Научная статья на тему 'TA’LIMIGA TAYYORLASHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR'

TA’LIMIGA TAYYORLASHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta`lim / maktab / maktabgacha davr / tayyorlash / ijtimoiy / talab / bosqich / oila / faoliyat / metod / usullari. qobiliyat / turli yosh guruh.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Azizova Ziroat Baxodirovna, Alijonova Dlobar Esajon Qizi, Joraboyeva Xayotxon Ibroximjon Qizi

Ushbu maqolada turli yosh guruhlar tarbiyasida Bolani maktabga tayyorlashda oilani va MTTning o‘rni, bolalarni maktabga tayyorlashda faoliyatning o‘rni. bolani maktabga tayyorlashda oilani o‘rni, oilada bolani maktab ta’limiga tayyorlashning metod va usullari. qobiliyatlarini shakllantirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMIGA TAYYORLASHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR»

TA'LIMIGA TAYYORLASHGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR

1Azizova Ziroat Baxodirovna, 2Alijonova Dlobar Esajon qizi, 3Joraboyeva Xayotxon

Ibroximjon qizi

1Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi, 2Qo'qon davlat pedagogika instituti talabasi,

3Qo'qon davlat pedagogika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11200034

Annotatsiya. Ushbu maqolada turli yosh guruhlar tarbiyasida Bolani maktabga tayyorlashda oilani va MTTning o'rni, bolalarni maktabga tayyorlashda faoliyatning o'rni. bolani maktabga tayyorlashda oilani o'rni, oilada bolani maktab ta'limiga tayyorlashningmetod va usullari. qobiliyatlarini shakllantirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: talim, maktab, maktabgacha davr, tayyorlash, ijtimoiy, talab, bosqich, oila, faoliyat, metod, usullari. qobiliyat, turli yosh guruh.

Аннотация. В данной статье рассматривается роль семьи и МТТ в подготовке детей к школе, роль деятельности в подготовке детей к школе, в воспитании разных возрастных групп. роль семьи в подготовке ребенка к школе, способы и методы подготовки ребенка к школьному обучению в семье. Подчеркивается научно-теоретическая значимость вопроса формирования способностей, уровень его изученности и актуальность в настоящее время.

Ключевые слова: образование, школа, дошкольный период, подготовка, социальная, востребованность, этап, семья, деятельность, метод, методы. способности, разная возрастная группа.

Abstract. In this article, the role of the family and MTT in preparing children for school, the role of activities in preparing children for school, in the education of different age groups. the role of the family in preparing a child for school, methods and methods ofpreparing a child for school education in the family. the scientific theoretical importance of the issue of formation of abilities, the level of its study and its importance at the present time are highlighted.

Keywords: education, school, pre-school period, preparation, social, demand, stage family, activity, method, methods. ability, different age group.

5-7 yosh davri bolalar hayotining muhim davri bo'lib, maktab ta'limiga tayyorlash ularni kelgusida boshlang'ich ta'limda muvaffaqiyatli o'qishiga zamin tayyorlaydi. Qanday omillar maktab ta'limini samarali o'zlashtirishga ta'sir qiladi degan savol tug'ilishi tabiiy. Ayrim ota-onalar maktabgacha bolalik boshlang'ich sinfda o'qishga tayyorlashda muhim davri ekanligini anglamaydilar. Aynan shu davrda maktabda o'quv materialini muvaffaqiyatli o'zlashtirish uchun poydevor yaratiladi.O'qishga motivatsiya shakllanadi, yangi bilim, ko'nikma va malaklarni egallash istagi paydo bo'ladi. Agarda bolada o'qish malakalari shakllanmagan bo'lsa, 1-sinfda o'qishda qiyinchilikka duch keladi. Unda maktab haqida salbiy tasavvurlar paydo bo'ladi, maktabga borishni xoxlamaydi. Mana shunday holatlar yuz bermasligi uchun MTT va oilada bolalarni o'yin shaklida (o'yinlitopshiriq, musoboqa, mashqlar) maktab ta'limiga tayyorlash lozim

Bolalar boshlang'ich sinfda muvaffaqiyatli ta'lim olishlarida quyidagi omillar muhim sanaladi.

