Научная статья на тему 'MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH MAKTAB TA’LIMIDA BOLALAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNIG AHAMIYATI.'

MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH MAKTAB TA’LIMIDA BOLALAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNIG AHAMIYATI. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha yosh / maktab ta’limiga taorlash / maktab dasturlari / izchillik / moslashish / psixologik tayyorlash.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ergasheva Moxira Imomnazarova

Ushbu maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash nazariyasi, maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab dasturlaridagi izchillik, bolani maktab ta’limiga psixologik tayyorlash, bolalarda maktabga borganda, o`z tengdoshlari bilan o`qigan va o`ynaganda xursandchilik hissini tug`dirish, bolalarga maktabdagi ta’limning mohiyatini tushuntirish, ularni maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishtirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH MAKTAB TA’LIMIDA BOLALAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNIG AHAMIYATI.»

MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASH MAKTAB TA'LIMIDA BOLALAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNIG AHAMIYATI.

Ergasheva Moxira Imomnazarova

Uchko'prik tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi davlat -xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bo'yicha bosh mutaxassis

https://doi.org/10.5281/zenodo.11200101

Annotatsiya. Ushbu maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash nazariyasi, maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab dasturlaridagi izchillik, bolani maktab ta'limiga psixologik tayyorlash, bolalarda maktabga borganda, o'z tengdoshlari bilan oqigan va o'ynaganda xursandchilik hissini tug'dirish, bolalarga maktabdagi ta'limning mohiyatini tushuntirish, ularni maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishtirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlikdarajasi vaxozirgi vaqtdagi ahamiyatiyoritilgan.

Kalit so'zlar: maktabgachayosh, maktab ta'limiga taorlash, maktab dasturlari, izchillik, moslashish, psixologik tayyorlash.

Аннотация. В данной статье рассмотрены теория подготовки дошкольников к школьному обучению, последовательность организации дошкольного образования и школьных программ, психологическая подготовка детей к школьному обучению, ощущение радости у детей, когда они идут в школу, учатся и играют со своими детьми. сверстникам подчеркивается научно-теоретическая значимость разъяснения детям сущности школьного образования, ознакомления их с видами школьной деятельности, уровнем ее изучения и ее значимостью в настоящее время.

Ключевые слова: дошкольный возраст, адаптация к школьному образованию, школьные программы, системность, адаптация, психологическая подготовка.

Abstract. In this article, the theory of preparing preschool children for school education, the consistency of preschool education organization and school programs, the psychological preparation of children for school education, the feeling ofjoy in children when they go to school, study and play with their peers. the scientific theoretical importance of explaining the essence of school education to children, introducing them to the types of school activities, the level of its study and its significance at the present time are highlighted.

Keywords: preschool age, adaptation to school education, school programs, consistency, adaptation, psychological preparation.

Har qanday pedagog hech qanday vositalardan foydalanmay, bolani maktabga tayyorgarligini aniqlay oladi. Ba'zi ota-onalar ham bola qanchalik sog'lom, chaqqon, mustaqil, aqlli, o'qishga tayyor ekanligini taxminan bilishadi. MTT tarbiyachilari har bir bolaning maktabga tayyorgarligini to'g'ri aniqlashda yetarli pedagogik, texnologik bilim va tajribalarga ega bolishlari kerak, bunda ular MTTda ta'lim va tarbiya dasturi talablariga tayanishlari kerak. Agar maktabgacha davrda bola normal rivojlangan bo'lsa, uning jismoniy va aqliy rivojlanishiga hech qanday kuchli ta'sirlar bolmagan bo'lsa, unda bola yetti yoshda ta'lim olish darajasiga yetadi. Ammo ba'zi oilalar va bog'chada maktabga tayyor bo'lmagan bolalar ham uchraydi. Bunday bolalar mutaxassis nazoratida maxsus tekshiruvdan o'tishadi vao'qishga tayyorgarligi darajasi haqida mutaxassis xulosa chiqaradi. Bolaning o'yinqaroqligi, mustaqil bola olmasligi, his-tuyg'u va ijtimoiy rivojlanishining juda past daraj aliligi uning maktabga tayyor bo'lishiga to'siq bo'ladi. Bunday bolalaro'rtoqlari va tengdoshlari orasida o'z o'rnini topa olmaydilar. Maktabda uzoq muddat ota-ona g'amxo'rligisiz bo'lgani sababli, bola o'z yoshiga mos his-tuyg'u va iroda

