Научная статья на тему 'MАKTАBGАCHА YOSHDАGI BОLАLАRNI TАRBIYALАSHNING PЕDАGОGIK-PSIХОLОGIK ХUSUSIYATLАRI'

MАKTАBGАCHА YOSHDАGI BОLАLАRNI TАRBIYALАSHNING PЕDАGОGIK-PSIХОLОGIK ХUSUSIYATLАRI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
6094
201
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Psixologiya / rivojlanish / o‘sish / аql-idrоk / sеzgi-hissiyot / tuyg‘u / tаrbiyaviy tа’sir / psiхik jаrаyonlаr / o‘jаr / injiq / tоrtinchоq / kаmgаp bоlаlаr / ontоgеnеz / diffеrеntsiyalаshgаn. / психология / развитие / рост / интеллект / интуиция-эмоция / чувство / воспитательное воздействие / психические процессы / упрямые / капризные / робкие / малообеспеченные дети / онтогенез / дифференцированный.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Yorqinoy Hamidjonovna Qipchaqova

Bоlаlаrgа tаrbiya bеrish uchun аvvаlо, tаrbiyalаnаdigаn bоlаlаrning psiхikаsini bilish kеrаk bo‘lаdi. Bоlаni hаr jihаtdаn, psiхik хususiyatlаri jihаtidаn hаm yaхshi bilmаsdаn turib, tа’lim-tаrbiya ishlаrini to‘g‘ri tаshkil qilib bulmаydi. Shu sаbаbli, tаrbiyachilаr vа оtа-оnаlаr uchun psiхоlоgiya fаnining, аyniqsа, bоlаlаr psiхоlоgiyasining ахаmiyati g‘оyat kаttа.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПЕДАГОГИКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ВОСПИТАНИЯ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА

для воспитания детей в первую очередь необходимо знать психику воспитываемых детей. Без хорошего знания ребенка во всех отношениях, даже в плане психических особенностей, невозможно правильно организовать учебно-воспитательную работу. Поэтому для воспитателей и родителей необыкновенна аксиома психологической науки, особенно детской психологии.

Текст научной работы на тему «MАKTАBGАCHА YOSHDАGI BОLАLАRNI TАRBIYALАSHNING PЕDАGОGIK-PSIХОLОGIK ХUSUSIYATLАRI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TARBIYALASHNING PEDAGOGIK-

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Yorqinoy Hamidjonovna Qipchaqova,

Ijtimoiy - gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi, Farg'ona davlat universiteti https://doi. org/10.5281/zenodo. 7329383

Annotatsiya: Bоlаlаrgа tаrbiya berish uchun avvalo, tаrbiyalаnаdigаn bolalarning psixikasini bilish kerak bo 'ladi. Bolani har jihatdan, psixik xususiyatlari jihatidan ham yaxshi bilmasdan turib, ta 'lim-tarbiya ishlarini to 'g'ri tashkil qilib bulmaydi. Shu sababli, tarbiyachilar va ota-onalar uchun psixologiya fanining, ayniqsa, bolalar psixologiyasining axamiyati g 'oyat katta.

Kalit so'zlar: Psixologiya,rivojlanish, o'sish, aql-idrok, sezgi-hissiyot, tuyg'u, tarbiyaviy ta'sir, psixik jarayonlar, o'jar, injiq, tortinchoq, kamgap bolalar, ontogenez, differentsiyalashgan.

ПEДAГOГИКO-ПСИХOЛOГИЧEСКИE ОСОБЕННОСТИ BOCT^AHM ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО BO3PACTA

Аннотация: для eocnumanun demeu в трвую ouepedb Heo6xoduMo 3Hamb пстику eocnumbieaeMbix demeu. Бeз xoрoшeгo 3nanun pe6ema eo ecex omнoшeнuяx, дaжe в mam ncuxmecrnx oco6ennocmeu, нeвoзмoжнo nрaвuльнo oргaнuзoвamь учeбнo-вocnumameльную pa6omy. Пoэmoму для вocnumameлeй и рoдumeлeй нeoбыкнoвeннa aKCuoMa ncuxoлoгuчecкoй нaукu, ocoбeннo demcKou ncuxoлoгuu.

