Научная статья на тему 'TARBIYACHINING PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH USULI VA KASBGA TAYYORLASH JARAYONIDA TASVIRIYIJODIY YONDASHUVI'

TARBIYACHINING PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH USULI VA KASBGA TAYYORLASH JARAYONIDA TASVIRIYIJODIY YONDASHUVI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
145
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / tarbiyachining pedagogik kompetensiyasi / qonun / bola / o’yin / mehnat / mashg’ulot. / education / pedagogical competence of the educator / law / child / play / labor / training.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tillayeva, Vasila O’ktam qizi, Zufarova, Laziza Tolibjon qizi

Maqolada tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajarishi, tarbiyachining siyosiy etukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashi, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borishi haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE METHOD OF DEVELOPING THE TEACHER'S PEDAGOGICAL COMPETENCE AND IMAGINARY-CREATIVE APPROACH IN THE PROCESS OF PROFESSIONAL PREPARATION

The article provides information that the educator performs a responsible task, along with an important, proud work, preparing our young generation as worthy children of our people, the educator's political maturity realizes his responsibility to the people and society for the quality of raising children, gives a creative approach to educational tasks, constantly improving his skills.

Текст научной работы на тему «TARBIYACHINING PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH USULI VA KASBGA TAYYORLASH JARAYONIDA TASVIRIYIJODIY YONDASHUVI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

TARBIYACHINING PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH USULI VA KASBGA TAYYORLASH JARAYONIDA

TASVIRIY- IJODIY YONDASHUVI

Tillayeva Vasila O'ktam qizi

70110201-"Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi" (Maktabgacha ta'lim) 2-bosqich magistranti Zufarova Laziza Tolibjon qizi 70110201-"Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi" (Maktabgacha ta'lim) 2-bosqich magistranti

Maqolada tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas'uliyatli vazifani bajarishi, tarbiyachining siyosiy etukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o Z mas 'uliyatini anglashi, ta 'lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o Z mahoratini doimo takomillashtirib borishi haqida ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiyachining pedagogik kompetensiyasi, qonun, bola, o 'yin, mehnat, mashg 'ulot.

В статье дается информация о том, что воспитатель наряду с такой важной, гордой работой, как подготовка подрастающего поколения достойными детьми нашего народа, выполняет ответственную задачу, политическая зрелость воспитателя способствует осознанию своей ответственности перед народом и обществом за качество воспитания детей, творческому подходу к задачам воспитания, постоянному совершенствованию своего мастерства.

Ключевые слова: воспитание,педагогическая компетентность воспитателя, право, ребенок, игра, труд, обучение.

The article provides information that the educator performs a responsible task, along with an important, proud work, preparing our young generation as worthy children of our people, the educator's political maturity realizes his responsibility to the people and society for the quality of raising children, gives a creative approach to educational tasks, constantly improving his skills.

Keywords: education, pedagogical competence of the educator,law, child, play, labor, training.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023

KIRISH

Maktabgacha ta'lim taraqqiyoti samarali mexanizmlarini joriy etish o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatdan yangi darajaga ko'tarishning eng muhim sharti hisoblanadi. Shuningdek, o'quv-tarbiya jarayonida ta'limning innovatsion shakllari va usullarini qo'llashga ko'maklashadi.

Mamlakatimizda ayni paytda vujudga kelgan shart-sharoitlar o'qish shakli, mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlarini qayta ko'rib chiqishni va bu jarayonga tegishli o'zgartirishlarni kiritishni taqozo etmoqda. Xususan, shu kunlarda maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun tarbiyachilarning malakasini oshirish mazmuni va shakllarini takomillashtirish zarurati paydo bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risi" dagi PF-5198-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3261-sonli Qarori, 30 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5198-sonli Farmoni hamda "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi - faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-3305-sonli Qarori bayon etilgan.

