Xalq ta'limi muassasalarida xarajatlarni rejalashtirish
mexanizmi
Shahobiddin Rustamov O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada maqolada O'zbekiston Respublikasida xalq ta'limi muassasalarida xarajatlarni davlat byudjetidan moliyalashtirish amaliyoti yoritilgan. Shuningdek, ta'lim xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish tendentsiyalari va muammolari ko'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: ta'lim tizimi, ta'lim xarajatlari, byudjet xarajatlari, ijtimoiy soha xarajatlari, moliyalashtirish
Mechanism of cost planning in public educational institutions
Shahobiddin Rustamov Banking and Finance Academy of Uzbekistan
Abstract: This article describes the practice of financing expenses from the state budget in public educational institutions in the Republic of Uzbekistan. Also, the trends and problems of planning and financing of education expenses are considered.
Keywords: education system, education spending, budget spending, social spending, financing.
Xalq ta'limi muassasalari o'quvchilarni bazaviy bilim olishlarini ta'minlash jarayonida o'quvchilarda bilim olishga bo'lgan ehtiyojni rivojlantirish, ko'nikmalar hosil qilish, kelajakda munosib kasb tanlash kabi masalalar hal qilinadi. Shunday ekan, xalq ta'limi muassasalarini moliyalashtirish masalasiga alohida e'tibor qaratilib kelingan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari va davlat byudjeti parametrlari to'g'risida"gi 1245-sonli Qarorining 19-bandiga asosan "O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda 2010 yildan boshlab bir nafar o'quvchiga (tarbiyalanuvchiga) xarajatlarning bazaviy me'yorlaridan kelib chiqqan holda maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, umumta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibini respublikaning barcha hududlaridagi mazkur muassasalarga tatbiq etilishi hamda byudjetni rejalashtirish va moliyalashtirishning
yangi tartibiga o'tkaziladigan har bir byudjet tashkilotiga moliyalashtirish me'yorlari
etkazilishini ta'minlanishi" qayd etilgan.
O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq pedagog, lahbar va yordamchi xodimlar mehnatiga haq to'lash, xodimlarni moddiy rag'batlantirishning direktor jamg'armasi, yagona ijtimoiy to'lov xarajatlari
asosiy ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog kadrlarning o'rniiii bosish tartibida ishlagan pedagog xodimlar mehnatiga haq to'lash xarajatlari
umnmta'lim maktablarini saqlash biJan bog'liq boshqa xarajatlari (kommunal xizmatlar, joriy ta'mirlash, tovar, xom-ashyolar xarid qilish va boshqa lar)
1-rasm. Umumta'lim maktablarining bir nafar o'quvchisi uchun ajratiladigan
xarajatlarning bazaviy normativlariga kiritiladigan ko'rsatkichlar1 Umumta'lim maktablari byudjetini aniqlash bir nafar o'quvchiga xarajatlarning bazaviy normativlari va tuzatish koeffitsientlari qo'llash orqali amalga oshiriladi. Umumta'lim maktablarining bir nafar o'quvchisi uchun xarajatlarning bazaviy normativlariga bir qator ko'rsatkichlar kiritiladi (1-rasm).
Maktablardagi sinflar va o'quvchilar soni 1 yanvar va 1 sentyabr holati bo'yicha aniqlanadi. 1 yanvarga o'quvchilar va sinflar soni oxirgi hisobot sanasidagi amaldagi holat bo'yicha ularning joriy yilning oxiriga qadar bo'lishi ehtimoli bo'lgan o'zgarishlarini hisobga olgan holda qabul qilinadi. Rejalashtiriladigan yilning 1 sentyabriga o'quvchilar soni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish rejasida o'quvchilarni qabul qilish, o'tkazish va ularning bitirib chiqishini hisobga olgan holda belgilanadi. Birinchi sinflarga qabul 1 sentyabrga qadar yoki sentyabr oyida 7 yoshga to'ladigan bolalar soniga qarab rejalashtiriladi. Keyingi sinflarda qabul oldingi sinflardagi o'quvchilar sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Xarajatlar hisob-kitoblarini amalga oshirish o'rtacha yillik o'quvchilar sonidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. Asosiy tarkib 8 oy mobaynida (1 yanvardan 1 sentyabrgacha), yangi tarkib esa 4 oy davomida (1 sentyabrdan yil oxiriga qadar) moliyalashtiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2010 yildagi qo'shma qaroriga muvofiq umumta'lim maktablari uchun bir nafar o'quvchiga to'g'ri keladigan bazaviy me'yorlar va umumta'lim maktablari uchun qo'llaniladigan qo'shimcha koeffitsientlar tartibi ishlab chiqilgan. Ushbu qo'shma qaror 2010 yildan boshlab butun Respublika bo'yicha umumta'lim
1 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2010 yil 28 apreldagi "Bir nafar o'quvchiga to'g'ri keladigan bazaviy me'yorlar va umumta'lim maktablari uchun o'llaniladigan qo'shimcha koeffitsientlar tartibi to'g'risida"gi №35; va №1-sonli qo'shma qarori asosida magistrant ishlanmasi
maktablarining byudjetlarini tuzish uchun qo'llanila boshlandi va har yili Moliya va Xalq ta'limi vazirliklari tomonidan tegishli tartibda o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish orqali takomillashtirilib borilmoqda.
