Научная статья на тему 'BOLANING MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLIGI TAHLILI'

BOLANING MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLIGI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta`lim / maktab / maktabgacha davr / tayyorlash / ijtimoiy / talab / bosqich.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Axmadaliyeva Sadoqat Sultonali Qizi

Ushbu maqolada bolalarni maktab talimiga tayyorligini tashxislash usullari, bolalarni maktab rejimiga tayyorgarligi, bolaning normal rivojlanishi, 6 yoshli bolaning taxminiy kundalik rejim, bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tayyorgarlik masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLANING MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLIGI TAHLILI»

BOLANING MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLIGI TAHLILI

Axmadaliyeva Sadoqat Sultonali qizi

Uchko'prik tuman 7-DMTT metodisti https://doi.org/10.5281/zenodo.11199993

Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalarni maktab talimiga tayyorligini tashxislash usullari, bolalarni maktab rejimiga tayyorgarligi, bolaning normal rivojlanishi, 6 yoshli bolaning taxminiy kundalik rejim, bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tayyorgarlik masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: talim, maktab, maktabgacha davr, tayyorlash, ijtimoiy, talab, bosqich.

Аннотация. В данной статье описаны методы диагностики готовности детей к школьному обучению, подготовка детей к школьному режиму, нормальное развитие ребенка, примерный распорядок дня ребенка 6 лет, научно-теоретическая значимость вопроса психической подготовки при подготовке. детей в школу, уровень ее изучения и ее значение в настоящее время.

Ключевые слова: образование, школа, дошкольный период, подготовка, социальная, востребованность, этап.

Abstract. This article describes methods of diagnosing children's readiness for school education, children's preparation for the school regime, normal development of the child, the approximate daily routine of a 6-year-old child, the scientific theoretical importance of the issue of mental preparation in preparing children for school, the level of its study and its importance at the present time.

Keywords: education, school, pre-schoolperiod, preparation, social, demand, stage.

"Ilm yo'li" variativ dasturi Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ilmiy-metodik kengashining 2019 yil 29 avgust 7-sonli yig'ilish qarori bilan, maktabgacha ta'lim vazirligi huzuridagi o'quv metodik ishlarni muvofiqlashtiruvchi yig'ilishining 2019 yil 20 sentyabrdagi 1-son bayoni bilan tasdiqlangan va nashrga tavsiya etilgan.

O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'limi tizimini modernizatsiya qilish maktabgacha ta'limga teng imkoniyatlar yaratishning zarurati va muhimligi hamda bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning muqobil va kamchiqim modellarini ishlab chiqishni taqozo etadi.

6-7 yoshli bolalarni o'qitish majburiy boshlang'ich ta'limga bir yillik tayyorlash guruhlari dasturi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ta'lim sektori rejasi, maktabgacha ta'limni rivojlantirish Kontseptsiyasi, Davlat talablariga tayangan holda bolaga yo'naltirilgan sifatli pedagogikaga printsiplariga asoslangan.

Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bolaning erta rivojlanishiga investitsiya ajratilishi quyidagi asosiy omillar bilan belgilanadi:

• katta yoshdagi kishi intellektual qobiliyatining 70% hayotining dastlabki 5 yilida shakllanadi;

• maktabgacha ta'limga sarf-xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi 17:1 nisbatni tashkil etadi (bolalar qamrovi 50% kam bo'lmaganda);

• umumiy ta'limda erishiladigan sezilarli yutuqlar;

• ta'limni yuqoriroq bosqichda davom ettirish uchun katta imkoniyat mavjudligi; -g'ayriaxloqiy va jinoiy xatti-harakatlar ehtimolining kamayishi.

