Научная статья на тему 'BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARIDA TADQIQOTCHILIK LAYOQATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI'

BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARIDA TADQIQOTCHILIK LAYOQATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
85
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TARBIYASHI / LAYOQAT / PEDAGOG / ILK QADAM / BILIM / MALAKALAR TARBIYALANUVCHI / KO'NIKMA / BARKAMOL AVLOD / TA'LIM-TARBIYA

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Komilova Sh.

Ushbu maqolada pedagog-tarbiyachilarning tadqiqotchilik layoqatini shakllantirish tizimiing imkoniyatlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF FORMATION OF RESEARCH MERIT IN EDUCATORS OF FUTURE PRESCHOOL EDUCATION ORGANIZATIONS

In this article, the possibilities of the system of formation of research merit of pedagogical educators are revealed.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARIDA TADQIQOTCHILIK LAYOQATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI»

Komilova Sh. magistranti Jizzax davlatpedagogika instituti

BO'LAJAK MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI

TARBIYACHILARIDA TADQIQOTCHILIK LAYOQATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Annotasiya: Ushbu maqolada pedagog-tarbiyachilarning tadqiqotchilik layoqatini shakllantirish tizimiing imkoniyatlari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Tarbiyashi, layoqat, pedagog, ilk qadam, bilim, malakalar tarbiyalanuvchi, ko'nikma, barkamol avlod, ta'lim-tarbiya.

Komilova Sh. master

Jizzakh State Pedagogical Institute

METHODOLOGY OF FORMATION OF RESEARCH MERIT IN EDUCATORS OF FUTURE PRESCHOOL EDUCATION

ORGANIZATIONS

Annotation: In this article, the possibilities of the system of formation of research merit of pedagogical educators are revealed.

Keywords: upbringing, merit, educator, first step, knowledge, skills, skills, competency generation, education.

Har tomonlama yetuk, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalash, ta'lim-tarbiya berish, hozirgi kun ta'lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida eng asosiy bo'g'in hisoblangan maktabgacha ta'lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi o'rni va ahamiyatini e'tiborga olib, har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198-sonli "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni, 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707 "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori, 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari" hamda "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o'quv dasturini

amalda joriy etilishi mazkur sohani yanada takomillashtirishga qaratilganligi fikrimiz dalildir.

O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunining 11 -moddasida: «Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Bu ta'lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog'chasida va mulk shaklidan qat'iy nazar, boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi», deb ta'kidlangan. Darhaqiqat, maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish, barkamol avlod ta'lim-tarbiya jarayonining tarbiyachilar tomonidan to'g'ri tashkil etilishini ta'minlashda tarbiyachilarning kasbiy mahorati hamda ularning tadqiqotchilik layoqatini oshirish jarayonini samarali tashkil etish muhim hisoblanadi.

Globallashuv davrida maktabgacha ta'lim sohasidagi muhim vazifalarni quyidagicha talqin etish mumkin:

- milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga mos va taraqqiyotni rag'barlantiruvchi darajadagi ta'limni joriy etish;

- ta'lim muassasalari va ta'limiy xizmat iste'molchilari o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish;

- iste'molchi va ta'lim muassasasi o'rtasidagi raqobatbardoshlikni yanada kuchaytirish;

- bola tarbiyasiga ijtimoiy jamoatchilikni jalb etish. Yuqoridagi vazifalarni hal etishda albatta milliy ta'lim modelining muhim tarkibiy qismi bo'lgan pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi alohida o'rin tutadi.

Pedagog-tarbiyachilarning tadqiqotchilik layoqatini shakllantirish tizimi pedagog kadrlar tomonidan yangi ma'lumotlarni o'zlashtirish, bilim, ko'nikma va malakalar olishning bosh manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham, aynan mazkur tizim, ma'lum ma'noda, ta'lim tizimi xodimlarining sohada amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlariga tayyorligi uchun mas'ul va shu bois unga alohida e'tibor qaratilmoqda. Darhaqiqat fikrimizning davomi sifatida 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini keltirishimiz mumkin. Mazkur strategiyaning «Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish» yo'nalishida uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish kabi vazifalar belgilab berilgan. Tezkor rivojlanayotgan davrda ta'limni insonparvarlashtirish pedagog va murabbiylar oldiga ulkan vazifalarni yuklaydi, ya'ni ular axloqiy-ma'naviy jihatdan yetuk, ijtimoiy faol, ijodiy faoliyatga moyillik yangicha kasbiy dunyoqarash shuningdek, o'zgarayotgan zamon talablariga moslasha olish qobiliyatiga ega bo'lishlari talab etiladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda uzluksiz ta'limning ilk bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim muassasasida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarga ulkan

mas'uliyat yuklanadi. Bugungi kun tarbiyachisi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning eng samarali yo'llarini tanlay olish mahoratiga ega bo'lishi kerak. Tarbiya berish jarayonida bolalarda nafaqat qoida va xulq-atvor me'yorlari, balki barcha ijobiy fazilatlar shakllantiriladi. Buning uchun tarbiyachida pedagogik mahorat, tadqiqotchilik layoqati shakllangan bo'lishi lozim. Tadqiqotchilik layoqati inson tarbiyasini amalga oshiruvchi o'quv-tarbiya ishlarining samarali bo'lishiga ta'sir etuvchi muhim omillardan hisoblanadi. Bola shaxsining shakllanishi tarbiya jarayoni bilan bog'liq bo'lib, uni hech qaysi jarayon bilan taqqoslab bo'lmaydi. Har qanday amaliy faoliyat, insonning eng yuqori ma'naviy va ruhiy ehtiyojlarini qondiradi. Ehtiyojlar insonga tegishli bo'lib, o'ziga xos xususiyatlarni tashkil etadi va u albatta san'atga aylanadi. Bunda pedagogika asosiy o'rinda turadi, chunki u insonning eng muhim ehtiyojlaridan birini qondirishga harakat qiladi. Pedagogika inson va uning tabiati ya'ni uning qalbini takomillashtirishga xizmat qiladi. Bu fanning asosiy maqsadi mukammal shaxsni shakllantirishdan iborat.