Bazaviy xarajatlarning me'yorlari va belgilangan koeffitsientlar mahalliy byudjetlar tomonidan umumta'lim maktablari uchun byudjetdan ajratiladigan mablag'larni hisoblashda qo'llaniladi va umumta'lim maktablari bir nafar o'quvchisiga to'g'ri keladigan xarajatlarning bazaviy me'yorlariga quyidagilar kiradi:
- pedagogik, ma'muriy-boshqaruv, o'quv-yordamchi va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning ish haqi xarajatlari, direktor jamg'armasi mablag'lari, ish haqidan ajratmalar;
- asosiy ishdan ajralmagan holda malaka oshirishga yuborilgan pedagog xodimlar, ularning o'rnini egallovchi pedagoglar ish haqi xarajatlari;
- umumta'lim maktablarini saqlash bo'yicha boshqa xarajatlar (kommunal to'lovlar, joriy ta'mirlash ishlari, sarflanadigan materiallar sotib olish va boshqalar).
E'tibor qaratadigan bo'lsak, ish haqi, pedagogik xodimlarni rag'batlantirish jamg'armasi va o'zgaruvchar xarajatlar, ya'ni o'quv xarajatlari, joriy ta'mirlash, binoni funksional holatiga ketadigan xarajatlar, kommunal xizmatlar, internet xizmatlari xarajatlari umumta'lim maktablarining bir nafar o'quvchisi uchun xarajatlarning bazaviy normativlariga kiritilgan, ammo muassasalarni kapital ta'mirlash va rekonstruksiya qilish xarajatlari ko'rsatkichlar tarkibiga kiritilmagan.
Normativlarga kiritiladigan ko'rsatkichlar bilan bir qatorda yuqoridagi me'yoriy-hujjatga asosan umumta'lim maktablarining ehtiyojlaridan kelib chiqib ajratiladigan bir qator xarajatlar bazaviy normativlarga kiritilmagan (2-rasm).
ko'mir va suyuq yoqilg'i (mazut) xarid qilish va uni joylarga yetkazish o'quv-laboratoriya sinflari uchun xom-ashyo materiallar xarid qilish gazeta va jurnallariga obuna to'lovlari
"ZiyoNET" ta'lim tarmog'iga ulanish va undan foydalanganlik uchun har oylik abonent to'lovi barcha turdagi kommunal xizmatlarning hisoblagichlarini xarid qilish va o'rnatish kuz-qish mavsumida uzluksiz faoliyatini ta'minlashga bog'liq ta'mirlash ishlari, shu jumladan isitish qozonlarini o'rnatish va almashtirish
2-rasm. Umumta'lim maktablarining bir nafar o'quvchisi uchun xarajatlarning bazaviy normativlariga kiritilmaydigan xarajatlar2
2 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2010 yil 28 apreldagi "Bir nafar o'quvchiga to'g'ri keladigan bazaviy me'yorlar va umumta'lim maktablari uchun qo'llaniladigan qo'shimcha koeffitsientlar tartibi to'g'risida"gi № 35va №1-sonli qo'shma qarori asosida magistrant ishlanmasi
Bir nafar o'quvchiga to'g'ri keladigan bazaviy me'yorlarga har bir umumta'lim maktabi ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularning murojaatiga hamda xalq ta'limi va moliya boshqarmalari mahalliy organlari tomonidan tasdiqlangan ro'yxatlarga muvofiq ajratiladigan quyidagi xarajatlar kiritilmaydi:
- ko'mir sotib olish va etkazish;
- «Ziyo-net» ta'lim tarmog'iga ulanish va undan foydalanish uchun oylik abonent to'lovi;
- umumta'lim maktablarini telefon tarmog'i bilan ta'minlash;
- o'quv-laboratoriya sinflari uchun sarflanadigan materiallar sotib olish;
- barcha turdagi kommunal xizmatlari bo'yicha schetchik asboblarini sotib olish va ularni o'rnatish;
- asosiy vositalarni sotib olish;
- kapital ta'mirlash xarajatlari.
