Научная статья на тему 'SHAXSGA YO’NALTIRILGAN TA’LIM BOLA IMKONIYATLARI POYDEVORIDIR'

SHAXSGA YO’NALTIRILGAN TA’LIM BOLA IMKONIYATLARI POYDEVORIDIR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
5654
353
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetensiyaviy yondashuv / maktabgacha ta`lim / farzand / ota-ona / ta`lim-tarbiya. / competency approach / preschool education / child / parent / education

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Alikulova, Muxayyo Sherovna

Maqolada maktabgacha ta`limda kompetensiyaviy yondashuvning bola rivojlanishida ahamiyati, mohir pedagoglarning bu usul bilan bola iqtidorini namoyon qila olishi hamda mashg`ulotlarning mukammal bo`lishida samara berishi hususida fikr yuritiladi. Maktabgacha ta’lim tashkillotlari barcha yosh guruhlarida tashkil etilgan rivojlanish markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni o’zlashtirishga, mustahkamlashga yordam berishi xususida mulohaza qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INDIVIDUAL EDUCATION -CHILDREN'S OPPORTUNITIES ARE THE FOUNDATION

The article discusses the importance of a competency-based approach in preschool education in the development of the child, the ability of skilled teachers to demonstrate the talents of the child in this way, as well as the effectiveness of the lessons. The processes in the development centers of pre-school education organizations in all age groups are considered to help children constantly acquire and consolidate new knowledge.

Текст научной работы на тему «SHAXSGA YO’NALTIRILGAN TA’LIM BOLA IMKONIYATLARI POYDEVORIDIR»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

SHAXSGA YO'NALTIRILGAN TA'LIM - BOLA IMKONIYATLARI

POYDEVORIDIR

Muxayyo Alikulova Sherovna,

Qarshi davlat universitetming Pedagogika instituti o'qituvchisi

АNNOTATSIYA

Maqolada maktabgacha talimda kompetensiyaviy yondashuvning bola rivojlanishida ahamiyati, mohir pedagoglarning bu usul bilan bola iqtidorini namoyon qila olishi hamda mashg^ulotlarning mukammal bolishida samara berishi hususida fikr yuritiladi. Maktabgacha ta'lim tashkiUotlari barcha yosh guruhlarida tashkil etilgan rivojlanish markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni o'zlashtirishga, mustahkamlashga yordam berishi xususida mulohaza qilinadi.

Kalit so zlar: kompetensiyaviy yondashuv, maktabgacha talim, farzand, ota-ona, talim-tarbiya.

INDIVIDUAL EDUCATION -CHILDREN'S OPPORTUNITIES ARE

THE FOUNDATION

Muxayyo Alikulova Sherovna,

Lecturer at the Pedagogical Institute of Karshi State University

ABSTRACT

The article discusses the importance of a competency-based approach in preschool education in the development of the child, the ability of skilled teachers to demonstrate the talents of the child in this way, as well as the effectiveness of the lessons. The processes in the development centers of pre-school education organizations in all age groups are considered to help children constantly acquire and consolidate new knowledge.

Keywords: competency approach, preschool education, child, parent, education.

ИНДИВИДУАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ - ДЕТСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ - ФОНД

Мухайё Аликулова Шеровна,

Преподаватель педагогического института Каршинского государственного

университета.

Scientific Journal Impact Factor

О

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается важность компетентностного подхода в дошкольном образовании в развитии ребенка, умение квалифицированными педагогами таким образом проявлять таланты ребенка, а также эффективность уроков. Считается, что процессы в центрах развития дошкольных образовательных организаций всех возрастных групп помогают детям постоянно приобретать и закреплять новые знания.

Ключевые слова: компетентностный подход, дошкольное образование, ребенок, родитель, образование.

Farzandini maktabgacha talim tashkiloti tomon yetaklayotgan onaning bu dargohdan, farzandidan umidi katta. Bolasi uchun eng osoyishta, ham manan, ham moddiy taminoti ta'minlanadigan, uning vaqtini mazmunli o4ishida sevimli mashg'ulotlari bilan taminlaydigan ham - bog'cha. Shundan o'zi ishxonada bo'lsa ham bolasidan havotir olmaydi.

Darvoqe, maktabgacha talim tizimi bugungi ijtimoiy turmush tarzimizning muhum qadamlaridan biriga aylanayotgani, tizimning yangi bosqichga rivojlanayotgani ham ota-onani, ham jajji farzandlarimizni quvontiradi. Yangidan barpo qilinayotgan maktabgacha talim tashkilotlari binolarida ilk bor talim olayotgan o'g'il-qizlarimiz nainki sog'lom ovqatlanish turidan balki sifatli talim mashg'ulotlaridan ham bahramand bo'lishmoqda.

