0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
TARBIYACHINING PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH ORQALI O'ZBEKISTONNING XALQARO REYTINGINI OSHIRISH VA KASBGA TAYYORLASH JARAYONIDA TASVIRIY- IJODIY YONDASHUV 1Tillayeva Vasila O'ktam qizi, 2Zufarova Laziza Tolibjon qizi
170110201-"Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi" (Maktabgacha ta'lim) 2-bosqich magjstr, 270110201-"Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi" (Maktabgacha ta'lim) 2-
bosqich magistr https://doi.org/10.5281/zenodo.10143327
Maktabgacha ta'lim taraqqiyoti samarali mexanizmlarini joriy etish o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatdan yangi darajaga ko'tarishning eng muhim shatri hisoblanadi. Shuningdek, o'quv-tarbiya jarayonida ta'limning innovatsion shakllari va usullarini qo'llashga ko'maklashadi.
Mamlakatimizda ayni paytda vujudga kelgan shart-sharoitlar o'qish shakli, mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlarina qayta ko'rib chiqishni va bu jarayonga tegishli o'zgartishlarni kiritishni taqozo etmoqda. Xususan, shu kunlarda maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun tarbiyachilarning malakasini oshirish mazmuni va shakllarini takomillashtirish zarurati paydo bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risi" dagi PF-5198-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3261-sonli Qarori, 30 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5198-sonli Farmoni hamda "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi - faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-3305-sonli Qarori bayon etilgan.
Maktabgacha ta'lim - ta'lim tizimining mustahkam poydevori bo'lib, aynan shu davrda bolaning kelajakdagi barcha faoliyat turlarida muvaffaqiyatga undovchi umuminsoniy xislatlari shakllana boshlaydi. Kichkintoyning shaxsiy faolligi ayniqsa, rasm chizish, qurish-yasash, musiqa va boshqa faoliyat turlarida takomillashib boradi. Bunda bolaning oson o'zlashtirishida faoliyat turlarining o'yin tarzida tashkillashtirilgani samarali natija ko'rsatadi.
Ta'limiy jarayonlarni tizimli olib borish va maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda "Ilk qadam" Maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o'quv dasturi yaqindan yordam beradi. O'zbekiston Respublikasining "Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari"ga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotining maqsad va vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetentsiyalari belgilangan.
Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim - "Ilq qadam" Davlat o'quv dasturi va Maktabgacha ta'limni 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida aks ettirilgan ta'lim va tarbiyaning asosiy tamoyilidir. Ushbu pedagogik konsepsiyamni yozishdan oldin men o'tgan davr mobaynida, o'zimning hamkasblarimning ish faoliyatini kuzatuvim hamda turli o'quv seminarlaridagi kuzatuvlarim asosida yozishga qaror qildim. Pedagogik konsepsiya eng avvalo o'zimning Pedagogik kompetensiyamni oshirishga xizmat qiladi, shu bilan birgalikda ushbu Konsepsiya orqali men tashkilotim va shahrimdagi tarbiyachilarning o'zlarini ustida ishlari uchun ozgina
0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
bo'lsa ham turtki, shu bilan birgalikda yo'l ko'rsatuvchi ish bo'ladi deb o'yladim. Ushbu konsepsiyani yozish vaqtida, konsepsiyadagi ko'rsatma va yo'nalishlarni hayotga to'liq tadbiq etishim uchun men doimiy o'z ustimda ishlashim kerakligi hamda kamida 2 yil davomida ta'lim-tarbiya jarayonimga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishim lozimligini tushundim. Aytib o'tish lozimki, bolalarga ularning individual ritmda rivojlanishlari va individual potensialini hamda qiziqishni oshirish uchun teng imkoniyatlarni taqdim etuvchi qulay muhitni ta'minlash uchun tarbiyachi shaxsi muayyan kasbiy kompetensiyalarga ega bo'lishi kerak.
Pedagogik kompetensiyalar-bilimlar, malaka va ko'nikmalar hamda o'zlashtirilgan qadriyatlar asosida mustaqil harakatlanishga bo'lgan motivatsiyaning uyg'unlashgan majmuini o'zida aks ettiradi. Kompetentli kadr kasbiy vazifalarni samarali va sifatli bajarishi mumk in. Zamonaviy kompetensiya nafaqat malaka, bilim va ko'nikmalarni, balki qadriyatlar va axloqiy fazilatlarni xam o'z ichiga oladi. Har bir tarbiyachi shaxsi, temperamenti va tarbiyachiik uslubi boshqalarinikidan farqlanadi. Biroq bolaga, uning ta'limiga va rivojlanishiga yondashuv barcha tarbiyachilarda bir xil bo'lishi lozim. Shuning uchun ham kasbiy standart barcha tarbiyachilar uchun bir xil talabni qo'ydi. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, zamonaviy bolalar bog'chasini yangi axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. AKTga egalik qilish ta'lim jarayoni samaradorligini oshirishga, tarbiyachilarning kasbiy malakasini oshirishga yordam beradi.