Maktabgacha ta'lim - ta'lim tizimining mustahkam poydevori bo'lib, aynan shu davrda bolaning kelajakdagi barcha faoliyat turlarida muvaffaqiyatga undovchi umuminsoniy xislatlari shakllana boshlaydi. Kichkintoyning shaxsiy faolligi ayniqsa, rasm chizish, qurish-yasash, musiqa va boshqa faoliyat turlarida takomillashib boradi. Bunda bolaning oson o'zlashtirishida faoliyat turlarining o'yin tarzida tashkillashtirilgani samarali natija ko'rsatadi.

Ta'limiy jarayonlarni tizimli olib borish va maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda "Ilk qadam" Maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o'quv dasturi yaqindan yordam beradi. O'zbekiston Respublikasining "Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari"ga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotining maqsad va vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetentsiyalari belgilangan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim - "Ilq qadam" Davlat o'quv dasturi va Maktabgacha ta'limni 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida aks ettirilgan ta'lim va tarbiyaning asosiy tamoyilidir. Ushbu pedagogik konsepsiyamni yozishdan oldin men o'tgan davr mobaynida, o'zimning hamkasblarimning ish faoliyatini kuzatuvim hamda turli o'quv seminarlaridagi kuzatuvlarim asosida yozishga qaror qildim. Pedagogik konsepsiya eng avvalo o'zimning Pedagogik kompetensiyamni oshirishga xizmat qiladi, shu bilan birgalikda ushbu Konsepsiya orqali men tashkilotim va shahrimdagi tarbiyachilarning o'zlarini ustida ishlari uchun ozgina bo'lsa ham turtki, shu bilan birgalikda yo'l ko'rsatuvchi ish bo'ladi deb o'yladim. Ushbu konsepsiyani yozish vaqtida, konsepsiyadagi ko'rsatma va yo'nalishlarni hayotga to'liq tadbiq etishim uchun men doimiy o'z ustimda ishlashim kerakligi hamda kamida 2 yil davomida ta'lim-tarbiya jarayonimga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishim lozimligini tushundim. Aytib o'tish lozimki, bolalarga ularning individual ritmda rivojlanishlari va individual potensialini hamda qiziqishni oshirish uchun teng imkoniyatlarni taqdim etuvchi qulay muhitni ta'minlash uchun tarbiyachi shaxsi muayyan kasbiy kompetensiyalarga ega bo'lishi kerak.

Pedagogik kompetensiyalar-bilimlar, malaka va ko'nikmalar hamda o'zlashtirilgan qadriyatlar asosida mustaqil harakatlanishga bo'lgan motivatsiyaning uyg'unlashgan majmuini o'zida aks ettiradi. Kompetentli kadr kasbiy vazifalarni samarali va sifatli bajarishi mumkin. Zamonaviy kompetensiya nafaqat malaka, bilim va ko'nikmalarni, balki qadriyatlar va axloqiy fazilatlarni xam o'z ichiga oladi. Har bir tarbiyachi shaxsi, temperamenti va tarbiyachiik uslubi boshqalarinikidan farqlanadi. Biroq bolaga, uning ta'limiga va rivojlanishiga yondashuv barcha tarbiyachilarda bir xil bo'lishi lozim. Shuning uchun ham kasbiy standart barcha tarbiyachilar uchun bir xil talabni qo'ydi. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, zamonaviy bolalar bog'chasini yangi axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. AKTga egalik qilish ta'lim jarayoni samaradorligini oshirishga, tarbiyachilarning kasbiy malakasini oshirishga yordam beradi.

Kasbiy mahoratning bir qismi sifatida tarbiyachining loyiha madaniyati ham katta o'rin tutadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotining loyihaviy faoliyati - bu tadqiqot qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan (muammo "tug'dirish", ma'lumot to'plash va qayta ishlash, tajribalar o'tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish) rivojlantiruvchi ta'lim va o'z-o'zini tarbiyalash usullaridan biridir. va mantiqiy fikrlash; maktabgacha ta'lim tashkilotining uslubiy faoliyati davomida va malaka oshirish kurslarida olgan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

bilimlarini birlashtiradi. Loyiha faoliyatining maqsadi - maktabgacha ta'lim tashkilotlarida innovatsion faoliyat uchun sharoit yaratish, tarbiyachilar tomonidan kasbiy faoliyatda olingan bilim, ko'nikma va malakalardan foydalanish. Tarbiyachilar tomonidan loyihalarni ishlab chiqish uchun mavzular, mini-loyihalar faoliyatning ijodiy yo'nalishiga qarab mustaqil ravishda tanlanadi. Faoliyatning yakuniy bosqichida taqdimot o'tkaziladi.

