Научная статья на тему 'NODAVLAT TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH JARAYONINING SAMARADORLIK DARAJASI'

NODAVLAT TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH JARAYONINING SAMARADORLIK DARAJASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
513
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
nodavlat ta’lim / qonun / xorijiy tajriba / raqobat / ta’lim sifati / bilim / jarayon / tizim / modernizatsiya / integratsiya. / non-state education / law / foreign experience / competition / quality of education / knowledge / process / system / modernization / integration.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xallokova Maksudaxon Ergashevna, Botirova Ruhsora Faxriddin Qizi

Ushbu maqolada nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish asosida ta’limda sifat va samaradorlikni oshirish yo‘llari haqida so‘z boradi. Shuningdek maqolada nodavlat ta’lim tizimiga joriy qilinayotgan imtiyozlar va ta’lim ishtirokchilari uchun qo‘yilayotgan talablar ham o‘rin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEVEL OF EFFECTIVENESS OF THE PROCESS OF IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION IN NON-STATE EDUCATIONAL INSTITUTIONS

This article talks about ways to improve the quality and efficiency of education based on the provision of non-governmental educational services. The article also includes the benefits introduced into the non-state education system and the requirements for the participants of education.

Текст научной работы на тему «NODAVLAT TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH JARAYONINING SAMARADORLIK DARAJASI»

NODAVLAT TA'LIM MUASSASALARIDA TA'LIM SIFATINI OSHIRISH JARAYONINING SAMARADORLIK DARAJASI

Xallokova Maksudaxon Ergashevna

Farg'ona davlat universiteti katta o'qituvchisi Botirova Ruhsora Faxriddin qizi Magistrant https://doi.org/10.5281/zenodo.6783935

Annotatsiya. Ushbu maqolada nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish asosida ta'limda sifat va samaradorlikni oshirish yo'llari haqida so'z boradi. Shuningdek maqolada nodavlat ta'lim tizimiga joriy qilinayotgan imtiyozlar va ta'lim ishtirokchilari uchun qo'yilayotgan talablar ham o'rin olgan.

Kalit so'zlar: nodavlat ta'lim, qonun, xorijiy tajriba, raqobat, ta'lim sifati, bilim, jarayon, tizim, modernizatsiya, integratsiya.

УРОВЕНЬ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОЦЕССА ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ В НЕГОСУДАРСТВЕННЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ

УЧРЕЖДЕНИЯХ

Аннотация. В данной статье говорится о способах повышения качества и эффективности образования на основе оказания негосударственных образовательных услуг. В статье также указаны льготы, вводимые в негосударственную систему образования, и требования к участникам образования.

Ключевые слова: негосударственное образование, право, зарубежный опыт, конкуренция, качество образования, знания, процесс, система, модернизация, интеграция. LEVEL OF EFFECTIVENESS OF THE PROCESS OF IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION IN NON-STATE EDUCATIONAL INSTITUTIONS

Abstract. This article talks about ways to improve the quality and efficiency of education based on the provision of non-governmental educational services. The article also includes the benefits introduced into the non-state education system and the requirements for the participants of education.

Key words: non-state education, law, foreign experience, competition, quality of education, knowledge, process, system, modernization, integration.

So'nggi yillarda yurtimizda ta'lim tizimiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Davlat ta'lim muassasalarini malakali kadrlar bilan ta'minlash, pedagog kadrlarning moddiy ta'minotini kuchaytirish yo'lida ko'plab ishlar olib borilmoqda. Ma'nan yetuk, ilg'or davlatlar vakillari bilan bemalol raqobatlasha oladigan yoshlar avlodini shakllantirish yurtimizning asosiy maqsadlaridan biriga aylangan.

Shu o'rinda bugun jahon standartlariga javob beradigan nodavlat ta'lim tashkilotlarini ko'paytirish va ushbu ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini yuqori samaradorlikka ko'tarish talab etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 martdagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to'g'risidagi

KIRISH

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

nizomga ko'ra litsenziya olish uchun ta'lim muassasasi quyidagi talab va shartlarga javob berishi kerak:

• O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasidagi qonun va qonunosti hujjatlariga rioya qilish;

• ta'lim-tarbiya jarayonini davlat ta'lim standartlariga (davlat talablariga), o'quv rejalariga va ta'lim dasturlariga muvofiq tashkil etish;

