Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

7502
415
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta‘lim / mantiqiy fikrlash / metodlar

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xumoyun Adxamirza O’g’li Botiraliyev, Azizbek Shokirjon O’g’li Abdurahmonov, Hulkaroy Mirzahmad Qizi Mahmudova

Maktabgacha davr bolaning o‗sish, rivojlanish, o‗zini namoyon etishga intilish, o‗rganish, bilishga ishtiyoqi kuchli bo‗lgan davridir. Aynan shu davrda bolaning insoniy sifatlari va aqliy salohiyati rivojlanishi uchun poydevor yaratiladi. Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantiruvchi metodlar borasida bayon etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1194-1198

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MANTIQIY FIKRLASHINI

RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR

Xumoyun Adxamirza o'g'li Botiraliyev

Namangan davlat universiteti o'qituvchisi

Azizbek Shokirjon o'g'li Abdurahmonov

Namangan davlat universiteti o'qituvchisi

Hulkaroy Mirzahmad qizi Mahmudova

Namangan davlat universiteti magistanti

ANNOTATSIYA

Maktabgacha davr bolaning o'sish, rivojlanish, o'zini namoyon etishga intilish, o'rganish, bilishga ishtiyoqi kuchli bo'lgan davridir. Aynan shu davrda bolaning insoniy sifatlari va aqliy salohiyati rivojlanishi uchun poydevor yaratiladi. Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantiruvchi metodlar borasida bayon etiladi.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, mantiqiy fikrlash, metodlar.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni hamda "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. Ushbu tizim oldiga maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog'ini kengaytirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo'yildi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Maktabgacha yoshdagi bola bilan ta'lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, samarasi shunchalik barvaqt namoyon bo'ladi va bolaning butun hayotiga ijobiy

Academic Research, Uzbekistan 1194 www.ares.uz

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1194-1198

ta'sir qiladi. Shunday ekan, bolalar mantiqiy tafakkurini rivojlantirish asosiy vazifalardan biriga aylanadi.

Tasavvur etish, tafakkurning, mantiqiy fikrlashning rivojlanishidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar mashg'ulotlaridagi asosiy vazifalardan biri - bola miyasida buyum va hodisalar haqidagi axborotni tasavvur ettirish. Masalan, rasm chizish, turli o'yinlar, kubiklardan biron-bir narsa yasash orqali bola ana shu axborotni tafakkurida rivojlantiradi. Ushbu tafakkur turi boshqa tafakkur turlariga asos bo'lib, so'z boyligi, mantiqiy tafakkurning shakllanishi, kelajakdagi maktab darslarini a'lo darajada o'zlashtirishda ko'maklashadi.

Bolalar o'z tabiatlariga ko'ra haddan tashqari qiziquvchan bo'ladi. Ular hamma narsani bilishi juda zarur: ta'mini tatib ko'rishi, ushlab ko'rishi, tushunarsiz va yangi bo'lgan narsalarga o'z tushuntirishlarini o'ylab topishi, tajriba o'tkazib ko'rishi va o'z farazlarini tekshirishi. Har bir ota-ona o'z farzandiga uni o'rab turgan olamni tanishiga yordam berishi zarur.

Dastlabki (garchi mukammal bo'lmasa ham) hukmlardan xulosa chiqarish va yakun yasash paydo bo'ladi. Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va uning oldiga qo'yilgan yangi talablar asosida takomillasha boradi. Bog'cha yoshidagi bolalar o'zlarining faoliyatlari uchun qandaydir ahamiyatga ega bo'lgan, ularda kuchli taassurotlar qoldirgan va ularni qiziqtirgan narsalarni beixtiyor esida saqlab qoladi. Ushbu yoshdagi bolalar mantiqiy fikrlashi, shuningdek, tafakkuri va uning o'sishi o'ziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha yoshda bolaning tafakkuri juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, ularda turmush tajribasining nisbatan ko'payishi, ikkinchidan, nutqining yaxshi o'sgan bo'lishi, uchinchidan esa bog'cha yoshidagi bolalarning juda ko'p erkin, mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo'lishlaridir. Shu asosida mantiqiy fikrlashga kirishadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda har sohaga doir savollarning tug'ilishi ular tafakkurining faollashayotganidan, mantiqiy fikrlash yuzaga kelayotganidan darak beradi. Bola o'z savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat bermasa, undagi qiziquvchanlik susaya boshlaydi.

