Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MASHG`ULOT TA`LIM BERISHNING ASOSIY SHAKLI SIFATIDA'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MASHG`ULOT TA`LIM BERISHNING ASOSIY SHAKLI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

31396
934
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabdagi o‟qishga tayyorlash / bolani sog‟lom / rivojlangan / mustaqil shaxs bo‟lib shakllantirish / qobiliyatlarni ochib berish / o‟qishga / tizimli ta‟limga bo‟lgan ishtiyoqini tarbiyalash / preparing for school / shaping the child into a healthy / developed / independent person / revealing their abilities / fosteri ng a passion for learning / systematic education

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilnura Sohib Qizi Toshtemirova

Mashg„ulot – pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Ushbu maqolada maktabgacha ta‟lim tashkilotda bolalarga ta‟lim berishning asosiy shakli bo‟lgan mashg‟ulotning mazmuni va axamiyati xaqida so‟z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A lesson is when a teacher informs children in advance about the knowledge and skills they need. This article discusses the content and importance of education, which is the main form of education for children in preschool education.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MASHG`ULOT TA`LIM BERISHNING ASOSIY SHAKLI SIFATIDA»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-922-926

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MASHGULOT - TALIM BERISHNING ASOSIY SHAKLI SIFATIDA

Dilnura Sohib qizi Toshtemirova

Jizzax davlat pedagogika institute o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mashg'ulot - pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotda bolalarga ta'lim berishning asosiy shakli bo'lgan mashg'ulotning mazmuni va axamiyati xaqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: maktabdagi o'qishga tayyorlash, bolani sog'lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo'lib shakllantirish, qobiliyatlarni ochib berish, o'qishga, tizimli ta'limga bo'lgan ishtiyoqini tarbiyalash

ABSTRACT

A lesson is when a teacher informs children in advance about the knowledge and skills they need. This article discusses the content and importance of education, which is the main form of education for children in preschool education.

Keywords: preparing for school, shaping the child into a healthy, developed, independent person, revealing their abilities, fostering a passion for learning, systematic education

KIRISH

Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlab, o'qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otib, tizimli o'qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo'lgan maktabgacha ta'lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'limning maqsadi -bolalarni maktabdagi o'qishga tayyorlash, bolani sog'lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo'lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o'qishga, tizimli ta'limga bo'lgan ishtiyoqini tarbiyalash hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari aniq bir yoshdagi bolaning rivojlanish standartlarini va bolaning yutuqlari va rivojlanish darajasini baholash imkoniyatini beruvchi indikatorlarni belgilaydi. Ushbu xujjat, birinchi navbatda, oilalarga bolaning

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-922-926

to'laqonli rivojlanishi, ta'lim-tarbiyasida, uni maktabda ta'lim olishga samarli tayyorlashda yordam berishni nazarda tutadi.U maktabgacha ta'limning mazmunini belgilaydi va mulk shaklidan qat'iy nazar, maktabgacha ta'lim tashkilotlarini bolalikning qadr-qimmatini saqlab qolgan xolda barcha bolalarning tenghuquqligini va har bir bolaning individual rivojlanishini tadbiq etishga yo'naltirilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo'g'inidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko'ra, inson o'z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo'lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning sog'lom va bilimli, yetuk kadrlar bo'lib voyaga etishida maktabgacha ta'lim tarbiyasi juda - muhim o'rin tutadi. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti SHavkat Mirziyoev bu tizimga alohida e'tibor qaratmoqda. Shu masalaga doir bir necha yig'ilish o'tkazildi, tarixiy qarorlar qabul qilinmoqda. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti bu tizimga alohida e'tibor qaratmoqda. Shu masalaga doir bir necha yig'ilishlar o'tkazildi, qarorlar qabul qilinmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2017 yil 16 avgust kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur tashkilotlarga bolalarni to'la qamrab olish bo'yicha muhim vazifalar qo'yilgan edi.

NATIJALAR

Mashg'ulot ta'lim tashkilotda bolalarga ta'lim berishning asosiy shaklidir. Mashg'ulot - pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta'lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigenik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi, sanoq-hisob harakatlari kabi turli tuman malaka va ko'nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta'lim berishda bosh rolni mashg'ulot egalaydi. Mashg'ulotlar maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'limni tashkil etish shaklidir.