❖ Barqaror diqqat

❖ Kuchli xotira

❖ Gap tuza olish va o'z fikrini so'zlash

❖ Elementar matematik tasavvurlarga ega bo'lish

❖ Tovush va harfni tanish, tovushni to'g'ri talaffuz qilish, bo'g'inlar va oddiy so'zlarni o'qish

❖ Ijtimoiy intellektni egallash: tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish ko'nikmasi, ular bilan nizoga bormaslik, jamiyatda axloq-odob me'yorlariga rioya qilish

❖ Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish

❖ Barmoq va qo'llar motorikasi

❖ Keng dunyoqarash

❖ Yoshga xos jismoniy rivojlanish

Sanab o'tilgan omillarni maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagog-tarbiyachilari va ota-onalar e'tiborga olishlari zarur.

6-7 yosh bolalarni maktabga tayyorlashning o'ziga xos tamoyillari mavjud bo'lib, o'quv-tarbiyaviy faoliyatda amal qilish talab etiladi.

Maktabgacha ta'lim jarayonida 6-7 bolalarda umumiy o'quv ko'nikmalarini shakllantirish maqsadga muvofiq.

Ular quyidagilardan iborat:

❖ intellektual (yangi ma'lumotni o'zidagi mavjud bilimlar bilan farqlash, buyum-predmetlarni vazifasi va xususiyatiga ko'ra guruhlash, savollarga javob izlash va xulosalar chiqarish).

❖ tashkiliy (faoliyat maqsadini aniqlash, rejalashtirish, tarbiyachi tavsiya etgan yo'nalish bo'yicha ishlash, olingan natijalarini baholash).

❖ kommunikativ ( boshqalarni tinglash va tushunish, o'z fikrlarini og'zaki bayon etish, turli xil rollarni bajarish).

❖ baholovchi ( o'z faoliyati natijalarini baholash).

Xulosa qilib aytganda 6-7 bolaning maktab ta'limiga tayyorlashda jismoniy va ruhiy rivojlanishi, salomatligi, aqliy va shaxsiy rivojlanishiga alohida e'tibor berish lozim. SHuningdek, bolalarning individual psixologik xususiyatlarining rivojlanganligi ham ta'limga tayyorligini belgilaydi. Har bir bolaning boshqa bolalardan ajratib turadigan o'ziga xos xislatlari bo'ladi. Bolaning shaxsiy xislatlari hech vaqt tug'ma ravishda, ya'ni tayyor holda berilmaydi. Har bir bolaning o'ziga xos bo'lgan va boshqa odamlarda takrorlanmaydigan shaxsiy xislatlari, ya'ni ijtimoiy muhit va ta'lim-tarbiyaning faol ta'siri ostida tarkib topadi.

SHaxsga yo'naltirilgan ta'lim asosida bolalarni maktabga tayyorlash

Bola shaxsini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim tarbiyalanuvchining shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning psixologik shart-sharoitlarini nazarda tutadi. Bu ta'lim texnologiyasida har bir bolani tushunish, hurmat qilish, unga ishonish, hamkorlikda ishlash kabi xususiyatlarni o'zida mujassamlashtiradi. Mustaqil fikrlashga o'rgatish zarurati, qolaversa mustaqillikni mustahkamlash ehtiyojini ko'zlab, xalq ruhiga singib qolgan mute'lik, jur'atsizlik, tobelik, o'z fikrini yakdil bayon eta olmaslik kabi illatlarni tugatish, shuningdek serandishalik, noo'rin sabr-toqatlilik kabi fazilatlarni ongidan chiqarish zamonaviy ta'lim talablaridan sanaladi.

