Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA ILK QADAM DASTURIDAN FOYDALANISH'

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA ILK QADAM DASTURIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
60058
2331
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maktabgacha talim / konsepsiya / Ilk qadam dasturi / bola / malaka.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Malika Tursinboyeva, K. D. Tleumbetova

Maqolada maktabgacha talim tizimi rivojlanishining hozirgi kundagi holati va sohada olib borilayotgan islohotlar haqida malumotlar, tavsiya va xulosalar keltirilgan bo’lib ushbu jarayonda “Ilk qadam” dasturining maktabgacha talim muassasalarida qo’llanlilishi haqida ham malumotlar berib o’tilgan..

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA ILK QADAM DASTURIDAN FOYDALANISH»

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA ILK QADAM DASTURIDAN

FOYDALANISH

Malika Tursinboyeva

Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi II kurs magistranti

Ilmiy rahbar: dots. K. D. Tleumbetova

ANNOTATSIYA

Maqolada maktabgacha talim tizimi rivojlanishining hozirgi kundagi holati va sohada olib borilayotgan islohotlar haqida malumotlar, tavsiya va xulosalar keltirilgan bo'lib ushbu jarayonda "Ilk qadam" dasturining maktabgacha talim muassasalarida qo'llanlilishi haqida ham malumotlar berib o'tilgan..

Kalit so'zlar: Maktabgacha talim, konsepsiya, Ilk qadam dasturi, bola, malaka.

KIRISH

Mamlakatimizda so'ngi yillarda talim sohasida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha talim alohida vazirlik sifatida tashkil qilinganligi yosh avlod tarbiyasining eng quyi pog'onasiga naqadar katta etibor berilayotganligiga yaqqol misol bo'la oladi. Jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi1, farmoni, O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2019-yil 10-maydagi PQ-4312/3106-sonli qarori PQ-2707-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5198-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasi to'g'risida»gi PF-4947-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya'ning Davlat standartini tasdiqlash to'g'risida" 802-sonli qarori va mavzuga bevosita bog'liq bo'lgan BMTning bolalar jamg'armasi YUNISEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi texnik ko'magi yordamida yaratilgan maktabgacha ta'lim muassasalarining "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi yuqoridagi so'zlar namunasidir.

ADABIYOTLAR SHARHI

Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga talim tarbiya berish va "Ilk qadam" dasturi doirasidagi ishlar ijrosi bo'yicha ko'plab olimlar sohadagi boshqa masalalarga etibor qaratgan holda fundamental tadqiqotlarni olib borganlar. Jumladan xorij

1 Lex.uz malumotlaari asosida

tadqiqotchilari A.A.Markov, A.A.Lyapunov, V.Dobulov, va boshqalar tomonidan ham ushbu tizimning dozlarb muammolari o'rganilgan.

O'zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalarida interfaol metodlarini amalga oshirishning metodik ahamiyati shakllantirish vazifalarini o'rganishning muammolarini F.B.Valixo'jayeva, Z.Rahimova, N.Egamberdiyeva, S.K.Annamuratova, S.Bulatov, SH.Munavvarov, H.Nurmatov, A.Sulaymonov va boshqa tadqiqotchilar o'rganganlar.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Avvalo bir jihatga alohida to'xtalish lizmki, bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish «Ilk

-5

qadam» dalat o'quv dasturi asosida amalga oshiriladi .

Davlat talablari asosida tuzilgan «Ilk qadam» dalat o'quv dasturiga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarning ota-onalari, tarbiyachilari hamda o'zlari uchun turli sohalar bo'yicha dasturlar, qo'llanmalar, tavsiyalar, qiziqarli kitoblar, aqlan va jismonan rivojlantirishga yordam beradigan turli-tuman o'yinchoqlar va ta'lim tarbiya qurollari yaratiladi.

Yosh avlodni tarbiyalash va o'qitish Maktabgacha ta'lim tizimining boshlang'ich bo'limi bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan boshlanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya ishini davr talabi darajasida olib borish maqsadida «Ilk qadam»davlat o'quv dasturi tuzilgan. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'limi vazirligi bu dasto'rni respublikamizning o'ziga xos tomonlarini: iqlimi, jugrofiy, iqtisodiy, madaniy, milliy sharoitlarini hisobga olib, uni qayta ishlab chiqdi. Dastur tug'ilgandan to yetti yoshgacha bo'lgan bolalar egallashi lozim bo'lgan bilim va malakalar hajmini o'z ichiga oladi. U maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning psixologik-fiziologik va o'ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda ularni har tomonlama kamol toptirishni nazarda tutadi.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar, asosan, maktab ta'limiga maktabgacha ta'lim tashkilotlarida va oilada tayyorlanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktab ta'limiga tayyorlash 3 bosqichda amalga oshiriladi4.

1. Bolalarni nutqini rivojlantirish.

2. Jismonan rivojlantirish.

3. Ma'nan rivojlantirish.

Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablari sog'lom va yetuk, maktabga, o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirib borishdan iboratdir.

2 Dolimova Davlatoy "Bolalarni qurish-yasashga o'rgatishda interfaol metodlaridan foydalanish metodikasi(tayyorlov guruh misolida)" Namangan-2019 6-b

3 D.Q. Asqarova "Bolalalarni maktab ta'limiga tayyorlash metodikasi" o'quv qo'llanma Toshkent-2020 11-b

4 Roziqova M., Umarova K., Murodova N. Maktabgacha ta'lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari uchun rivojlantiruvchi o'yinlar majmuasi. Toshkent, 2013.