Tarbiyachilarning malakasini rivojlantirishning turli shakllari va usullari mavjud bo'lib ularni bosqichma-boqich amalga oshirish mumkin. Tarbiyachilar bilan ishlashda malakani rivojlantirishga qaratilgan ko'plab shakl va usullardan quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:

Seminar - ijodiy darslar ijodiy fikrlashni rivojlantirish va innovatsion loyihalarni yaratishga qaratilgan.

O'yinlarni modellashtirish. Ishbilarmonlik va rol o'ynash o'yinlari haqiqiy jarayonni modellashtirishni o'z ichiga oladi, bu davrda sun'iy ravishda yaratilgan pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish asosida maqbul kasbiy qarorlar qabul qilinadi. Kollektiv muammolarni hal qilish, guruh muhokamasi yoki aqliy hujum; kasbiy mahoratni oshirish uchun kichik guruhlarda treninglar; o'z-o'zini tarbiyalash ishlarining usullari, maktabgacha ta'lim muassasasining innovatsion faoliyati natijalariga bag'ishlangan ilmiy va amaliy konferensiyalar.

Pedagogik halqa - tarbiyachilarni psixologiya va pedagogika sohasidagi so'nggi tadqiqotlarni, uslubiy adabiyotlarni o'rganishga yo'naltiradi, pedagogik muammolarni hal qilishning turli xil yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi, mantiqiy fikrlash va o'z pozitsiyalarini dalil qilish ko'nikmalarini yaxshilaydi, bayonlarning ixchamligi, aniqligi, to'g'riligini o'rgatadi. Ushbu shakl ishtirokchilarning javoblari, nutqlari va harakatlarini baholash mezonlarini taqdim etadi:

Ushbu pedagogik konsepsiyada keltirilgan fikr va mulohazalar, yo'nalish hamda takliflar bu eng avvalo ma'lum bir davr ichida o'zimning ta'lim-tarbiya berish faoliyatimning sifat samaradorligini oshirish uchun qilinadigan ishlar sifatida ko'rishimiz mumkin. Bugun tarbiyachining pedagogik kompetensiyalarini doimiy oshirib borishi, bu eng avvalo bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan, ahloqiy me'yor va qadriyatlarni o'zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, "Men" obrazini qurish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat usullarini shakllantirishda asosiy omildir. Mazkur pedagogik konsepsiyada ko'rsatilgan vazifalar, yo'nalish va natijalarga erishish maqsadida men o'zim uchun bir o'quv yiliga rejalashtirilgan chora-tardbirlar rejamni ham tuzib

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

chiqdim. Maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilishning zamonaviy sharoitida tarbiyachining maqomi tubdan o'zgarib bormoqda, uning ta'lim funksiyalari, shunga muvofiq, uning kasbiy va pedagogik kompetensiyasiga, uning kasbiy mahorat darajasi talablari o'zgaradi. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolani tarbiyalash va rivojlantirishning zamonaviy tizimida o'zining shaxsiy salohiyatini safarbar qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qodir bo'lgan ijodkor, mahoratli tarbiyachi talab etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. "Ilq qadam" Davlat o'quv dasturi

2. Sharipova Guzal Sodiqovna. Distribution and modernization of advanced Pedagogical practices in the lesson process. Current research journal of pedagogics (ISSN -2767-3278) volume 03 issue sjif impact factor (2021:5.714) (2022:6. 013) oclc - 1242041055 metadata if - 8.145 12-15 betlar

3. Sharipova Guzal Sodiqovna .Important components of directing students to innovative activity in the conditions of economic development

4. Xalilova Dilnoza Furqatovna. "Maktabgacha ta'lim tashkiloti bo'lajak tarbiyachilarining ijtimoiy kompetensiyasini shakllantirish ". Ta'lim sifati - Yangi O'zbekiston taraqqiyotini yanada yuksaltirishning muhim omili, Qo'qon 21 iyun 2023 yil. 677-679.