Dasturning maqsadlari va vazifalari maktabgacha bolalar uchun quyidagilarni

ta'minlashni ko'zda tutadi:

-zarur bo'lgan rivojlanish amaliyoti va maktabga tayyorlash uchun teng imkoniyatlarni vujudga keltirish;

-6-7 yoshli bolalar uchun mo'ljallangan majburiy boshlang'ich ta'limga bir yillik tayyorlash guruhlar bolalarini to'liq kunli maktabgacha ta'lim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega bo'lmagan yoki muayyan sabablarga ko'ra, bunga intilmaydigan ota-onalarning talab-ehtiyojlarini qondirishi kerak;

• 6-7 yoshli bolalar uchun mo'ljallangan majburiy boshlang'ich ta'limga bir yillik tayyorlash guruhlar maktabgacha ta'limga qo'yiladigan Davlat talablariga muvofiq, 5 muhim sohada bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashi zarur (jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) har tomonlama uyg'un rivojlanishini ta'minlashga mo'ljallangan;

• maktab ta'limiga umumiy psixologik tayyorgarlik.

Dastur zamonaviy pedagogika va psixologiya tamoyillariga tayangan holda:

• istisnosiz barcha bolalarning ta'lim olish va rivojlanishga teng imkoniyatga ega bo'lishini ta'minlashga;

• amaliyotga bola yo'naltirilgan yondashuvni, inklyuziv ta'lim tamoyillarini joriy etishga;

• oila va jamoalar bilan hamkorlik;

• ta'lim-tarbiyaning madaniy jihatdan maqbul uslublariga tayangan holda milliy qadriyat va ustuvorliklarni e'tiborga olish;

• qulay, do'stona va xavfsiz rivojlanish muhitini shakllantirishga yo'naltirilgan.

Majburiy boshlang'ich ta'limga bir yillik tayyorlash guruhlardagi ta'lim jarayoni quyidagi

tamoyillarga asoslangan:

• bolaga yo'naltirilgan ta'limga yondashuvi;

• inklyuziv ta'lim haqida mushohada yuritish;

• bolani xolistik(yaxlit) rivojlanishini ta'minlaydigan ta'lim muhitining xususiyatlarini belgilash;

• maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyatning yetakchi turi - o'yin asosida ta'lim

berish;

• bola - ta'lim jarayonining faol ishtirokchisi;

• rejalashtirish va baholash samaradorligi;

• bolani tarbiyalash va rivojlantirish jarayoniga ota-onalarni

• hamkorlik asosida jalb etish;

• interfaol ta'lim;

• integrativ o'qitish.

Dasturda ko'zda tutilgan vazifalar nafaqat rivojlanish markazlardagi faoliyat paytida, balki mustaqil, o'yin jarayonida hamda pedagoglarning ota-onalar bilan birgalikdagi faoliyati jarayonida ham to'liq bajarilishi lozim.

6-7 yoshgacha bolalar rivojlanishidagi o'ziga xosliklar

Mazkur davrda organizmning tayanch-harakat va yurak-qon-tomir tizimlarining intensiv rivojlanishi hamda takomillashishi, mayda mushaklarning rivojlanishi, markaziy asab tizimidagi

ayrim bo'linmalarning rivojlanishi va differentsirovkalanishi ro'y beradi. bolaning vazni oyiga taxminan 200 gr atrofida, bo'yi o'sishi esa 0,5 sm ga ortib boradi, tana proportsiyalari o'zgara boshlaydi. 7 yoshli bolalarning bo'yi o'rtacha 113-122 sm ga, o'rtacha vazni esa 21-25 kg ga teng bo'ladi. Miya sohalari deyarli katta yoshli kishilarnikidek shakllangan. Harakat sohalari yaxshi rivojlangan. Suyaklar mustahkamlanishi davom etadi, lekin umurtqa egilishlari hali barqaror emas. Yirik va ayniqsa, mayda motorikanin rivojlanishi davom etadi. Qo'l panjalari mushaklarning koordinatsiyasi intensiv rivojlanadi. Umumiy jismoniy rivojlanish bolaning nozik motorikasi rivojlanishi bilan bog'liq bo'ladi. Qo'l barmoqlarining mashq qildirilishi boladagi intellektni oshirish, nutqni rivojlantirish va yozishga tayyorgarlik ko'rish vositasi bo'lib sanaladi.

Psixik jarayonlarning rivojlanishi.

