Научная статья на тему 'Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish'

Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
237
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
sport turlari / umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va ta’lim muassasalariga yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchi sifat / Turizm va sport / respublika byudjetidan ajratilgan mablag‘lar / ularning byudjetdan tashqari mablag‘lari

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shuxrat Sharipbovich Hayitov, Akbar Aqmirzaevich Shernaev

Sport-ta’lim muassasalari faoliyati rivojlanishining o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarini belgilash, ularda olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar zaxirasini tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, ularni boshqarish va moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, moddiytexnik va resurs imkoniyatlarini yanada kengaytirish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish»

Sport-ta'lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish

Shuxrat Sharipbovich Hayitov Akbar Aqmirzaevich Shernaev Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Sport-ta'lim muassasalari faoliyati rivojlanishining o'rta va uzoq muddatli istiqbollarini belgilash, ularda olimpiya va paralimpiya sport turlari bo'yicha sportchilar zaxirasini tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, ularni boshqarish va moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, moddiy-texnik va resurs imkoniyatlarini yanada kengaytirish

Kalit so'zlar: sport turlari, umumkasbiy va maxsus fanlar bo'yicha xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va ta'lim muassasalariga yetkazib berish bilan bog'liq xarajatlar birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchi sifat, Turizm va sport, respublika byudjetidan ajratilgan mablag'lar, ularning byudjetdan tashqari mablag'lari

Improving the mechanism of financing the activities of sports

and educational institutions

Shukhrat Sharipbovich Hayitov Akbar Akmirzaevich Shernaev Tashkent Financial Institute

Annotation: to establish medium and long-term prospects for the development of the activities of Sports and educational institutions, to create the necessary conditions for the training of the reserve of athletes in Olympic and Paralympic sports in them, including to improve their management and financing system, as well as further expansion of material and technical and resource capabilities

Keywords: costs associated with the procurement of foreign literature in sports, general and special subjects and delivery to educational institutions Quality, Tourism and sports, allocations from the budget of the Republic, their extra-budgetary funds, allocating first-class budgetary funds.

Ta'limni moliyalashtirish tizimi asosiy moliyalashtirish manbai - davlat budjeti bo'lib, davlat budjetidan ta'lim muassasalarini saqlashga ajratmalar budjet tashkilotlarini mablag' bilan ta'minlash tartiblari va tamoyillari asosida ajratiladi.

Davlat budjetidan moliyalashtirish quyidagi tamoyillarga asoslanadi: - mablag'larni sarflashda tejamkorlik tartibiga rioya qilish, pul sarflarining eng kam bo'lishiga intilish; - budjet mablag'laridan maqsadli foydalanish, ya'ni faqat aniqlangan va oldindan asoslangan maqsadlarga ularni smeta moddalari o'rtasida qayta taqsimlashlarsiz ishlatish; - davlat ta'lim muassasalarining moliyaviy faoliyati ustidan yuqori tashkilotlar hamda moliya organlari tomonidan muntazam nazoratni olib borish.

O'zbekiston aholisining 60 foizdan ko'prog'ini bolalar va o'smirlar tashkil qiladi. Tabiiyki, ularni o'qitish, tarbiyalash, kasbga yo'naltirish va mutaxassis kadr qilib tayyorlash masalalari zamonning dolzarb masalasi bo'lmog'i zarur. Ta'lim muassasalari eng keng tarqalgan davlat muassasalari hisoblanadi. Ularni qurish, mavjudlarini saqlash, moddiy-texnikaviy jihatdan ta'minlash, kadrlar masalasini hal qilish kabilar tarixan davlat mablag'lari evaziga amalga oshirilib kelingan. Ta'lim tizimining joriy va kapital xarajatlarini moliyalashtirishda davlat budjetining ahamiyati hali ham katta. Davlat budjetining ijtimoiy-madaniy sohalarni saqlash xarajatlari tarkibida asosiy o'rinni xalq ta'limi xarajatlari egallaydi.

Uzoq yillar mobaynida davlat budjetining ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishda yagona manba bo'lib kelganligi hech kimga sir emas.