Bolaga ta'limni erta, kech ham emas, balki o'z vaqtida berish lozim. Bolaning yoshiga muvofiq ravishda shunday ta'lim berish kerakki, bunda uning barcha hissiyot a'zolari jalb etilgan bo'lsin. Ya'ni bola rivojlanish jarayonida mustaqil ravishda o'zi teginish, ko'rish, eshitish, hidlash va mazasini bilish imkoniyatiga ega bo'lishini ta'minlash zarur.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE б j 2G21

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 DOI: 1G.24412/2181-1385-2G21-6-1194-1198

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Bolaning rivojlanishida maktabgacha bo'lgan davri juda muhim o'rin tutadi. Bu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, psixologik salomatligi shakllanadi va aqliy rivojlanish qobiliyatlari takomillashadi. Bolani kelajakda omadli, aqlli hamda iste'dodli bo'lishini istagan ota-ona uning rivojlanishiga aynan shu davrdan boshlab ahamiyat bermog'i lozim.

Bolaning ijodiy tafakkurini hamda mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda quyidagi yo'llarni amalga oshirish mumkin:

Kitob o'qish. Bola bilan birga kitob rasmlarini tahlil qilib o'qish, undagi ertakning mazmunini bolaga o'yin tarzida qayta so'zlatish, o'yinchoqlariga kitob mazmunini ayttirish juda foydali va qiziqarli mashg'ulot sanaladi. Ertak eshitish jarayonida bola ertak qahramonlarini kimgadir o'xshatishga harakat qiladi, u o'zi ertak yoki hikoyalarni mustaqil to'qiy olishi ham mumkin.

Chizish (bo'yoq, un, qum bilan). Bolalar odatda chizishni juda yaxshi ko'rishadi. Lekin uddalay olishmasa, xafa bo'lib chizmay qo'yishi ham mumkin. Bolaga qalamning o'rniga qo'llarida chizishni (faqat maxsus bo'yoqlar bilan) taklif qilib ko'ring. Bo'yoqqa qo'llarini botirib, istagan narsani chizayotgan bola juda zavqlanadi (hamma yoq bo'yoq bo'lib ketishini inobatga oling). Yoki chala chizish mashg'ulotini qo'llang. Bunda siz bolaga biron-bir narsani oxiriga yetkazmasdan chizib berasiz. Bola esa o'zi uni tugatib qo'yishi kerak. Masalan, siz aylana chizib, boladan uni tugatib qo'yishini so'rang. Shunda bola aylanadan nima chizish mumkinligi haqida fikr yuritadi.

Bola rasm solar ekan, rasmni so'zlar bilan to'ldirib, faollik bilan harakat qiladi, u o'z tasavvurlari asosida keyinchalik katta yoshdagi odamlarning so'ziga binoan rasmlar yaratishi mumkin, unda ayrim narsalarning obrazlari vujudga keladi. Rasm solish bilan loy va plastilinlardan shakllar yasaydi. Natijada, bola analizatorlarini rivojlantirishda moslashgan va differensiyallashgan harakatning tarkib topishidan tashqari, uning narsa shakli, hajmi, bir o'lchovda bo'lishi va munosabatini idrok etish takomillasha boradi. Chizishni un va qumda ham amalga oshirish mumkin.

Grafik diktant. Bunda tarbiyachi bolalarga geometrik shakllar, narsa-buyumlarni aytib turadi. Bolalar chizadi. Masalan, uchburchak, qush va boshqalar.

3-4 yashar bola narsalar o'rtasidagi bog'lanishni farqlab oladi va o'z faoliyatini rejalashtiradi. Bu faoliyat asta-sekin ijodiy faoliyatga aylanadi.

Bo'yash. Ayrim bolalar yaxshi chiza olmaydi, ammo chizishni xohlaydi. Bunday bolalarga tayyor rasmlarni bo'yash vazifasini topshirish mumkin. Ular rasmlarni bo'yar ekan, ertak qahramonlari bilan tanishadi. Ularning kiyimlari,

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE б j 2G21

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 DOI: 1G.24412/2181-1385-2G21-6-1194-1198

qiyofalari, atrof-muhiti haqidagi tasavvurlarga ega bo'ladi. Shu bilan birga, qo'l harakati motorikasi, ijodiy tafakkuri ham rivojlanadi.

Pazl. Pazl yasash bola xotirasini rivojlantirnvchi juda foydali mashg'ulot. Bola yaxshi ko'rgan rasmlardan unga pazl olib bering yoki o'zingiz yasab bering.

Bolalar dominosi. Ertaklar qahramoni aks ettirilgan dominolarni bolangiz bilan birga o'ynab, ba'zida unga yutqazib tursangiz, bola juda zavq bilan o'ynaydi. O'yin davomida esa u aqlan rivojlanadi. Bolalar dominosini o'zingiz ham yasasangiz bo'ladi.

