablag'larni etishmaydigan qismini qoplash uchun tadbirlar o'tkazishlari mumkin.

Maktab ta'limi muassasalarida qo'shimcha mablag'lar manbalarini tashkil qilish mumkinmi degan savolga, qo'yidagicha javob berish mumkin. Ha, har qanday yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan korxona, tashkilot va muassasalarda qo'shimcha daromad manbalarini yaratish imkoniyati mavjud, buning uchun esa quyidagilarning bajarilishiga erishish talab etiladi:

1. Har bir tashkilot raxbari bozor iqtisodi qonun-qoidalarini chuqur tushungan bo'lish kerak.

2. Tasdiqlangan smeta bo'yicha ajratilgan byudjet mablag'larini faqat belgilangan maqsadlar uchun ishlatish kerak.

3. Ta'lim muassasasining barcha zarar bilan ishlaydigan bo'lim va faoliyatlaridan voz kechish kerak.

4. Kommunal xizmat xarajatlari bo'yicha bo'ladigan barcha xarajatlarni maqsadli amalga oshirilishini ta'minlash zarur.

Mana shu tamoyillarga amal qilgan holda hozirgi byudjet mablag'lari tanqisligi sharoitida byudjet mablag'larini tejash mumkin va shu asosida muassasani moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun poydevor yaratiladi.

Bu o'z navbatida ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya ishlarini kuchaytirishga asos bo'ladi. Bundan tashqari maktab ta'limi muassasalari O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi ro'xsati bilan o'z ish faoliyatida o'zgartirishlar kiritishi mumkin.

Bu holatda ushbu muassasani mablag' bilan shu tashkilotning o'zi bevosita ta'minlaydi.

Maktab ta'limi muassasalari har yili joriy yil boshida maxsus mablag'lar smetasi tuzib, yuqori tashkilotlari tomonidan tasdiqlanib olinadi. Tasdiqlangan smetaga asosan daromadlarning asosiy qismi muassasaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga yo'naltiriladi.

Mamlakatimizda maktab ta'limi xarajatlarini ixchamlashtirish bo'yicha muttasil ish olib borilmoqda. Ushbu maqsadga erishish uchun asosan ikkita yo'l tanlangan:

- ta'lim tizimida xususiy muassasalarni rivojlantirishga imkon yaratish;

- davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ta'lim muassasalari tomonidan ko'rsatilgan qo'shimcha xizmatlar evaziga (ayrim fanlar buyicha repetitorlik kurslari, bolalarni ma'naviy va jismoniy barkamollikka etkazishga yo'naltirilgan qo'shimcha to'garaklar uchun) mablag'lar jalb etish yoki ularning miqdorini oshirish.

Xususiy ta'lim muassasalari tizimini vujudga keltirish uchun qilingan eng katta qadam O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 24 iyundagi 313-sonli «Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil qilish va rivojlantirish to'g'risida»gi qarorining qabul qilinishi bo'ldi. Shu bilan birga, boshqa turdagi nodavlat ta'lim muassasalari tashkil qilinishi bo'yicha ishlarning nisbatan sust olib borilayotganligini ham ta'kidlash o'rinlidir.

Xususiy ta'lim tizimini rivojlanishi ko'p jihatdan aholining to'lov qobiliyatiga bog'liq. Respublikamizda iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlari ta'minlanib, aholining to'lov qobiliyati oshgan sayin ushbu muassasalarga bo'lgan talab ortib boradi.

Ta'lim xarajatlari bir qismining aholi mablag'lari hisobidan qoplanishi uchun davlat tomonidan turli xil to'lovlar joriy etilishi amaliyoti jahonning deyarli barcha mamlakatlarida qo'llaniladi. Shu bilan birga, har bir to'lov turining tadbiq etilishi natijasida muassasaga qatnovchi bolalar soni kamayib ketmasligi, asossiz to'lovlarni joriy etmaslik va kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun turli xildagi imtiyozlar berilishining nazarda tutilishi mamlakatimiz ijtimoiy siyosatiga mosdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-son Qonuni

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 24.01.2020, http://www.press-service.uz

3. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2010 yil 28 apreldagi "Bir nafar o'quvchiga to'g'ri keladigan bazaviy me'yorlar va umumta'lim maktablari uchun o'llaniladigan qo'shimcha koeffitsientlar tartibi to'g'risida"gi №35; va №1-sonli qo'shma Qarori

4. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xalq ta'limi vazirligining "Bir nafar o'quvchiga xarajatlarning bazaviy normativlaridan kelib chiqqan holda umumta'lim maktablarining 2017 yilgi byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibi to'g'risida Nizom