Avvalo, sohani tubdan rivojlantirish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3955-son hamda 2019 yil 8 may2030 yilgacha maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha qarorlari yo4 xaritasi bo'ldi desak yanglishmaymiz.

Darhaqiqat, maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang'ich bo'gini hisoblanadi. Bu davrda bola dunyoni ahglaydi, o'z ona tilini o'zlashtiradi, ota-ona, oila va Vatanga mehri uyg'onadi, umri davomida oladigan bilimlariga zamin hozirlanadi. Bunda oila bilan birga maktabgacha ta'lim tashkilotining o'rni kattadir. Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim sohasida, yosh avlodni yetuk kadrlar etib tarbiyalash masalalariga doimiy e'tibor qaratib kelinmoqda.

Maktabgacha ta'lim tizimida "O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari" va "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muassasasi Davlat o'quv dasturining hamda "Ilm yo'li" variativ

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

O

dasturining ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilgani maktabgacha ta'lim sohasidagi ta'lim-tarbiya jarayonini samarali amalga oshirish imkoniyatini yaratdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"Ilm yo'li" variativ dastur mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar maktabgacha ta'limga qamrab olinmagan 6 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarni "Boshlang'ich ta'limga majburiy bir yillik tayyorgarlik guruh"lari mavjud bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagog-xodimlari uchun mo'ljallangan.

Bola kompetensiyasi - bolaning bilim, ko'nikma, malakalar va qadriyatlar majmuidir. Tayanch kompetensiyalar rivojlanish sohalaridan qat'iy nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Maktabgacha talimda kompetensiyaviy yondashuv deganda bolalarni ta'lim tashkilotida egallagan bilimlari orqali kundalik hayotda duch kelinadigan tanish yoki notanish vaziyatlarda foydalanishga tayyorlashdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o'sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan, axloqiy me'yor va qadriyatlarni o'zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko'zda tutadi.

Bolalarda o'yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko'nikmalardan ijodiy foydalanish imkoniyati yaratiladi. O'quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim tashkillotlari barcha yosh guruhlarida tashkil etilgan rivojlanish markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni o'zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o'z bilimini mustaqil ravishda to'ldirib borish, bo'layotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga o'rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir. Maktabgacha ta'lim tashkilotida rivojlanish markazlarini tashkil etish Davlat talablari va «Ilk qadam» davlat o'quv dasturini amalga oshirishni nazarda tutadi. Markazlarda ishlash har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda eng samarali rivojlanishiga imkon beradigan tarzda, uning individual qobiliyatlari, qiziqishlari, faoliyat darajasini inobatga olgan holda tashkil etiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda rivojlanish markazlarini tashkil etishning asosiy sharti pedagogdan tayyor bilim olishdan ko'ra, bolaga rivojlanish markazlarida faoliyatni tanlash imkoniyatini berish, bunda u atrofdagi dunyo haqida

Scientific Journal Impact Factor

0

bilimlami mustaqil ravishda egallashi, ko'nikmalari va qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaga qiziquvchanlik, mustaqil izlanish, tadqiqot jarayoniga qo'shilish imkoniyatini berishdir.

Rivojlanish markazlari ta'lim, rivojlantiruvchi, o'qitish, rag'batlantiruvchi, uyushgan, kommunikativ funksiyalarni bajarishi kerak. Eng muhimi, ular mustaqillikni rivojlantirish ustida ishlashlari kerak, bolalar va kattalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning shaxsga yo'naltirilgan ta'limga asoslangan bolaning tashabbusini rag'batlantirishi kerak. O'yin jarayonida bolalar hamkorlik qilishga o'rganadi, qoidalar bilan tanishadi va yangilarini ishlab chiqadi, o'ziga va boshqalarga baho berish ko'nikmalari rivojlanadi, shaxsiy, jismoniy, intellektual va ijtimoiy muammolarni hal etadi.

Guruh xonasidan moslashuvchan va o'zgaruvchan tarzda foydalanish talab etiladi. Rivojlanish markazlaridagi tematik, didaktik materiallarlar bolaning ehtiyojlari va manfaatlarini qondirishga xizmat qilishi kerak. Markazlarning dizayni estetik, bolalar uchun jozibali bo'lishi kerak, va mustaqil faoliyatga bo'lgan istakni keltirib chiqarishi kerak. Guruh xonasida rivojlanish markazlarini yaratishda o'yin faoliyatining etakchi rolini hisobga olish kerak. Rivojlanish markazlaridagi jihozlar xavfsiz va didaktik materiallarlar bolaga tegishli bo'lishi va bolalarning yoshiga mos bo'lishi kerak. Rivojlanish markazlaridagi didaktik materiallarlar tematik vazifalarni hisobga olgan holda o'zgarishi kerak. Markazlarni uskunalar bilan ortiqcha jihozlamaslik zarur. Rivojlanish markazlari bolalar va kattalar bilan aloqa qilish va birgalikdagi faoliyatni, shuningdek o'z o'zi bilan shug'ullanish imkoniyatini ta'minlashi kerak. Mavzuli rejalashtirishga ko'ra, pedagog rivojlanish markazlarini didaktik materiallarlar va o'yin uskunalari bilan ta'minlash ustida o'ylashi va to'ldirishi kerak.

