Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA'LIM KELAJAKDAGI MUVAFFAQIYAT ASOSIDIR'

MAKTABGACHA TA'LIM KELAJAKDAGI MUVAFFAQIYAT ASOSIDIR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
40
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogika / “Ilk qadam” dasturi / maktabgacha ta’lim / maktabga tayyorlov / metodik ko’rsatmalar. / Pedagogy / "Ilk qadam" program / preschool education / preparation for school / methodical instructions.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Taniqulova, Dilfura G’iyosiddinovna

Ushbu maqola Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida joriy etilgan “Ilk qadam” davlat dasturi mazmunini yoritishga bag’ishlanadi. Shuningdek, mazkur dastur doirasidagi bajarilishi lozim bo’lgan masalalar to’g’risida mulohazalar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRESCHOOL EDUCATION IS THE BASIS OF FUTURE SUCCESS

This article is devoted to the content of the "Ilk qadam" state program, which was introduced to develop the preschool education system. Also, it will be discussed about the issues that must be fulfilled within the framework of this program.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA'LIM KELAJAKDAGI MUVAFFAQIYAT ASOSIDIR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(10), October, 2023

MAKTABGACHA TA'LIM - KELAJAKDAGI MUVAFFAQIYAT ASOSIDIR

Taniqulova Dilfura G'iyosiddinovna

Navoiy shahar 32-DMTT tarbiyachisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola Maktabgacha ta 'lim tizimini rivojlantirish maqsadida joriy etilgan "Ilk qadam " davlat dasturi mazmuniniyoritishga bag'ishlanadi. Shuningdek, mazkur dastur doirasidagi bajarilishi lozim bo'lgan masalalar to'g'risida mulohazalar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: Pedagogika, "Ilk qadam" dasturi, maktabgacha ta'lim, maktabga tayyorlov, metodik ko 'rsatmalar.

PRESCHOOL EDUCATION IS THE BASIS OF FUTURE SUCCESS

Tanikulova Dilfura Giyosiddinovna

Kindergartener of the 32nd DMTT of Navoi city

ABSTRACT

This article is devoted to the content of the "Ilk qadam" state program, which was introduced to develop the preschool education system. Also, it will be discussed about the issues that must be fulfilled within the framework of this program.

Key words: Pedagogy, "Ilk qadam " program, preschool education, preparation for school, methodical instructions.

ДОШКОЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ - ОСНОВА БУДУЩЕГО УСПЕХА

Таникулова Дильфура Гиёсиддиновна

Воспитатель 32 ДМТТ города Навои

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящена содержанию государственной программы «Илк кадам», которая была введена в целях развития системы дошкольного образования. Также будут обсуждаться вопросы, которые должны быть решены в рамках этой программы.

Ключевые слова: Педагогика, программа «Илк кадам», дошкольное образование, подготовка к школе, методические указания.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(10), October, 2023

KIRISH

Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasining birinchi va muhim bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoqda. 2017 yil 16 avgust va 19 oktyabr kunlari bo'lib o'tgan yig'ilishlarda bu masala atroflicha muhokama qilingan edi. 2017-yil 30-sentyabrda Prezidentimiz tomonidan "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmon qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining hududlarga tashriflari chog'ida o'tkazilgan majlislarda ham bu borada ko'plab vazifalar belgilab berildi.

Maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini hisoblanib, u har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va ularni maktabga tayyorlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda yoshlarning kelajagiga qaratilayotgan e'tibor, ta'lim tizimida istiqbolli dasturlar asosida olib borilayotgan amaliy ishlar Vatan, jamiyat taraqqiyoti yo'lida mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari maktab yoshigacha bo'lgan bolalarning savodini chiqarish, ularda Vatanni sevish, u bilan g'ururlanish hissini uyg'otish, dunyoqarashini kengaytirish imkonini beradi. Zamonaviy bog'chalarda ta'lim-tarbiya olayotgan o'g'il-qizlar jamiyatga munosib inson bo'lib ulg'ayishadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishga qo'yiladigan Davlat talablari va "Ilk qadam" davlat dasturi asosida rejalashtiriladi. Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tasavvuridagi Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarmni sifatli maktab ta'limiga tayyorlashda alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan "Ilk qadam" davlat dasturini ta'lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish, dasturni to'laqonli ishlab ketishida metodik ta'minot va metodik yordamning o'rni belgilab olindi.