• talabgorda litsenziyalanayotgan faoliyatni bajarish uchun mo'ljallangan binolarning (xonalarning) mavjud bo'lishi, auditoriyalarni, o'quv xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya asbob-uskunalari, o'qitishning texnik vositalari va anjomlar bilan jihozlash, binolarni zarur darslik va adabiyotlar bilan ta'minlash;

• ta'lim dasturlarini umumiy o'rta, kasb-hunar va oliy ta'lim davlat ta'lim standartlariga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta'lim, maktabdan tashqari ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga qo'yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;

• ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami tarbiyalanuvchilar, o'quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo'lmagan miqdorda bepul o'qishga qabul qilish;

• ta'lim muassasasi, ta'lim oluvchilar, pedagoglar haqidagi va boshqa zarur ma'lumotlarni tegishli axborot tizimlariga kiritib borish;

• bitiruvchilarga belgilangan tartibda ta'lim to'g'risida hujjat berish va boshqalar.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Bugungi kunda nodavlat ta'lim muassasalarida ta'lim sifati va o'quv-metodik ta'minot yuzasidan raqobat kuchli namoyon bo'lmoqda. Ta'lim sifati esa o'zaro raqobat jarayonida yaxshilanib boradi. Shuning uchun raqobat jarayoninig erkin va oshkora namoyon bo'lishini ta'minlash muhim sanaladi. Raqobatbardosh mahsulot hamisha yuqori baholangani kabi, "raqobatbardosh" ya'ni bilimli va salohiyatli yosh avlod ham mamlakat taqdirini yuksaklarga ko'tarib boradi.

Nodavlat ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini ko'tarishda quyidagilarga e'tibor qilinishi

zarur:

- iqtidorli bolalar va va iste'dodli yoshlarni aniqlash va qo'llab-quvvatlash orqali ta'lim-tarbiyaning yuqori sifatini ta'minlaydigan yuqori sifatini ta'minlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish;

- sog'lom raqobat muhitini shakllantirish uchun an'anaviy ta'lim xizmatlari bilan bir qatorda sifatli va ommabop ta'lim olishning muqobil imkoniyatlarini yaratadigan pullik ta'lim xizmatlari ko'rsatish bozorini jadal rivojlantirish;

- ilg'or xalqaro tajribalarni inobatga olib, o'qitishning innovatsion pedagogik shakllari, uslublari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida ta'lim sohasidagi samaradorlik va natijaviylikni oshirish;[1]

Ta'lim sifati bu ta'lim oluvchilarning ta'lim jarayonida o'zlarida shakllantirgan bilimlardan amliyotda qo'llay olish ko'nikmasiga ega bo'lganlari bilan o'lchanadi. Nodavlat ta'lim muassasalarining ustuvorlik xususiyati ham shundaki, bu tashkilotlaridagi faoliyat ko'proq o'quvchi bilim darajasiga qaratiladi. Rasmiy hujjatlarning kamayishi, pedagoglar yuklamasining ozayishi hisobiga diqqat-e'tibor bola o'zlashtirishiga qaratiladi. Chunki nodavlat ta'lim tashkiloti

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

inqirozini oldini olishning yagona yo'li bolalar ta'lim jarayonini samarali tashkil etish asosida ota-onalarni ko'proq muassasaga jalb qilishga erishiladi.

Mamlakatimizda nodavlat ta'lim muassasalarining ortib borishi hamda ta'lim tashkilotlariga moliyaviy musta'qil maqomi berilishining asl mohiyati ham aslida ta'lim sifatini ko'tarish hisoblanadi. Keyingi yillarda xususiy ta'lim muassasalariga qatnovchi oila farzandlariga soliq imtiyozining berila boshlangani zamirida nodavlat ta'lim muassasalarining nufuzini ko'tarishdan iborat.

Nodavlat ta'lim xizmatlari faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar quyidagi talablarga rioya qilishlari zarur hisoblanadi:

- o'z faoliyatini davlat ta'lim standartlari va talablar asosida amalga oshirishi;

- amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga qat'iy rioya qilgan holda yuqori malakali pedagog va boshqa kadrlar bilan ta'minlash, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko'rishi;

- o'qish muddati va shartlari, to'lov miqdori, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilangan shartnomaga muvofiq ta'lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan o'zaro munosabat o'rnatishi;

- o'z faoliyatini aholiga pullik ta'lim xizmatlarini ko'rsatish, xayriya fondlari va grantlardan kelib tushgan mablag'lar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirshi;

- bitiruvchilarga davlat namunasidagi ta'lim to'g'risidagi hujjat berishi.

