Научная статья на тему 'SIFATLI TA’LIM ISLOHOTLARI NODAVLAT TA’LIM TIZIMINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI'

SIFATLI TA’LIM ISLOHOTLARI NODAVLAT TA’LIM TIZIMINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
21
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Yangi O‘zbekiston / islohot / takomillashtirish / oliy ta’lim / nodavlat ta’lim / mehnat bozori / raqobatbardosh kadr / inklyuziv ta’lim.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — N.A.Yuldasheva

O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida Qonun doirasida ta’lim sohasidagi asosiy tamoyillar, ta’lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo‘yildi hamda unda inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim muassasalarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SIFATLI TA’LIM ISLOHOTLARI NODAVLAT TA’LIM TIZIMINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI»

SIFATLI TA'LIM ISLOHOTLARI NODAVLAT TA'LIM TIZIMINING RIVOJLANISH

TENDENSIYALARI N.A.Yuldasheva

Toshkent amaliy fanlar universiteti, "Boshlang'ich ta'lim nazariyasi va metodikasi" kafedrasi

mudiri, p.f.d., prof. https://doi.org/10.5281/zenodo.10664984

Annotatsiya. O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida Qonun doirasida ta'lim sohasidagi asosiy tamoyillar, ta'lim tizimi, turlari vashakllari aniq belgilab qo'yildi hamda unda inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim muassasalarida ta'lim olishga bo'lgan tengimkoniyatlarni ta'minlashga qaratildi.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, islohot, takomillashtirish, oliy ta'lim, nodavlat ta'lim, mehnat bozori, raqobatbardosh kadr, inklyuziv ta'lim.

Аннотация. Основы принципа в области образования в рамках закона с Селю определения приоритетов системной реформы высшего образования в Республике Узбекистан, качественного ведения процесса подготовки высококвалифицированных кадров с независимым мишленем на новом уровне, модернизация высшего образования, развитие социальной сферы и экономики сети, основание на передовых образовательных технологиях,, Виды и форма знания четкое определение, инклюзивное образование в нем направлено на обеспечение равных возможностей получения образования в учебных заведениях для всех обучающихся с учетом индивидуальных потребностей и разнообразия индивидуальных возможностей.

Ключевые слова: Новый Узбекистан, реформа, совершенство, высшее образование, негосударственное образование, рынок труда, конкурентная среда, инклюзивное образование.

Abstract. The fundamentals of the principle in the field of education within the framework of the law in order to determine the priorities of the systemic reform of higher education in the Republic of Uzbekistan, the qualitative conduct of the process of training highly qualified personnel with an independent Michelin at a new level, the modernization of higher education, the development of the social sphere and the economy of the network, the basis on advanced educational technologies, The types andform of knowledge a clear definition, Inclusive education in it is aimed at ensuring equal educational opportunities in educational institutions for all students, taking into account individual needs and diversity of individual opportunities.

Keywords: New Uzbekistan, reform, excellence, higher education, non-governmental education, labor market, competitive environment, inclusive education.

Yangi O'zbekistonda bugungi kunda ta'lim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, mazkur ta'lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni 2020 yil 23 sentyabr kuni qabul qilingan bo'lib, uning maqsadi ta'lim sohasidagi islohotlarni tizimli tartibga solishdan iborat. Mazkur Qonun doirasida ta'lim sohasidagi asosiy tamoyillar, ta'lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo'yildi hamda unda belgilangan

masofaviy ta'lim haqidagi qoidalar o'quv rejalari va o'quv dasturlariga muvofiq ta'lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko'nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog'idan foydalangan holda masofadan turib olishga keng yo'l ochildi. Ushbu Qonunga ko'ra, davlat oliy ta'lim, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo'ldi.

Jumladan, nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish ularning ta'sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta'lim tashkilotlariga belgilangan tartibda litsenziya oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan beriladigan bo'ldi. Islohotlar ichidagi yana bir jihat Qonunda dual ta'limga oid qoidalarning belgilanganligi bo'ldi. U ta'lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko'nikmalarni olishga qaratildi.Faoliyatning nazariy qismi ta'lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta'lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, qonunga nogironligi bo'lgan shaxslar uchun inklyuziv ta'lim to'g'risidagi qoidalar kiritilib, unga binoan, inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilganligi bilan muhimdir.

Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar (shaxslar) uchun ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni tashkil etadi. Mazkur qonun jahon standartlari talablaridan kelib chiqqan holda ta'lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning qamrovi kengligi va o'ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan 1997 yil 29 avgust kuni qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi qonundan mazmunan va mohiyatan, tubdan farq qiladi. Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ma'lum qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi.

Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi tizimdagi yangi islohotlar uchun asosiy poydevor vazifasini bajarmoqda. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko'lamda davom ettirish davr talabidir. Oliy ta'lim muassasalarining jahon talablari darajasidagi erishayotgan o'rni, shuningdek, muvaffaqqiyatli yutuq va marralari oldimizga qo'yilgan ulug' maqsad sari harakatlarning samarasini anglatadi.

Hammamizga ma'lumki, mehnat bozorida ta'lim raqobatbardoshlikni va turmush farovonligi darajasini oshirishning eng muhim omillaridan biri bo'lib hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391- son "Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.

Bu konsepsiya oliy ta'lim muassasalari rivojlanishi uchun amalga oshirilishi ko'zda tutilgan rejalarni belgilaydi va asos bo'lib xizmat qiladi. Ta'lim tizimini boshqarish va menejmentga salmoqli hissa qo'shgan olimlarning ilmiy tadqiqotlari va chiqishlarida, jumladan, M.X.Saidov oliy ta'lim tizimida moliyaviy boshqaruv, V.A.Sadiev oliy ta'lim muassasalari

transformatsiyasining tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini yaratish va uning tashkiliy-boshqaruv, pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, Sh.Sharipov, N.Egamberdieva, P.Lutfullaev, Sh.Yunusov va boshqalar tadqiqotlarida mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimida kadrlar tayyorlash mazmuni, ta'limni internatsionalizatsiyalash jarayonlarida oliy ta'lim muassasalarining xalqaro hamkorligini boshqarish, hamda oliy ta'limni rivojlantirishda benchmarkingni joriy etish masalalariga to'xtalinganligi ham ilmiy qarashlar xilma-xiligini asoslaydi. Mamlakatimizda oliy ta'lim muassasalarini nufuzli horijiy oliy ta'lim dargohlari bilan hamkorlikda transformatsiya qilish, raqamli ta'lim texnologiyalarini keng joriy etish asosida bilimlar transferini ta'minlash masalasiga alohida e'tibor qaratilganligi fikrimizni asoslaydi.

Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida "Ilm fan taraqqiyotiga ko'maklashadigan zamonaviy axborot muhitini shakllantirish, oliy ta'lim muassasalarining innovatsion infratuzilmasini shakllantirish, ularning transformatsiyasini rivojlantirish" masalalari belgilandi.

Hozirgi kunda oliy ta'lim muassasalarida shunday o'ziga xos muammolar mavjudki, bunda ularni samarali yechimlari hamkorlikni, aloqadorlikni, mazmunni o'zgartirishni talab etadi. Chunonchi, amaldagi malaka talablari, o'quv reja va dasturlarida mazmun jihatdan bitiruvchilarning amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga, hayotiy imkoniyatlarini rivojlantirishga doir mezonlarning to'laqonli emasligi, o'quv mavzu dasturlari va rejalaridagi majburiy fanlarga ajratilgan soatlarning ko'pligi, oliy ta'lim muassasalari va mehnat bozorida ehtiyojdan kelib chiqib, kadrlar buyurtmachilari o'rtasida yangi avlod kadrlarini tayyorlash bo'yicha o'zaro hamkorlik ishlari samarali yo'lga qo'yilmaganligi, ishga qabul qiluvchilarning oliy ta'lim kontentini shakllantirishdagi ishtirokining passivligi kabi muammolar mavjud. Bugungi kun zamon bilan hamnafas, jahon stundartlariga javob bera oladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni oliy ta'lim tizimidan talab qilar ekan, uning asosiy maqsadi shunday talabalarni o'quv maskanida zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, amaliyotda samarali qo'llay olish ko'nikmasini shakllantirish, milliy va xalqaro standartlariga to'laqonli javob bera oladigan yetuk kadr etib tarbiyalash davlatimizning ustivor vazifasi ekanligini unutmasligimiz lozim.

Biz uchun dasturulamal bo'lgan me'yoriy hujjatlardan biri O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 3- bobida ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etilishi kabi bandlar kiritilgan bo'lib, mazkur bandlar ijrosini ta'minlash ta'lim tizimida o'zaro uzviylikni hamda masalaga kompleks yondashishni, talabalarning kasbiy ehtiyojlarini o'rganish orqali ularning o'zlari tanlagan kasbi bo'yicha chuqur bilimlarni egallashlari zarurligini asoslaydi. Ushbu mas'uliyatni zimmasiga olgan ham ta'lim muassasasi ham talabalar jamiyat ravnaqi hamda ta'lim-tarbiyada uchragan muammolar yechimini topish ko'nikmasiga ega kadrlar sifatida shakllanadi.