"Ilk qadam" dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachning o'rniga alohida e'tibor qaratildi. Ta'lim tashkilotining ishchi o'quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz

3(10), October, 2023

MTTda rivojlanish markazlarini tashkil etish Davlat talablari va "Ilk qadam" davlat o'quv dasturini amalga oshirishni nazarda tutadi. Markazlarda ishlash har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda eng samarali rivojlanishiga imkon beradigan tarzda, uning individual qobiliyatlari, qiziqishlari, faoliyat darajasini inobatga olgan holda tashkil etiladi.

Ushbu o'quv dasturi eng yaxshi xalqaro amaliyot hamda Janubiy Koreya tajribasi asosida ishlab chiqilgan.

"Ilk qadam" o'quv dasturining asosiy maqsadi hayoti davomida uzluksiz rivojlanishga qodir bo'lgan shaxsni shakllantirishdan iboratdir. Bu zamonaviy pedagogik tizimning asosiy o'ziga xosligi bolalarda o'qishga qiziqish uyg'otish hisoblanadi. Bu esa bolalarni ta'lim jarayoniga qiziqtirishga alohida e'tibor berish kerak deganidir.

Tizimdagi yana bir qiziqarli yangiliklardan biri bu bolaning rivojlanish kartasi paydo bo'lishidir. U o'zida bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan davrini qamrab oladi. Karta bir yilda uch marta to'ldiriladi. Bola maktabgacha ta'lim muassasa sini bitirganidan so'ng ya'ni 6-7 yoshda bolaning maktabga tayyorligi kartasi ham to'ldiriladi.

Ushbu jarayon davlatning yangi talablariga asoslanadi. U bola rivojlanishining beshta asosiy yo'nalishini qamrab oladi:

- Jismonan rivojlanish va sog'lom hayot tarzini shakllantirish;

- Ijtimoiy-emotsional rivojlanish;

- Nutq, suhbatlashish, o'qish va yozishdagi yutuqlari;

- Bilim olish jarayonining rivojlanishi;

- Ijodiy rivojlanish.

Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati Maktabgacha ta'lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari javobgar bo'ladi. Zarurat tug'ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta'lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o'quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi. MTMlarda o'quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish turlari yillik mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi tomonidan rejalashtirishni amalga oshirish yoritib beriladi. O'quv-tarbiyaviy faoliyat "O'zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari" asosida amalga oshiriladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz

3(10), October, 2023

Xulosa o'mida ta'kidlash joizki, Dastur - muhim vosita bo'lib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar) O'zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta'lim jarayonini tashkil qilish yo'llarini belgilaydilar. Zero, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "Zamonaviy maktabgacha ta'lim sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o'rin tutadi" deya ta'kidlaydi.

"Ilk qadam" dasturi doirasida Navoiy shahar 32-DMTTda ham bir qator ishlar muntazam ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda DMTT mudirasi Boltaboyeva Shohsanam Istamovnaning xizmatlari beqiyos. Bog'chamiz mudirasi bolajonlar bilan ishlashdek mas'uliyatli vazifani bajarishni o'z burchi deb hisoblaydi. Bu borada u yetarlicha bilim va tajribaga ega. Ishining murakkabligi, qiyinchiligiga fidoyilik bilan javob qaytaradi, el xizmatidan charchamaydi.

"Yurtimizda yoshlarning kelajagiga qaratilayotgan e'tibor, ta'lim tizimida istiqbolli dasturlar asosida olib borilayotgan amaliy ishlar Vatan, jamiyat taraqqiyoti yo'lida mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi"-deydi Shohsanam Istamovna.

REFERENCES

1. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston, 2020.

2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PQ-4312-sonli Qarori. 2019 yil 8 may. https://lex.uz.

4. Niyozov G'., Ahmedov Q., Tojiboev Q. Sharq allomalari va ma'rifatparvar adiblarning barkamol avlod tarbiyasiga oid ma'naviy - ahloqiy qarashlari. T.: "O'zbekiston", 2010, 17-bet.

5. Дружинина В.. "Психология " Учебник. "Питер", 2003.

6. Sulaymonova, S. N. (2023). IBN MISKAVAYHNING IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARIDA JAMOAVIY HAMJIHATLIK VA O'ZARO MUHABBAT MASALASI. International scientific journal of Biruni, 2(2), 203-208.

7. Sulaymonova, S. N. (2022). IBN MISKAVAYHNING "TARTIBUS-SAODAT" VA "MANAZILULULUM" ASARI HAQIDA. Academic research in educational sciences, 3(12), 684-688.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.