Kasbiy mahoratning bir qismi sifatida tarbiyachining loyiha madaniyati ham katta o'rin
tutadi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotining loyihaviy faoliyati - bu tadqiqot qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan (muammo "tug'dirish", ma'lumot to'plash va qayta ishlash, tajribalar o'tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish) rivojlantiruvchi ta'lim va o'z-o'zini tarbiyalash usullaridan biridir. va mantiqiy fkrlash; maktabgacha ta'lim tashkilotining uslubiy faoliyati davomida va malaka oshirish kurslarida olgan bilimlarini birlashtiradi. Loyiha faoliyatining maqsadi - maktabgacha ta'lim tashkilotlarida innovatsion faoliyat uchun sharoit yaratish, tarbiyachilar tomonidan kasbiy faoliyatda olingan bilim, ko'nikma va malakalardan foydalanish. Tarbiyachilar tomonidan loyihalarni ishlab chiqish uchun mavzular, mini-loyihalar faoliyatning ijodiy yo'nalishiga qarab mustaqil ravishda tanlanadi. Faoliyatning yakuniy bosqichida taqdimot o'tkaziladi.
Tarbiyachilarning malakasini rivojlantirishning turli shakllari va usullari mavjud bo'lib ularni bosqichma-boqich amalga oshirish mumkin. Tarbiyachilar bilan ishlashda malakani rivojlantirishga qaratilgan ko'plab shakl va usullardan quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:
Seminar - ijodiy darslar ijodiy fkrlashni rivojlantirish va innovatsion loyihalarni yaratishga qaratilgan.
O'yinlarni modellashtirish. Ishbilarmonlik va rol o'ynash o'yinlari haqiqiy jarayonni modellashtirishni o'z ichiga oladi, bu davrda sun'iy ravishda yaratilgan pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish asosida maqbul kasbiy qarorlar qabul qilinadi. Kollektiv muammolarni hal qilish, guruh muhokamasi yoki aqliy hujum; kasbiy mahoratni oshirish uchun kichik guruhlarda treninglar; o'z-o'zini tarbiyalash ishlarining usullari, maktabgacha ta'lim muassasasining innovatsion faoliyati natijalariga bag'ishlangan ilmiy va amaliy konferensiyalar.
Pedagogik halqa - tarbiyachilarni psixologiya va pedagogika sohasidagi so'nggi tadqiqotlarni, uslubiy adabiyotlarni o'rganishga yo'naltiradi, pedagogik muammolarni hal qilishning turli xil yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi, mantiqiy fkrlash va o'z
0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
pozitsiyalarini dalil qilish ko'nikmalarini yaxshilaydi, bayonlarning ixchamligi, aniqligi, to'g'riligini o'rgatadi. Ushbu shakl ishtirokchilarning javoblari, nutqlari va harakatlarini baholash mezonlarini taqdim etadi:
Ushbu pedagogik konsepsiyada keltirilgan fikr va mulohazalar, yo'nalish hamda takliflar bu eng avvalo ma'lum bir davr ichida o'zimning ta'lim-tarbiya berish faoliyatimning sifat samaradorligini oshirish uchun qilinadigan ishlar sifatida ko'rishimiz mumkin. Bugun tarbiyachining pedagogik kompetensiyalarini doimiy oshirib borishi, bu eng avvalo bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan, ahloqiy me'yor va qadriyatlarni o'zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, "Men" obrazini qurish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat usullarini shakllantirishda asosiy omildir. Mazkur pedagogik konsepsiyada ko'rsatilgan vazifalar, yo'nalish va natijalarga erishish maqsadida men o'zim uchun bir o'quv yiliga rejalashtirilgan chora-tardbirlar rejamni ham tuzib chiqdim. Maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilishning zamonaviy sharoitida tarbiyachining maqomi tubdan o'zgarib bormoqda, uning ta'lim funksiyalari, shunga muvofiq, uning kasbiy va pedagogik kompetensiyasiga, uning kasbiy mahorat darajasi talablari o'zgaradi. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolani tarbiyalash va rivojlantirishning zamonaviy tizimida o'zining shaxsiy salohiyatini safarbar qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qodir bo'lgan ijodkor, mahoratli tarbiyachi talab etiladi.
REFERENCES
1. Абзалхановна, С. М. (2023). РАЗВИТИЕ МЕТОДИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ В ПРОФЕССИОНАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Всемирный вестник социальных наук, 19, 101-103.
2. Sultansaidova, M. (2023). BO'LAJAK TARBIYACHILARNI KASBGA YO'NALTIRIB O'QITISHDA METODIK TAYYORGAR LIKNI TAKOMILLASHTIRISH. Академические исследования в современной науке, 2(5), 107109.