Ilmiy jihatdan asoslangan aniq pedagogik rejaning mavjudligi pedagog ishini yengillashtirib, uning ijodiy imkoniyatlarini oshiradi. Ta'limtarbiya ishini rejalashtirish pedagog, bolalar jamoasi va ota-onalarning o'zaro hamkorligiga, ular tomonidan birgalikdagi faoliyat maqsad va vazifalarini tahlil etishga asoslanadi.

O'zbekiston Respublikasining maktabgacha ta'limga qo'yiladigan Davlat talablari, bolalarni qisqa muddatli guruhlarda maktabga tayyorlash «Ilk qadam» davlat o'quv dasturi pedagoglar uchun yangi imkoniyatlarni vujudga keltiradi, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim jarayonini tashkil etishda qo'llanayotgan eski shakl va uslublarni qayta ko'rib chiqishga undaydi, pedagogik tashabbus, tajriba va ijodga keng yo'l ochadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilish va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik goyalariga sodiq holda voyaga yetib borishini ta'minlash, ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yilgan davlat talablariga muvofiq maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantiris h jarayoni oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish «Ilk qadam» davlat o'quv dasturi asosida amalga oshiriladi

Taxminiy ish tartibi: HAFTALIK KUN TARTIBI REJASI5

T/r Faolh at tu rlia.ri Ofctkazi!th muddatlari

II Bolalarni erkin mustaql] faoliiyatii Har Ik uni

4 O^yin faoli>rati Har kuni

5 Tasviriy fkoliyaJt H a ft a da -4 marta

6 Atrof- muhitni ö ' rjgajni sh Haflada 2 marta

7 Tabiat bilan tanlshtlrlsh H a ft a da 1 marta

K Elementar matematLka H a ft a da 2 marta

\1 U5tqa H a ft a da 2 marta

ie> Jismoniy tarbiya Haflada 2 marta

11 N u fcq o ~ s-t i ri s Hi Haflada 1 marta

12 Savodga tayyorlash H a ft a da 1 marta

NATIJA

Yuqoridagi tahlillar va dastur tarkibini o'rganish natijasida ushbu jihatlarni aniqladik: bolalarni savodxonlikka o'rgatishda davlat talablarining o'rni alohida ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar maktabgacha ta'lim tizimi hamda

5 D.Q. Asqarova "Bolalalarni maktab ta'limiga tayyorlash metodikasi" o'quv qo'llanma T-2020 20-b

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

oilalarda bolani to'laqonli tarbiyalash, ta'lim berish va rivojlantirish, uni maktabga samarali tayyorlashda qo'llanishi majburiy bo'lgan davlat hujjati bo'lib hisoblanadi6. Davlat talablari 0-7 yoshli bolaning qay darajada rivojlanganligi va egallagan yutuqlarini baholab boruvchi talablar bo'lib, ular bilim, malaka va ko'nikmalar

n

rivojlanishining ko'rsatkichlarini belgilaydi :

1. Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi;

2. Ijtimoiy - hissiy rivojlanish.

3. Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari.

4. Bilish jarayonining rivojlanishi.

5. Ijodiy rivojlanish.

Mazkur 5 ta yo'nalish 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning o'z-o'ziga xizmat ko'nikmalarining shakllanishi, nutq, o'qish va savodga tayyorlash darajasini, atrof-olam haqidagi tushunchalarni va qo'yilgan talablarni egallashi uchun asosiy omil hisoblanadi. U maktabgacha ta'lim tizimining mohiyatini belgilaydi va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, barcha bolalarning tengligi va bolalik qadriyatini saqlagan holda har bir bolaning individual (alohida) rivojlanishini ta'minlashga yo'naltiradi. XULOSA VA MUNOZARA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, maktabgacha talim tizimida ushbu dasturni qo'llash umumiy miqyosdagi amaliy tajriba hisoblanadi va ushbu tizimni qo'llashda mamlakatimizdagi boshqa talim tizimlari va ijtimoiy institutlarning integratsion faoliyati zarurdir. Zero bir bolaga yeti mahalla ota-ona degan naql bejizga xalqimiz orasida mashhur emas. Shu nuqtai nazardan "Ilk qadam" davlat dasturining har bir maktabgacha talim muassasasida amaliyotga tadbiq etilishi bugungi kundagi sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni malum tizimga soluvchi omil sifatida faoliyat olib boradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5198-sonli farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ2707- sonli qarori.

3. "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim tashkilotlarining Davlat o'quv dasturi. "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturi BMTning Bolalar

6 Egamberdieva N. Ijtimoiy pedagogika. Toshkent: A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009

7 Qodirova F., Toshpo'latova Sh., A'zamova M. Maktabgacha pedagogika.Toshkent: "Ma'naviyat", 2013.

jamg'armasi YUNISEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi texnik ko'magi yordamida yaratildi va nashr etildi. T.: 2018.

4. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, O'zbekiston, 2017 yil, 488 bet.

5. D.Q. Asqarova "Bolalalarni maktab ta'limiga tayyorlash metodikasi" o'quv qo'llanma Toshkent-2020 11-b

6. Egamberdieva N. Ijtimoiy pedagogika. Toshkent: A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009.

7. Qodirova F., Toshpo'latova Sh., A'zamova M. Maktabgacha pedagogika.Toshkent: "Ma'naviyat", 2013.

8. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. Toshkent: Tafakkur sarchashmalari, 2013.

9. Roziqova M., Umarova K., Murodova N. Maktabgacha ta'lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari uchun rivojlantiruvchi o'yinlar majmuasi. Toshkent, 2013.

10. www. tdpu. Uz

11. www. pedagog. Uz

12. www. ziyonet. Uz

13. www. edu. Uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.