O'yin jarayonida 3 yashar bolada dastlabki umumlashtiгish yuzaga keladiki, bu narsa bolaning oddiy masalalarni yechishida yordam beradi.

She'r yodlash. Bolaning xotirasini rivojlantirish maqsadida haT kuni bitta kichik she'r yodlating. Eгtasi kuni kechagisini eslatib, yangisini yodlatsangiz maqsadga muvofiq.

Origami (yaponcha, "qog'ozni yig'ish"). Yaponlarning qalbini aks ettiгuvchi, to'гtbuгchak qog'ozdan shakllar yasash san'atidiг. Oгigami nafaqat Yaponiyada, balki butun dunyoda odamlaming sevimli hoгdiq chiqaгish mashg'ulotlaгiga aylangan. Origami san'atini o'гgatish bolalarda tasavvuг qilish, fikrlash qobiliyati va baгmoqlaг motorikasini rivojlantirishga yordam beradi.

Kusudami (yaponcha, "dori", "shar"). Yaponlaming qog'ozdan yumaloq shakllar yasash san'ati.

Bolalar teatгi. Bu usul bolalaг qo'l motorikasini гivojlantiгishda qollaniladi.

O'yin. Bola o'yin jarayonida amaliy ehtiyojlarga qaram bo'lmaydi. Bunda u o'zining bevosita ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqadi hamda jarayonda o'z taassuгotlaгi, borliq haqidagi tushunchalaгi va unga bo'lgan o'z munosabatlarini aks ettiгadi. O'yinlami tuгli pгedmetlaг oгqali amalga oshirish mumkin. Masalan, qisqich va sanoq cho'plari bilan mashqlaг; dastгo'mol, ip kalavasi, qog'oz bilan mashq; "Sehrii xaltacha"; oyoq kiyimlaming ipini o'tkazish; mozaika, konstruktorlar; skrepkalaг; tish kavlagichlar, gugurt donalari bilan o'ynash.

XULOSA

Eng asosiysi, bolaning mantiqiy fikrlashini o'yin tarzida rivojlantirish kerak. Dars qilgandek, uni majburlab rivojlantirish ijobiy natijaga olib kelmaydi. Maktabgacha yoshdagi bola har tomonlama rivojlana olsa, keyinchalik yutuqlarga erishishi oson bo'ladi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1194-1198

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari. Т., 2018.

2. Sh. Shodmonova. Maktabgacha pedagogika. Т., «Fan va texnologiyalar», 2005.

3. A. Holiqov. Pedagogik mahorat. Т., «Iqtisod — Moliya», 2010.

4. Hasanboyeva O., Tadjieva М., Toshpulatova Sh. va boshq. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. Т.: Ilm-ziyo, 2012.

5. Kuzmanova, G.B., Kuzmanova, N. N. (2021). Umumiy o'rta ta'lim maktab matematika darslarida o'rganiladigan konsentratsiyaga va aralashmaga doir matnli masalalarni yechishni ba'zi tadbiqlari. Ekonomika i sotsium, 5(84).

6. Kuzmanova, G.B. (2021). Umumiy o'rta ta'lim maktablari matematika darslarida matnli masalalarni o'rgatishda innovatsion klaster usulining ahamiyati. Ekonomika i sotsium, 4(83).

7. Kuzmanova, G.B. (2021). Umumiy o'rta ta'lim maktablarida matnli masalalarning ta'limiy ahamiyati. Academic research in educational sciences, 2(3), 1154-1159.

8. Жабборова, О., Ташпулатова, Д. (2021). Бошлангич синф укитувчиларининг малака талаблари. Ekonomika i sotsium, 5(84).

9. Каримжонов, А., Жабборова, О. (2021). Ян Амос Коменскийнинг таълим-тарбияга оид карашлари. Ekonomika i sotsium, 5(84).

10. Жабборова, О. М., Ахмедова, Н. Ш. (2021). Бошлангич синф укувчиларини миллий гоя асосида тарбиялаш омиллари. Ekonomika i sotsium, 4(83).

11. Наримбетова, З. А., Сытина, Н. (2021). Учитель-нравственный пример для ученика. Academic research in educational sciences, 2(1), 1153-1159.

12. Eshkaraev, K., Norimbetova, Z. (2020). Methodological recommendations for organizing and holding mathematical circles. European Scientific Conference, 248250.

13. Norimbetova, Z. A. (2020). Axborot kommunikatsion texnologiyalari yordamida geometriya fanini o'qitish metodikasi (10-11-sinflar misolida). Science and Education, 1(7).

14. Narimbetova, Z. A. (2020). Matematika fanida ta'lim texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilar tafakkurining rivojlantiruvchi omil. Academic research in educational sciences, 1(3), 1253-1261.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.