Bu yosh bosqichining o'ziga xos tomoni bo'lib bilishga doir va fikriy psixik jarayonlarning faol rivojlanishi hisoblanadi. Bola kuzatishga, qarab izlash kabi ixtiyoriy harakatlarni bajaradi. Mana shu yoshda sensor etalonlar - shakl, rang, o'lcham to'la o'zlashtiriladi. Maydon-makonni anglashning rivojlanishi davom etadi. Bola pastga, tepaga, boshqa tomonga kabi tushunchalar bilan amallarni bajara boshlaydi. SHuningdek, endilikda o'ng va chap tomonni tasavvur qilish aniq shakllangan bo'lishi lozim. Biroq, bu yoshdagi bolalarda bir vaqtning o'zida turli xildagi belgilarning hisobga olinishi lozim bo'ladigan paytlarda xatolikka yo'l qo'yishlari uchrashi mumkin.

Diqqat. Maktabgacha yosh oxiriga kelib ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Bola diqqatini ongli ravishda ma'lum bir predmetlarga va ob'ektlarga yo'naltirib va jamlab tura oladi. Diqqatning barqarorligi ortishi - 20-25 daqiqa, diqqat hajmi 7-8 ta predmetni qamrab oladi. Bola ikkiyoqlama tasvirlarni ko'ra olishi mumkin.

Xotira. Maktabgacha yosh oxiriga kelib bolada psixik faollikning ixtiyoriy shakllari paydo bo'ladi. U endilikda predmetlarni qarab chiqa oladi, maqsadga qaratilgan kuzatishni amalga oshira olishi mumkin, ixtiyoriy diqqat paydo bo'ladi va buning natijasida ixtiyoriy xotira elementlari yuzaga kela boshlaydi. Ixtiyoriy xotira bola o'zi mustaqil ravishda maqsadni belgilaganda - eslab qolish va eslash holatlarda namoyon bo'ladi. Bolaning eslab qolish istagini har tomonlama rag'batlantirish zarur, chunki bu nafaqat xotiraning, balki bilishga doir boshqa qobiliyatlar -anglash, diqqat, fikrlash, tasavvur qilishning ham muvaffaqiyatli rivojlanish garovidir. Ixtiyoriy xotiraning paydo bo'lishi vositalangan xotiraning - eslab qolishning eng mahsuldor shakli rivojlanishiga yordam beradi. Bu yo'ldagi birinchi qadamlar eslab qolinadigan materialning o'ziga xosliklari - yorqinligi, ommabopligi, noodatiyligi, ko'rgazmalilik va boshqa shu kabilar bilan shartlanadi. Bu davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni eslab qolish maqsadlarida tasniflash va guruhlash usullariga maqsadli ravishda o'rgatish mumkin.

Fikrlash. Ilgarigidek, yetakchi bo'lib ko'rgazmali-qiyofaviy fikrlash hisoblanadi, lekin maktabgacha yosh oxiriga kelib so'zli-mantiqiy fikrlash shakllana boshlaydi. U so'zlarn ishlata bilish, fikr-mulohazalar mantig'ini tushuna olish mahoratining rivojlanishini ko'zda tutadi. Bu yerda albatta katta yoshlilarning yordami zarur bo'lib hisoblanadi, chunki bolalarning, masalan, predmetlar kattaligi yoki sonini taqqoslashlaridagi bolalarcha fikr-mulohazalarining nomantiqiyligi mavjud bo'lishi ma'lumdir. Maktabgacha bo'lgan yoshda tushunchalarning rivojlanishi boshlanadi. To'la holda so'zli-mantiqiy, tushunchali yoki abstrakt fikrlash o'smirlik yoshiga kelib shakllanadi. Katta maktabgacha yoshdagi bola sabab-oqibatli aloqadorliklarni belgilay olishi, muammoli vaziyatlar yechimini topa olishi mumkin bo'ladi.