Ключевые слова: ncuxoлoгuя, pa3eumue, pocm, uнmeллeкm, uнmуuцuя-эмoцuя, 4yecmeo, вocnumameльнoe eo3deucmeue, ncuxmecKue npo^ccbi, уnрямыe, кanрuзныe, po6rne, мaлooбecneчeнныe demu, oнmoгeнeз, дuффeрeнцuрoвaнный.

PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FEATURES OF PRESCHOOL CHILDREN'S UPBRINGING

Abstract: for the upbringing of children, first of all it is necessary to know the psyche of the children being brought up. Without a good knowledge of the child in all respects, even in terms of mental characteristics, it is impossible to properly organize educational work. Therefore, the axiom ofpsychological science, especially child psychology, is unusualfor educators and parents.

Keywords: psychology, development, growth, intelligence, intuition-emotion, feeling, educational impact, mental processes, stubborn, capricious, timid, underprivileged children, ontogenesis, differentiated.

KIRISH

Bolalar psixologiyasi inson ongining bolalik chog'idan boshlab qanday o'zgarishi, o'sishini va buning sabablarini ochib berish bilan, murakkab psixik jarayonlarning asl tabiatini to'g'ri tushunishga yordam beradi.

Demak, odamda bo'ladigan va tashqaridan qaraganda sirli bo'lib ko'rinadigan aql-idrok, sezgi-hissiyot xamda, orzu-tilaklarning qanday bolalikdanoq taraqqiy etishini bilmay turib, ta'lim-tarbiyaga doir ma'lumotlarni egallab bo'lmaydi. Tarbiyachilar va ota-onalar turli yoshdagi bolalarni tarbiyalayotgan vaqtlarida, avvalo ularning psixologik tomonlariga ta'sir qiladilar. Boshqacha qilib aytganda, tarbiyaviy ta'sir orqali bolalarning zehnini, xotirasini, diqqatini, qobiliyat va iste'dodini, fikr va tuyg'ularini o' stirishga harakat qiladilar. Bolalar psixologiyasining ahamiyati shundaki, agar tarbiyachilar va otaonalar bolaning psixik taraqqiyotiga xos qonuniyatlarni va bola shaxsiga xos xususiyatlarni bilmasalar, bolalar ongini o'stirish ishiga to'g'ri

rahbarlik kila olmaydilar. Ma'lumki, bog'chada zehnli, dadil, quvnoq bolalar bilan bir qatorda o'jar, injiq, tortinchoq, kamgap bolalar ham uchrab turadi. Bu narsa tarbiyachi uchun turli xarakterdagi bolalar bilan bir xil munosabatda bo'lish imkonini bermaydi. Lekin tarbiyachining asosiy vazifalaridan biri — o'ziga ishonib topshirilgan bolalarning hammasida zamon talabiga munosib bo'lgan yuksak 22 sifatlarni o'stirib, tarbiyalab berishdir. Bunday vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bolalarni bir-biridan ajratib turuvchi individual farqlarni hamda bunday farqlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bilish zarur bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida, bolalar psixologiyasidan yaxshi xabardor bo'lishni taqozo qiladi. Bolalar psixologiyasi bola psixikasining taraqqiyoti hamda shaxsiy xususiyatlarining yuzaga kelishiga ta'sir qiluvchi omillarni hamda shaxsiy xususiyatlarining yuzaga kelishiga ta'sir qiluvchi omillarni ham o'rganadi. Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining oldida bir qancha muhim nazariy va amaliy vazifalari turadi, uning nazariy vazifalariga quyidagilar kiradi:

1. Turli yoshdagi bolalarga xos bo'lgan psixologik xususiyatlarni, ya'ni bolalarning idrokiga, sezgi-tuyg'ulariga, diqqatiga va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga, xayoliga, irodasiga xos xususiyatlarni o'rganish.

2. Bolaning psixik taraqqiyotiga faol ta'sir qiluvchi omillarni aniqlab berish.

3. Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos bo'lgan qonuniyatlarni o'rganish.

