Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM: KECHA, BUGUN VA ERTAGA'

O’ZBEKISTONDA NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM: KECHA, BUGUN VA ERTAGA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4638
297
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MAKTABGACHA TA'LIM / NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM / SAMARADORLIK / TA'LIM SIFATI

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdurashit M.

Annotatsiya: Maqolada O’zbekistonda maktabgacha ta’lim xususan nodavlat maktabgacha ta’lim sohasida shu kungacha mavjud bo’lgan holat, bugun bu soha rivoji uchun amalga oshirilayotgan islohotlar va sohaning ertangi taraqqiyoti uchun rejalashtirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar, ilmiy taklif va tavsiyalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRE-SCHOOL EDUCATION IN UZBEKISTAN: YESTERDAY, TODAY AND TOMORROW

The article describes the current state of preschool education in Uzbekistan, especially in the field of non-governmental preschool education, information on the ongoing reforms in the field and the work planned for the future development of the industry, scientific proposals and recommendations. given

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM: KECHA, BUGUN VA ERTAGA»

Abdurashit M.

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) magistratura talabasi

Termiz davlat universiteti

O'ZBEKISTONDA NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM: KECHA,

BUGUN VA ERTAGA

Annotatsiya: Maqolada O 'zbekistonda maktabgacha ta'lim xususan nodavlat maktabgacha ta 'lim sohasida shu kungacha mavjud bo'lgan holat, bugun bu soha rivoji uchun amalga oshirilayotgan islohotlar va sohaning ertangi taraqqiyoti uchun rejalashtirilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar, ilmiy taklif va tavsiyalar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, nodavlat maktabgacha ta'lim, samaradorlik, ta'lim sifati.

Abdurashit M.

master's degree in economics (branches and sectors)

Termez State University

PRE-SCHOOL EDUCATION IN UZBEKISTAN: YESTERDAY, TODAY

AND TOMORROW

Annotation: The article describes the current state of preschool education in Uzbekistan, especially in the field of non-governmental preschool education, information on the ongoing reforms in the field and the work planned for the future development of the industry, scientific proposals and recommendations. given

Keywords: preschool education, non-state preschool education, efficiency, quality of education.

Kecha: Maktabgacha ta'lim sohasida misli ko'rilmagan o'zgarishlarni bugun har bir yurtdoshimiz sezib, kuzatib turibdi. Ta'limning poydevori hisoblangan maktabgacha ta'lim tizimiga(MTT) davlat tomonidan bu qadar tizimli va bir-birini to'ldiruvchi e'tibor hamda amaliy yordam kuzatilmagan, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Sohada yig'ilib qolgan muammolarni hal etish va 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning to'laqonli ta'lim-tarbiya olishini ta'minlash masalasi davlatimiz rahbari tomonidan kechiktirib bo'lmas vazifa sifatida ilgari surildi. Sababi bog'chalar ta'lim muassasasi vazifasini bajarish o'rniga ota-ona ishda bo'lgan vaqtda bolaga qarab turadigan muassasaga aylanib qolgani, qamrovning pastligi, binolarning ta'mirtalabligi, boshqa maqsadlarda ishlatilgani, metodik jihatdan to'liq ta'minlanmagani, pedagoglar ijtimoiy himoyasi va maoshining pastligi kabi kompleks muammolarni hal etish kechiktirib bo'lmas masala edi. Keyingi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalari soni 45 foizga kamaygani, 2,45 million boladan 818 ming nafarigina bog'chalarga qamrab

olingani bu fikrlar isboti bo'la oladi. Maktabgacha ta'lim muassasalari(MTM) infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining yaroqsiz holati bolalarni maktabgacha ta'lim bilan to'liq qamrab olishni ta'minlashga imkon bermasdi. Ayrim mutasaddilarning sustkashligi tufayli sohani rivojlantirish bo'yicha belgilangan ishlar vaqtida bajarilmagani, nodavlat bolalar bog'chasini ochish borasidagi harakatlar paysalga solingani, joylardagi bog'chalarda qurilish ishlari to'liq yakuniga yetkazilmagani kabi kamchiliklar o'z ortidan uzluksiz xatoliklarni ergashtirib kelardi. O'rganish shuni ko'rsatdiki, maktabgacha ta'limni boshqarishning amaldagi tizimi mavjud muammolarni o'z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun innovatsion qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermay qolgan edi... 2017-yil 16-avgust kuni bo'lib o'tgan yig'ilish maktabgacha ta'lim tizimi tarixida qoladigan yig'ilish bo'ldi. Shu kuni mamlakatimiz Prezidenti davlat milliy genofondini mustahkamlash borasida gapirib, ta'limning ilk bosqichini rivojlantirishning ko'plab yo'nalishlarini belgilab berdi. Xususan, maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to'la qamrab olish bo'yicha muhim vazifalar qo'yildi.

— Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan ta'lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to'g'ri keladi: ta'lim-tarbiya — biz uchun hayot-mamot masalasidir, — dedi Prezident. — Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biror-bir o'zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz.

Bunday kadrlarni, millatning sog'lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi.

Bog'cha tarbiyasini olgan bola bilan bog'chaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o'rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas.

Shuning uchun ham biz maktabgacha ta'lim tizimini qayta ko'rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko'tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o'ylab amalga oshirmasak, butun ta'lim tizimida sifat o'zgarishiga erishishimiz, ta'limning uzluksizligini ta'minlashimiz qiyin bo'ladi, — deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev. Bugun Yuqoridagi ayrimlarinigina sanaganimiz boshi bor-u oxiri ko'rinmay qolgan muammolarni bartaraf etish uchun birinchi qadam sifatida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi(MTV) tashkil etildi. Maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qabul qilingan Prezident qarorida keng ko'lamli tadbirlarni amalga oshirish ko'zda tutildi. Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tizimni tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini tashkil etish choralari belgilandi. "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarorga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.

— Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog'ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni

malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo'yildi, — deydi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrepina Shin.

Nodavlat maktabgacha ta'lim: nimasi afzal? Ochig'i, avvallari xususiy bog'cha degan nomning o'zi odamlarni biroz o'zidan itarardi. Chunki davlat bog'chasi bilan xususiy bog'cha narxi o'rtasidagi tafovut keskin farqlanar, bunday ta'lim tashkilotiga moddiy jihatdan baquvvat oilalar farzandlari borishi kerak degan tushuncha shakllangan edi. Bu qarash bugun biroz bo'lsa-da o'zgardi. Sababi nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish borasida olib borilayotgan sa'y-harakatlar evaziga bugun yurtimizda nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari (NMTT) soni keskin ortdi. Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi bog'chalar qurish bo'yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Bu esa tizimda sog'lom raqobatni shakllantirish hamda ta'lim xizmatlari turini ko'paytirishga xizmat qiladi. Investorlar tashkil etilayotgan maktabgacha ta'lim muassasalarida davlat ta'lim talablariga, sanitariya-gigiyena va boshqa normalarga rioya qilish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo'nalishini saqlab qolish, shuningdek, maktabgacha ta'lim xizmatini ko'rsatish narxining maqbulligi va arzonligini ta'minlash uchun mas'ul bo'lishi nazarda tutilmoqda. Bunda investorlarga preferensiyalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar taqdim etilmoqda.

Nega NMTT narxida o'zgarish ro'y berdi? Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi qaroriga ko'ra bo'sh turgan binolar nol qiymatda tadbirkorlarga berildi, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) shartlarida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari uchun qator soliq imtiyozlari nazarda tutildi. Xususan, nodavlat MTM faoliyat ko'rsatishni boshlagan paytdan boshlab 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg'armalariga majburiy ajratmalardan, DXSh to'g'risida bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga — tasdiqlanadigan ro'yxatlar bo'yicha olib kelinadigan asbob -uskunalar, inventar, o'quv qo'llanmalari va o'yin zonalari uchun bojxona to'lovlaridan ozod etildi. Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalariga O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag'laridan subsidiyalar ajratilishi belgilandi. Bular narx siyosatiga ta'sir etmasdan qolmaydi, albatta.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish bo'yicha qabul qilingan qator me'yoriy hujjatlar asosida hududda 12 ta nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirilgan bo'lsa, 115 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog'cha ishga tushirildi, — deydi Surxondaryo

viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'i Robiya Kattayeva. — Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan 200 dan oshiq xonadon bog'chalar ham bolalarni maktabga tayyorlash borasidagi maqsadlarimizni amalga oshirishda ko'makchi bo'lyapti. Ayniqsa, viloyatning chekka hududlaridagi maktabgacha ta'lim tashkilotida bolasi tarbiyalanishni istagan ota-onalar orzusi amalga oshyapti. Qayerga bormang: yig'ilishgami, to'ygami, ma'rakagami barcha bog'chalar haqida gapiradi, bolalari yozish-chizishni o'rganayotganini aytadi... Ertaga Qaror bilan belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi natijasida, maktabgacha ta'lim tizimi va uni rivojlantirish uchun alohida e'tibor qaratiladi, o'quv-tarbiya jarayoniga o'qitishning zamonaviy ilg'or shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, ta'lim-tarbiyaning samarali shakl va usullari joriy etiladi, maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi, 56 yoshli bolalarni maktabgacha ta'limga 100 foiz qamrab olish imkoniyati yaratiladi. Ta'limning poydevor qatlamida bunday ta'lim muhitining yaratilishi pirovardida erkin fikrlovchi SHAXS kamoli diqqat markazda turibdi. Zero, bugungi kunda MTTlarda tarbiyalanayotgan bolalarga 93 555 mingdan ziyod pedagog xodimlar ta'lim-tarbiya beradi. Bolaning dunyoqarashi, didi shakllanadigan davr maktabgacha ta'lim yoshiga to'g'ri keladi. Demak, bu yoshdagi barcha bolalar maktabgacha ta'limga qamrab olinadi.

Dunyo mamlakatlarining maktabgacha ta'lim sohasidagi tajribalarini o'rganish va ulardan milliy mentalitetimizni hisobga olgan holda foydalanish natijasida xalqaro standartlar darajasidagi maktabgacha ta'lim tizimi yaratiladi. Maktabgacha ta'lim tizimi oldiga qo'yiladigan davlat talablari, ta'lim-tarbiya dasturlari ilg'or xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi. Ushbu dasturlar bolalarga o'qish va yozishni turli o'yinlar orqali o'rgatish, ularning zerikmasligi, aksincha, bog'chaga xursand bo'lib borishiga xizmat qiladi. 2030-yilga qadar... Maktabgacha ta'lim tizimini tanqidiy o'rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo'yicha komissiya tashkil etildi. Komissiya tomonidan maktabgacha ta'lim sohasidagi qonunchilik undagi bo'shliqlar, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtayi nazaridan tahlil etildi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim sohasida davlat siyosatini samarali ro'yobga chiqarishga to'sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o'rganish ishlari amalga oshirildi. Shunga ko'ra O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilib, uni amalga oshirishni ko'zlovchi "Yo'l xaritasi"da 2019—2024 va 2025— 2030-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari belgilandi. Konsepsiya o'rta va uzoq muddatli istiqbol uchun maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish maqsadlari, vazifalari, ustuvorliklari va bosqichlarini belgilab berdi.

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirishga yo'naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo'ladi. Hujjat malakali pedagog kadrlar yetishmovchiligi, davlat MTTlarining to'lib ketganligi, moddiy-texnik holatining nomuvofiqligi hamda davlat o'quv-

metodik materiallari bilan past darajada ta'minlanganligi muammolarining hal etilishini nazarda tutadi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, 2030-yilgacha maktabgacha ta'lim bilan qamrab olingan bolalar miqdorini joriy 38,1 foizdan 80,8 foizgacha orttirish vazifasi qo'yilgan. Shu bilan birga, MTV tomonidan ta'lim muassasalari quvvatlarining kuchaytirilishi davom ettiriladi: 2021-yilga kelib o'rinlar miqdori yangi MTMlarni ochish hisobiga 56,8 foizga (2030-yilga kelib — 132,3 foizga) ortadi, hamda davlat-xususiy sherikligi va respublikaning chekka tumanlari uchun dolzarb muqobil maktabgacha ta'lim shakllari rivojlantiriladi. Keyingi yillarda pedagogik va boshqaruv kadrlariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ishlar ikki yo'nalishda olib boriladi: pedagoglar miqdorini orttirish va maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va rivojlantirishda yangi yondashuvlarni tatbiq etish. Konsepsiya bilan belgilangan maqsadli ko'rsatkichlar respublika miqyosidan viloyat, tuman va shahar darajasigacha tushadi hamda ushbu natijalarga erishish uchun qay miqdorda mablag'larining zarurligi to'g'risidagi hisob-kitoblar bilan asoslanadi. Bizning fikrimizcha nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish va ularning to'laqonli faoliyat ko'rsatishi uchun huquqiy bazani mustahkamlash mamlakatimizda ta'lim sohasining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma'qullangan.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi "Nodavlat ta'lim xizmatlari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-3776 qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi "Nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to'g'risida" 241-sonli qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi "Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-3931 qarori.

5. www.un.int/uzbekiston/new

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.