Научная статья на тему 'BОLALARNING MAKTABGA PSIXОLОGIK TAYYORGARLIGI'

BОLALARNING MAKTABGA PSIXОLОGIK TAYYORGARLIGI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
bilish / motiv / motivatsion / manipulyativ / irodaviy-hissiy / ijtimoiy-psixologik / sinkretizm / pertseptsiya / transduktsiya / ongi / sensomotor intellekt / fazoviy operatsiya.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Azizova Ziroat Bahodirovna, Solieyva Charosxon Qaxramon Qizi, Azimova Durdonaxon Dilmurod Qizi

Ushbu maqolada Bolaning maktabga psixologik tayyorligi, umumiy tayyorgarligi, bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BОLALARNING MAKTABGA PSIXОLОGIK TAYYORGARLIGI»

BOLALARNING MAKTABGA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGI

1Azizova Ziroat Bahodirovna, 2Solieyva Charosxon Qaxramon qizi, 3Azimova Durdonaxon

Dilmurod qizi

1Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi, O'zbekiston, 2'3Qo'qon davlat pedagogika

institut talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11200063

Annotatsiya. Ushbu maqolada Bolaning maktabga psixologik tayyorligi, umumiy tayyorgarligi, bolalarning o'ziga xos xususiyatlari masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalitso'zlar: bilish, motiv, motivatsion, manipulyativ, irodaviy-hissiy, ijtimoiy-psixologik, sinkretizm, pertseptsiya, transduktsiya, ongi, sensomotor intellekt, fazoviy operatsiya.

Аннотация. В данной статье рассматривается психологическая готовность ребенка к школе освещена общая подготовка, научно-теоретическая значимость вопроса о характеристиках детей, уровень его исследования и актуальность в настоящее время.

Ключевые слова: познание, мотив, мотивационный, манипулятивный, волево-эмоциональный, социально-психологический, синкретизм, восприятие, трансдукция, сознание, сенсомоторный интеллект, пространственная операция.

Abstract. In this article, the child's psychological readiness for school, general preparation, the scientific theoretical importance of the issue of children's characteristics, the level of its research and its importance at the present time are highlighted.

Keywords: cognition, motive, motivational, manipulative, volitional-emotional, social-psychological, syncretism, perception, transduction, consciousness, sensorimotor intelligence, spatial operation.

Maktabga tayyorlik davrida bolalarda faoliyat turlarining o'zgaruvchanligi yaqqol ko'zga tashlanib, maktabgacha yosh davridagi faoliyat syujetli-rolli o'yinlardan iborat bo'lgan bo'lsa, kichik maktab yoshida ta'lim jarayoniga, o'quv faoliyatiga moyillik yuqori bo'ladi. Psixolog olim D.B.Elbkonin 7 yoshli bolalarni maktab ta'limiga tayyorgarliklarining psixik xususiyatlari atrof-olamda bo'layotgan jarayonlarga munosabat hamda ijtimoiy ko'nikmalarning shakllanib borishi, o'z-o'zini nazorat qilish, o'ziga baho berish orqali namoyon bo'ladi deb ta'kidlaydi.

D.B.Elkonin maktabgacha yoshdagi bolalarda maktab ta'limiga tayyorgarlik muammosini tadqiq qilar ekan, o'quv faoliyatini psixologik jihatdan tahlil qiladi. Bolalarda taqqoslay olish, tahlil eta olish, umumlashtira olish, ma'lum bir xulosa chiqarish, shuningdek, yetarli darajada rivojlangan bilish jarayonlariga moyillik yuzaga keladi.

Maktabga psixologik tayyorgarlikni aniqlashning eng mashhur usullariga ta'limga bo'lgan psixologik asoslarning shakllanganligini aniqlovchi tashxis asboblarni kiritishadi. Bu usullar asosan o'tish davrlarida psixik rivojlanishning tashxisi vazifalari haqidagi D.B.Elkoninning qoidalariga tayanadi. U o'tish davrlarida psixik rivojlanishni tushunish uchun tashxis chizmasi yakunlangan yosh davrining yangi hosilalari kabi keyingi davr kelishini tavsiflovchi belgilarning paydo bo'lishi va rivojlanishi darajasini aniqlashni o'z ichiga olishi kerak deb hisoblagan. Maktabgacha bo'lgan yoshdan boshlang'ich sinf yoshiga o'tishda, bir tomondan o'yin faoliyatining shakllanganligi - uning asosiy tuzilmaviy tarkibiy qismlari (bir narsa ma'nosining boshqasiga o'tishi, vazifa va qoidaning o'zaro bog'langanligi, o'yin qoidasiga bo'ysunish