4. Bola shaxsi va shaxsiga xos bo'lgan psixologik xususiyatlarni o'rganish.

5. Bolani maktab ta'limiga tayyorlash.

6. Maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun bolaning aqliy jarayonlarini faollashtirish.

7. Ta'lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini shakllantirish.

8. Ta'lim-tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini shakllantirish.

9. Ta'lim-tarbiya ishlarining psixologik mazmunini ochib berishdan iboratdir. Uning amaliy vazifalariga turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti xususiyatlariga doir bilimlarni tarbiyachilar, o'qituvchilar, ota-onalar ya'ni jamoatchilar o'rtasida keng yoyishdan iborat. Bolalar psixologiyasining amaliy vazifasi - keng jamoatchilik bola ruhiy taraqqiyotiga, yoshlik xususiyatlari orasidagi farqlar va ularga individual munosabatda bo'lish yo'llariga doir, ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bilimlardan bahramand bo'lmoqlarini ta'minlashdan iborat. Bunday vazifalarni amalga oshirish komil insonni shakllantirishda muhim rolb o'ynaydi

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ontogenezda 3 dan 7 yoshgacha bo'lgan davr maktabgacha ta'lim tashkiloti yosh davri yoki maktabgacha yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o'zgarishlari bo'lishini inobatga olgan holda 3 davrga: 3-4 yosh kichik maktabgacha davr, (kichik bog'cha yoshi), 4-5 o'rta maktabgacha davr, (o'rta bog'cha yoshi), 6-7 yosh katta maktabgacha davr, (katta bog'cha yoshi)ga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo'lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o'zlashtirib, asta-sekinlik bilan egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o'sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilishi lozim. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi.

Bog'cha yoshidagi bolalarga beriladigan tarbiya, ularning murakkab harakatlarini o'zlashtirish, elementar gigiyena, madaniy va mehnat malakalarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didning dastlabki kurtaklarini hosil qilishga qaratilishi lozim. Mashhur rus pedagogi Lestgaftning fikricha, insoning bog'cha yoshidagi davri

shunday bir boqichki, bu davrda bolalarda xarakter xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi. Bola bog'cha yoshiga etgach, uning psixik taraqqiyotida jiddiy o'zgarishlar yuzaga keladi. Chunki xuddi ana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati anchagina kuchaya boshlaydi. Bog'cha yoshidagi bola mustaqil faoliyatda bo'la olishi uchun zarur bo'lgan ikkita qudratli kuchga ega. Birinchidan, ma'lum darajada o'ziga bo'ysundirilgan harakat apparatiga, ikkinchidan esa, atrofidagi katta odamlar va o'z tengdoshlari bilan bir qadar erkin munosabatda bo'la oladigan nutqqa ega. Mana shuning uchun bu yoshdagi bolalarning xulq-atvorlari, xatti-xarakatlari, qiziqish va extiyojlari bog'chagacha yoshdagi bolalarnikidan keskin farq qiladi. Bu esa, o'z navbatida, bog'cha yoshidagi bolalar bilan bog'chagacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga ham, turlicha munosabatda bo'lishni taqozo qiladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Bog'cha yoshidagi davrda bolaning barcha psixik jarayonlari jadal rivojlana borib, uning tashqi muxit bilan bo'ladigan munosabatlarida anchagina o'zgarishlarni yuzaga keltiradi. Bir tomondan, bola bog'cha yoshiga etgach, kattalarning doimiy yordamlaridan ancha ozod bo'lib, ulardan bir qadar uzoqlashadi, ikkinchi tomondan, kattalar bilan bo'lgan munosabatlari murakkab, ko'p tomonlama xarakter kasb eta boshlaydi[1]. Bog'cha yoshidagi bolalarning psixik jihatdan rivojlanishlarida ularda paydo bo'ladigan xilma-xil extiyoj va qiziqishlar bolalarni u yoki bu xarakatga undovchi, ularni ishga soluvchi (omil) hisoblanadi. Ma'lumki, ilk yoshdagi bolalarda (yangi chaqaloqlarda) asosan organik ehtiyojlar (masalan: ovqatlanish, tashnalikni qondirish, uxlash kabi)lar mavjud bo'ladi. Bolaning faoliyat doirasi kengaygan sari, atrofidagi narsalarni bilishga qaratilgan extiyojlari ham orta boradi. Bunga sabab bolada turmush tajribasining ozligidir.