mustahkamligiga ega boiishi, oz xulqini nazorat qila olishi kerak. Agar o'quvchi o'qishga ijobiy yondashsa, oqishni xohlab, intilsa, ta'limdagi boshlang'ich qiyinchiliklarni tezroq va osonroq bartaraf etadi. Irodali bolish bolaga barcha maktab vazifalarini doimiy va muvaffaqiyatli bajarishida muhim ahamiyatga ega. Bilim va ijtimoiy hayot qonun-qoidalariga rioya qilish, xarakter ijobiy jihatlarining shakllanganligi bolaga boshqa bolalar bilan muloqotda, sinfdoshlar bilan dostona munosabatornatishda va jamoada faol ishtirok etishida juda katta yordam beradi. Bolaning maktabga umumiy tayyorgarligi deganda uning har tomonlama rivojlanganligi tushuniladi. Biror tomonining rivojlan-magani, zaifligi (aqliy, his-tuyg'uli, irodaviy yoki amaliy) mak-tabdao zlashtirmaslikning sabablaridan bo lishi mumkin. Shu bilan birgalikda, bolalar birinchi sinfda o'quv fanlarning (o'qish, yozuv, matematika) mazmuniniozlashtirish uchun maxsus bilim, malaka va konikmalarga ega bolishlari kerak. Masalan, matematikanioqitishdaoqituvchi bola narsalarning rangi, shakli, katta-kichikligi, sonini ajrata biladi deb hisoblaydi, yozuvnio'rganishda esa bola yozuv va rasm qurollarini to'g'ri ishlata olishiga, grafik mashqlarni bajara olishiga tayanadi. Shu kabi bilim, malaka va konikmalar maktabga maxsus tayyor-garlikni tashkil etadi. Umumiy va maxsus tayyorgarlik bir-biriga zid kelmaydi. Maktab fanlariniozlashtirishda bolaning maxsus tayyorgarligi umumiy tayyorgarlikdan kelib chiqadi, unga mos keladi, tayanadi. Bola shaxsini rivojlantirishda ma'lum bir tomoniga (asosan, aqliy) kuchli yo'naltirish berishga alohida e'tibor berish kerak. Kattalar har doim shuni esda tutishlari kerakki, bolani tezlash-tirilgan, jadaloqitish zarur hisoblanadi. Maktabgacha davr inson shaxsini shakllantirishda juda katta ahamiyatga ega.

