Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAMI MAKTAB TA’LIMIGA MOSLASHTIRISH METOD, VOSITA VA USULLARI'

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAMI MAKTAB TA’LIMIGA MOSLASHTIRISH METOD, VOSITA VA USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
959
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MAKTABGACHA TA'IM / BOLA / PEDAGOGIKA / PSIXOLOGIYA / AQLIY FAOLIYAT / BILIM / MALAKA VA KOʻNIKMALAR / ESTETIK IDROK

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umurova M.Yo.

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash haqida fikr yuritilgan. Maktab ta’limiga moslashtirishda metod, vosita va usullar toʻgʻrisida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS, MEANS AND METHODS OF ADAPTING A PRESCHOOL CHILD TO SCHOOL EDUCATION

This article focuses on the quality of preparation of children for preschool education in preschool organizations. Information is provided on methods, tools, and techniques for adapting to school education.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAMI MAKTAB TA’LIMIGA MOSLASHTIRISH METOD, VOSITA VA USULLARI»

Umurova M. Yo.

Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi

MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALAMI MAKTAB TA'LIMIGA MOSLASHTIRISH METOD, VOSITA VA USULLARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash haqida fikr yuritilgan. Maktab ta'limiga moslashtirishda metod, vosita va usullar to'g'risida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: Maktabgacha ta'im, bola, pedagogika, psixologiya, aqliy faoliyat, bilim, malaka va ko'nikmalar, estetik idrok.

Umurova M. Yo. teacher faculty of pedagogy department of pedagogy Bukhara State University

METHODS, MEANS AND METHODS OF ADAPTING A PRESCHOOL

CHILD TO SCHOOL EDUCATION

Abstract: This article focuses on the quality of preparation of children for preschool education in preschool organizations. Information is provided on methods, tools, and techniques for adapting to school education.

Keywords: Preschool taste, child, pedagogy, psychology, mental activity, knowledge, skills and abilities, aesthetic perception.

Maktabdagi majburiy ta'lim bolaga ma'lum talablarni qo'yadi. Ma'lumki, bola ta'lim-tarbiyaviy muassasaning talablarini bajara oladigan rivojlanish darajasiga yetishi kerak, faqat shundagina bolani maktabga berish mumkin.

Olimlar qanday qilib maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashadi? Pedagogik va psixologik adabiyotlarda bolaning ta'lim va tarbiya jarayoniga kirib, uning mazmunini muvaffaqiyatli o'zlashtirib olishi shaxsning umumiy rivojlanganligi deb ko'rsatilgan.

Psixologlar maktabga umumiy tayyorgarlikning quyidagi tomonlarini ajratadilar: jismoniy, aqliy, ijtimoiy-axloqiy (yoki ij-timoiy his-tuyg'uli) va sababli (motivli).

Boshlang'ich maktab bolani o'qitishga tayyorgarlik darajasiga o'z talablarini qo'yadi. Talablardan biri — bog'cha bolalariga xos boigan kun tartibiga rioya qilish. Bolaning bog'chaga borish vaqti oilaviy sharoitga qarab

belgilanadi. Ammo maktabga borish majburiy — bola darslarga har kuni kelishi shart.

Bog'cha bolasi kun bo'yi tuzilishi va mazmuni qiziq bolgan turli xil faoliyatlar bilan shug'ullanadi. Bola asosan, o'z xohishi bo'yicha o'yna ydi yoki ish bilan shug'ullanadi. Maktabda esa kunning birinchi qismini tartibli (sistemali) o'qitish egallaydi, bun-dan tashqari kunning ikkinchi qismida ham maium vaqtni darslarni tayyorlashga ajratish kerak. Maktabda bola o'z xohishi va qi-ziqishi bilan tanlagan mashg'ulotlar chegaralangan. Bola maktab tartibi va darslar jadvaliga bo'ysunishi kerak. Har qanday ob-havoda bola maktabga vaqtida kelishi, o'quv qurollarini olib kelishi, maktab ta'lim sharoitlariga ko'nikishi kerak. Darslarda maium vaqt tinch o'tirib, diqqatini bir joyga jalb qilib ishlashi, tanaffusda esa nisbatan qisqa vaqt ichida o'z kuchlarini tiklab olishi kerak boladi.