Har bir narsa bola uchun yangilik bo'lib tuyuladi va bola uni har tomonlama bilib olishga intila boradi. Shuning uchun xam ular juda ko'p savollar beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik jixatdan rivojlanishlarida bog'cha muhiti juda katta rolb uynaydi. Bog'chadagi tartib, intizom va turli-tuman ta'limiy mashg'ulotlar bolalarda yuksak ijtimoiy, intellektual, axloqiy va gigiyenik extiyojlarning uyg'un ravishda yuzaga kelishi uchun sharoit tug'diradi. Psixologiya nuqtai nazaridan qaraganda, odatlar o'z mohiyati jihatidan ehtiyojga yaqin narsalardir. Boshqacha qilib aytganda, turlicha odatlar kundalik hayotda takrorlana berishi natijasida vujudimizga juda singib ketib, extiyojga aylanib qoladi. Shuning uchun bolalarda ijobiy va foydali extiyojlarni tarbiyalash deganda ularda ijobiy va foydali odatlarni xosil qilishni tushunamiz. Bog'cha yoshidagi davrda xosil qilingan mustaxkam ijobiy odatlar (extiyojlar) kishining butun umri davomida saqlanib qoladi. Bog'cha yoshidagi bolalarning psixik jixatdan rivojlanishlarida qiziqishning ham roli g'oyat kattadir. Qiziqish, xuddi extiyoj kabi, bolani biror faoliyatga undovchi (xarakatga soluvchi) omillardan biridir.

Qiziqish deganda, biz voqelikdagi narsa va xodisalarni birmuncha chuqurrok bilishga qaratilgan maxsus intilishni tushunamiz. Demak, qiziqish bilish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan xar bir shaxsning murakkab sifatidir. Bog'cha yoshidagi bolalar xamma narsalarga birdek qiziqa bermaydilar. Ular ayrim narsalarga ko'proq, boshqa bir narsalarga kamroq qiziqadilar[2]. Lekin bogcha yoshidagi bolalarning qiziqishlari katta odamlardagi kabi bir narsaga nisbatan qat'iy xamda mustahkam bo'lmay, bir narsadan ikkinchi bir narsaga tez-tez o'tib turadi. Bundan tashqari, bog'cha yoshidagi bolalarning qiziqishlari juda tarqoq va yuzaki bo'ladi. Ular narsa va xodisalarning moxiyati yoki natijalariga emas, balki shu narsa va xodisalarning o'zigagina qiziqadilar. Shu sababli bog'cha yoshidagi bolalarda asosan beqaror va bevosita qiziqishlar ustun turadi. Tarbiyachi bog'chada turli mashg'ulotlar, ekskursiyalar, suhbatlar o'tkazish va kitoblar

o'qib berishi va bolalarda markazlashgan barqaror qiziqishlami yuzaga keltirishga xarakat qilishlari lozim. Bola psixologiyasining rivojlanishida qiziqishning axamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasining mumkin qadar chuqurroq bilishga tirishadi. Binobarin, uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shug'ullanishdan zerikmaydi. Bu esa, o'z navbatida, bolaning diqqati, irodasi kabi muxim psixik jarayonlarini rivojlantirish hamda mustahkamlashga yordam beradi.