Agar shaxsni har tarafiama shakllantirishda ay-nan shu yoshdagi qulay sharoitlar qollanilmasa, rivojlanish to'xtab qolishi mumkin yoki chetlanishlarini bartaraf etish nihoyatda og'ir kechadi. 7 yosh bola yangi sharoitga tezo'rganadigan vao'qish jarayonida muvaffaqiyatli ishtirok etadigan davr hisoblanadi. Y.A. Kamenskiy bola hayotining yettinchi yilini bekorchilikda buzilib ketmaslik uchun maktabda oqishni boshlaydigan vaqt deb hisoblagan. Bolaning ona maktabida 5-6 yil ta'limtarbiya olishini (bolaning oiladagi tarbiyasi nazarada tutilgan) u yetarli va optimal muhlat deb hisoblagan. Maktabga tayyor bo'lgan bola jismoniy chiniqqan, har qanday ob-havoda uzoq vaqt yura oladi, asosiy harakat malakalariga ega, uozining harakatlarini nazorat qila oladi, tozalikka rioya qiladi. Bola bilimining rivojlanganligi uning jamiyat va tabiatdagi voqeahodisalami tushunib yetishi, kuzatish qobiliyati, hodisalami to'g'ri nomlashi bilan aniqlanadi. Bola oz fikrlarini ifoda eta bilishi kerak, ijodiy va mustaqil fikrlay olishi, aniq korgazma materialga tayanib, masalalarni yecha bilishi kerak. 6-7 yoshli bola oiladan tashqarida hamo zini dadil tutishi kerak. Shakllangan madaniy ko nikmalari o'z tengdoshlari bilan munosabatlar o'rnatishiga yordam beradi. Bola mustaqil kiyinishni, ovqat yeyishni, narsalarini toza va tartibli saqlashni organishi kerak. Bola kattalar mehnatining muhimligini tushunishi va hurmat qilishi kerak. Har qanday ishga ijobiy yondashib, uni diqqat, e'tibor bilan vaqtida bajarishi lozim. Bolada estetik idrokni shakllantirish, ozining yoshiga mos badiiy asarlarga qiziqish uyg'otish, yon-atrofni estetik jihatdan bezatishiga intilishini rivojlantirish kerak. Bola musiqa, adabiy so'z, rasmlarning chiroyini sezishnio'rganishi, ashula aytish, rasm chizish, yasash, topishmoqlar, laparlar, tez aytishlar, maqollar, ertaklami bilishi va aytib berishi, kitoblami avaylashni bilishi kerak. Maktabga tayyor bolmagan bolaning qabul qilishi bola shaxsining rviojlanishiga har tomonlama yomon ta'sir etadi. Oqishdagi ozlashtira olmasliklar bolada o'qishga nisbatan salbiy munosabat tug'diradi. Uning jismoniy va ruhiy sog'lig'i ham xavf ostida. Ularda nevroz belgilari paydo bo lishi mumkin: uyquning buzilishi, siydik ushlay olmaslik, bosh og'riqlari va bosh-qalar. Tarbiyasida ham qiyinchiliklar paydo bola boshlaydi: bola qanday

bo'lmasin o'ziga diqqat e'tiborni qaratmoqchi bo'ladi, yomon harakatlar qila boshlaydi. Agar bolaning tayyor emasligini vaqtida aniqlansa, bunday hollarning oldini olish mumkin bo'ladi. Bolaning maktabga tayyorligini turli sohadagi mutaxassislar aniqlay oladilar. Bolalar shifokori bolani tekshirib, somatik rivoj-lanishini aniqlaydi, agar ma'lum bir jismoniy, ruhiy kamchiligi bo'lsa, uni ruhiy-pedagogik tekshiruvga yuboradi. Ma'lum bir nuqsonlarga ega bo'lgan bolalar maxsus maktabga yuboriladi. 1 sentabrga qadar 7 yoshga to'lmagan, bolalar bog'chasiga bormagan, pedagogik qoloq, nutq kamchiliklari, jismoniy rivojlanish kamchiliklari bo'lgan bolalarni maxsus konsultatsiyalar, boshlang'ich sinfo'qituvchilari tekshirib beradilar. Tuman ruhiy-pedagogik konsultatsiyalarida bolaning mak-tabga tayyorgarligini har tomonlama aniqlashadi. Ular ta'lim-tarbiyadagi qiyinchiliklarni bartaraf etishda profilaktik va kor-reksion usullarni tavsiya etadilar, tarbiya sohasiga oid maslahatlar beradilar. Bular bilan birga tuman mahalla qo'mitalari faol ishtirok etadilar. Bola tarbiyasiga salbiy ta'sir etadigan ota-onalar bilan mahalla qo'mitalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlar ishlashadi. Tuman ruhiy-pedagogik konsultatsiyalarida bolalarning maktabga tayyorligini aniqlashda psixologik testlardan foydalanadi. Testlarni mazmun jihatdan 2 guruhga bo'lish mumkin:

1. O'qish jarayonida ishtirok etadigan alohida psixologik to-monlarning shakllanish darajasini aniqlaydigan testlar.

2. Maktabga umumiy tayyorgarlikni tekshiradigan testlar. Konsultantlar bolani ota-onalar oldida tekshiruvdan o'tkazadilar. So'ngra tekshiruvlar natijalari asosida quyidagi chora-larni maslahat beradilar: umumta'lim maktabining 1-sinfiga yozish o'qishni 1 yilga qoldirish;

a) bolani bog'cha yoki maktab qoshidagi maxsus sinfga yozdirish;