Shuningdek, tarbiyachilarning tadqiqotchilik layoqati pedagogik faoliyatning eng yuqori darajasi, deb tavsiflanadi. Tadqiqotchilik layoqati faoliyatning eng yuqori cho'qqisi bo'lib, muayyan vaqt mobaynida samaraga erishishdir. Tadqiqotchilik layoqati tarbiyachi shaxsining o'ziga xos xususiyatlar majmui bo'lib, kasbiy faoliyatning mustaqil tashkil etishni ta'minlovchi, refleks asosida amalga oshiruvchi jarayon hisoblanadi. Tadqiqotchilik layoqati tarbiyachining mukammal ijodiy kasbiy vazifasini bajarish san'atidir. Har bir ta'lim oluvchiga shaxs sifatida shakllanishi uchun ijtimoiy-psixologik sharoit yaratish, aqliy rivojlanishini yuqori darajada ta'minlash, ularda odob-axloq sifatlarini tarbiyalash va ma'naviy jihatdan boyitishdan iborat. Mahorat va san'at pedagogning ta'lim oluvchini shaxs sifatida har tomonlama tarbiyalash ko'nikmasi hisoblanadi. Tarbiyachilarning tadqiqotchilik layoqati har bir shaxsning rivojlanishidagi ma'naviy muhit, uning cho'qqilarni zabt etish ruhini o'zida mujassamlashtirib, o'zining «MEN»ligini ko'rsatib, insoniyat qadriyatidagi kuchlarni yig'ib, o'zining yolg'iz emasligini his qilibgina qolmasdan, ma'naviy boy bo'lishni ham ta'minlaydi.

Tarbiya berish jarayonida har bir pedagog-tarbiyachilar tadqiqotchilik layoqatiga asoslanib pedagogik mahorat darajasida amalga oshirish lozim. Pedagogik mahorat murakkab jarayon bo'lib, ta'lim tizimida integrativ xarakterga ega hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, avvalambor, pedagogning tashkilotchiligi, uning xulq-atvori, keyingina maxsus bilim va ko'nikmalari turadi. Bularsiz hech bir pedagog yaxshi tarbiyachi bo'lishi mumkin emas. Agarda pedagog nutqi ravon bo'lmasa, bola bilan har qanday vaziyatda muloqot qilishda qiyinchilik tug'iladi. Agarda kasbiga xos malaka va ko'nikmaga ega bo'lmasa, talab darajasidagi tarbiyachi bo'la olmaydi. Buning uchun tarbiyachi pedagogik texnikaga ega bo'lishi, ovoz toni, mimika, yuz qarashlarini ifoda eta olishi hamda kayfiyati ham hamohang bo'lishi talab etiladi. Tarbiyachi tashkilotchi, hazil mutoyibaga moyil, quvnoq, zukko, shu

bilan birga talabchan ham bo'lishi lozim. Tarbiyachi o'zini shunday tutishi kerakki, har bir hatti-harakati tarbiyaga bog'langan bo'lib, har bir holatdan nima olish zarur va nima olish zarur emasligini anglay olishi lozim.

Foydalangan adabiyotlar ro'yxati:

1. "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora -tadbirlari to'g'risida"gi 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198-sonli Farmoni.

2. "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707 Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi PQ-4312-son 08.05.2019-yil

4. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. T.: 2020 yil 23 sentabr.

5. "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o'quv dasturi. T.: 2018

yil.

6. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standart i. 802-son 22.12.2020 yil.

7. "Maktabgacha ta'limda zamonaviy yondashuvlar" O'quv - uslubiy majmua. T.: 2018 yil.

8. Ziyayeva M. Innovative teaching methods of the russian language //MODERN SCIENTIFIC RESEARCH. - 2019. - Т. 46.

9.Ziyayeva M. F. Teaching a foreign language using computer technologies //SCIENCE AND WORLD. - 2013. - Т. 46.

10.Ziyayeva M. FEATURES OF EFFECTIVE EDUCATION FOR ADULTS //Конференции. - 2021.

11.Зияева М. Ф. Обучение иностранному языку с использованием компьютерных технологий //Наука и мир. - 2020. - Т. 2. - №. 5. - С. 45-46. 12.Fazlidinovna Z. M. DEVELOPMENT OF WOMEN'S AND GIRLS'SPORTS FUTURE //Конференции. - 2020.

10.Зияева М. Ф. ШАХС МАЪНАВИЙ КАМОЛОТИДА ТИЛШУНОСЛИКНИНГ ТУТГАН УРНИ //Academic research in educational sciences. - 2022. - Т. 3. - №. 2. - С. 555-559.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.