MUHOKAMA

Bolalarda biror sohaga nisbatan barvaqt yuzaga kelgan qiziqish kelajakda ularning shu sohani yaxshi egallashlari uchun qandaydir tayyorgarlik rolini o'ynaydi. Bog'cha xayotining ko'p qirrali va sermazmunligi bolalar bilish faoliyatlarining kengayishiga xamda,chuqurlashishiga yordam beradi. Bu esa asosiy bilish jarayonlari bo'lgan - sezgi, idrok , tasavvur, xotira va tafakkur kabi jarayonlarning xarakterini o'zgartirib yuboradi. Bog'cha yoshidagi bolalarda bu asosiy bilish jarayonlari bir-biridan differentsiyalashgan (ajratilgan) bo'ladi. Bog'cha yoshidagi bola biron uyin faoliyati yoki biron narsa bilan mashg'ul bo'lishi jarayonidagina emas, balki bunday amaliy faoliyatdan tashqari xam biror narsa yoki xodisani idrok qilishi, tasavvur etishi, esida olib qolishi, esiga tushurishi xamda oddiy tarzda tafakkur qilishi mumkin. Shuning uchun bolaning bog'cha yoshidagi davrida ana shu asosiy psixik jarayonlari va xususan tafakkur xamda, nutq jarayonlari jadal rivojlanadi. Bolalar kattalar bilan bo'lgan munosabatlarida narsa va hodisalar haqida elemantar tushunchalar tizimini egallab olib, tafakkur qilishga o'rgana boshlaydilar. Kichik va bog'cha yoshidagi bolalarga xos bo'lgan «nimaga?», «nima qiladi?», «nima keragi bor?» kabi ko'p savollar ularni narsa va xodisalarning sabablari xaqida fikr yurita boshlayotganliklaridan darak beradi. Bog'cha yoshidagi bolalarning xis-tuyg'ulari nixoyatda kuchli buladi. Bundan tashkari, bog'cha yoshidagi bolalarning xis-tuygulari chuqur va mustaxkam bo'la boshlaydi. Bolalarda bog'cha yoshidan boshlab axlokiy, intellektual va estetik xissiyotlarning eng sodda turlari yuzaga kela boshlaydi. Bog'cha yoshidan boshlab bolalarda iroda va irodaviy sifatlar xam tez rivojlana boshlaydi. Ularda o'zining butun xatti xarakatlarini ongli ravishda qo'yilgan umumiy bir maqsadga bo'ysundirish uquvi yuzaga kela boshlaydi.

Bog'cha yoshidagi bolalarda ayrim psixik jarayonlarning rivojlanishi bilan birga ularning shaxsi va shaxsiy xislatlari ham tarkib topa boshlaydi. Bolaning tashqi muhitdagi narsa va xodisalar hamda o'ziga nisbatan bo'lgan to'g'ri, oqilona munosabatlarining asosi xuddi shu davrda yuzaga keladi. Bundan tashqari, bog'cha yoshidagi davrda bolaning qobiliyatlari tez rivojlanib, yangi-yangi extiyojlar va qiziqishlari xosil bo'ladi. Bola shaxsining ana shunday rivojlanib borishi natijasida uning xarakteriga oid xislatlar namoyon bo'la boshlaydi[4].

Maktabga borish bolalarning xayotida juda katta voqeadir. Maktab xayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, maktab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o'zgaradi. Maktab yoshidan boshlab bolalarning asosiy faoliyatlari, asosiy vazifalari o'qish, fan asoslarini puxta o'zgartirish bo'lib qoladi. Yetti yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo'lgan o'qish ulardan yangi sifat, yangi xususiyatlarga ega bo'lishlarini talab qiladi[5]. O'qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, o'tkir zehn, mustahkam xotira, bir qadar tafakkur, yaxshi nutq, iroda va shu bilan birga mustaqillik, batartiblik xislari bo'lishi kerak. Bolalarning maktabga borishlari biroz murakkab bosqichdir. Shuni ham nazarda tutish lozimki bolalar maktabga o'tishlari natijasida ularning ijtimoiy holatlarida xam o'zgarishlar yuz beradi. Ma'lumki, bolalar bog'chasining asosiy vazifalaridan biri bolalarga har tomonlama tarbiya berib, ularni taraqqiyot darajalarining maktabda o'qiy oladigan qilishdan iboratdir. Bu esa o'z navbatida maktabdagi o'qish ishlari bilan bog'chadagi ta'lim-tarbiya ishlari o'rtasida ma'lum izchillik bo'lishini talab qiladi. Bog'chada

bolalarning jismoniy o'sishlariga qanchalik e'tibor berilsa, uning aqliy va axloqiy o'sishlariga ham shunchalik e'tibor beriladi.