5. Do'stmuhammad H.Xalq ta'limini moliyalashtirish. Mogorafiya.-T.IQTISODIYOT,2016.-142 bet

6. Raxmonov D. O'zbekistonda ijtimoiy sohani moliyalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirish. Iqtisod fanlari doktori darajasiniolish uchun dissertatsiya. T.2018 yil

7. U.Yu. O'roqov, S.h B. Abdulazizov. Ta'lim tizimini moliyalashtirish amaliyoti. Science and Education, 2022. № 7

8. Н.Хайдаров. Соликлар ва соликка тортиш масалалари. Укув кулланма. Тошкент: Академия, 2007

9. Nizamiddin Khaydarov. Agricultural Development in Uzbekistan: Agricultural Reforms versus Transboundary Water Issues. Developing Country Studies. ISSN 2224-607X (Paper) ISSN 2225-0565 (Online) Vol.5, No.10, 2015

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

10. Nizamiddin Khaydarov. INTERNATIONAL EXPERIENCE OF THE DEVELOPMENT OF TOURISM IN UZBEKISTAN. 2021

11. Х,айдаров Н.Х. Молия: умумдавлат молияси. Т.: Иктисод-молия, 2009

12. Низамиддин Хайдаров. Роль таможенного дела в ускорении межгосударственных экономических отношений. Технико-технологические проблемы сервиса, 2019

13. Низомиддин Гайдаров, Фуркат Шалимов. Жисмоний тарбия ва спорт муассасалари ва уларнинг мамлакат ижтимоий-иктисодий хдётида тутган урни. Иктисодиёт ва таълим. 2020/11/26

14. N Xaydarov. Soliqlar va soliqqa tortish masalalari. O 'quv qo 'llanma. Toshkent: Akademiya, 2007

15. G.G. Nazarova, N.X.Xaydarov, M.T.Akbarov. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. - T.: MChJ "RAM-S", 2007

16. ТС Маликов, НХ Хайдаров. Молия: умумдавлат молияси. Тошкент: «IQTISOD-MOLIYA, 2009

17. Т.Маликов, Н.Хайдаров. Бюджет: тизими, тузилмаси, жараёни. 2007

18. Т.С. Маликов, Н.Х. Хайдаров. Финансы: государственные финансы. Учебное пособие. Экономика и финансы. Ташкент. 2009

19. Zaripov Khusan Bakhodirovich. Trends in the Development of the Tax System of the Republic of Uzbekistan. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 2022

20. Zaripov Khusan Bakhodirovich. Current state of taxation of commercial banks in our country. British Journal of Global Ecology and Sustainable Development. 2022/11/1

21. Мутабар Жураевна Темирханова, Хусан Баходирович Зарипов, Ли Шаоминь. Совершенствование цифровой мобильной связи в современном мире. Бюллетень науки и практики, 2020

22. Зарипов Хусан Баходирович. Методологический конструктив налогового анализа влияния системы налогообложения на деятельность хозяйствующего субъекта. Международный научно-образовательный электронный журнал «Образование и наука в xxi веке» 2021/11

23. Хусан Зарипов. Налоговое планирование предприятий в Республике Узбекистан. Общество и экономика, 2019

24. ОА Шодиев. Особенности применения упрощенной системы налогообложения в Узбекистане. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук.2017

25. Olimjon Shodiev. Excise tax: general and special. Академические исследования в современной науке. 2022/12/5

26. ОА Шодиев. Акцизное налогообложение в Узбекистане: общее и особенное. Экономика и бизнес: теория и практика. 2022

27. ОА Шодиев. Акцизный налог в Узбекистане: особенности и проблемы современного развития. Экономика и бизнес: теория и практика. 2021

28. U O'roqov, Zulayho Abdujobir qizi Tursunova. O'zbekistonda davlat tashqi qarzini samarali boshqarishda davlat qarziga xizmat ko'rsatish kafolat jamg'armasining o'rni. Science and Education, 2022

29. У Уроков. Мах,аллий бюджетлар мустакиллигини оширишнинг устувор йуналишлари. Science and Education, 2022

30. У.Ю.Уроков. Мах,аллий бюджетлар шаффофлиги ва очиклигини таъминлашнинг устувор йуналишлари. Бизнес-Эксперт журнали, 2020 й. 4-сон.