Bundan tashqari, umumta'lim maktablari smetalarining bazaviy me'yorlaridan ortiqcha bo'lgan xarajatlar mahalliy (shahar, viloyat) byudjetlarning alohida 42200 "Umumiy o'rta ta'lim" parametrlariga olib boriladi va quyidagi xarajatlarga yo'naltiriladi:
- ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalariga qonunda belgilangan tartibda ish haqiga qo'shimchalar to'lash;
- maxsus iqlim sharoitlarida joylashgan umumta'lim maktablari koeffitsientlari bo'yicha xarajatlar;
- umumta'lim maktablari qoshidagi axborot resurs markazlari;
- umumta'lim maktablari ichida joylashgan "Barkamol avlod" yoshlar markazining elektr-energiyadan tashqari kommunal to'lov xarajatlari.
Umumta'lim maktablari uchun byudjetdan ajratiladigan mablag'larning umumiy hajmi, ya'ni maktab byudjeti quyidagi formula asosida hisoblanadi3:
BM = (XBN1*N1*K1 +XBN2 *N2*K2)*Kmm + XBN3 + XBN4 * N * Kis + XBN5 * N3 + XBN6 * N4 + XBN7 * N5
Bu yerda:
XBN1 va XBN2 - ta'lim bosqichlari bo'yicha har bir nafar o'quvchiga to'g'ri keladigan xarajatlarning bazaviy normativlari;
N1 va N2 - ta'lim bosqichlari bo'yicha umumta'lim maktabi o'quvchilarining yillik o'rtacha soni;
K1 va K2 - ta'lim bosqichlari bo'yicha tuzatish koeffitsientlari bo'lib, qishloq joylarda joylashgan umumta'lim maktablarida chet tili o'qituvchilarining tarif stavkalariga har oylik ustamalar tayinlash bilan bog'liq;
3O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xalq ta'limi vazirligining "Bir nafar o'quvchiga xarajatlarning bazaviy normativlaridan kelib chiqqan holda umumta'lim maktablarining 2017 yilgi byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibi to'g'risida nizom". 2017 yil 6 martdagi 23 va 8 -son qarori bilan tasdiqlangan.
N - umumta'lim maktablaridagi jami o'quvchilarning yillik o'rtacha soni;
Kmm - umumta'lim maktablarining masshtab koeffitsienti;
Kis - markazlashgan holda yoki gaz bilan isitiladigan umumta'lim maktablari uchun koeffitsient;
XBN3 - yordamchi va boshqaruv xodimlarini saqlash bo'yicha xarajatlarning bazaviy normativi;
XBN4 - boshqa (IV)guruh xarajatlarining bazaviy normativi;
XBN5 - uzaytirilgan kun guruhlaridagi kam ta'minlangan oilalarning farzandlari bo'lganbir nafar o'quvchi xarajatlarining bazaviy normativi;
N3 - uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan kam ta'minlangan oilalarning farzadlari (o'quvchilar)ning yillik o'rtacha soni;
XBN6 -yakka tartibda (uyida)o'qitiladigan bir nafar o'quvchiga to'g'ri keladigan xarajatlarning bazaviy normativlari;
N4 -yakka tartibda (uyida)o'qitiladigan o'quvchilarning yillik o'rtacha soni;
XBN7 - maktab huzuridagi internatda yashaydigan bir nafar o'quvchiga to'g'ri keladigan xarajatlarning bazaviy normativi;
N5 - maktab huzuridagi internatda yashaydigan o'quvchilarning o'rtacha yillik
soni.
Umumta'lim maktab masshtabi koeffitsienti sinflarning o'rtacha to'ldirilishi 25 nafardan kam bo'lgan umumta'lim maktablari uchun qo'llaniladigan hisoblash koeffitsienti (0,90)ni sinflarning me'yor bo'yicha (35 nafar o'quvchi) to'ldirilishi ko'rsatkichi, ya'ni 35 ga ko'paytmasini haqiqatda maktabdagi sinflarning o'rtacha to'ldirilishi ko'rsatkichiga bo'lish orqali aniqlanadi.