NATIJALAR

Maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim sohasida nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatadigan yuridik shaxslar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami o'quvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo'lmagan miqdorda ta'lim xizmatlarini ko'rsatish evaziga kelib tushgan daromadlar hisobidan bepul (grant asosida) o'qishga qabul qilishi zarur. Navbatdagi o'quv yillarida o'quvchilarni bepul (grant asosida) o'qitishni davom ettirish bo'yicha qaror nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxs tomonidan ta'lim oluvchining oilaviy sharoiti va uning akademik natijalaridan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.

Nodavlat ta'lim muassasalarida sifatli ta'limni yo'lga qo'yish uchun davlat tasarrufidagi ta'lim muassasalari bilan integrallashuvini yo'lga qo'yilishi lozim. Shuningdek, fanlarni integratsiyalash asosida o'qitish ta'lim sifatini ko'tarishga xizmat qiladi. Integral ta'limiy faoliyat integratsiyadan farqli ravishda yaxlit olamni tasavvur qilish bilan bir qatorda o'z-o'zini ijodiy rivojlantirish imkoniyatining yuzaga kelishidir. Bola atrof-olamni bilish jarayonida o'z imkoniyatlarini kashf etib boradi. Mustaqil ravishda o'zlashtirish qobilyati rivojlanadi. Integral loyihalash integratsion mashg'ulotlarni boyitish va sifatli ta'lim olishni ta'minlashga xizmat qiladi. Bola iqtidorini tarbiyachi emas o'zi aniqlab, shaxsiy sifatlarini tarkib toptiradi. Uning imkoniyatlari kengayib borgan sari bilimlarni kashf etib boraverad. [2]

Nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslarga ilg'or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda quyidagilar tavsiya qilinadi:

ta'lim jarayonini o'qitishning eng zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda fanlarni chuqurlashtirib o'rgatish yo'nalishida tashkil etish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

o'zlariga nom tanlashda vatanimizning mashhur va buyuk olimlari, jamiyat arboblari ismlaridan o'rnatilgan tartibda foydalanish;

ilg'or ilmiy-amaliy tajribani joriy etish hamda chuqurlashtirib o'rganiladigan fanlarni chet tilida o'qitish uchun ta'lim jarayoniga xorijiy pedagog va mutaxassislarni jalb qilish. MUHOKAMA

Mustaqillik yillarida ta'lim sohasida yoshlarga zamonaviy bilimlarni berish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashiga qaratilgan tub o'zgarishlar va islohotlar amalga oshirildi.

Xususan, umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirish, intellektual, estetik va jismoniy barkamol avlodni shakllantirishni hamda yoshlarga ta'lim berishni yangi sifat darajasiga ko'tarish, shu jumladan, chet tillari, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi muhim va talab yuqori bo'lgan boshqa fanlarni chuqurlashtirib o'rgatish 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilangan.

Xorijiy tajribalar davlat va nodavlat ta'lim muassasalari o'rtasida sog'lom raqobat fuqarolarning sifatli ta'lim olishga bo'lgan huquqini ro'yobga chiqarishga xizmat qilishini ko'rsatmoqda.

Shuning uchun ham bir qator rivojlangan xorijiy mamlakatlarda nodavlat ta'lim sektorining umumiy o'rta ta'limdagi ulushi salmoqli bo'lib, Germaniyada 12 foizni, Fransiyada 17 foizni, AQShda 18 foizni, Buyuk Britaniyada 20 foizni, Ispaniya, Irlandiya va Gollandiyada 30 foizni tashkil etadi.

YUNESKO va "DGP Research & Consulting" konsalting tashkiloti hamkorliida jalb etilgan xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan milliy ta'lim tizimini kompleks o'rganish bo'yicha o'tkazilgan tahlillarda ta'lim sifatini yaxshilashda raqobat muhitini shakllantirish, bunda xususiy ta'lim sektorini rivojlantirishga ustuvor yo'nalish sifatida e'tibor qaratish zarurligi alohida ta'kidlab o'tilgan.[4]

Mavjud muammolarni amaliy bartaraf qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan nodavlat ta'lim muassasalariga uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratish va avval ajratilgan kreditlar muddatini uzaytirish, ta'lim hamda unga tegishli xizmatlar bo'yicha barcha soliq turlari to'lovlaridan 2021-yilgacha ozod etish, fanlarni chet tilida chuqurlashtirib o'qitish va bu orqali ta'lim sifatini oshirish maqsadida ta'lim jarayoniga xorijlik o'qituvchi hamda mutaxassislarni keng jalb qilish nazarda tutilgan.