Ta'lim shakli deganda ta'lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma'lum bir vaqtda o'tkaziladi.

Ta'lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o'rtasidagi o'zaro ta'sir xususiyatiga, o'tkazish joyiga shuningdek kun tartibida egallagan o'rniga qarab bir-biridan farq qiladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-922-926

Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'limning frontal (umumiy), jamoaviy va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta'lim berish ishlari ekskursiya, talimiy o'yinlar orqali, kun davomida bolalarning mashg'ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o'yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirilib boriladi.

Mashg'ulot maktabgacha ta'lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma'lum o'rin va vaqt ajratilgan. Mashg'ulot tarbiyachi rahbarligida o'tkaziladi, tarbiyachi mashg'ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalarning amaliy mashg'ulotlarini tashkil etadi. O'quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.

Mashg'ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg'ulot orqali bolalar o'quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta'lim berish natijasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi.

MUHOKAMA

Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta'sir etishadi, o'z tashabbusi, topog'onligini namoyon qilish imkoniyati tug'iladi. Bolalar oldiga umumiy zo'r berishning talab etuvchi vazifa qo'yilganda birgalikda qayg'urishadi, jamoatchilik xissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o'yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o'qishda paydo bo'lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do'stona jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg'ulotda ta'lim berish orqali bolalarda maktabdagi o'qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik xissi, o'zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to'g'ri sifatlar hosil qilinadi.

Bolalarni maktab ta'limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlang'ich sinflarda dastur materialni yaxshi o'zlashtirib olishlarini ta'minlovchi bilim va malakalar mashg'ulotlar jarayonida xosil qilinadi. Mashg'ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish, malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy g'oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e'tibor beriladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-922-926

XULOSA

Mashg'ulotlarda ta'lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo'r berishni talab etadi, ya'ni u bolani aktiv faoliyati bilan bog'liq bo'lib bola ma'lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun mashg'ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e'tiborga olish zarur: mashg'ulotning vaqtini, kun tartibidagi o'rnini dasturning har xil bo'limlarini to'g'ri almashtirib turishni oldindan o'ylab, aniq belgilab olish zarur.

REFERENCE

1. Qodirova F.R., Qodirova R.M. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. - Toshkent: «Istiqlol», 2006.

2. "Ilk qadam" davlat oquv dasturi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay'at yig'ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr etilgan dasturi.

3. Г.И.ХАСАНОВА "Таълим жараёнида дастурлаштирилган укитиш технологиясидан фойдаланишнинг афзалликлари" Жиззах: 2020. 420 бет. 223-225б

4. Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг Креатив кобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 778-782

5. М.Усмонова . Укувчи шахсига йуналтирилган педагогик технологиялар Таълим технологиялари. 2016 йил. 4-сон.

6. М.Усмонова .Педагогик жараён лойихаси - машFулотлар самарадорлигини таъминлаш воситаси сифатида Бошлаетич таълим ва жисмоний маданият йуналишида сифат ва самарадорликни ошириш: муаммо ва ечимлар Халкаро илмий конферентсия. Тошкент. 25 май, 2017 йил

7. Садиковна, у. м. (2013). Ali §ir Nevai Eserlerinde Bitki Adlari . Dil ve Edebiyat Ara§tirmalari , (8) , 0-0 . Retrieved from

8. Maxfuza Usmanova, THE CONCEPT OF EDUCATIONAL PROFESSIONAL COMPETENCE AND ITS YIELD FACTORS , Архив Научных Публикаций JSPI: 2020: Архив №54

9. Norquziyeva, M. (2020). The role of educational technology in shaping the professional stability of students. Архив Научных Публикаций JSPI.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-922-926

10.Abdurakhmonovna, N. M. (2020). Methodology of giving professional knowledge to future teachers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1378-1383.

11. Manzura, N. (2021). Sustainable Activity in the Teaching Profession and Its Foundations. PsychologyandEducationJournal, 58(2), 1339-1345.

12.Abdurahmonovna, N. M. (2021). Pedagogical and Psychological Aspects of Professional Sustainability of Future Teachers.

5.Xasanova, G. (2020). Мактабгача таълим ташкилотларида халк OF3ara ижоди воситаларидан фойдаланишнинг педагогик мазмуни. Архив Научных Публикаций JSPI.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.