Bola shaxsini rivojlantirishga qaratilgan texnologiya asosida tarbiyalanuvchi -tarbiyachi hamda tarbiyalanuvchi-tarbiyalanuvchi hamkorligi ko'zda tutilgan bo'lib, bu jarayonda ta'lim-tarbiya ijobiy natijalarga yo'naltiriladi. "SHaxs"- kim? SHaxs ijtimoiy munosabatlar tizimining ko'p qirrali, murakkab qismidir. U bir tomondan, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning mahsuli bo'lsa, ikkinchi tomondan o'zi ijtimoiy taraqqiyotni ta'min etadi. Demak, ijtimoiy munosabatlarga

kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol ishtirok etuvchi insongina shaxs deb ataladi. Psixologlarning ta'biricha, fikrlash, ya'ni tafakkur-odam miyasida sodir bo'ladigan jarayon. Sezgi organlari ojizlik qilgan o'rinlarda odam va olamning xususiyatlari tafakkur orqali o'rganiladi. Tafakkur aqliy faoliyatning, ongli xatti-harakatlarning majmui. U tevarak-atrof, voqelik hamda ijtimoiy muhitni bilish quroli, inson faoliyatini to'g'ri va samarali amalga oshirishning asosiy sharti hisoblanadi. Kishi fikrlash jarayonida o'zi ko'rgan, idrok qilgan, sezgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning to'g'riligi, aniqligi, haqiqiyligi hamda ularning borliqqa munosabatini aniqlaydi.

Bola shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyasi bu- butun ta'lim tashkilotining faoliyati tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgan, unga pedagogik va psixologik takomillashishi uchun qulayliklar yaratilgan, uning tabiiy imkoniyatlari, ko'nikmalari rivojlanishiga va xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan.

Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyasining maqsadi - tarbiyalanuvchining har tamonlama erkin, ijodiy fikrlashini rivojlantirishga erishishdan iborat. Uilbyam SHekspir inson shaxsini va irodasini quyidagicha ta'riflaydi: "Bizning shaxsimiz bu-bog', irodamiz esa-uning bog'boni". Darhaqiqat, bola shaxsi turfa gullarga burkangan boqqa qiyos qilinsa, uning serhosil mevaga kirishi uchun bog'bonnning mehnati zarur bo'ladi. Ana shu "bog'bon" bola irodasini mustahkam bo'lishida ta'lim-tarbiyaning o'rni beqiyos ekanligi ta'kidlanadi.

Bu borada PEDAGOGLAR bola shaxsiga yo'naltirilgan ta'limni amalaga oshirishda quyidagilarni inobatga olishlari lozim:

1. Har bir bolaga komil shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, uni tushunish, qabul qilish va unga ishonish.

2. Ta'limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda bola o'zini shaxs deb sezsin, unga bo'lgan e'tiborni tuysin.

3. Tazyiq o'tkazmaslik hamda uning kamchiligini bo'rttirmaslik; bilimlarni o'zlashtirmaslik, o'zini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni o'quvchining shaxsiyatiga zarar yetkazmaydigan tarzda bartaraf etish.

4. Ta'limda "muvaffaqiyat muhitini" tashkil etish, bolaga o'qitishda muvaffaqiyat qozonishiga yordam berish, uning o'z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirish.

5. Tarbiyalanuvchiga atrofdagilarning har biri o'zi kabi shaxs ekanligini anglatish, unda jamoaga aloqadorlik hissini rivojlantirish.

Bola shaxsiyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim - bu aqliy, emotsional, jismoniy, axloqiy va ma'naviy aspektlarni hisobga olgan holda, shaxsni o'qitish orqali tez o'zgaruvchan, ko'p madaniyatli va mustaqil dunyodagi hayotga tayyorlashga yo'nalgan ta'limga bo'lgan yondashuvdir.

5-7 yosh bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning samarali yo'llari

O'sib kelayotgan yosh avlod orasida nutqi va tafakkuri turli darajada shakllanayotgan farzandlarimiz bor. Ularning barchasi jamiyatimizning to'laqonli a'zolaridir. Farzandlarimiz ijtimoiy hayotda o'z munosib o'rnini topishlari, sog'lom turmush tarziga amal qilishilari, mehnat qilishi, davlat qonunlarida belgilangan huquqlardan foydalana olishlari, dunyoning eng rivojlangan davlatlari farzandlaridan kam bo'lmasliklari uchun ularning ta'lim-tarbiyasiga katta e'tibor qaratishimiz lozim.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda ularning psixik jarayonlarini rivojlantirish dolzarb sanaladi. Quyida ularga batafsil to'xtalib o'tamiz.