Kmm = K * Sm / Sx4.
Agarda umumta'lim maktablarining ayrim xarajatlari bo'yicha yil boshiga debitorlik qarzdorligi mavjud bo'lsa, ushbu muassasaning bazaviy normativlar asosida hisoblangan xarajatlari hajmi ushbu qarzdorlik summasiga kamaytirilishi lozim. Umumta'lim maktablarining kreditorlik qazrdorligi mavjud bo'lsa, u holda ushbu qarzdorlik muassasaning byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan, mablag'lar etarli bo'lmagan hollarda esa xarajatlarning bazaviy normativlari asosida aniqlangan byudjeti doirasida qoplanadi.
Maktab qoshidagi internatlarda uzoq masofalardan kelib yashaydigan bir nafar o'quvchiga to'g'ri keladigan xarajatlarning bazaviy me'yorlari ushbu o'quvchilarni maktab internatda saqlash xarajatlarini tegishli normativ hujjatlarda belgilangan miqdorlari hamda kam ta'minlangan oila farzandlarining internat to'lovidan ozod qilishni inobatga olingan holda, hisoblab chiqilgan. Bunda kam ta'minlangan oila
4O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xalq ta'limi vazirligining "Bir nafar o'quvchiga xarajatlarning bazaviy normativlaridan kelib chiqqan holda umumta'lim maktablarining 2017 yilgi byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibi to'g'risida nizomi". 2017 yil 6 martdagi 23 va 8 -son qaroribilan tasdiqlangan.
farzandlarining umumiy soni internatda yashovchi o'quvchilarning 15 foizidan yuqori bo'lmasligi kerak.
Umumta'lim maktablarining alohida turdagi xarajatlari bo'yicha tasdiqlangan debitorlik qarzlari mavjud bo'lsa, xarajatlarning bazaviy me'yorlari bo'yicha hisoblangan miqdoridan shu summaga kamaytiriladi. Kreditorlik karzlari mavjud bo'lsa, muassasaning byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan qoplanadi, kreditorlik qarzlarini qoplashga byudjetdan tashqari mablag'lar etarli bo'lmasa, xarajatlarning bazaviy me'yorlari bo'yicha shakllangan mablag'lar doirasida belgilangan tartibda qoplanadi. Agar muassasa yuqorida ko'rilgan tartibga kiritilmagan boshqa yoqilg'i turlari bilan isitilsa (o'tin, mazut, isitish yonilg'ilar) ushbu xarajatlar byudjetlarning alohida 42200 "Umumiy o'rta ta'lim" parametrlari doirasida qoplanadi.
Umumta'lim o'tin, mazut, pech yoqilg'isi bilan isitilgan holatlarda byudjetlarning tasdiqlangan parametrlari doirasida maktabning xarajatlar smetasida qo'shimcha ravishda boshqa yoqilg'i xarid qilish uchun mablag' rejalashtirishga ruhsat etiladi. Bunday holatlarda yoki umumiy qilib aytganimizda umumta'lim maktablari uchun bazaviy normativlar va tuzatish koeffitsientlarini qo'llash orqali hisob-kitob qilingan maktab byudjeti bilan haqiqiy ehtiyojlari o'rtasida farq yuzaga kelishi mumkin. Bunday farqni bartaraf etish uchun maktab byudjeti hajmini 8 % gacha tuzatishga yo'l qo'yish mumkin. Bunda, ushbu umumta'lim maktabining xarajatlar smetasiga uning byudjetiga tuzatish kiritish zaruratini asoslovchi tegishli hisob-kitoblar ilova qilinishi lozim.
Yangi o'quv yilidagi o'quvchilarning haqiqiy soni bilan rejalashtirilgan o'quvchilar soni o'rtasida 5% dan ortiq farq yuzaga kelgan holatlardaumumta'lim maktablarining byudjeti o'quvchilarning haqiqiy sonini hisobga olgan holda qayta
3-rasm. O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan umumiy o'rta ta'lim
maktablari soni5
5O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligining rasmiy veb sayti (https://www.uzedu.uz) ma'lumotlari asosida magistrant tomonidan ishlab chiqilgan
Yuqorida umumta'lim maktablari byudjetlarini rejalashtirish jarayonida qanday ko'rsatkichlar inobatga olinishini ko'rib chiqdik. Quyida esa Xalq ta'limi vazirligi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan umumiy o'rta ta'lim maktablari xarajatlari rejalashtirishda hisobga olinadigan ko'rsatkichlarga to'htalib o'tamiz. Bunday ko'rsatkichlarning asosiylaridan biri umumta'lim muassasalari va unda tahsil olayotgan o'quvchilar, unda faoliyat yuritayotgan o'qituvchilar sonidir (3-rasm).