b) bolani maxsus maktabga yozdirish. Konsultatsiyalarning xulosasi asosida mahalla qo'mitalarining maktab bo'limlari bola qayerdao'qishini hal qilishadi. Agar bola 7 yoshga to'lib, ammo uning sog'lig'i yaxshi bo'lmasa, unda tekshiruvlar natijasiga ko' rao'qish 1 yilga qoldiriladi. 1 yildan so'ng, bola qaytadan maxsus tekshiruvdan o'tadi va qayerda o'qishi hal qilinadi. Agar bola tarbiyasida ishtirok etadigan shaxslar unga alohida e'tibor ajratishsa, uning har tomonlama rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratib berishsa, yordam berishsa, o'qishdan qolgan muhlat ijobiy natija beradi. o'qishdan qolgan bolalar bilan ishlashda tarbiyachilar uchun hozircha maxsus dasturlar ishlab chiqilmagan. Pedagoglar bun-day bolalar bilan mavjud bo'lgan Maktabgacha ta'lim muassa-sasida ta'lim va tarbiya dasturi bo'yicha ishlashmoqda, faqat ularga ko'proq e'tibor ajratadilar. Maktabdao'qishnio'zlashtira olmaydigan bolalar uchun maxsus sinflar ochiladi. Bunday sinfdao'qishni vaqtincha o'zlashtira olmaydigan, normal intellektga ega bo'lgan bolalar o'qiydilar. O'qishdagi qoloqlikni individual mashg'ulotlar, alohida parvarish va maxsus kurs tartibi yordamida bartaraf etish mumkin. Maktabga umumiy va maxsus tayyorgarlik ko'rishga jiddiy talablar qo'yilgan, shuning uchun bolani maktabga doimiy ravishda tayyorlash kerak. Tayyorgarlik o'z-o'zidan, avtomatik tarzda paydo bo'ladi. Faqat maqsadga yo'naltirilgan va uzoq muddatga mo'ljallangan tarbiya jarayoni bolani maktabga yaxshi tayyorlanishiga olib keladi. Bolani qachon va qancha tayyorlash kerakligi haqida kattalar orasida turli fikrlar mavjud. Ko'pchilik ota-ona va tarbiyachilar 3 yoshdan boshlab, 1-sinfga bir yil qolgungacha tayyorlashni ku-chaytirish kerak deb hisoblashadi. Ammo boshqalar faqat mak-tabdan oldingi bir yil davomida tayyorgarlik qilish kerak deb ay-tishadi. Ba'zi ota-onalar bola bog'chaga borishi bilan maktabga tayyorgarlik boshlanadi, debo'ylashadi. Maktab hayotiga bolani kim tayyorlashi kerak? Bog'cha tar-biyachilari bolani maktabga tayyorlash butun bog'cha davrida amalga oshishi kerakligini tushunishadi va dastur talablariga bi-noan uni amalga oshirishadi. Lekin aynan maktabga borishdan avval ular tayyorgarlikka alohida diqqat-e'tiborini qaratishadi: talaffuzdagi

kamchiliklarni bartaraf etishadi, bilimlarni bir sistemaga solishadi, qo'llaming mayda harakatini rivojlantirishadi va hokazo. Y.A. Kamenskiy ozining «Onalar maktabi» kitobining mak-tabga tayyorlash bobida yozishicha, barcha insonlar bajaradigan ishlar, ma'lum bir tayyorgarlikni talab qiladi. Ota-onalar shuni oylab, oz bolalarini maktabga tayyorlashadi. Maktabga har tomonlama tayyorgarlikdan tashqari, Komenskiy ota-onalar uchun quyidagi vazifalarni ko'rsatadi:

1. Bolalarda maktabga borganda, o z tengdoshlari bilan o qigan va o ynaganda xursandchilik hissini tug'dirish.

2. Bolalarga maktabdagi ta'limning mohiyatini tushuntirish, ularni maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishtirish.