Xalq ta'limi uchun salohiyatli, yetuk kadr tayyorlayotgan oliy ta'lim tizimi u xoh davlat, xoh nodavlat ta'lim muassasasi bo'lsin, bevosita mustahkam uzviylikni, izchillikni kafolatlaydigan mutaxassis uchun javobgardir. Shuningdek, mazkur konsepsiyaning Oliy ta'lim bilan qamrovini kengaytirish, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish bandida oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini Investitsiya dasturlari, hududiy va tarmoq dasturlari, vasiylik kengashlari talablari, jahon miqyosidagi texnologik o'zgarishlarni inobatga olgan holda shakllantirish, ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirishni taqazo qiladi.

Belgilab berilgan asosiy vazifa bevosita boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitishda o'z dolzarbligini yanada oshiradi. Bunda STEAM yo'nalishlarini (aniq fanlar, texnologiya, injiniring, ijodiy san'at va matematika) rivojlantirishga tizimli yondashuvni talab qiladi hamda alohida e'tibor qaratish belgilab qo'yildi.

Maktab ta'limi bevosita uzluksiz ta'limning bir bo'g'ini bo'lib, bolalarning ta'lim-tarbiya olishini, ijodiy qobiliyatini, bilim, ko'nikma, malaka kompetensiyalarini shakllantiruvchi, mustaqil, erkin kreativ faolligini ta'minlovchi, bilimlarni ko'nikmaga aylanishida yetarlicha sifatli sharoit va muhitni bera oladigan maskandir. Ushbu sohada qabul qilinayotgan qaror va farmoyishlarning ijrosi tizimning yanada rivojlanishi uchun turtki bo'lmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq ta'limi tizimidagi maktabdan tashqari ta'lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4467- son Qaroriga muvofiq uzluksiz ta'lim tizimini yangi bosqichga ko'tarish, ta'limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat talablarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o'quv metodik majmualarning zamonaviy, yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, hamda tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etishni yanada takomillashtirishni ma'qullaydi.

Konsepsiyada ko'plab fanlar, ayniqsa, gumanitar va pedagogik yo'nalishlarda kadrlar tayyorlash sifatiga alohida e'tiborni kuchaytirish, pedagogik ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha o'quv reja va dasturlarini ilg'or xorijiy tajriba asosida qayta ko'rib chiqish va modenizatsiyalashtirish, mazkur yo'nalishda tahsil olayotgan talabalarda ta'lim jarayonida eng so'nggi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash ko'nikmalarini shakllantirish, pedagogik ta'lim infratuzilmasini yaxshilash, hududlardagi barcha umumta'lim maktablariga xorijiy tillarni o'zlashtirgan, yuqori malakali professional pedagog kadrlarni yetkazib berish; kabi talablar qo'yilgan.

Oliy ta'lim muassasalari Boshlang'ich ta'lim va Maktabgacha ta'lim yo'nalishlari o'quv rejalariga STEAM ta'limi fanini kiritish, hamda o'quv rejalar bu fan orqali takomillashtirilsa hozirgi kun nafasi bilan yashaydigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash imkonini beradi. Zamonaviy ilm-fan rivojlanishi, hamda horij tajribasining keng o'rganilishi, oliy ta'lim muassasalarida o'quv rejalarning har yili takomillashuvini talab etadi. Shuningdek, xalq ta'limi tizimidagi islohotlar ham oliy ta'lim muassasalari kontentini qayta ko'rib chiqishni va integratsiyalashuvini talab etadi. STEAM ta'limi bevosita amaliy o'quv jarayoni hisoblanib, bunda darslarni oddiy auditoriyalarda emas balki, maktab uchun qulay amaliy laboratoriya sinflarida ta'lim muassasalarining STEAM xonalarida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, talabalarning mazkur fan bo'yicha tushunchalari va ko'nikmalari ham aynan ishlab chiqarish ustaxonalarda va STEAM xonalarida amalga oshirilsa, kelajakda maktab sinf xonasida yetuk pedagoglar, mohir, malakali STEAM o'qituvchilarining faoliyat yuritayotganini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

STEAM ta'limi nima? "STEAM-ta'lim" (Science - tabiiy fanlar, Technology -texnologiyalar, Engineering - muhandislik, Art - san'at, Mathematics - matematika) dasturi joriy etiladi;" Demak STEAM ta'limi fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematikadan o'quvchilarni qiziqtirish, tanqidiy fikrlashga yo'naltiradigan foydalanish usuli. STEAM - bu STEMga san'atni qo'shib uning afzalliklaridan bahramand bo'lishning bir usuli. STEAM erkin ijod qilish uchun sharoit yaratadi, chegaralanishni olib tashlaydi va ularni hayrat, ilhomlanish va yangilik bilan almashtiradi. Uning tajribasi fan, texnologiya, muhandislik, matematika va san'atning kerak bo'lsa undan ortiq ko'p standartlarni o'z ichiga oladi, ular bir-birlarini to'ldiradi.