Bolalarning maktabga chiqishlari doimo nazarda tutilib ular bilan utkaziladigan ta'limiy mashg'ulotlarda bolalarning idroki, diqqati, tasavvuri, xotiralari, xayol xamda tafakkurlari, irodaviy sifatlari tizimli ravishda taraqqiy ettirib boriladi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, bolalarni maktabdagi o'qish jarayoniga tayyorlashda ularning nutqini o'stirish juda zaruriy shartlardandir. Bu masalani o'z davrida mashxur rus pedagoglaridan K.D.Ushinskiy ham ta'kidlab o'tgan edi. K.D.Ushinskiyning ko'rsatishicha, bolalarning nutqni egallashlari ularning maktabdagi o'qishga tayyor ekanliklarini ko'rsatuvchi eng ishonchli dalildir. Bog'cha bolalarini maktabga tayyorlashda ularning qiziqishlaridan foydalanish lozim. Katta guruh bolalari maktab xayoti bilan juda qiziqa boshlaydilar. Bog'cha bolalaridagi bunday qiziqishni tarbiyachi qo'llabquvvatlashi va yanada ortirib borishi kerak. Buning uchun maktab va unda o'qish 36 xaqida qiziqarli suhbatlar o'tkazish hamda yaqin atrofdagi maktabga ekskursiya uyushtirish yaxshi natija beradi. Bola etti yoshga to'lganda u jismoniy jihatdan ancha o'sadi, o'zini idora qilishga, nojo'ya xatti-xarakatlardan o'zini tiyishga, xulk-atvor koidalarini o'zlashtirishga xarakat kiladi. U o'zini bemalol eplaydigan bo'ladi, o'z kuchiga yarasha mehnat qila oladi, jamoda yashashga ko'nika boshlaydi. Bu davrda bolaning turmush tajribasi anchagina ortadi, ko'p narsalarni nomini va ulardan kanday foydalanishni biladi.

Xotirasi va tasavvurlari o'sib, ko'pgina she'r va xikoyalarni yoddan bilib oladi. Yetti yoshli bolaning nutqi ma'lum darajada rivojlanib, so'z zapaslari ko'payadi, natijada u uz o'rtoqlari va kattalar bilan erkin suhbat qiladigan bo'ladi. Bola ruhiy rivojlanishida o'yin va mehnat faoliyatining ahamiyati Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati bu o'yindir. Bog'cha yoshidagi bolalarning o'yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko'p olimlarning diqqatini o'ziga jalb qilib kelmoqda. Ma'lumki, bolaning yoshi ulg'ayib mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari uning atrofidagi narsa va xodisalar bo'yicha dunyoqarashi kengayib boradi.

Bog'cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosabatda bo'lishiga intiladi. Bu o'rinda shu narsa xarakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o'zining xaddi sig'adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo'lgan o'zining kuchi xam etmayligan, xaddi sig'maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo'lishga intiladi. Biroq tabiiyki bola o'zidagi bunday extiyojlarning birontasini ham xaqiqiy yo'l bilan qondira olmaydi. Bu o'rinda savol tug'iladi, bolalarning tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o'rtasidagi qarama - qarshilik qanday yo'l bilan xal qilinadi? Bu qarama qarshilik faqatgina birgina faoliyat orqali ya'ni bolaning o'yin faoliyati orqaligina xal qilinishi mumkin. Buni shu bilan izoxlab berish mumkinki, birinchidan, bolalarning o'yin faoliyati qandaydir moddiy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni o'yinga undovchi sabab(motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas balki shu o'yin jarayonidagi turli harakatlarning mazmuni bilan bog'liqdir. Ikkinchidan esa, bolalar o'yin jarayonida o'z ixtiyorlaridagi narsalarni, o'zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo'lgan narsalarga aylantirib, xoxlaganlaricha erkin faoliyatda bo'ladilarInson shaxsi tuzilishida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omillarning o'zaro nisbati masalasi hozirgi zamon psixologiyasidagi eng murakkab va munozarali masalalardan biridir.

Psixologiyada shaxsda ikkita omil- biologik va ijtimoiy omillar ta'siri ostida shakllangan ikkita asosiy kichik struktura borligini alohida ta'kidlaydigan nazariya sezilarli o'rin egallaydi. Insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi, ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal etuvchi ahamiyatga egadir. Lekin, inson shaxsining tarkib topishi, yuqorida

aytib o'tganimizdek, faqat shu ikkita faktorga emas, balki uchinchi bir faktorga ham bog'liqdir. Bu faktor nasliy yo'l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta'siridir. Odamga nasliy yo'l bilan ayrim anatomik va biologik hususiyatlar beriladi. Masalan: tanasining tuzilishi, sochi va ko'zlarining rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug'ma ravishda berilishi mumkin. Lekin, shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya'ni uning aqliy tomonlari bilan bog'liq bo'lgan sifatlari nasliy yo'l bilan berilmaydi.