5. Xolto'rayeva, S. X. Maktabgacha yoshdagi bolalarga matematik bilim berish orqali fazoviy tasavvurlarni shakllantirishning dolzarbligi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, 579-581.

6. Norboevna, R. N. (2021, April). IMPROVING THE MEMBERSHIP SYSTEM IN ECOLOGICAL EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN. In Archive of Conferences (Vol. 20, No. 1, pp. 97-98).

7. Nigmatov, A. N., & Ravshanova, N. N. (2020). Scientific Preschool Environmental Education and Training Research Methodology. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 23-31.

8. Babayeva, D. R., & Ochilova, X. S. (2022, October). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI NUTQ O 'STIRISH ORQALI MUSTAQIL FIKRLASHGA O 'RGATISH. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No.

8. pp. 21-23).

9. Sharipova, G. S., & Madaminjonova, M. S. (2022, April). BASIC CONCEPT IN CLOTHES DESIGN. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 12-15).

10. Sharipova, G. S. (2022). DISTRIBUTION AND MODERNIZATION OF ADVANCED PEDAGOGICAL PRACTICES IN THE LESSON PROCESS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(06), 12-15.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

11. Xolto'rayeva, S. X. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASH JARAYONIDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARBLIGI. QO 'QON UNIVERSITETIXABARNOMASI, 871-872.

12. ШАРИПОВА, Г. С. (2019). ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛИЗМА НА ПРИМЕРЕ ПРАКТИЧЕСКИХ ЗАНЯТИЙ ПО ФОРМИРОВАНИЮ УМЕНИЙ И НАВЫКОВ БУДУЩИХ ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ. In Высшее и среднее профессиональное образование как основа профессиональной социализации обучающихся (pp. 260-268).

13. Садикова, Д. Х., & Калауова, М. С. (2023). РОБОТЫ-ИГРУШКИ И МАТЕМАТИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ НА ЗАНЯТИЯХ. Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 1(5), 5-12.

14. Садикова, Д. Х. (2023). ФОРМИРОВАНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КАЧЕСТВ СТУДЕНТОВ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ НА ОСНОВЕ STEAM ТЕХНОЛОГИЙ. Лучшие интеллектуальные исследования, 4(2), 5-11.

15. Садикова, Д. Х. (2023, January). АППЛИКАЦИЯ-СРЕДСТВО РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСТВА ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 87-91).

16. Sadikova, D. K., & Mansurova, A. M. (2023). Study of Foreign Experience in The Application of Steam Technologies in Preschool Education. European Journal of Pedagogical Initiatives and Educational Practices, 1(2), 162-167.

17. Раджапова, З. Т., & Мирзаева, Г. З. (2023). ИННОВАЦИОННАЯ ТЕХНОЛОГИЯ В ЛАНДШАФТНОМ ДИЗАЙНЕ.(в дошкольных образовательных организациях). Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 1(4), 70-76.

18. Radjapova, Z., & Abduraufova, U. (2023). THE IMPORTANCE OF USING METHODS IN THE PROFESSIONAL TRAINING OF FUTURE TEACHERS ON THE BASIS OF AN INTEGRATIVE APPROACH. Science and innovation, 2(B1), 337-340.

19. Tirkashevna, R. Z. (2023). PEDAGOGIK KOMPETENTLIK-SHAXSGA TA'LIM-TARBIYA BERISHNING MUHIM SHARTI. Science and innovation, 2(Special Issue 9), 125-128.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.