SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA'LIM - TARBIYASINI TASHKIL ETISHDA XALQ ERTAKLARIDAN FOYDALANISH
Xamrayeva Dildora Ruziyevna
Xalqaro Nordik universiteti 70110501 Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta'lim)
yo'nalishidagi I bosqich magistranti
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda, ularni kelajakda yetuk shaxs sifatida kamol topishida albatta tarbiyachilarning o 'rni katta. Shunday ekan bolalarni o 'qitishda yangi zamonaviy uslublardan foydalanish bolalarni yangi zamon ruhida tarbiyalanishida, ularni yetuk mutaxassis bo 'lib yetishida asosiy omil bo 'ladi, desak to 'g'ri bo 'ladi. Ushbu maqolada shu fikrlarning asosini ko 'rib chiqish mumkin.
Kalit so'zlar: didaktik o 'yinlar, aqliy qobiliyat, imkoniyatlar, xalq og'zaki ijodi.
Воспитателям принадлежит большая роль в воспитании детей дошкольного возраста и их развитии во взрослом возрасте в будущем. Поэтому правильно говорить о том, что использование новых современных методов в обучении детей является главным фактором воспитания детей в духе нового времени и формирования из них зрелых профессионалов. В этой статье можно рассмотреть основу этих идей.
Ключевые слова: дидактические игры, умственные способности, возможности, условия, устное народное творчество.
Educators have a great role in educating preschool children and in their development as adults in the future. Therefore, it is correct to say that the use of new modern methods in teaching children is the main factor in bringing up children in the spirit of the new age and making them mature professionals. In this article, you can consider the basis of these ideas.
Key words: didactic games, mental ability, opportunities, conditions, folk oral creativity.
Professor-o 'qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodgapuxta ta 'lim berish, ularni jismoniy va ma 'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
SH.M.Mirziyoyev
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
Jahon maktabgacha ta'lim tizimida xalq og'zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxs qilib tarbiyalashga doir samarali ta'lim texnologiyalariga asoslangan ta'lim dasturlarini takomillashtirishga bo'lgan ehtiyoj yanada kuchaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq og'zaki ijodi namunalaridan foydalangan holda maktabgacha ta'lim bo'yicha samarali o'quv rejasi va o'qitish strategiyalarini ishlab chiqish, aqliy, ma'naviy-axloqiy tarbiyani folklor namunalari orqali singdirish, koreys, yapon folkloridan foydalanish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilg'or pedagogik usul va uslublarni ishlab chiqish, o'quv va o'quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish va nashr etish ham g 'oyat dolzarb vazifadir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlariga shifokorlar ajratish, tibbiyot hamshiralarining malakasini oshirish, tez tibbiy yordam ko'rsatish uchun dori-darmon, sanitariya-gigiyena vositalari bilan to'liq ta'minlash, bolalarning ovqatlanishini belgilangan me'yorlar darajasida tashkil etish zarurligi ta'kidlandi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlariga mo'ljallangan o'quv-metodik va didaktik adabiyotlarni nashr etishga doir standartlarni qayta ko'rib chiqish va tasdiqlash masalasiga ham e'tibor qaratildi.
Respublikamizda maktabgacha ta'lim tizimini qaytadan qurish borasida olib borilayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar, amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar ertangi kunimiz, qolaversa, kelajagimiz egalari bo'lmish yoshlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlikning yorqin ifodasidir. O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30 sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni hamda "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog'ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo'yildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Respublikamizda maktabgacha hamda umumiy о'rta ta'lim tizimini yanada takomillashtirish va moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish, malakali kadrlar bilan ta'minlash, bo'lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishning huquqiy-meyoriy asoslari yaratildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.01.2020 yil 07/20/4581/0098-sonli "Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarorida maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo'llab-quvvatlash orqali "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini yanada kengaytirish hamda bolalarning maktabgacha ta'limi bilan kengroq qamrab olinishini ta'minlash" ustuvor vazifalar etib belgilandi. 1 Natijada maktabgacha ta'lim tashkilotlar tarmog'ini kengaytirish va bu tashkilotlarda bolalarning psixologik va jismoniy rivojlanishi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni, 2016- yil 29- dekabrdagi PQ-2707-son "2017-2021- yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida", 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida", 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son "Pedagogika oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorlari hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli -O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, 2016 yil 29 dekabrdagi —2017-2021yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi —Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-5198-sonli Farmoni, 2017 yil 9 sentabrdagi «Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek, Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-MX sonli — "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari" hamda "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.01.2020 yil 07/20/4581/0098-sonli "Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
tashkilotining Davlat o'quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu sohaga oid masalalarini hal etish nazarda tutilgan.
Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va har tomonlama yetuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabr 637-son qarorida qabul qilingan "Ta'lim to'g'risidagi Qonunning 8-moddasida: "Maktabgacha ta'lim va tarbiya bolalarni o'qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan ta'lim turidir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20.04.2017 yil 2909-sonli "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarori e'lon qilindi. Ushbu farmonda Oliy ta'lim tizimida o'z yo'nalishlari bo'yicha dunyoning yetakchi ilmiy ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o'rnatish, o'quv jarayoniga ilg'or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy ta'lim muassasalarida stajirovkadan o'tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti. Oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko'rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta'minlash shart-sharoitlari keltirib o'tilgan. Hayotimizning barcha sohalari kabi ta'lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda. Innovatsion ta'lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to'liq mosligini ta'minlash yoshlarimizni bugungi tez o'zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omilidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uzluksiz ta'lim tizimining tuzilmasi hamda mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni ko 'zda tutadi. Buning uchun, avvalo, barcha ta'lim muassasalaridagi dars jarayonlarini ilg'or, ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan zamonaviy uslubiyot bilan ta'minlash lozim. Yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish maqsadi, vazifalari, hozirgi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Barchamiz shuni chuqur anglab oldikki, faqatgina zamonaviy asosda ta'lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma'naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko'tarishga qodir bo'ladi.
Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta malakali, o'z mutaxassisligini chuqur egallagan pedagog-kadrlar zarur. Shuning
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
uchun hozirgi kunda pedagoglar, shu bilan birga pedagogika sohasida tahsil olayotgan talabalar oldiga ham juda ko'p vazifalar qo'yilmoqda.
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta'lim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ta'lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo'nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta'lim-tarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida ta'kidlangan milliy model O'zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg'or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) - komil inson va yetuk mutaxassis qiyofasini o'zida to'laqonli aks ettiruvchi namunadir. 2
Maktabgacha ta'lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni boshlang'ich ta'limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi",- deb ta'kidlangan. Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan ta'lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to'g'ri keladi: tarbiya-biz uchun yo hayot- yo mamot- yo najot-yo halokat-yo saodat-yo falokat masalasidir3. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o'zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog'lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi. Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko'ra, inson o'z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo'lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o'zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishida MTT tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko'rsatib turibdi. Bunga qo'shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati yo'q. MTT tarbiyasini olgan bola bilan MTTga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o'rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas. Shuning uchun ham biz maktabgacha ta'lim tizimini qayta ko'rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko'tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o'ylab amalga oshirmasak, butun ta'lim tizimida sifat o'zgarishiga erishishimiz, ta'limning uzluksizligini ta'minlashimiz qiyin bo'ladi. Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi MTTlar qurish bo'yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi hisobga olinib, nodavlat ta'lim tashkilotlari, jumladan,
2 Kasbiy ta'lim metodikasi fanidan o'quv-uslubiy qo'llanma. - Toshkent - 2019. 8-9-betlar
3Qodirova. F.R. va boshq. Maktabgacha pedagogika (o'quv qo'llanma). -T.: Ma'naviyat, 2013.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
nodavlat MTT tarmog'ini kengaytirishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu esa tizimda sog'lom raqobatni shakllantirish hamda ta'lim xizmatlari turini ko'paytirishga xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Ravshanova N.N. Maktabgacha yoshdagi bolalarda uzviylik asosida ekologik tarbiya tushunchalarini shakllantirish.//monografiya/ T. : Nizomiy nomidagi TDPU, 2022 y
2. Tolipova J.O., Fofurov A. Biologiya o'qitish metodikasi. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2012.
3. Tolipova J,O. Biologiyani o'qitishda innovasion texnologiyalar. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2014.
4. Xolto'rayeva, S. X. Maktabgacha yoshdagi bolalarga matematik bilim berish orqali fazoviy tasavvurlarni shakllantirishning dolzarbligi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, 579-581.