Hozirgi vaqtda yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning moxiyatini ochish maqsadga muvofiqdir. L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruxiy yangilanishlarga tayanib, yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi; Chaqaloqlik davri inqirozi.* Go'daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha. Bir yoshdagi iiqiroz.* Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz.* Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz.* Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha- 13 yoshdagi inqiroz.* Pubertat (jinsiy etilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, 17 yoshdagi* inqiroz. L.S.Vigotskiy uzining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab, ta'riflab bera olgan. Olim eng muxim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga molik muloxazalar bildirgan. Umuman L.S.Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiytarixiy ahamiyatga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to'g'risidagi mulohazali va olg'a surgan g'oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir.

XULOSA

D.B.Yelkoninning tasnifi etakchi faoliyat (A.N.Leontyev) nazariyasiga, ya'ni har qaysi rivojlanish pallasida biror bir faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli, nazariyaning asosiy moxiyatini tashkil qiladi. D.B.Yelkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi: Go'daklik davri - tug'ilgandan 1 yoshgacha - yetakchi faoliyat - bevosita emotsional muloqot; Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - yetakchi faoliyat - predmetlar bilan nozik harakatlar qilish; Makgabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - rolli o'yinlar; Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha - o'qish; Kichik o'smirlik davri -10 yoshdan 15 yoshgacha - shaxsning intim (dilkash, samimiy) muloqot; Katta o'smirlik yoki ilk o'spirinlik davri - 16 yoshdai 17 yoshgacha; - yetakchi faoliyat - o'qish, kasb tanlash davri. Yosh davrlari psixologiyasida bir necha kichik krizislar (inqirozlar) va katta krizislar mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Kipchakova, Y. (2021). METHODOLOGICAL AND DIDACTIC ASPECTS OF INFORMATION AND INTELLECTUAL CULTURE IN THE EDUCATION OF A DEVELOPED GENERATION. Экoнoмuкa u сщ^м, (6-1), 156-159.

2. Kipchakova, Y. X., &Kodirova, G. A. (2020). INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION. Teopш u npaKmurn coврeмeннoй нaукu, (5), 29-31.

3. KIPCHAKOVA, Y., ABDUXAMIDOVA, M., & RAXMONALIYEVA, M. THE IMPACT OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN IMPROVING STUDENT KNOWLEDGE. СТУДЕНЧЕСКИЙ ВЕСТНИК Учрeдumeлu: Общecmвo с oгрaнuчeннoй omвemcmвeннocmью " Инmeрнaукa ", 37-38.

4. ^ипчакова, Ё., Махмудова, М., &Умарова, З. (2021). МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАР МЕХрАТИНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 9-10.

5. ^ипчакова, Ё., Соибжонова, Ш., & Абдукаюмова, С. (2021). МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА СОГЛОМ ТУРМУШ ТАРЗИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ А^АМИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 11-12.

6. Арипов, З. Т. (2020). ПРОЦЕСС ФОРМИРОВАНИЯ КОММУНИКАТИВНО-РЕЧЕВОЙ ГОТОВНОСТИ СТАРШИХ ДОШКОЛЬНИКОВ К ОБУЧЕНИЮ. ББК 74.268. 0 П 78 Рецензенты: доктор филологических наук ЕА Елина доктор филологических наук НМ Орлова, 108.

7. Холматова, З. Т. (2017). ОПРЕДЕЛИТЬ ОДАРЁННЫХ ДЕТЕЙ И РАЗВИВАТЬ У НИХ ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ. Ученый XXIвека, 58.

8. Холикова, Д. М., &Холматова, З. Т. (2019). ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИГРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ. Школабудущего, (4), 236-245.

9. Karimov, U., Karimova, G., &Makhamadaliev, L. (2022). The role and significance of spiritual values in youth education. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(2), 181-185.

10. Тешабоев, М., Каримов, У., & Каримова, Г. (2022). ГЛОБАЛЛАШУВ ШАРОИТИДА ЁШЛАР ТАРБИЯСИГА САЛБИЙ ТАЪСИР ЭТУВЧИ ОМИЛЛАР ВА УЛАРНИНГ ХУСУСИЯТЛАРИ. SO 'NGIILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 1(1), 382388.