Diqqatni rivojlantirish. Bolalarni bilim, ko'rsatma va og'zaki ma'lumotlarni aniq hamda to'liq o'zlashtirishlarida muhim hisoblanadi. Diqqatni kundalik turmushda hayotiy vaziyatlarda o'yin va mashqlar orqali rivojlantirish mumkin.

Quyida namunalar keltiramiz.

1. Bolaga murakkab topshiriq berish. (Abbos javonni o'ng tomoni va uning pastidagi yashil rangdagi qog'ozni olib kel). Imkon darajasida topshiriqni ikki marta aytmaslik lozim, bola birinchi martadayoq topshiriqni to'g'ri bajarsin. Mazkur topshiriq bolada diqqat hajmi va taqsimlanishini rivojlantiradi.

2. Eshitganini takrorlash. Qisqa ashula va turli so'zlarni bo'g'inlab ayting va boladan takrorlashini so'rang.

3. Grafik diktant. Bola tarbiyachi yoki ota-ona ko'rsatgan aytgan rasmni katakchalarga chizadi.

4. O'xshashini top. Bir qancha harflar, geometrik shakl yoki raqamlarni ichidan tarbiyachi aytganini topib ustiga qalam bilan chizadi.

5. O'xshash rasmlarni farqini top.

6. Namunaga qarab rasm chiz.

7. Pazllarni yig'ib chiq.

Maktabga tayyorlov guruhi bolalari uchun. Bolalar tarbiyachi ko'rsatmasiga ko'ra, qog'ozga yozilgan harf va so'zlarni topib ko'rsatadi.

Xotirani rivojlantirish. Amaliyotdagi kuzatuvlarimiz shuni ko'rsatdiki, ayrim bolalar she'rni 4-5 marotaba takrorlasa yodlab oladi. Ba'zilari uzok muddatgacha yodlay olmaydi. Demak, bunday bolalarda xotira darajasi past. Bolalarda xotirani rivojlantirish uchun quyidagi metodik tavsiyalarni keltiramiz:

Bir haftada to'rt misrali 1 yoki 2 ta she'rni yod oldirish lozim. Doimiy ravishda takrorlash sayr yoki mustaqil faoliyat (MTTdan uyga qaytayotganda va uyda). Xotirani mustahkamlashda "Memori" o'yinidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu o'yinda rasmga qarab teskari qo'yilgan rasmlar ichidan o'xshashini topib jufti yoniga qo'yishi kerak.

"Memori" o'yinini qo'llaganda kichik va o'rta guruh bolalari uchun quyida keltirilgan rasmlardan foydalanish mumkin.

Tarbiyachi 5-6 ta rasmni tartib bilan joylab 5-10 daqiqa bolalarga ko'rsatadi, so'ngra rasmlarni aralashtirib qo'yib, yana avvalgi holatda joylashtirishlarini taklif qiladi.

Tarbiyachi xikoya yoki ertakni o'qib beradi, so'ngra bolalarga ularning ma'nosini o'z fikri bilan so'zlab berishini aytadi.

Bog'lanishni nutqni rivojlantirish. Bola so'z va jumlaning mazmun-mohiyatini anglamasa o'z fikrini bayon eta olmaydi. Natijada maktabda qiyinchilikka uchraydi va unda qo'rquv paydo bo'ladi. Bolalar o'z fikrini oson va yengil bayon eta olsa, nutqi yaxshi rivojlanadi. Maktab ta'limiga tayyorlash jarayonida bolalarga o'yin topshiriqlari va mashqlar beriladi, masalan: seriyali rasmga qarab hikoya tuzish. Bolalar rasm syujetiga ko'ra mustqil ravishda hikoya tuzadi.

Tarbiyachi bolalardan bir necha kun avval qaerga borgani (mehmonga, istirohat bog'i, bozor) yoki nima bilan shug'ulanganligini so'raydi. Tovushlarni muntazam mustahkamlash, so'z va iboralarni to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatiladi.

Ijtimoiylashuv va ijtimoiy intellekt.