Ta'lim tizimi ham klassik ijtimoiy soha sifatida bir necha o'n yilliklar davomida to'lig'icha budjetga qaram soha bo'lib kelgan. Hozirgi kunda ham budjet xarajatlarining aksariyat qismi maorif tizimini ta'minlashga safarbar etilmoqda. Shuni ta'kidlash kerakki, davlatimizning ta'lim tizimiga ajratadigan mablag'lari mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga nisbatan hisoblaganda boshqa mamlakatlarga qaraganda birmuncha yuqori. Bunga sabab, keyingi yillarda Rivojlanishning ma'lum bosqichiga kelib, 2014- 2019 yillar mobaynida amalga oshirilishi mo'ljallangan Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi qabul qilindi.

Dasturga «umummilliylik» maqomining berilishi bejiz emas, chunki maktab ta'limining mustahkam bo'lishidan butun jamiyat manfaatdor. Shuning uchun respublikadagi barcha vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar va boshqa xo'jalik birlashmalari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari ta'lim tizimiga yo'naltiriladigan resurslarni shakllantirishda keng ko'lamda ko'mak va har tomonlama yordam berishlari maqsadga muvofiq. Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo'naltirilgan xarajatlari faqat ijtimoiy emas, balki iqtisodiy ahamiyatga ega, u jamiyatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam bеradi, chunki davlat amalga oshirayotgan, aholining barcha qatlamlari manfaatlariga daxldor bo'lgan iqtisodiy faoliyat natijalari ijtimoiy soha xarajatlari orqali ro'yobga chiqadi. Ijtimoiy madaniy sohalar iqtisodiyotning katta bir bo'lagi hisoblanadi, jamiyat va uning azolariga nomoddiy xususiyatdagi xizmat ko'rsatish vazifasini amalga oshirish bilan shug'ullanadi. Fuqarolarning ijtimoiy ta'minotga bo'lgan huquqi asosiy qonunimiz bo'lgan O'zbеkiston Rеspublikasi

Konistitutsiyasi tomonidan kafolatlanadi. Ijtimoiy yordam tizimini huquqiy atrofda barpo etish va bu boradagi qonunlarning ijro etilishining moliyaviy ta'minlash iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Aholini ijtimoiy himoyalash masalasining ustuvorligi O'zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish, bozor iqtisodiyotiga o'tish dasturining eng ustuvor yo'nalishi sifatida tan olindi.. Shu sababli mahalliy budjetlardan aholining kam ta'minlangan qatlamlariga to'lanadigan ijtimoiy to'lovlar hajmi oshib boradi. Ijtimoiy soha xarajatlarining 80 foizi va aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarining 100 foizi mahalliy budjetlardan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasida budjet ijrosining amaldagi holatidan kelib chiqqan holda mahalliy budjetlar hukumatning iqtisodiy ijtimoiy siyosatining amalga oshirishda mavqeyini yanada ko'tarishga sabab bo'layotgan qator omillarni ajratib ko'rsatish mumkin. Barcha darajadagi budjet xarajatlarining oshishi bozor munosabatlari sharoitida kuchli ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi bilan bog'liq. Bu xarajatlar jumlasiga aholini ijtimoiy himoyalash bo'yicha chora tadbirlar uchun ajratiladigan xarajatlar hisoblanadi, ular ko'p bolali oilalar va kam ta'minlangan oilalarga beriladigan nafaqalar hamda budjet hisobidan aholiga 31 ijtimoiy ahamiyatdagi xizmatlarga quyiladigan narxlardagi farqlarni qoplashni o'z ichiga oladi. Quyidagi jadvalda Davlat budjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvatlash xarajatlari miqdorini ko'rib chiqamiz

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2021 yil 1 yanvaridan boshlab O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Maktab ta'limi jamg'armasi tugatilib, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta'lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash bo'yicha budjetdan tashqari jamg'arma tashkil etildi. Ta'lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash bo'yicha budjetdan tashqari jamg'armaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Jamg'armaga kelib tushayotgan mablag'larni keyinchalik ulardan ta'lim muassasalari - Sport maktablari, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarini jihozlash (to'liq jihozlash) maqsadida foydalanish uchun jamlash;

- ta'lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash, shu jumladan, zarur hollarda o'quv korpuslarini o'quv ustaxonalari va laboratoriyalar bilan kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma ob'ektlarini barpo etish bo'yicha ishlarni moliyalashtirish;

- zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib, ta'lim muassasalarini eng yangi o'quv-laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter texnikasi hamda axborot-kommunikasiya ta'lim

texnologiyalarining boshqa elementlari bilan, shuningdek o'quv mebeli va asbobanjomlari bilan tizimli qayta jihozlash hamda to'liq jihozlashni moliyalashtirish.

