Научная статья на тему 'BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING O’YIN FAOLIYATIDAN FOYDALANISHNING ASOSIY XUSUSIYATLARI'

BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING O’YIN FAOLIYATIDAN FOYDALANISHNING ASOSIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1942
78
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kattalarning mehnat faoliyati / barkamol insonni tarbiyalash / nutqiy faollikni shakllantirish / bolalarni har tomonlama intellektual / axloqiy / estetik va jismoniy rivojlantirish. / adult labor / upbringing of a harmoniously developed person / formation of speech activity / comprehensive intellectual / moral / aesthetic and physical development of children

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilnura Sohib Qizi Toshtemirova

Ushbu maqolada bolalar nutqini rivojlantirishning o‟yin faoliyatidan foydalanishning asosiy xususiyatlari va uning afzalliklari haqida so‟z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the main features of children‟s speech development using play activities and its benefits.

Текст научной работы на тему «BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING O’YIN FAOLIYATIDAN FOYDALANISHNING ASOSIY XUSUSIYATLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1068-1073

BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING O'YIN FAOLIYATIDAN FOYDALANISHNING ASOSIY XUSUSIYATLARI

Dilnura Sohib qizi Toshtemirova

O'zbekiston. Jizzax davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim metodikasi

kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bolalar nutqini rivojlantirishning o'yin faoliyatidan foydalanishning asosiy xususiyatlari va uning afzalliklari haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: kattalarning mehnat faoliyati, barkamol insonni tarbiyalash, nutqiy faollikni shakllantirish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish.

ABSTRACT

This article discusses the main features of children's speech development using play activities and its benefits.

Keywords: adult labor, upbringing of a harmoniously developed person, formation of speech activity, comprehensive intellectual, moral, aesthetic and physical development of children.

KIRISH

Ta'lim jarayonida bo'lajak o'quvchi-tarbiyachi bilish faoliyatini yo'lga qo'yish muhimdir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov "O'zbekiston XXI asirga intilmoqda" asarida dunyoviy bilimlarga ega bo'lgan, atrofida yuz berayotgan hodisalarga mustaqil munosabat bildira oladigan shaxsiy manfaatlarini xalq manfaati bilan uyg'unlikda ko'radigon barkamol insonni tarbiyalash hozirgi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligini ta'kidlab o'tgan. Shu o'rinda ta'kidlash o'rinliki, maktabgacha ta'lim muassasalarida amalga oshirilish lozim bo'lgan masalalar ham talaygina. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy faollikni shakllantirish masalalari birlamchi holatdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2707-sonli Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 1068 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1068-1073

jarayonida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bola huquqlariga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ta'lim sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

❖ Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan dastur 2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlashning asosiy parametrlari, moliyalashtirish hajmi va manbalari;

❖ 2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash bo'yicha qisqa muddatli guruhlarni tashkil qilishning asosiy parametrlarini tasdiqlash vazifalarini belgilab oldi.

V.G.Plexanov san'atning kelib chiqishini tadqiq qilayotganda bolalar o'yinlariga e'tibor qiladi. Uning fikricha, kishilik tarixida o'yinlar san'at kabi mehnat paydo bo'lgandan so'ng va uning asosida vujudga kelgan. U,- «O'yinda kattalarning mehnat faoliyati oz aksini topadi, o'yin mehnat farzandi, u mehnatdan oldin paydo bo'lgan hodisadir»,- deb yozgan edi.

Jamiyat hayotida mehnat jarayonida bolalar kattalar mehnatiga taqlid qilish orqali o'ynaydilar, xuddi shu o'yin keyinchalik bolalarni mehnat faoliyatiga tayyorlashda muhim bosqich bo'lib hisoblanishini asoslab, o'yinni obrazli, hayotni haqqoniy aks ettiruvchi jarayondir, degan edi V.G.Plexanov.

P.F.Lesgaft «Bolaning dastlabki o'yini tevarak - atrofdagi voqea - hodisalarga taqlid kiladi, o'yin ijtimoiy voqelikni aks ettiradi»,- deb izohlagan edi.

Buyuk psixolog D.V.Elkonin o'yinning kelib chiqishida yangi g'oyani ilgari suradi jamiyatning dastlabki taraqqiyotidayok bolaning kattalar hayoti va mehnatida ishtirok etishi bolalarning mehnat qilishlari uchun qulay o'yinchoq mehnat qurollari ishlab chiqilgan. Oyinchoq qurollar paydo bo'lishi natijasida rolli o'yinlar paydo bo'ladi. D.V.Elkonin kattalar mehnatida ishtirok etish orqali bolada mehnat qilishga intilish hissini uyg'otish zarurligi g'oyasini isbotlab bergan.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1068-1073

Maktabgacha pedagogikada o'yin nazariyasi ijtimoiy faoliyat hisoblanib, mehnatning tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo'ladi. O'yin doimo hayotni aks ettiradi. Shuning uchun uning mazmuni ijtimoiy voqelikda o'zgarib turadi.

NATIJALAR

Jamiyatning ma'naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta'lim - tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog'likdir. SHu boisdan ham ta'limdagi yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma - bosqich ta'lim tizimini pedagogik talkin kilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta'minlash zaruriyati yuzaga keladi.

Ma'lumki, bolalarning asosiy vakti o'yin bilan utadi. O'yin - maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bulib hisoblanadi. O'yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub'ekti sifatida shakllana boshlaydi. O'yin uzok davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari dikkatini o'ziga karatib kelgan.