Maktabgacha yoshdagi bolalar tengdoshlari va kattalar bilan do'stona munosabat o'rnatish ko'nikmasiga ega bo'lishi lozim.Jamoat joylarida o'zini yaxshi tutishi, odob-axloq me'yorlariga

rioya etishga o'rgatiladi bu esa bolani maktabda o'qishga moslashishiga yordam beradi. Jahldorlik, nizoga borish,

odamovilik, noodatiy xulq-atvor maktabda o'qishga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bularni bartaraf etish uchun bola bilan tez-tez suhbatlashish, uning hislari va holatini kuzatish kerak. Tengdoshlari bilan munosabatini o'rganish, mabodo doim o'rtoqlari bilan o'zaro kelisha olmasa, ular bilan muloqotini cheklash lozim. Jahldorlikka yo'naltirilgan mulbtifilbm, kino, kompyuterdagi urush o'yinlarini o'ynashni taqiqlash zarur. Oila-a'zolari, kattalarga yordam ko'rsatishni tavsiya etish esa, ularni hurmat qilish, yaqinlariga qayg'urish ko'nikmalarini shakllantiradi. Bolalarni muzey, kutubxona, kontsert, qo'g'irchoq teatriga olib borish maqsadga muvofiq. Natijada bolalar jamoat joyda yurish qoidasini o'zlashtiradi.

Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish. Bolalar maktabda o'qiganda nafaqat ko'chirib yozish, balki mustaqil o'ylash, xulosa chiqara oladi. Bunda boshqotirma, rebus, kimga nima kerak? Jumlani davom ettir, qanday shakl yetishmayapdi kabi o'yinlar tashkil etiladi.

Mayda qo'l motorikasi. 1-sinfda yozuv malakalarini egallashda samara beradi. Barmoq va mo'yqalamda rasm chizish orqali mayda qo'l motorikasi rivojlanadi. Maktabgacha ta'lim jarayonida rasm chizish, loy va plastilin, tuproq, qum, applikatsiya, qurish yasash o'yinlari, pazzlar yig'ish, origami, barmoq gimnastikasi mayda motorika rivojlanishini ta'minlaydi.

Bilishni rivojlantirish va dunyoqarashni kengaytirish.

Bolalarga o'zi va oila a'zolari haqida so'zlash, yashash manzili (mamlakat, viloyat, shahar, ko'cha nomi), ismi sharifi, ota-onasining ismi, kasbini bilishi muhim. Mamlakatimiz tarixi, milliy bayram, an'ana va urf-odatlar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash. Kun qismlari (ertalab, kunduzi, kechqurun), yil fasllari, oy va xafta kunlarini bilishlari lozim.

Yovvoyi va uy hayvonlari haqida tasavvurlarni kengaytirish, qush, parranda, hashorat, suvda yashovchi hayvonlar va ularni yashash joyi o'rgatib boriladi. Gul va butalarning nomi, o'sishi haqidagi tasavvurlar kengayadi.

Bir nechta so'zlarni nomiga ko'ra umumlashtirib aytish (stul, stol, divan-bular mebellar). Antonim va sinonim so'zlarni aytishni o'rgatish (katta-kichik, baland-past, issiq-sovuq).

Jismoniy rivojlantirish. Bo'lajak 1-sinf o'quvchisi yangi hayot tarziga moslashishi uchun psixologik va fiziologik jihatdan tayyor bo'lishi lozim.

6-7 yosh bola sog'lom turmush tarzi malakalari shakllantiriladi. buning uchun ertalabki badantarbiya, sog'lom ovqatlanish, 20-30 daqiqa televizor yoki kompbyuter oldida o'trmasligi nazorat qilinadi. Tunda soat 22.00dan kech qolmay 8 soat uxlab dam olishi lozim. bolalar sog'lom turmush tarziga amal qilsa, jismonan va ruhan baquvvat bo'lishi haqida tushuncha beriladi.Stress va boshqa kasalliklar oldi olinadi.

6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlashni va o'qib keta olishini belgilovchi quyidagi muhim omillarni o'rganib chiqdik:

1. Bolaning maktabga o'qishga tayyorligining asosiy va umumiy belgisi uning sog'lig'i va jismoniy rivoji ya'ni psixologik taraqqiyoti hisoblanadi.

2. Bolaning o'qituvchini tushuna olishi va shuning natijasida sinf hamda maktab muhitiga moslasha olishdir.

3. Bola o'z imkoniyatlarini ma'lum darajada anglab yetishdi.

4. Bolaning tengqurlari ya'ni sinfdoshlari bilan til topib keta olishi uning qiynalmay o'qib ketishida muhim kafolat hisoblanadi.