darajasi), ko'rgazmali- obrazli fikrlash, bilish motivlari, umumiy tasavvurlar rivojlanishining darajasi, ramziy vositalarni qo'llash; boshqa tomondan ijtimoiy munosabatlarda samimiylikni yo'qotish, baho bilan bog'liq bo'lgan kechinmalarni umumlashtirish, o'zini nazorat qilish rivojlanishini tashxis qilinishi kerak. D.B.Elbkonin bunday tashxis mavzusi sifatida ayrim psixik jarayon yoki funktsiyalar (idrok qilish, diqqat-e'tibor, xotira) emas, balki operatsional faoliyat birliklari o'rganilishini ta'kidlagan. Uning nuqtai nazaridan, bu yetarli darajada qayta tashxis aniqligini yaratadi va uning asosida orqada qolayotgan u yoki bu psixik rivojlanish jihatlarining aniqlanishida zaruriy tuzatmani belgilashga imkoniyat beradi.

O'quvchi oldida turgan maktab talablari va o'quv dasturining tahliliga ko'ra, bolaning maktabga psixik tayyorligi uning motivatsion erkin intellektual aqliy va nutqiy muhitlarida ko'rinadi. Bola maktabga qadam qo'yar ekan, o'qishning sub'ekti bo'lishi uchun unda bilishning ijtimoiy va bilish asoslari shakllangan bo'lishi kerak. Ya'ni bola oldiga qo'yilgan vazifalarni ongli ravishda qabul qilishi va bajarishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, maktab ta'limiga tayyor bo'lgan birinchi sinf o'quvchisi ta'limda muvaffaqiyatga erishishi uchun o'zida bilim olishning ijtimoiy va bilish asoslarini qamrab olgan o'quv motivatsiyasini namoyon qila olish kerak. Ehtimol maktabgacha yosh davrining oxirlarida namoyon bo'luvchi o'quv motivatsiyasiga yangi bir ta'lim sifatida qarash mumkindir. O'quv motivatsiyasi bola uchun yangi yetakchi faoliyat sifatida u ilgari egallagan asosiy faoliyati bo'lmish o'yin asosida vujudga keladi. Ko'proq o'yin faoliyatida bolaning ruhiyati shakllanadi. Maktabgacha yosh davri oxiriga kelib, o'yin ta'lim jarayonida o'z imkoniyatlarini tugatadi. CHunki bu davrga kelib bola manipulyativ o'yindan to qoidali o'yinlarni o'ynash malakalarini egallagan, bolalar o'yinlarini har bir shakllanish bosqichidan o'tgan bo'ladi. L.S.Vigotskiy ta'kidlaganidek, o'yin jarayoni takomillashib borar ekan undagi qoidalarni roli ortib boradi. Maktabgacha yosh davrining yuqori bosqichlarida asosan 6-7 yoshlarda qoidali o'yinlar o'yinning asosiga aylanadi. SHu tariqa bola o'yinning asosiy sub'ektidan turli tuman qoidalarni bajaruvchi o'quvchiga aylanib boradi. SHuni aytish mumkinki, agar bola o'yining barcha rivojlanish bosqichlaridan o'tmagan bo'lsa, unda o'quv motivatsiyasi shakllanmaganligi uning maktabga psixologik tayyor emasligi bilan ta'kidlanadi.