Tugatilayotgan budjetdan tashqari Maktab ta'limi jamg'armasining barcha aktiv va passivlari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta'lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash bo'yicha budjetdan tashqari jamg'armaga topshiriladi. 38 Ta'lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash bo'yicha budjetdan tashqari jamg'armaning daromadlarini shakllantirish manbalari: -xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan Jamg'armaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ajratmalarni to'lashdan tushadigan mablag'lar; -Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining budjetdan tashqari mablag'lari; -xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning grantlari va imtiyozli kreditlari (qarzlari); -xayriya qiluvchilar - yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag'lari; -Jamg'armaning vaqtincha bo'sh mablag'larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar. Jamg'armani boshqarish bo'yicha Kengash Ta'lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash jamg'armasini boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.

2021 yilning 5 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasining Sport ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali Olimpiya va Paralimpiya sport turlari bo'yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori imzolangan.

Unda Sport-ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralashning raqamlashtirilgan yangi tizimini joriy qilish, kuchli olimpiya zaxirasini yaratish orqali sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida, jahon chempionatlari va boshqa yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi hamda yuqori natijalarga erishishini ta'minlash maqsadida qator vazifalar belgilangan.

2022-yil 1-iyuldan1 sport sohasidagi maktabdan tashqari nodavlat sport-ta'lim muassasalarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy etiladi:

• yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida g'olib hamda sovrindor bo'lgan sportchilar tomonidan tashkil etilgan nodavlat sport-ta'lim muassasasi uchun davlatning bino va inshootlarini 2024-yil 1 yanvargacha ijara to'lovlarisiz berish;

• 2024-yil 1 yanvardan 2026-yil 1 yanvargacha nodavlat sport-ta'lim muassasasi tomonidan xizmatlarni ko'rsatish uchun foydalaniladigan bino va inshootlar ijara to'lovi xarajatlarini 50 foizga kamaytirish.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2022-yil 1-iyul, PQ-302-son

Sport-ta'lim muassasalari faoliyati rivojlanishining o'rta va uzoq muddatli istiqbollarini belgilash, ularda olimpiya va paralimpiya sport turlari bo'yicha2 sportchilar zaxirasini tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, ularni boshqarish va moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, shuningdeK, moddiy-texnik va resurs imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida:

Sport-ta'lim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;

Sport-ta'lim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturini 20212022 yillarda amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" 2-ilovaga muvofiq;

Sport-ta'lim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturining maqsadli ko'rsatkichlari (indikatorlari) 3-ilovaga muvofiq;

2022-2025-yillarda olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari ob'ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlashning asosiy parametrlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

a) sport bino va inshootlarida qurilish-ta'mirlash ishlari faqatgina oldindan ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asosnomaga muvofiq amalga oshiriladi;

b) olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarining moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash uchun Davlat byudjetidan 2022-yildan boshlab dasturlar to'liq bajarilgunga qadar har yili qo'shimcha:

- qurilish-ta'mirlash ishlariga - 50 milliard so'm;

- zamonaviy sport jihozlari, texnologiya vositalari, asbob-uskunalar va maxsus sport kiyimlari bilan ta'minlashga -10 milliard so'm;

- tibbiyot bo'limlarini zamonaviy asbob-uskunalar, dori-darmon va tiklantiruvchi vositalar bilan jihozlashga - 10 milliard so'm;

- zamonaviy o'quv adabiyotlarini chop etish va xarid qilishga - 2 milliard so'm mablag' ajratiladi.