Bugungi kunda mamlakatimizda 10130 ta umumta'lim maktablari mavjud bo'lib, ularning 26,8 foizi shahar joylarida, 73,2 foizi esa qishloq joylarida joylashgan. 20182021 yillarda maktablar soni keskin oshmagan bo'lsa-da, o'quvchilarning soni sezilarli oshgan. Masalan, 2018 yilda 5821861 o'quvchi bo'lgan bo'lsa, 2021 yilga kelib 624491 tani tashkil etib, keskin oshgan (4-rasm).
4-rasm. O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'lim maktablarida ta'lim
olayotgan o'quvchilari soni6 Bir maktabga to'g'ri keluvchi o'quvchilar soni beqarorligi sinf xonalarida «stullar etishmasligi»ga olib kelmoqda. Bu esa, ta'lim sifati pasayishiga xizmat qilishi mumkin. Mazkur muammoning mavjud ekanligi ba'zi umumta'lim muassasalarida o'quvchilar soni sinfda ta'lim sifatining keskin pasayishiga shart-sharoit yaratish darajasida ko'payib ketganligini anglatadi. Maktab ta'limini moliyalashtirishda tijoratlashuv xususiyatini joriy etishning maqsadga muvofiq emasligi uning muhim elementi hisoblanadi. Tadqiqotlar asosida aytish mumkinki, maktab xizmatlarining pulli asosda aholiga etkazib berilishini joriy etish tayanch ta'lim bilan qamrab olish va ijtimoiy adolat qoidalari buzilishiga ta'sir etishi mumkin. Shu boisdan, byudjet mablag'larining natijadorligini ta'minlashga qaratilgan metodlarni hayotga tatbiq etish muhim hisoblanadi.
Xalq ta'limi xarajatlarining asosiy qismi ish haqi xarajatlariga sarflanishini hisobga oladigan bo'lsak, bunda maktablarda faoliyat yuritayotgan umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchilari soni ham muhim ko'rsatkichdir (5-rasm).
6 O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining rasmiy veb sayti (https://www.uzedu.uz) ma'lumotlari asosida magistrant tomonidan ishlab chiqilgan
5-rasm. O'zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan umumiy o'rta ta'lim
maktab o'qituvchilari soni7 Bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarda yarim milliondan ortiq maktab o'qituvchilari faoliyat yuritmoqda. Ta'lim sifatini oshirishda o'qituvchilarning roli kattaligi e'tiborga olgan holda, o'qituvchining ish haqi bilan bog'liq masalalarga e'tibor qaratilmoqda. Ta'lim musassalari xarajatlarini ichida ish haqi xarajatlari salmoqli o'rinini egallaydi.Ta'lim muassasalari xodimlarining ish haqi qonunchilikda belgilangan (bazaviy) tarif stavkalari, shuningdek, ustama va qo'shimchalardan tashkil topadi.