3. Bolalarda bolajak oqituvchilarga nisbatan hurmat va ishonchni shakllantirish. Ota-onalarning ko'pchiligi maktabda yaxshi o'qishning shartlaridan biri shaxsning umumiy rivojlanishi deb hisoblashadi. Ammo, bolaning aqliy rivojlanishi eng asosiysi deb bilishadi, shuning uchun mashg'ulotlarda bilim, nutq, tafakkur va xotirani rviojlantirishga harakat qiladilar. Keyingi o'ringa bolaning o'qish va yozish malakalarini rivojlantirishni qo'yishadi, yodlatishadi, suhbatlashishadi, birgalikda mantiqiy o'yinlar o'ynashadi. Gohida mehnat, sport, ashula yoki raqs bilan shug'ullantirishadi. Xulosa qilib aytganda, bolani maktabga tayyorlashda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari bilan ota-onalarning hamkorlikda ish yuritishi ijobiy natija beradi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktabning hamkorlik ish rejasida quyidagilar bo'ladi. Avvalo avgust oyi boshida maktabgacha ta'lim muassasining psixologi, tayyorlov guruhi tarbiyachisi va boshlang'ich sinf o'qituvchilarini maktabgacha ta'lim tashkilotsi tayyorlov guruhi bolalari bilan olib boriladiganish rejasini tuzadilar va uni tasdiqlaydilar. Bunda albatta tayyorlov guruhi bolalariga maktab ta'limi haqida ma'lumotlar beriladi va ularda maktab haqida tasavvur va ko'nikmalar paydo qilish ishlari olib boriladi. Yilning sentabr oylarida mustaqilligimiz yubileylari, bilimlar kuni tadbirlarida bolalarning chiqishlari bilan ishtirok etish va bu tadbirlarga hamkorlik qilinayotgan maktab direktori, boshlang'ich sinf o'qituvchilarini ham taklif etish va ularning ishtirokini ta'minlash rejalashtiriladi.

Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o'tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg'otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to'g'ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o'zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg'otadi.

Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma'lumotlar bolalarning o'z qo'llari bilan urug'larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo'yishi va urug' unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi.

Yuqorida izohi keltirib o'tilgan markazlar faoliyati bolani maktab ta'limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhit vazifasini bajarib, shu o'rinda 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik xaritasini ilova qilib o'tishni joiz deb bildik. Zero, mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta'lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlaydi. Masalan boladagi,

1. Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish

2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish

3. Nutq, muloqot, o'qish va yozish ko'nikmalari

4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish)

5. Ijodiy rivojlanish kabilar uni maktab muhitiga tayyorlovchi asosiy me'zonlar sanaladi.

O'quv yili yakuniga yetgandan so'ng maktabga tayyorlov guruhi bo'yicha o'tkazilgan monitoringa asosan amalga oshirilgan ishlarni kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o'tkaziladi va bu orqali MTTning keyingi o'quv yiliga mo'ljallangan ustivor vazifalarini belgilaydi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotsidagi ta'lim-tarbiya jarayoni qanchalik sifatli va yuqori darajali bo'lsa yoshlarimiz ta'limning keyingi bosqichlarida ham qiynalmasdan bilimlarni o'zlashtiradilar. Shunday ekan ta'lim jarayoniga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan e'tiborni e'zozlashimiz va unadan to'g'ri samarali foydalanishimiz lozim. Buning asosida albatta yosh avlodni barkamol shaxs sifatida shakllantirishimiz va vatanimizga kerakli inson qilib ulg'aytirmog'imiz lozim.

• Bolani maktab ta'limiga psixologik tayyorlash.

Maktabga ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik - bu bolani maktabni muvaffaqiyatli boshlashi kerak bo'lgan aqliy fazilatlar to'plami.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning so'rovini o'tkazgan psixologlar maktabda psixologik tayyorgarlik ko'rishga tayyor va tayyor bo'lmagan bolalar maktabini qabul qilishdagi farqni qayd etishadi.

Maktabda psixologik tayyorgarlikni barpo etgan bolalar, asosan, o'qishning haqiqati bilan qiziqib qolishgan. Kamroq darajada ular jamiyatdagi o'z pozitsiyasini o'zgartirish, o'quvchining o'ziga xos xususiyatlariga ega bo'lish ehtimoli (portfel, noutbuk, qalam ishi), yangi do'stlar topishi bilan shug'ullandi.