Xalq ta'limi muassasalari rahbarlarining bazaviy tarif stavkalari muassasalar guruhidan kelib chiqib belgilanadi.Sport muassasalarigaSport maktablari hamda barcha tip va nomdagi maktab - internatlar kiradi. Xalq ta'limi tizimi xodimlari mehnatining ish haqi bazaviy tarif stavkasini hamda ustamalar va qo'shimcha to'lovlarni o'z ichiga oladi. Hozirgi kunda zamonaviy ta'lim tizimi tobora yangilanib bormoqda, tez o'zgarayotgan, murakkablashib borayotgan olamda qo'yilayotgan zamonaviy talablar asosida faoliyat ko'rsatishga to'g'ri kelmoqda. Ayni paytda ta'lim tizimida rahbarlikning ish uslublari, boshqaruv madaniyati va buning natijasida sifat o'zgarishlari uchun imkoniyatlar yaratuvchi pedagogik, boshqaruv yangiliklari paydo bo'lmoqda. Bularning barchasi ta'limni va uning asosiy tarkibiy qismi bo'lgan sifatini

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOEV Sport-ta'lim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi to'g'risida, 2021-yil 5-noyabr

boshqarish masalalarining yechilishi murakkablashuviga olib keladi va bu esa muammoni hal qilishning zamonaviy asoslangan usullariga ehtiyoj tug'diradi.

Albatta, bu o'zgarishlar maktab rahbarlaridan juda keng ko'lamda tashkilotchilik, yaratuvchanlik boshqaruv menejmentini egallaganlikni talab etadi. Shu ma'noda maktab direktorining o'rni va mas'uliyati juda kattadir. Rahbarlikning lug'aviy ma'nosi ham, zaruriy xislatlarni avvalo o'zida shakllantirib, so'ngra o'z faoliyatida shu xislatlarni namoyon qilish orqali jamoaga o'rnak ko'rsatib, 54 belgilangan maqsadni amalga oshirishga jamoani jalb etishni bildiradi. Chunki jamoa birinchi galda rahbarlik salohiyatini, uning ma'naviyati, yuksak madaniyati va xalqparvarligi bilan o'lchaydi. Shu bois rahbar kadrlarni tanlash, ularni malaka oshirish kurslarida muayyan boshqaruv tayyorgarligidan o'tkazishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yetakchi rahbar maktabda xodimlarga kelajak bilan bog'liq o'z tasavvurini ifoda etib, ularga yangiliklarga o'rganish va o'zgarishlar jarayonini o'tib ketishiga ularni ilhomlantirib hamda ishchilarda ishtiyoq uyg'otib, ishlashga yordam beradi. Rahbarlar o'zlari o'z maqsadlarini belgilaydilar va ularni insonlarda ishga bo'lgan munosabatini o'zgartirishda qo'llaydilar. Rahbar maqsadga kelajak haqida tasavvurlar va unga erishish yo'llarini, ikir-chikirlari va kundalik narsalarga ortiqcha e'tibor qaratmasdan ishlab chiqish orqali erishadilar. Rahbar o'ziga tobe bo'lganlar bilan munosabatni o'zaro ishonch asosida quradilar, ularni ilhomlantiradilar va qo'llab-quvvatlaydilar. Maktabda qanday ish yuritishni belgilaydigan 2 ta kuch bor: Madaniyat va muhit. Har bir tashkilotning o'z madaniyati bo'ladi. Bunga asos solganlar, oldingi va hozirgi kundagi yetakchi rahbarlar, inqirozlar, hodisalar tarixi va o'lchami. Bular o'z navbatida qadriyatlar, an'analarga ta'sir qilib shakllantirgan. Muhit bu-muassasa a'zolarining shaxsiy va o'zaro munosabati va qabul qilishidir. Madaniyat muassasaning ildizlariga borib taqaladigan, uzoq vaqt davomida shakllanib kelgan tizimlar, qoidalar va an'analardan iborat bo'lsa, muhit qisqa muddatda ayni paytdagi rahbar tomonidan o'rnatilgan jarayondir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Shernaev, A. A. Principles and methods of organization of the internal tax control system in joint stock company. International Journal of Economics, Business and Management Studies-ISSN, 2347-4378.

2. Shernaev, A. A. (2021). Strategik rivojlanish sharoitida mahalliy byudjetlar daromadlarini takomillashtirish yo'nalishlari. Студенческий вестник, (20-14), 74-76.

3. Шернаев, А. А. (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.

4. Shernaev, A. A. (2021). Sog 'liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning rolini oshirish masalalari. Интернаука, (20-7), 58-60.

5. Шернаев, А. А. (2020). Налоговое планирование в системе обеспечения финансовой безопасности в акционерных обществах. Интернаука, (12-2), 43-45.

6. Jumanazarova, Z. J., & Shernayev, A. A. (2020). Budjetdan tashqari jamg 'armalar moliyaviy resurslarini shakllantirish va taqsimlash amaliyotini takomillashtirish yo 'nalishlari. Студенческий вестник, (1-6), 87-89.