Bolaning rivojlanishi faqat o'quv faoliyatida emas, balki o'yin tarzida ham amalga oshiriladi. Markazlardagi bolalarning o'yin va kognitiv faoliyati davomida tarbiyachi bolalarning ishini kuzatib boradi, tavsiya etilgan materiallar bolalar uchun qanchalik qiziq, qulay va xavfsiz ekanligiga e'tibor qaratadi. Agar kerak bo'lsa, tarbiyachi didaktik materiallarni to'ldiradi yoki o'zgartiradi. Tarbiyachi guruhdagi barcha bolalar besh kun davomida har bir markazga tashrif buyurishini ta'minlaydi. Kuzatish va tahlil asosida kutilayotgan natija, muammolar, yechimlar tarbiyachi har hafta oxirida bolalarning o'z maqsadlariga erishgan yutuqlarini qayd etadi, agar shunday bo'lsa, muammolar pedagogning va bolalarning va uning ota-onalarining shaxsiy ishi bilan belgilanadi.

Scientific Journal Impact Factor

0

Shunday qilib, rivojlanish markazlarida to'g'ri tashkil etilgan ishlar har bir bolaga o'ziga yoqadigan narsani topishga, uning kuchli va qobiliyatiga ishonishga, kattalar va tengdoshlar bilan o'zaro munosabatlarni o'rganishga, tushunishga imkon beradi va ularning his-tuyg'ularini va xatti-harakatlarini baholashga imkon beradi va aynan shu rivojlanish ta'lim asosida olib boriladi.

Shaxsga yo'naltirilgan ta'limning o'ziga xosligi shundaki, bola kimningdir istagiga ko'ra emas, o'z imkoniyatlari, salohiyati, tabiati xususiyatlariga mos ravishda shakllanadi. Shaxsga yo'naltirilgan ta'limning markazida bolaning o'z imkoniyatlarini to'la namoyon etishga intilishi, yangi tajribani qabul qilishi, turli hayotiy vaziyatlarda ongli ravishda qaror qabul qilishga qodirligi turadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida rivojlantiruvchi pedagogik muhitning sifatlari: bolalar yoshiga mosligi, estetik jihatdan ko'rkamligi, gigiyenik talablarga javob berishi, tinchlik va xavfsizlikni ta'minlanganligi, bolalarni barchasi foydalanishi mumkinligi, bolalar ruhiyatiga mosligi, rivojlantiruvchi ahamiyatga egaligidir.

Maktabgacha yoshdagi bolaning to'laqonli rivojlanishi uchun rivojlantiruvchi -predmetli o'yin muhiti va kattalarning ular bilan mazmunan boy muloqoti yagonaligi ham zarur omil hisoblanadi.

Shunday ekan, maktabgacha ta'lim tashkilotida rivojlantiruvchi predmetli o'yin muhitini yaratish jarayoni psixolog, pedagog maslahatiga binoan tashkil etilishi kerak. Rivojlantiruvchi predmetli o'yin muhitining har bir komponenti qulaylik tamoyili, bola rivojlanishining asosiy qonuniyatlariga mos kelishi kerak. Rivojlantiruvchi predmetli o'yin muhiti turli yoshdagi bolalar tarbiyasiga oid pedagogik vazifalar va faoliyatni rivojlantirish qonuniyatlariga javob berib, predmetli o'yin muhitidan iborat bo'ladi.

Tarbiyachilar barcha yosh guruhlarida rivojlanish markazlariga rahbarlik qilar ekanlar, bolalarni maqsadli yo'naltirib, ularni kuzatish va nazorat qilish talab etiladi. Rivojlantiruvchi predmetli muhit bola shaxsini qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonini tezlashtirish uchungina xizmat qilib qolmay, bolalarni ijodkorlikka, tashabbuskorlikka, mustaqil izlanishga, o'z kuchiga ishonishlariga, yangilikka intilishga, yaratuvchanlikka undaydi.

REFERENCES

l.O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga

qo'yiladigan Davlat talablari. Toshkent-2018 yil. 8-bet

2. "Ilm yo'li" variativ dasturi. Toshkent "Sano-standart" 2020 yil. 13, 15-bet.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

3. Maktabgacha pedagogika f. r. Qodirova, Sh. Q. Toshpo'latova, N.M. Kayumova, M. N. A'zamova "Tafakkur" Nashriyoti Toshkent - 2019

4. Maktabgacha pedagogika Berdiyeva M.M.

5. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi P.Yusupova Toshkent "Oqituvchi" 1993 yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.