Fanlararo o'zaro bog'liqlik, integratsiya uning asosini tashkil qiladi. Uning o'zagi san'atdir. STEAM izlanish, tanqidiy fikrlash va faol ta'limni belgilovchi jarayonga asoslangan.

Boshlang'ich ta'lim doirasida STEAM darslari va STEAM yondashuvining butun g'oyasi shundan iboratki, tekshiruv, qiziquvchanlik, muammoning yechimini topishda ijodiy bo'lish yondashuvning asosi hisoblanadi. STEAMda gumanitar fanlar o'zaro bog'langan. STEAMdan foydalanish haqida gap ketganda, shuni tushunishimiz kerakki, darsni loyihalashtirish boshqa, STEAMni amalda ko'rish butunlay boshqa narsa. Ushbu darslar davomida talabalar mutlaqo boshqa darajadagi mashg'ulotlar bilan shug'ullanadilar va ko'pincha ancha kuchliroq natijalarga erishadilar. Darsda san'atning aralashuvi natijaviylikni ko'rsatadi. Pedagogika universitetlari o'quv rejasida belgilangan ushbu fanni maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida, maktablarining STEAM xonalarida tashkil etish bevosita amaliyotning o'zida jarayonni samarali kechishini, talaba uchun komfort muhitni, yetarlicha asbob uskuna mavjudligini, DTSda belgilangan talaba egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarning rivojlanishini ta'minlaydi. Talaba jamiyat uchun malakali, yetuk kadr bo'lib yetishishiga zamin yaratadi. Har qanday yaxshi STEAM darsi izlanish, muammolarni yechishni talab etadi. Bu yerda faol mashg'ulot haqiqatan ham talabalar faolligi, mahorati bilan faollashadi. Darslarning sifati va samaradorligi ta'minlanadi.

Bunday darslarni o'tadigan STEAM o'qituvchisi belgilangan barcha kasb talablarini mukammal o'zlashtirgan bo'lishi, metodik, ilmiy, psixologik, didaktik kasb layoqati darajasida bajarishi lozim bo'ladi.

Demak, maxsus jihozlangan sinf xonalari STEAM ta'limi uchun oliy ta'lim muassasasi binosida bo'lishini davr talab qilmoqda. Vaziyat nuqtai nazaridan oliy ta'lim muassasalarining STEAM xonalari mavjud bo'lmasa, belgilangan tartibda o'zaro shartnoma kelishuvlaridan foydalanishlari mumkin bo'ladi. Shuningdek, ushbu fanni mazmunli tashkil etish uchun amaliy mashg'ulotlarni maxsus tayyorgarlikdan o'tgan malakali pedagoglardan, amaliyotchilardan samarali foydalanish imkoniyatini beradi.

Xulosa qilib aytganda, ta'lim tizimida samarali natijalarga erishish uchun o'zaro hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo'yicha ishlar maqsadli yo'lga qo'yilishi, hamda ish beruvchilarning oliy ta'lim kontentini shakllantirishdagi roli yuqori bo'lishi ahamiyatlidir. Ta'lim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son Farmoni ilovasi.

2. O'z.R.Prezidentinig 4467-sonli "Xalq ta'limi tizimidagi maktabdan tashqari ta'lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori.

3. Sh.Mirziyoev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. Toshkeng. "O'zbekiston" nashriyoti. 2021 yil.

4. Saidov M.X. Oliy ta'lim tizimida moliyaviy boshqaruv. Tafakkur bo'stoni. Toshkent-2011

yil.

5. Sadiev V.A. Oliy ta'lim muassasasi transformatsiyasining tashkiliypedagogik sharoitlarini yaratish. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati.

6. Yuldasheva N.A. O'qitishning milliy ta'lim strategiyasi Ta'lim innovatsiyalari va o'qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirish masalalari. TVPKQTMOI Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. 2012 yil. 59-61 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.