5. Norboevna, R. N. (2021, April). IMPROVING THE MEMBERSHIP SYSTEM IN ECOLOGICAL EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN. In Archive of Conferences (Vol. 20, No. 1, pp. 97-98).
6. Nigmatov, A. N., & Ravshanova, N. N. (2020). Scientific Preschool Environmental Education and Training Research Methodology. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 23-31.
7. Babayeva, D. R., & Ochilova, X. S. (2022, October). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI NUTQ O 'STIRISH ORQALI MUSTAQIL FIKRLASHGA O 'RGATISH. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No.
8. pp. 21-23).
8. Sharipova, G. S., & Madaminjonova, M. S. (2022, April). BASIC CONCEPT IN CLOTHES DESIGN. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 12-15).
9. Sharipova, G. S. (2022). DISTRIBUTION AND MODERNIZATION OF ADVANCED PEDAGOGICAL PRACTICES IN THE LESSON PROCESS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(06), 12-15.
10. Xolto'rayeva, S. X. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASH JARAYONIDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARBLIGI. QO 'QON UNIVERSITETIXABARNOMASI, 871-872.
11. ШАРИПОВА, Г. С. (2019). ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛИЗМА НА ПРИМЕРЕ ПРАКТИЧЕСКИХ ЗАНЯТИЙ ПО ФОРМИРОВАНИЮ УМЕНИЙ И НАВЫКОВ БУДУЩИХ
Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(11), November, 2023
ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ. In Высшее и среднее профессиональное образование как основа профессиональной социализации обучающихся (pp. 260-268).
12. Садикова, Д. Х., & Калауова, М. С. (2023). РОБОТЫ-ИГРУШКИ И МАТЕМАТИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ НА ЗАНЯТИЯХ. Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 1(5), 5-12.
13. Садикова, Д. Х. (2023). ФОРМИРОВАНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КАЧЕСТВ СТУДЕНТОВ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ НА ОСНОВЕ STEAM ТЕХНОЛОГИЙ. Лучшие интеллектуальные исследования, 4(2), 5-11.
14. Садикова, Д. Х. (2023, January). АППЛИКАЦИЯ-СРЕДСТВО РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСТВА ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 87-91).
15. Sadikova, D. K., & Mansurova, A. M. (2023). Study of Foreign Experience in The Application of Steam Technologies in Preschool Education. European Journal of Pedagogical Initiatives and Educational Practices, 1(2), 162-167.
16. Раджапова, З. Т., & Мирзаева, Г. З. (2023). ИННОВАЦИОННАЯ ТЕХНОЛОГИЯ В ЛАНДШАФТНОМ ДИЗАЙНЕ.(в дошкольных образовательных организациях). Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 1(4), 70-76.
17. Radjapova, Z., & Abduraufova, U. (2023). THE IMPORTANCE OF USING METHODS IN THE PROFESSIONAL TRAINING OF FUTURE TEACHERS ON THE BASIS OF AN INTEGRATIVE APPROACH. Science and innovation, 2(B1), 337-340.
18. Tirkashevna, R. Z. (2023). PEDAGOGIK KOMPETENTLIK-SHAXSGA TA'LIM-TARBIYA BERISHNING MUHIM SHARTI. Science and innovation, 2(Special Issue 9), 125-128.
19. Akhmedova, N. E. (2023). People's practical art traditions as the basis for developing the artistic-pedagogical abilities of future art teachers. Science and innovation, 2(B4), 701-705.
20. Akhmedova, N. (2023). EMBROIDERY IN UZBEKISTAN: A RICH HISTORY AND PRACTICAL CRAFTSMANSHIP. Science and innovation, 2(C5), 81-84.
21. Ахмедова, Н. Э. (2022). МАРКАЗИЙ ОСИЁДА ТЕМУР ВА ТЕМУРИЙЛАР ДАВРИ МЕЪМОРИЙ БЕЗАК ТУРЛАРИНИ ТАХДИЛ КДЯИШ НАТИЖАСИДА ЁШЛАРНИ АКЛИЙ ВА МАЪНАВИЙ ТАРБИЯЛАШ САЛОХИЁТИГА ТАЪСИР КДЛИШ ОМИЛИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 41-45.