7. Shernaev, A. A. (2020). On the issue of the efficiency of taxation of joint stock companies. Экономика и бизнес: теория и практика, (9-2), 149-152.

8. Шернаев, А. А. (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.

9. Xamdamova, R. R. Q., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalarning rivojlanish istiqbollar. Science and Education, 3(1), 1111-1116.

10. Nurulloyev, J. A. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi shakllanishining joriy holati tahlili va undagi iqtisodiy-moliyaviy munosabatlar. Science and Education, 3(2), 1495-1501.

11. Nomozov, B. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Ta'lim sohasi xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish masalalari. Science and Education, 3(2), 1489-1494.

12. Шернаев, А. А. (2021). АКЦИЯДОРЛИК ЖАМИЯТЛАРИДА СОЛЩЛАРНИ РЕЖАЛАШТИРИШ: ХУСУСИЯТЛАРИ ВА УСЛУБИЁТИ МАСАЛАЛАРИ. Science and Education, 2(3), 454-469.

13. Jovmirov, A. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Jahon savdosini moliyalashtirishning zamonaviy yo'llari. Science and Education, 3(3), 1119-1127.

14. Naimov, S. O. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro valyuta bozori va O 'zbekistonda valyuta operatsiyalarini rivojlantirishning istiqbolli yo 'nalishlari. Science and Education, 3(1), 1099-1103.

15. Amirqulov, B. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo 'nalishlari. Science and Education, 3(1), 1048-1053.

16. Jumaniyazov, I. T. (2021). The Progressive Foreign Experiments in the Activity of Sovereign Wealth Funds. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 109-116.

17. Jumaniyozov, I. (2018). Impact of Development Finance Institutions on Economic Growth: Implications for Reconstruction and Development Fund of Uzbekistan. International Journal of Management Science and Business Administration, 4(2), 84-88.

18. Jumaniyozov, I. (2020). ISSUES OF ENSURING THE TRANSPARENCY OF SOVEREIGN WEALTH FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(5), 1.

19. Jumaniyazov, I. (2020). FOREIGN EXPERIENCE IN THE ACTIVITIES OF SOVEREIGN FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(2), 1.

20. Jumaniyazov, I. T. (2021). Transparency Is A Key Indicator Of The Activity Of Sovereign Wealth Funds. The American Journal of Management and Economics Innovations, 3(05), 30-37.

21. Жуманиязов, И. Т. (2016). Основные задачи Фонда реконструкции и развития Республики Узбекистан. Наука, образование и культура, (7 (10)), 27-28.

22. Жуманиязов, И. Т. (2016). Направления использования средств Фонда реконструкции и развития Республики Узбекистан. Economics, (7 (16)), 28-29.

23. Jumaniyazov, I. T. (2022). O'zbekistonda davlat moliya tizimidagi islohotlar va rivojlantirish istiqbollari. Science and Education, 3(5), 1637-1645.

24. Inomjon Turaevich Jumaniyazov, & Bexruz Hazratov (2022). Foreign experience in the development of special economic zones in Uzbekistan. Science and Education, 3 (5), 1628-1636.

25. Jumaniyazov Inomjon Turaevich, & Juraev Maqsud Annaqulovich (2022). Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va risklarni baholash usullari. Science and Education, 3 (5), 1646-1654.

26. Jumaniyazov, I. T. (2019). The impact of Uzbekistan Reconstruction and development fund's expenditure on GDP growth. Science, research, development № 16. Monografiya pokonferencyjna.

27. Jumaniyazov, I., & Xaydarov, A. (2023). The importance of social insurance in social protection. Science and Education, 4(1), 1033-1043. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/4941

28. Inomjon, J. (2023). GENDER BYUDJETLASHTIRISHDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING O'RNI. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(6), 1187-1191.

29. Бахронов, Ж., & Жуманиязов, И. (2023). Партисипатор бюджетлаштириш ва уни Узбекистонда куллаш долзарблиги. Science and Education, 4(2), 1486-1493.

30. Davlatboyeva, M. S. qizi, & Jumaniyazov, I. T. (2023). Yashil byudjetlashtirish va uni O'zbekistonda joriy etish istiqbollari. Science and Education, 4(2), 1509-1516.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.