Yuqorida ko'rib chiqilgan omillar va kuzatuvlar natijasida 6-7 yoshli bolalarni maktabda qiynalmay toliqmay va qiziqish bilan o'qib ketishi uchun quyidagi metodik tavsiyalarni keltiramiz:

• Har bir dars jarayonida 2, 3 daqiqali jismoniy mashqlarni bajarish bola fikrini teranlashtirib, undagi ruhiy charchoqlikning oldini oladi.

• Dars turiga qarab 1 -2 daqiqali dam olishni joriy etish (qiziqarli voqealardan hikoya qilib berish, latifalarni aytib berish).

• Didaktik o'yinlarni bajarish (tez aytish, qofiya bilan she'r aytish, bundan tashqari o'quv mashg'ulotlariga o'yin elementlarini kiritib borish) noan'anaviy dars ko'rinishida.

• Bolaning yozish malakasini egallashda shoshilmaslik va shu bilan birga tez javob berishga undamaslik lozim.

• Musiqali tanaffus joriy qilish (kuy tinglash, raqs tushish kabi).

• Sinf va maktabdan tashqari ishlarda faslga hos holda tabiatdagi go'zalliklarni idrok qilishga, gullar va uy hayvonlarini parvarish qilishga o'rgatib borish.

• Ota-onalar va tarbiyachi o'qituvchilarning o'zaro hamkorligini ta'minlash.

Bolaning kundalik, haftalik va oylik ishchanlilik qobiliyatini aqliy jismoniy rivojini kuzatib

qayd etib borish hamda shu asosda yangi ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o'quv dasturi. - T.: YUNISEF, 2018.

2. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standarti // https://lex.uz/docs/ 5179335?query.

3. Nurmatova M.Sh., Xasanova Sh.T. Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi. - T.: "Cho'lpon", 2010.

4. Nurmatova M.Sh., Xasanova Sh.T., Azimova D. Ustaxonada amaliy mashg'ulot. - T.: "Musiqa", 2010.

5. Азизова, Зироат. "ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ С ПОМОЩЬЮ ФОРМ И МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ." Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar 2.17 (2022): 77-80.

6. Bahodirovna, Azizova Ziroat. "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

7. Baxodirovna, Azizova Ziroat. "INTERNATIONAL TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF THE PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.11 (2022): 458-461.

8. 8.Ziroat, Azizova, and Abdurazzoqova Zebiniso. "LEGAL AND PEDAGOGICAL BASES OF PREPARATION OF CHILDREN FOR THE IMPLEMENTATION OF SOCIAL PROTECTION." Yosh Tadqiqotchi Jurnali 1.5 (2022): 395-403. 25. Азизова, Зироат Баходировна. "IMPROVING STUDENTS INDEPENDENT WORK IN THE CREDIT-MODULE SYSTEM." Актуальные научные исследования в современном мире 2-5 (2021): 209-212.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9. Азизова, Зироат Баходировна. "СИСТЕМА ГАРАНТИЙ ПРАВ РЕБЕНКА В УЗБЕКИСТАНЕ." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 1.11 (2021): 575-578.

10. Bahodirovna, Azizova Ziroatkhon. "Pedagogical Bases Of Preparation Of Future Educators For Implementation Of Social Protection Of Children." JournalNX 7.04: 399-402. 28. Ziroat,

Azizova. "CONCEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECTION." Yosh Tadqiqotchi Jurnali 1.5 (2022): 404-410

11. .Mo'minova G.B. ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 123-124 (2023) "MATHEMATICAL DEVELOPMENT IN PRESCHOOL CHILDREN, INTELLECTUAL ABILITIES AS AN EDUCATIONAL MODULE"

12. Mo'minova G.B. ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conferenc 115-116 (2023)REFORMS AND MODERN APPROACH IN THE PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM

13. Mo'minova G.B ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 IMPACT FACTOR: 7.603 Vol 12, Issue 10, 2023 WAYS TO USE DIDACTIC GAMES IN THE EDUCATION AND UPBRINGING OF PRESCHOOL CHILDREN 65-66

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.