3. Babayeva, D. R., & Ochilova, X. S. (2022, October). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI NUTQ O 'STIRISH ORQALI MUSTAQIL FIKRLASHGA O 'RGATISH. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 8, pp. 21-23).
4. Sharipova, G. S., & Madaminjonova, M. S. (2022, April). BASIC CONCEPT IN CLOTHES DESIGN. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 12-15).
5. Sharipova, G. S. (2022). DISTRIBUTION AND MODERNIZATION OF ADVANCED PEDAGOGICAL PRACTICES IN THE LESSON PROCESS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(06), 12-15.
6. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). Fundamentals Of Professionalism Development On The Example Of Practical Exercises On Forming The Skills And Skills Of Future Teachers. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(6), 8894-8903.
7. Akhmedova, N. (2023). EMBROIDERY IN UZBEKISTAN: A RICH HISTORY AND PRACTICAL CRAFTSMANSHIP. Science and innovation, 2(C5), 81-84.
8. Akhmedova, N. E. (2023). People's practical art traditions as the basis for developing the artistic-pedagogical abilities of future art teachers. Science and innovation, 2(B4), 701-705.
9. Tirkashevna, R. Z. (2023). LANDSHAFT DIZAYNI BO 'YICHA TA'LIM: MUAMMOL AR VA TAKLIFLAR. Лучшие интеллектуальные исследования, 4(1), 158-164.
0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
10. Раджапова, З. Т., & Мирзаева, Г. З. (2023). ИННОВАЦИОННАЯ ТЕХНОЛОГИЯ В ЛАНДШАФТНОМ ДИЗАЙНЕ.(в дошкольных образовательных организациях). Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 7(4), 7076.
11. Раджапова, З. Т., & Мирзаева, Г. З. (2023). ИННОВАЦИОННАЯ ТЕХНОЛОГИЯ В ЛАНДШАФТНОМ ДИЗАЙНЕ.(в дошкольных образовательных организациях). Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 7(4), 7076.
12. Tirkashevna, R. Z. (2023). PEDAGOGIK KOMPETENTLIK-SHAXSGA TALIM-TARBIYA BERISHNING MUHIM SHARTI. Science and innovation, 2(Special Issue 9), 125-128.
13. Babayeva, D. R., & Ochilova, X. S. (2022, October). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI NUTQ О 'STIRISH ORQALI MUSTAQIL FIKRLASHGA О 'RGATISH. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 8, pp. 21-23).
14. Намазбаева, Л. (2023). СОДЕРЖАТЕЛЬНЫЕ ФАКТОРЫ И ПРИНЦИПЫ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ К ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ. Европейский международный журнал педагогики, 3(02), 19-30.
15. Намазбаева, Л. З., & Латипова, Л. С. (2023). ДОШКОЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ В СОВРЕМЕННОМ РАКУРСЕ ВОСПРИЯТИЯ. Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 7(4), 84-91.
16. Намазбаева, Л. З. (2023). РОЛЬ ДЕТСКОГО ЭКСПЕРИМЕНТИРОВАНИЯ В РАЗВИТИИ ПОЗНАВАТЕЛЬНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ У ДЕТЕЙ И ИХ ПОНИМАНИЯ ОКРУЖАЮЩЕГО МИРА. Лучшие интеллектуальные исследования, 4(2), 23-28.
17. Намазбаева, Л. (2022). BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISH USULLARI VA TEXNOLOGIYALAR: Namazbayeva Ьэ1а, TN Qori №уоау nomidagi О^ЬеШоп pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (5), 132140.
18. Садикова, Д. Х., & Калауова, М. С. (2023). РОБОТЫ-ИГРУШКИ И МАТЕМАТИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ НА ЗАНЯТИЯХ. Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 7(5), 5-12.
19. Садикова, Д. Х. (2023). ФОРМИРОВАНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КАЧЕСТВ СТУДЕНТОВ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ НА ОСНОВЕ STEAM ТЕХНОЛОГИЙ. Лучшие интеллектуальные исследования, 4(2), 5-11.
20. Садикова Д. К., Мансурова А. М. (2023). Изучение зарубежного опыта применения технологий Steam в дошкольном образовании. Европейский журнал педагогических инициатив и образовательных практик, 7(2), 162-167.
21. Садикова Д. К., Солодова Ю. В. (2023). КЛАССИЧЕСКАЯ СИСТЕМА СЕНСОРНОГО ОБРАЗОВАНИЯ М. МОНТЕССОРИ В СИСТЕМЕ STEAM ШиСА1ТОК
22. Садикова Д. К. (2023). ОРГАНИЗАЦИЯ ТВОРЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ. Европейский международный журнал педагогики, 3(02), 31-35.