31. У.Уроков. Давлат харидлари тизимида электрон харидлар хджмини ошириш масалалари. 2021

32. У Уроков. Мах, аллий бюджетлар мустакиллигини оширишнинг устувор йуналишлари. Science and Education" Scientific Journal/ISSN. 2022/6

33. У.Ю.Уроков. К,ишлок хужалиги субъектларини солик имтиёзлари оркали раFбатлантириш. Иктисодиёт ва таълим. 2015

34. УЮ Уроков, ФШ Сулаймонов. Хужалик юритувчи субъектлар фаолиятида электрон ахборот алмашишнинг ахдмияти ва уни такомиллаштириш масалалари. 2014/9

35. U O'roqov, Zulayho Abdujobir qizi Tursunova. O'zbekistonda davlat tashqi qarzini samarali boshqarishda davlat qarziga xizmat ko'rsatish kafolat jamg'armasining o'rni. Science and Education. 2022/6/30

36. U.Yu.O'roqov. Davlat xaridi. O 'quv qo 'llanma. T.:«Nihol print» OK, 2022

37. У.Уроков. Газначилик тизимида бюджет маблаFларидан самарали фойдаланиш масалалари. 2017

38. Узбекистонда давлат харидлари тизимини такомиллаштириш масалалари.2014

39. Uchqun O'roqov, Javohir Yomg'Irov. Davlat xaridlarini tashkil etish modellari: afzalliklari va kamchiliklari. Science and Education, 2022

40. У Уроков. Бюджет маблаFларидан самарали фойдаланишни таъминлаш йуллари. 2017

41. У Уроков. Узбекистонда давлат харидлари тизимини такомиллаштириш масалалари. 2014

42. Uchqun Yunusovich O'roqov, Farzona Axmadqul Qizi Abduazimova. Davlat maqsadli jamg'armalarining mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati. Science and Education. 2022

43. УЮ Уроков, КР Чинкулов. Узбекистонда давлат харидларининг такомиллашувининг хукукий асослари. Халкаро молия ва хисоб» журнали. 2017

44. УЮ Уроков. К, ишлок хужалиги субъектларини солик имтиёзлари оркали раFбатлантириш. Иктисодиёт ва таълим. 2015

45. Urokov Uchkun Yunusovich, Toshmatova Rano Gaipovna, Sharapova Mashhura Azadovna, Ismailova Nasiba Komiljonovna, Isaev Husan Mansurovich. Matters of revenue generation and cost optimization while increasing the efficiency of the state budget. Journal of Hunan University (Natural Sciences). 2021/12

46. У Уроков. Узбекистон Республикасининг бюджет кодекси: мохияти, ахамияти ва афзаллликлари. Молия" журнали, 2014

47. У Уроков. Махаллий бюджетлар мустакиллигини оширишга оид назарий карашлар. 2020

48. U Yu O'roqov, NM Anvarov. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda byudjet-soliq siyosatining ahamiyati. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. 2022/6/30

49. O'roqov Uchqun Yunusovich, Moyliyev Murod Baxtiyorovich, Muzaffarov Muhammadjon Maxmud o'g'li. Mamlakat investitsiya jozibadorligini oshirish orqali xalqaro kapitalni jalb qilish masalalari. Science and Education" Scientific Journal/ISSN, 2022

50. И Мамаджанов, К Топаров, У Уроков, О Гайбуллаев. Урта муддатли бюджет. Наманган шахдр бюджети мисолида. Т: Baktria press, 2017

51. О Гайбуллаев, У Уроков. Узбекистон Республикасида бюджет тизими ва жараёни. Т: Baktria press, 2016

52. У Уроков, И Иргашев, О Гайбуллаев. Фукаролар иштирокидаги махаллий бюджет Т: Baktria press, 2022

53. У Уроков, Д Ускенбаева. Узбекистонда ташаббусли бюджетни жорий этишнинг ташкилий-хукукий асослари. Science and Education, 2022

54. Uchqun Yunusovich O'roqov, Nozimaxon Jahongir qizi Rahimova. INVESTITSIYALARNI JALB QILISHDA QULAY INVESTITSIYA MUHITINING AHAMIYATI. RESEARCH AND EDUCATION.2022

55. SHERALI SULTONOV, SHERZOD ALILOV, JASUR RAZZAKOV, KHUSAN ISAEV. DEVELOPMENT WAYS OF STOCK MARKET IN UZBEKISTAN (IN THE CASE OF "TASHKENT" REPUBLICAN STOCK EXCHANGE). Journal of Critical Reviews.2020

56. У Уроков. Узбекистон Республикасининг бюджет кодекси: мохияти, ахамияти ва афзаллликлари. "Молия" журнали, 2014

57. Sherali Sultonov Nuraliyevich, Nodira Soatova Bobokhanovna. Ways of Fund Market Development in Uzbekistan. Eurasian Scientific Herald.2022

58. Sherali Sultonov. Directions of state regulation of the stock market. International Journal of Economic Growth and Environmental. 2021

59. Sherali Sultonov, Nodira Soatova. Factors strengthening the tax base of local budgets. Journal of Hunan University. Vol. 49. No. 12 December 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.