Hozirgi zamon nutq tadqiqotchilariga tizimli yondashuv xos bo'lib, bu hodisalarni u yaxlit tizim sifatida mavjud bo'ladigan tashqi va ichki munosabatlarning ko'pligi hodisalarini o'rganishda namoyon bo'ladi. Nutq-til tizimi munosabatlarning ko'pligida ishtirok etadi, bunda uning so'z ma'nosini tarjima qiluvchi hamda psixofiziologik hodisa, muloqot va ijtimoiy aloqa vositasi sifatida inson ongi va hissiyotlari bilan uzviy bog'liqlikda bo'lgan semantik axborot apparati sifatida faoliyat yuritishi ushbu munosabatlarning asosiylaridan biri hisoblanadi.

MUHOKAMA

Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so'zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o'zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo'l ochadi. Umuman shaxsning va barcha asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va boshq.)ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi bilan bog'liqdir. Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o'rin tutishi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib qo'yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala, ushbu holat shiddat bilan, sakrash tarzida ro'y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 \ ISSUE 11 \ 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1068-1073

Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to'g'ri keladi. Shundan kelib chiqqan holda, hozirgi paytda nutqni rivojlantirishdagi ayrim bosqichlarni o'rganishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Olimlar nutqqacha bo'lgan bosqich muhim rol o'ynashini tushunib etib, uni batafsil tahlil qilmoqdalar.

Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta'minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq o'z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik o'zlashtirganligining ko'rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon nutqi tadqiqotchilari E.I.Tixeeva, E.A.Flerina, A.M.Leushina, L.A.Penevskaya va boshqalar bolalar og'zaki nutq va hikoya qilishni o'zlashtirishining o'ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik nutqning o'zaro bog'liqligini chuqur tushunish asosiga quriladigan ravon nutqni o'qitish tizimiga asos solishgan. Ular tomonidan bolalar hikoyalari tasniflab chiqilgan bo'lib, uning asosini fikr bildirish manbasi: predmetlarni tavsiflash, adabiy matnlarni hikoya qilib berish, suratga qarab hikoya qilish, shaxsiy va jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda biz bolani jismoniy jihatdan o'stiruvchi oddiy o'yinlardan tortib, kattalar orasida ham mashhur bo'lgan intellektual o'yinlardan iborat bir qancha o'yinlar «ombori»ga egamiz. Barcha o'yinlarda o'yinchi o'yin shartlarini tezda o'zlashtiradi va o'ziga belgilangan vazifani qabul qiladi. O'yin qoidalarini bajarish jarayonida o'yinchi o'zining maqbul qarorlarini o'yindagi muammolarni hal qilishda erkin qabul qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. O'yindagi musobaqa esa shaxsiy sifatning tinmay yaxshilanib borishiga sabab bo'ladi. Zamonaviy axborot texnologiyasini yaxshi bilgan va undan to'g'ri maqsadlarda foydalana olgan o'quvchigina kelajakda o'z qobiliyatlarini takomillashtirishi, kasbiy faoliyatida to'g'ri foydalana olishi va albatta komil inson sifatida shakllanishi mumkin. O'yinlar xalq pedagogikasining tarbiya vositasidan biri hisoblanadi. Asrlar davomida o'yinlar rivojlanib, yangilanib kelmoqda. O'yin faoliyati bola hayotida, uning jismoniy, ruhiy, aqliy kamolatga etishida muhim vositalardan biri hisoblanadi. O'yin orqali bolalar tafakkur, tasavvur, xotira, diqqati kabi barcha psixik jarayonlari rivojlanadi va atrof - muhit haqidagi bilmi yanada kengayib boradi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1068-1073

REFERENCES

1. Qodirova F.R., Qodirova R.M. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. - Toshkent: «Istiqlol», 2006.

2. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay'at yig'ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr etilgan dasturi.

3. Г.И.ХАСАНОВА "Таълим жараёнида дастурлаштирилган укитиш технологиясидан фойдаланишнинг афзалликлари" Жиззах: 2020. 420 бет. 223-225б

4.Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг Креатив кобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 778-782

5.М.Усмонова . Укувчи шахсига йуналтирилган педагогик технологиялар Таълим технологиялари. 2016 йил. 4-сон.

6.М.Усмонова .Педагогик жараён лойихаси - машгулотлар самарадорлигини таъминлаш воситаси сифатида Бошлангич таълим ва жисмоний маданият йуналишида сифат ва самарадорликни ошириш: муаммо ва ечимлар Халкаро илмий конферентсия. Тошкент. 25 май, 2017 йил

7.Садиковна, у. м. (2013). Ali §ir Nevai Eserlerinde Bitki Adlari . Dil ve Edebiyat Ara§tirmalari , (8) , 0-0 . Retrieved from

8. Maxfuza Usmanova, THE CONCEPT OF EDUCATIONAL PROFESSIONAL COMPETENCE AND ITS YIELD FACTORS , Архив Научных Публикаций JSPI: 2020: Архив №54

9. Norquziyeva, M. (2020). The role of educational technology in shaping the professional stability of students. Архив Научных Публикаций JSPI.

10.Abdurakhmonovna, N. M. (2020). Methodology of giving professional knowledge to future teachers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1378-1383.

11. Manzura, N. (2021). Sustainable Activity in the Teaching Profession and Its Foundations. PsychologyandEducationJournal, 58(2), 1339-1345.

12.Abdurahmonovna, N. M. (2021). Pedagogical and Psychological Aspects of Professional Sustainability of Future Teachers.

12. Хасанова, Г. И. К (2021). БОЛАГА ЙУНАЛТИРИЛГАН ТАЪЛИМНИ АМАЛГА ОШИРИШДА ТАРБИЯЧИНИНГ КАСБИЙ

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1068-1073

КОМПЕТЕНТСИЯСИНИНГ АХАМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(9), 1051-1056.

13. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son "Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori.

14. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.