Shunday qilib, maktab hayotiga jismoniy va ruhiy jihatdan o'rganish uchun bola eng avval sogiom, jismoniy chiniqqan va chidamli bo'lishi kerak. Sistemali ta'lim uchun bolaning aqliy rivojlanishi, ya'ni, aniqrog'i, maktabga umumiy ruhiy tayyorgarligi muhim, deb hisoblanadi.

Bola birinchi sinfda uch fan (o'qish, yozuv va matematika)ning asoslarini, tabiat va jamiyat to'g'risida oddiy bilimlarni egallaydi. Bola odamlar, jismlar va tevarak-atrofdagi hodisalar haqida ma'lum tasawur bilan maktabga kelishi kerak. Bolaning o'quv materialni to'liq o'zlashtirishi va ta'limning bola qobiliyatlariga mos kelishi uning aqliy faoliyatiga bog'liq bo'ladi.

Bolaning yaxshi o'qishiga aqliy faoliyatining rivojlanish darajasi, idrok, tasawur, xotira va tafakkur funksiyalari hamda aqliy faoliyat bilan shug'ullanish odatlari ta'sir qiladi. Bola tahlil qilishni, ya'ni narsalarni (predmetlarni) idrok etganda muhim va muhim bo'lmaganlarni ajrata bilish, kuzatayotgan hodisalarni umumlashtirish, guruhlash kabilarni o'rganishi kerak. Bola zehnli, ziyrak, topqir, mustaqil bo'lishi kerak. Zavq, xursandchilik keltiradigan aqliy faoliyatiga nisbatan bolada qiziqish paydo bo'ladi.

Ta'limning muvaffaqiyatli bo'lishi ko'p jihatdan bola nutqining rivojlanish darajasiga, uning lug'at boyligiga, mustaqil, aniq, ifodali va grammatik jihatdan to'g'ri gapira olishiga bog'liq bo'ladi.

Bolada maktabga borish bilan nafaqat hayot tartibi va asosiy faoliyatida, balki ijtimoiy o'rnida ham o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bola munosabatlari shakllangan tanish tengdoshlar va kattalar jamoasidan, notanish bolalar va kattalar jamiyatiga o'tadi.

Oldingi jamoada bola o'zining huquq, burch va imtiyozlarini bilar edi, yangi shakllanayotgan maktab jamoasida esa bola o'zini boshidan ko'rsatishi kerak. Bolaning burch va huquqlari, maktabgacha davrga nisbatan aniqroq va qattiqroq belgilanadi. Bola faoliyatini baholashning muhim mezonlaridan biri nafaqat maktabda, balki oilada, tengdoshlar davrasida muvaffaqiyatli o'qish bolib qoladi.

Maktabda uzoq muddat ota-ona g'amxo'rligisiz bo'lgani sababli, bola o'z yoshiga mos his-tuyg'u va iroda mustahkamligiga ega bo'lishi, o'z xulqini nazorat qila olishi kerak. Agar o'quvchi o'qishga ijobiy yondashsa, o'qishni xohlab, intilsa, ta'limdagi boshlang'ich qiyinchiliklarni tezroq va osonroq bartaraf etadi. Irodali bo'lish bolaga barcha maktab vazifalarini doimiy va muvaffaqiyatli bajarishida muhim ahamiyatga ega.

Bilim va ijtimoiy hayot qonun-qoidalariga rioya qilish, xarakter ijobiy jihatlarining shakllanganligi bolaga boshqa bolalar bilan muloqotda, sinfdoshlar bilan do'stona munosabat o'rnatishda va jamoada faol ishtirok etishida juda katta yordam beradi.

Bolaning maktabga umumiy tayyorgarligi deganda uning har tomonlama rivojlanganligi tushuniladi. Biror tomonining rivojlanmagani, zaifligi (aqliy, his-tuyg'uli, irodaviy yoki amaliy) maktabda o'zlashtirmaslikning sabablaridan bo'lishi mumkin.