Tasavvur. Bola hayotining bu davri tasavvur qilishning o'ziga xos faolligi bilan tavsiflanadi. Dastlab bu fakat yaratuvchilik tasavvurlari bo'ladi, ya'ni, biron-bir ertaknamo

qiyofalarni tasavvur qilishga imkon beradigan tarzda bo'ladi, keyinchalik esa butunlay yangi qiyofalarni yaratishga qodir bo'lgan ijodiy tasavvurga aylanadi. Bu bolada fantaziyani rivojlantirish uchun o'ta muhimdir.

Nutq. Grammatika va leksikaning rivojlanishi davom etadi, nutq ravon bo'la boradi. So'z boyligi ortadi, bolalar umumlashtiruvchi otlarni ishlata boshlaydilar, sinonimlar, antonimlar va sifatlardan foydalana boshlaydilar. Agarda bola bilan birga ko'p o'qilsa va muloqot qilinsa, unda bu yoshga kelib ham monologik nutq (tushuntirishli va talqin qiluvchi, bayoniy nutq) hamda muloqotda ishtirok eta olish mahorati yaxshi darajada shakllangan bo'ladi. Yozma nutq shakllana boshlaydi. So'z boyligi taxminan 3 000 ta so'zgacha boyib boradi.

SHaxs rivojlanishi. Maktabgacha yoshdagi bolaning ongidagi asosiy o'zgarish bo'lib "harakatlar ichki rejasfning paydo bo'lishi hisoblanib, u bolaga nafaqat ko'rgazmali tarzda, balki ongli ravishda ham turli xildagi tasavvurlarni hosil qilishga yordam beradi.

Bolaning o'z-o'zini anglashida "Men" obrazini anglashi refleksif qobiliyatini belgilaydi, ya'ni, tahlil qilishi, o'z harakatlarining maqsadlari va natijalari uchun javob bera olishi, shu jumladan, o'z kechinmalari, hissiyotlarini anglashi. Aynan shu yangilanish bolaning ma'nan rivojlanishining asosi bo'lib hisoblanadi. 6-7 yoshli bolaning psixik va shaxsiy sohalarida rivojlanishining eng muhim yangi hosilasi sifatida motivlarning bo'ysundirilishi hisoblanadi. "Men qilishim kerak", "men qila olaman" motivlarining anglanishi "men xohlayman" motivi ustidan ustunlik qila boshlaydi.

O'z "Men"ini anglash va mana shu asosida maktab yoshi oxiriga kelib ichki hissiyotlarning paydo bo'lishi yangi ehtiyojlarni tug'diradi. Butun maktabgacha yosh davomidagi faoliyatning yetakchi turi bo'lib hisoblangan o'yin mana shuning natijasida endi bolaning ehtiyojlarini to'la qondira olmay qoladi. Bolada endilikda o'z bolalarcha hayoti doirasidan tashqariga chiqishga intilish, ijtimoiy-ahamiyatli faoliyatda o'z o'rnini egallash istagi yuzaga keladi, ya'ni, bola yangi ijtimoiy hissiyotni - "maktab o'quvchisi o'rnini"ni egallashga intiladi, bu esa 6-7 yoshli bolalarning shaxsiy hamda psixik rivojlanishidagi eng muhim natija va o'ziga xosligi bo'lib sanaladi.

6-7 yoshda bola o'zini nafaqat uning o'zi hosil qilgan amaliy harakatlar chegaralarida anglay boshlaydi, balki u o'zining atrof-muhitga va boshqa kishilar orasidagi o'z o'rniga nisbatan munosabatlarini tushuna olish hamda tahlil qila olishga (bu yosh uchun xos bo'lgan shaklda) qobil bo'ladi: o'zini ijtimoiy munosabatlar tizimidagi sub'ekt sifatida tushunish - o'zining ijtimoiy "Men"ini anglash paydo bo'ladi.