11. Teshaboev, M., &Karimov, U. (2022). THE ROLE OF ETHICAL EDUCATION IN INCREASING THE EFFICIENCY OF EDUCATION. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 32-43.

12. Dilafruz, A. (2022). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA VA OILADA GENDER XUSUSIYATLARNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 2(18), 183-189.

13. Askarova, D. I. (2022). THE ROLE OF FOLK PEDAGOGY IN THE DEVELOPMENT OF CREATIVITY OF STUDENTS OF HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS. OrientalJournalofSocialSciences, 2(02), 89-96.

14. Jаbbоrоvа, M. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE SOCIAL DEVELOPMENT OF SOCIETY. Экономика и социум, (6-1), 129-132.

15. Jabborova, M. (2022). BO'LAJAK PEDAGOGLARNI TAYYORLASH TIZIMIDA MALAKAVIY AMALIYOTNING ROLI. Scientific progress, 3(4), 167-173.

16. Kodiraliyevna, J. M. (2022). TARBIYACHI KASBINING MA'NAVIY AXLOQIY NEGIZLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 2), 64-70.

17. Zhabborova, M. R. K. (2021). Мактабгача таълим сохдси талабаларида бошкарувчанлик кобилиятларини ривожлантириш. Молодой ученый, (17), 394-395.

18. Dilafruz, Y., Marifatxon, J., Rasuljonovna, E. Z., & Muqaddasxon, M. (2022). MAKTABGACHA TA'LIMGA YANGICHA YONDASHUV. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 3), 121-125.

19. Tojaliev, A. A. (2021). Higher education system-a guarantee of sustainable development of society. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 10211025.

20. Tojaliyev, A. A. (2020, December). The Role Of Innovative Activities Of Highly Qualified Personnel In The Strategic Development Of The Regions. In International scientific and current research conferences (pp. 154-156).

21. Tojaliyev, A. A. (2019). The necessite of using innovations in new developing process higher education. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(4), 132-136.

22. Тaшлaнoвa, Н. Д. (2019). Pa3BKrae критичес^го мышления студeнтoв в By3ax. Прoблeмы coврeмeннoй нaукu u oбрaзoвaнuя, (11-2 (144)), 63-64.

23. Tashlanova, N. (2021). The essence of collaborative approach in learning a language. Scientific progress, 2(8), 281-286.

24. Tadjibaeva, A., & Tashlanova, N. (2020). The collaborative approach in content and language learning. Тeoрuя u npaKmuKa coврeмeннoй нaукu, (6), 31-34.

25. Tashlanova, N. D. (2019). Development of critical thinking of students in universities. Problems of modern science and education,(11-2), 144, 22-28.

26. Qurbonov, N. B., & Tashlanova, N. D. (2021). Derivative opportunities of the uzbek and english languages in the system of figurative place names. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(2), 400-408.

27. Тaшлaнoвa, Н. Д. (2019). Применение рaзличныx видoв лeкций для pa3Brn™ критичес^го мышления студентов в высшиx учебный зaвeдeнияx. Экoнoмuкa u coщум, (8), 220-224.

28. Тaшлaнoвa, Н. Д. (2018). Фoрмирoвaниe тавышв при выпoлнeнии сaмoстoятeльныx pa6oT студентов в высшиx учебньк зaвeдeнияx. MupoeaM нaукa, (4), 238240.

29. Тaшлaнoвa, Н. Д. (2018). Эффективше испoльзoвaниe игрoвыx тexнoлoгий в npo^cce oбyчeния. Фoрум мoлoдыxучeныx, (4), 1419-1421.

30. Тaшлaнoвa, Н. Д. (2018). Эффективше испoльзoвaниe сoврeмeнныx кoмпьютeрныx тexнoлoгий та yрoкax инoстрaнныx язышв. Экoнoмuкa u свц^м, (11), 907910.

31. Djuraevna, T. N. (2022). Language Teaching Methodology: Tradition and Modernity. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE, 3(2), 41-51.

32. Тaшлaнoвa, Н. Д. (2022). Oсoбeннoсти Мeтoдичeскиx Приeмoв Изучения BTOporo Инoстрaннoгo Языга. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 3(9), 1-11.

33. Djuraevna, T. N. (2022). Correlation of Didactics, Linguodidactics and Methods of Teaching Foreign Languages. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 12, 7-16.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.