Shu bilan birgalikda, bolalar birinchi sinfda o'quv fanlarining (o'qish, yozuv, matematika) mazmunini o'zlashtirish uchun maxsus bilim, malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishlari kerak. Masalan, matematikani o'qitishda o'qituvchi bola narsalarning rangi, shakli, katta-kichikligi, sonini ajrata biladi deb hisoblaydi, yozuvni o'rganishda esa bola yozuv va rasm qurollarini to'g'ri ishlata olishiga, grafik mashqlarni bajara olishiga tayanadi. Shu kabi bilim, malaka va ko'nikmalar maktabga maxsus tayyorgarlikni tashkil etadi. Umumiy va maxsus tayyorgarlik bir-biriga zid kelmaydi. Maktab fanlarini o'zlashtirishda bolaning maxsus tayyorgarligi umumiy tayyorgarlikdan kelib chiqadi, unga mos keladi, tayanadi.

Bola shaxsini rivojlantirishda ma'lum bir tomoniga (asosan, aqliy) kuchli yo'naltirish berishga alohida e'tibor berish kerak. Kattalar har doim shuni esda tutishlari kerakki, bolani tezlashtirilgan, jadal o'qitish zarur hisoblanadi.

Maktabgacha davr inson shaxsini shakllantirishda juda katta ahamiyatga ega. Agar shaxsni har taraflama shakllantirishda aynan shu yoshdagi qulay sharoitlar qo'llanilmasa, rivojlanish to'xtab qolishi mumkin yoki chetlanishlarini bartaraf etish nihoyatda og'ir kechadi.

7 yosh — bola yangi sharoitga tez o'rganadigan va o'qish jarayonida muvaffaqiyatli ishtirok etadigan davr hisoblanadi. Y.A. Kamenskiy bola hayotining yettinchi yilini bekorchilikda buzilib ketmaslik uchun maktabda o'qishni boshlaydigan vaqt deb hisoblagan. Bolaning ona maktabida 5-6 yil ta'lim-tarbiya olishini (bolaning oiladagi tarbiyasi nazarda tutilgan) u yetarli va optimal muhlat, deb hisoblagan.

Maktabga tayyor bo'lgan bola jismoniy chiniqqan, har qanday ob -havoda uzoq vaqt yura oladi, asosiy harakat malakalariga ega, u o'zining harakatlarini nazorat qila oladi, tozalikka rioya qiladi.

Bola bilimining rivojlanganligi uning jamiyat va tabiatdagi voqea-hodisalarni tushunib yetishi, kuzatish qobiliyati, hodisalarni to'g'ri nomlashi bilan aniqlanadi. Bola o'z fikrlarini ifoda eta bilishi kerak, ijodiy va mustaqil

fikrlay olishi, aniq ko'rgazma materialga tayanib, masalalarni yecha bilishi kerak. 6—7 yoshli bola oiladan tashqarida ham o'zini dadil tutishi kerak. Shakllangan madaniy ko'nikmalari o'z tengdoshlari bilan munosabatlar o'rnatishiga yordam beradi.

Bola mustaqil kiyinishni, ovqat yeyishni, narsalarini toza va tartibli saqlashni o'rganishi kerak. Bola kattalar mehnatining muhimligini tushunishi va hurmat qilishi kerak. Har qanday ishga ijobiy yondashib, uni diqqat, e'tibor bilan vaqtida bajarishi lozim.

Bolada estetik idrokni shakllantirish, o'zining yoshiga mos badiiy asarlarga qiziqish uyg'otish, yon-atrofni estetik jihatdan bezatishiga intilishini rivojlantirish kerak. Bola musiqa, adabiy so'z, rasmlarning chiroyini sezishnj o'rganishi, ashula aytish, rasm chizish, yasash, topishmoqlar, laparlar, tez aytishlar, maqollar, ertaklarni bilishi va aytib berishi, kitoblarni avaylashni bilishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Qodirova F. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. -T.: Ma'rifat madadkor, 2014.

2. Xasanboyeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi.- T.: Ilm ziyo, 2006.

3. Atayeva N. va boshqalar. Umumiy pedagogika. -T.:Fan va texnologiya, 2015.

4. Daminov M., Adambekova T. O'yin mashg'ulotlari. - T.: O'qituvchi, 1993.

5. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

6. Shodmonova SH. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi.-T.:Fan va texnologiya, 2008.

V. Qodirova F., Toshpulatova Sh., A'zamova M. Maktabgacha pedagogika. O'quv qo'llanma. - Toshkent: Ma'naviyat, 2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.