Bugungi kunda yoshlar hayotida virtuallashuv nihoyatda keng ommalashib bormoqda. Internet tarmoqlari turlari shunchalik ko'pki, ulardan foydalanish uchun har bir odamda imkoniyatlar yetarlicha mavjud. Chunki har bir inson uchun hozirgi paytda smartfon o'zining ikkinchi yarmiga aylanib ulgurgan. Smartfonlar xuddi suv-havodek ehtiyoj manbai hisoblanadi. Har bir oilada o'sib kelayotgan farzandlar uyali aloqa vositalaridan foydalanishni yaxshi tushunadilar va qiziqishlari ham shunga yarasha yuqori suratlarni tashkil qiladi.[3] Shularni nazarda tutgan holda nodavlat ta'lim xizmatlarini oshirish asosida ota-onalarni farzandlarining bo'sh vaqtini foydali faoliyatlarga jalb etishlariga e'tibor qaratish zarur. Bu jarayonga ota-onalarni jalb qilish maqsadida nodavlat ta'lim muassasalariga xorij tajribasi tadbiq etilmoqda.

O'z navbatida, nodavlat ta'lim muassasalariga taklif etilayotgan xorijlik o'qituvchi va mutaxassislarga viza berish, aviatransport, turarjoy, mehnatiga munosib haq to'lash hamda soliqlardan ozod qilish kabi masalalar ham o'z yechimini topgan.

Yuqorida ko'rsatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tegishli vazirlik hamda idoralarga nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha tegishli tartib va me'yoriy-huquqiy hujjatlarga o'zgartirishlar kiritish topshiriqlari berilgan.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorining qabul qilinishi xalq ta'limi tizimida sog'lom raqobat muhitini yaratish, nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish, xorijiy o'qituvchilarni jalb etish yo'li bilan aniq hamda tabiiy fanlar, chet tillarni chuqurlashtirib o'qitishga, bu esa, o'z navbatida, yoshlarning dunyo mehnat bozorida raqobatdosh va yuqori malakali mutaxassis kadr sifatida jahon hamjamiyatida mamlakatimiz nufuzini oshirishiga, barkamol inson bo'lib shakllanishiga xizmat qilmoqda.

Qaror nodavlat ta'lim muassasalari sektori kengayishi, respublikaning har bir tuman va shahridagi fuqarolar ta'lim xizmatlaridan foydalanishda tanlovga ega bo'lishi, yoshlarga munosib ta'lim-tarbiya berish kabi vazifalarni o'z zimmasiga oladigan malakali xususiy tadbirkorlar faoliyatini qo'llab-quvvatlab, yangi loyihalar asosida ishlash jarayonini takomillashib borishiga sabab bo'lmoqda.

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori PQ-3276 "Nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017 yil, 15

2. Boltayeva F. A., Ibrohimova N. N. Maktabgacha ta'limda integral darslar - innovatsion loyiha sifatida. "Science and Innovation". International sicentific journal. https://doi.org/ 10.5281/zenodo.6626043 2022 y., 2-son. 292 b.

3. Boltayeva F. A. Esonaliyeva O. Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari. "Fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi" FTAI, Jild: 03, Nashr: 06, June 2022. 232 b

4. https://bilig.academiascience.org/index.php/isepsmj/article/view/588

5. M.Xallokova. Nodavlat ta'lim muassasalarida ta'lim tizimini modernizatsiyalash. Obshestvo I innovatsii 3 (1), 151-157, 2022.

6. F.A.Boltayeva. The Essence of Integrating Innovative Technologies in Preschool Education. Pindus Journal Of Culture, Literature and ELT. 110 b https://literature .academi cjournal.io/index.php/literature/article/view/256

7. Khallokova, M. E. (2018). Important Aspects of Establishing Non-State Educational Institutions. Eastern European Scientific Journal, (2)

8. Khallokova, M. (2022). Modernization of the education system in non-governmental educational institutions. Society and Innovations, 3 (1), 151-157.

XULOSA

Foydalanilgan adabiyotlar:

sentabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.