Mamlakatimizda ta'lim tizimini takomillashtirish, takomillashtirilgan davlat ta'lim standarti va o'quv dasturlari asosida umumiy o'rta ta'lim muassasalari bitiruvchilariga munosib bilim berish ushbu tizimni moliyaviy mablag' bilan ta'minlashni samarali tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Ta'lim muassasasining moliyaviy mablag'lari uning tasarrufida bo'ladi va ulardan qonunchilik va ta'lim muassasasining ustavdagi vazifalariga muvofiq foydalaniladi. Davlat ta'lim muassasasining moddiy vositalari, binolari, inshootlari va asbob-uskunalari uning xo'jalik tasarrufida bo'ladi hamda ulardan ustavdagi vazifalarni hal qilish uchun foydalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2010 yil 28 apreldagi "Bir nafar o'quvchiga to'g'ri keladigan bazaviy me'yorlar va umumta'lim maktablari uchun o'llaniladigan qo'shimcha koeffitsientlar tartibi to'g'risida"gi №35; va №1-sonli qo'shma Qarori
2. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xalq ta'limi vazirligining "Bir nafar o'quvchiga xarajatlarning bazaviy normativlaridan kelib chiqqan holda
7 O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining rasmiy veb sayti (https://www.uzedu.uz) ma'lumotlari asosida magistrant tomonidan ishlab chiqilgan
umumta'lim maktablarining 2017 yilgi byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibi to'g'risida Nizom
3. Хдйдаров Н.Х,. Молия: умумдавлат молияси-Т. Укув кулланма. 2009. Б,
2018
4. N Xaydarov. Soliqlar va soliqqa tortish masalalari. O 'quv qo 'llanma. Toshkent: Akademiya, 2007
5. Т.С. Маликов, Н.Х. Хайдаров. Молия: умумдавлат молияси. Тошкент: «IQTISOD-MOLIYA, 2009
6. A.V. Vaxabov, Sh. A. Tashmatov, N.X. Xaydarov, A.V.Vaxabov. Moliyaviy savodxonlik asoslari: o'quv qo'llanma/-Toshkent- 2013
7. Хдйдаров Н., Т. Маликов - Бюджет: тизими, тузилмаси, жараёни. Укув кулланма, 2007
8. Т.С. Маликов, Н.Хайдаров. Финансы: государственные финансы. Учебное пособие. Экономика и финансы. Ташкент. 2009
9. Н. Хайдаров. Давлат молиясини бошкариш. Т.:«Академия, 2005
10. Н.Хайдаров. Сравнительный анализ основных макроэкономических показателей Республики Узбекистан. Международная научно - практическая конференция «Процессы цифровой трансформации в экономике, финансах и управлении в условиях пандемии». Казань - Ташкент, 4 мая 2022 г.
11. N. Xaydarov. Issues of enhancing the quality of doctoral education at higher education institutions: European Experience and practices of joint project in higher education reform process in Uzbekistan. Vita Color Т.: 2014
12. U.Y.O'roqov, M.B.Moyliyev. Mamlakat investitsiya jozibadorligini oshirish orqali xalqaro kapitalni jalb qilish masalalari. Science and Education, 2022
13. Uchqun Yunusovich Urokov, Zulayho Abdujobir Qizi Tursunova. Actual issues in the management of external debt. Science and Education, 2022. № 12
14. Uchqun O'roqov, Javohir Yomg'Irov. Davlat xaridlarini tashkil etish modellari: afzalliklari va kamchiliklari. Science and Education, 2022. № 12
15. У.Ю.Уроков. Узбекистонда давлат харидларининг такомиллашувининг хукукий асослари.«Халкаро молия ва хисоб» журнали. 2017
16. У.Уроков. Бюджет маблаFларидан самарали фойдаланишни таъминлаш йуллари.2017
17. У.Ю. Уроков. К, ишлок хужалиги субъектларини солик имтиёзлари оркали раFбатлантириш. Иктисодиёт ва таълим, 2015
18. У.Уроков. Махаллий бюджетлар мустакиллигини оширишга оид назарий карашлар. Узбекистонннинг халкаро молия тизимига интеграциялашувни кучайтириш йуллари" мавзусидаги республика илмий-амалий конференция. ТМИ. 2020
19. У.Уроков. Махаллий бюджетлар молиявий баркарорлигини белгиловчи курсаткичлар. 2020.
20. У.Ю Уроков, К.Р. Чинкулов. Узбекистонда давлат харидларининг такомиллашувининг хукукий асослари. «Халкаро молия ва хисоб» журнали, 2017
21. У.Уроков. Мах, аллий бюджетлар мустакиллигини оширишнинг устувор йуналишлари. Science and Education, 2022. № 6
22. У.Уроков. Бюджет маблаFларидан самарали фойдаланишни таъминлаш йуллари. 2017
23. О Гайбуллаев, У.Уроков. Узбекистон Республикасида бюджет тизими ва жараёни. Тошкент: Baktria press. 2016
24. И.Мамаджанов, ^Топаров, У.Уроков, О.Гайбуллаев. Урта муддатли бюджет. Наманган шахдр бюджети мисолида. Услубий кулланма. Тошкент: Baktria press. 2017
25. U.Yu. O'roqov, S.h B. Abdulazizov. Ta'lim tizimini moliyalashtirish amaliyoti. Science and Education, 2022. № 7