O'z-o'zini baholash bu yoshdagi bolada qoidaga ko'ra, o'zini ko'ra olish tendentsiyasiga ega bo'ladi. Bunda bola tashqi baholashga juda bog'liq bo'ladi, chunki u o'zi haqida ob'ektiv fikrni tuza olish imkoniga ega bo'lmaydi, u o'zining qiyofasini tengdoshlari va kattalar o'z nomiga eshitgan baholardan kelib chiqib tuzadi. Maktabgacha yoshda bo'lgan bolalar yaxshi, va birinchi bo'lishga jon-dili bilan intiladilar, muvaffaqiyatsizlikka uchraganda juda xafa bo'ladilar, kattalarning munosabati, kayfiyati o'zgarib qolishiga yorqin va emotsionalb ravishda reaktsiya ko'rsatadilar. Bu davrda bolalarning guruhda taniqli va yoqimsiz bolalarga ajralib qolishlari aniq namoyon bo'ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi ehtiyoji bo'lib ham o'z tengdoshlar, ham kattalar bilan muloqoti sanaladi. Oldingi yosh davridagidek yetakchi faoliyat bo'lib syujetli-rolli o'yinlar qolaveradi. Bu yoshdagi o'yinlarning o'ziga xosligi bo'lib shu narsa hisoblanadiki, bunda bolalar kishilarning murakkab o'zaro harakatlarini o'zlashtirishni va uni amalga oshirib ko'rishni, atrof-muhitdagi asosiy hayotiy vaziyatlarni sinab ko'rishni boshlaydilar.

O'yinlar murakkablasha boradi, ba'zan kattalar har doim ham tushuna olmaydigan alohida

mazmunga ega bo'ladi. Bunda bolalar butun o'yin maydonini to'la kuzatib turishga, o'yindagi

barcha ishtirokchilarni ko'rib turishga va zaruriy o'yin harakatlariga bog'liq bo'ladigan o'z xulq-

atvori yoki rolini o'zgartirib turishga qodir bo'ladilar.

REFERENCES

1. Takomillashgan "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o'quv dasturi. - T.: YUNISEF, 2022.

2. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standarti // https://lex.uz/docs/ 5179335?query.

3. Nurmatova M.Sh., Xasanova Sh.T. Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi. - T.: "Cho'lpon", 2010.

4. Djanpeisova G.E., Xodjimuratova B.N. . Matematik tasavurlarini shakllantirish. T.: "Innovatsiya-Ziyo", 2020

5. Ganiyeva Dildora Muqimovna. KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA O'ZGA TILLARNI O'QITISH PRINSIPLARI VA USULLARI . ILM SARCHASHMALARI: Nazariy va amaliy izlanishlar (2023): 129-132

6. Ganiyeva Dildora Muqimovna : MAKTABGABCHA YOSHDAGI BOLALARDA SOG'LOM TURMUSH TARZI MADANIYATI KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH. ILM SARCHASHMALARI: Nazariy va amaliy izlanishlar (2023): 64-67

7. Ganiyeva Dildora Muqimovna FORMATION OF HEALTHY LIFESTYLE CULTURE SKILLS IN CHILDREN OF PRESCHOOL AGE ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 IMPACT FACTOR: 7.603 Vol 12, Issue 10, 2023 36-39

8. Ganiyeva Dildora Muqimovna PRINCIPLES AND METHODS OF TEACHING OTHER LANGUAGES TO YOUNG CHILDREN ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 IMPACT FACTOR: 7.603 Vol 12, Issue 10, 2023 (51-53)

9. Bahodirovna, Azizova Ziroat. "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

10. Baxodirovna, Azizova Ziroat. "INTERNATIONAL TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF THE PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.11 (2022): 458-461.

11. Ziroat, Azizova, and Abdurazzoqova Zebiniso. "LEGAL AND PEDAGOGICAL BASES OF PREPARATION OF CHILDREN FOR THE IMPLEMENTATION OF SOCIAL PROTECTION." Yosh Tadqiqotchi Jurnali 1.5 (2022): 395-403. 25. Азизова, Зироат Баходировна. "IMPROVING STUDENTS INDEPENDENT WORK IN THE CREDIT-MODULE SYSTEM." Актуальные научные исследования в современном мире 2-5 (2021): 209-212.

12. Азизова, Зироат Баходировна. "СИСТЕМА ГАРАНТИЙ ПРАВ РЕБЕНКА В УЗБЕКИСТАНЕ." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 1.11 (2021): 575-578.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.