Yuqoridagi fikrlar o'yinlar va ular asosda qoidalarni o'z ichiga olgan 6-7 yoshli bolalarning maktab ta'limiga psixologik tayyorligini aniqlashning diagnostik dasturda o'z aksini topadi. Ma'lum bir o'xshash o'yinlarni o'ynash orqali bola mashq qilish malakasini egallaydi. Mana shu malaka orqali bola ta'limda ham yaxshi natijaga erishadi. O'yin materiali ham shu asosda tanlanadi. O'yin to'plamlarini shunday tanlash kerakki, ular bolaning maktabda o'qishni boshlashda motivatsion erkin intellektual va nutqiy rivojlanishi uchun asos bo'lsin. Maktabga psixologik tayyorgarlikni aniqlashning metodlaridan alohida M.N.Kostikova (1987) metodikasi turadi. Muallif test sinovlari natijasiga ko'ra ish tutishni emas (sinaluvchi bilan figurali, xotira va holatni o'rganuvchi metodikalarni o'tkazishadi) balki bolalar bilan sinalayotgan qiyinchiliklarni va ular uchun topshiriqni muvaffaqiyatli bajarishdan zarur bo'lgan yordam turlarini tahlil qilib, yechish jarayoniga tayanishini taklif qiladi.

Qiyinchiliklar deganda topshiriqlarni bajarishdagi har qanday to'xtalishlar, ularning har qanday noto'g'ri bajarilishi (masalan, uncha samarali bo'lmagan ish usuli), o'rtacha vaqt ko'rsatkichidan oshib ketishlar tushuniladi. Qiyinchiliklar bolaning tajribaviy sinov topshirig'ini me'erlarga ko'ra bajara olmasligi haqida dalolat beradi.

Bolaning mustaqil ravishda qiyinchiliklarni bartaraf etaolmaganida sinovchi qiyinchiliklarni bartaraf etish shart-sharoitlarini yaratishni boshlaydi. Qiyinchiliklarni bartaraf etish shartlari sharoitlari deganda ish jarayonida bolaga ko'rsatiladigan turli hil yordam turlari

ko'zda tutiladi. Har bir aniq vaziyatda yordam bola bilan sinalayotgan qiyinchiliklarni bartaraf

etish uchun talab qilinadigan hajm va sifatda amalga oshiriladi.

REFERENCES

1. "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o'quv dasturi. - T.: YUNISEF, 2018.

2. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standarti // https://lex.uz/docs/ 5179335?query.

3. Nurmatova M.Sh., Xasanova Sh.T. Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi. - T.: "Cho'lpon", 2010.

4. Nurmatova M.Sh., Xasanova Sh.T., Azimova D. Ustaxonada amaliy mashg'ulot. - T.: "Musiqa", 2019.

5. Азизова, Зироат. "ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ С ПОМОЩЬЮ ФОРМ И МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ." Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar 2.17 (2022): 77-80.

6. Bahodirovna, Azizova Ziroat. "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

7. Baxodirovna, Azizova Ziroat. "INTERNATIONAL TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF THE PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.11 (2022): 458-461.

8. Ziroat, Azizova, and Abdurazzoqova Zebiniso. "LEGAL AND PEDAGOGICAL BASES OF PREPARATION OF CHILDREN FOR THE IMPLEMENTATION OF SOCIAL PROTECTION." Yosh Tadqiqotchi Jurnali 1.5 (2022): 395-403. 25. Азизова, Зироат Баходировна. "IMPROVING STUDENTS INDEPENDENT WORK IN THE CREDIT-MODULE SYSTEM." Актуальные научные исследования в современном мире 2-5 (2021): 209-212.

9. Азизова, Зироат Баходировна. "СИСТЕМА ГАРАНТИЙ ПРАВ РЕБЕНКА В УЗБЕКИСТАНЕ." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 1.11 (2021): 575-578.

10. Bahodirovna, Azizova Ziroatkhon. "Pedagogical Bases Of Preparation Of Future Educators For Implementation Of Social Protection Of Children." JournalNX 7.04: 399-402. 28. Ziroat, Azizova. "CONCEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECTION." Yosh Tadqiqotchi Jurnali 1.5 (2022): 404-410

11. .Mo'minova G.B. ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 123-124 (2023) "MATHEMATICAL DEVELOPMENT IN PRESCHOOL CHILDREN, INTELLECTUAL ABILITIES AS AN EDUCATIONAL MODULE"

12. Mo'minova G.B. ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conferenc 115-116 (2023)REFORMS AND MODERN APPROACH IN THE PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM

13. Mo'minova G.B ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 IMPACT FACTOR: 7.603 Vol 12, Issue 10, 2023 WAYS TO USE DIDACTIC GAMES IN THE EDUCATION AND UPBRINGING OF PRESCHOOL CHILDREN 65-66

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.