Lekin psixologik jihatdan tayyor bo'lmagan bolalar o'zlariga kelajak haqida hayratlanarli rasmni qaratdilar. Ular, avvalambor, o'z hayotlarini yaxshiroq o'zgartirishga imkoniyat yaratdi. Ular, albatta, mukammal sinflarga, do'stlarning to'liq sinfiga, yosh va chiroyli o'qituvchilarga ega bo'lishlarini kutishdi. Albatta, bunday umidlar maktabning dastlabki bir necha haftasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Natijada, maktab kunlari bu kabi bolalar uchun muntazam ravishda va hafta oxiri doimiy ravishda kutib turdi.

Maktabga psixologik tayyorgarlikning komponentlari

Maktabga psixologik tayyorgarlik mezonlarini keltiraylik. Ular quyidagilarni o'z ichiga

oladi:

■ motivatsion;

■ aqliy (bilim);

■ kuchli irodasi;

■ kommunikativ.

Birinchidan, bolaning ta'lim olish istagi va o'quvchi bo'lish orzusi, ya'ni yangi ijtimoiy mavqega ega bo'lishi uchun maktabga borish uchun bunday sabablar bo'lishi kerak. Maktabga bo'lgan munosabat ijobiy bo'lishi kerak, lekin aniq.

Ikkinchidan, bola etarli fikrlash, xotirani va boshqa bilim jarayonlarini rivojlangan bo'lishi kerak. Ota-ona, maktabga kerakli bilim va ko'nikmalarni berish uchun bolaga murojaat qilishlari kerak (hech bo'lmaganda 10 songacha, o'qituvchi tomonidan o'qish).

Uchinchidan, bola maktabda qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun o'z xulq-atvorini ixtiyoriy ravishda nazorat qilishi kerak. Axir, maktabda u o'qituvchini sinchkovlik bilan tinglashi, uy vazifasini bajarishi, qoidaga va namunaga ko'ra ishlashi va intizomga rioya qilishlari kerak.

Agar birinchi sinfga o'tish vaqti yaqinlashib qolsa va o'g'lingiz yoki qizingiz sizning fikringizcha, bu psixologik jihatdan hozircha tayyor bo'lmasa, bolangizga o'zingizga yordam berishga yoki psixologiya o'qituvchisidan yordam so'rashga harakat qilishingiz mumkin.

Bugungi kunda mutaxassislar maktabga psixologik tayyorgarlik bo'yicha maxsus

mo'ljallangan dasturlarni taklif qilishadi. Sinfga borishda, bolalar:

■ ta'lim vazifasini tushunishga o'rganish, uni bajarish;

■ grafik va matematik ko'nikmalarini rivojlantirish;

■ tushunchalarni umumlashtirish, tasniflash va shakllantirish qobiliyatini oshirish;

■ mantiqiy fikrlash va og'zaki mexanik xotirani rivojlantirish;

■ belgilangan normalarga muvofiq faoliyatni o'zboshimchalik bilan tartibga solish

qobiliyatiga ega.

REFERENCES

1. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

3. D.R. Babaeva. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

4. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi, T- 2022 y.

5. Мирзиёев Ш.М. ^онун устуворлиги - инсон манфаатларини таъминлаш тараккиёти ва халк фаровонлигининг гарови. "Узбекистан"

6. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

8. Z.Azizova , Z.Abdurazakova "Legal and Pedagogical Bazes of Preparetion of Children for the Implementation of Socal Protection" Yosh Tadqiqotchi Jurnal 1(5) 395-403.2022

9. N.G.Malikovna CONTENT AND PEDAGOGIKAL CONDITIONS FOR THE DEVELEOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENSE OF TEACHERS AND EDUCATIONAL ORGANIZATIONS International journal of socials cience interdisciplinary research ISSN 2022

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Science and Innavation 1 (8) 20672077,2022

11. N.G.Malikovna . "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

12. G.M Nazirova, D.R.Djo'rayeva, H.M.Tojiboyeva, "Modern trends in education for Children of preschool age" Methodological manual 2015

13. Технологии организации и управления педагогическими процессами С.Тургунов, Л.Максудова. Х.М.Тожибоева Г.М.Назирова 100 2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.