Научная статья на тему 'TA’LIMDAGI ISLOHOTLAR KELAJAK POYDEVORI'

TA’LIMDAGI ISLOHOTLAR KELAJAK POYDEVORI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / xalqaro baholash dasturlari / innovatsion taraqqiyot / yoshlarni qo‘llab-quvvatlash / xorijiy tajribalar / hamkorlik munosabatlari.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Xolmo‘Minova Sevinch Sherbek Qizi

Bugungi kundigi ijimoiy hayotdagi jadalliklar sababli ta’lim ham o‘z o‘rnida qator islohotlarni amalga oshirmoqda. Chunki ta’lim sohasidagi islohotlar kelajak poydevori demakdir. Ayni shu haqida mazkur maqolada kengroq fikr-mulohaza yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDAGI ISLOHOTLAR KELAJAK POYDEVORI»

TA'LIMDAGI ISLOHOTLAR KELAJAK POYDEVORI Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2Xolmo'minova Sevinch Sherbek qizi

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lmda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi

o'qituvchisi

2Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti 1 bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11099063

Annotatsiya. Bugungi kundigi ijimoiy hayotdagi jadalliklar sababli ta'lim ham o'z o'rnida qator islohotlarni amalga oshirmoqda. Chunki ta'lim sohasidagi islohotlar kelajak poydevori demakdir. Ayni shu haqida mazkur maqolada kengroq fikr-mulohaza yuritiladi.

Kalit so'zlar: Ta'lim, xalqaro baholash dasturlari, innovatsion taraqqiyot, yoshlarni qo'llab-quvvatlash, xorijiy tajribalar, hamkorlik munosabatlari.

Mamlakat innovatsion taraqqiyot yo'lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajak davomchilari bo'lgan yoshlarning ijodiy g'oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg'or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo'lda xalqaro tajribalarni o'rganish, mayjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo'nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Chunki mamlakat ravnaqi va taraqqiyotini ta'lim istiqboli, yosh avlodning ma'naviy kamoloti belgilaydi. Kelajak egalarining zamonaviy bilim, intellektual salohiyat, ilm-u ma'rifat, erkin fikr, ilg'or texnologiyalarni tatbiq etish, jahonda e'tirof etilgan uslub va an'analarni qo'llash malakasiga ega bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Ta'lim tizimidagi islohotlar ana shu maqsadga qaratilgan bo'lib, xalqaro mezon asosida dunyoning yuksak taraqqiy etgan davlatlarida qo'llanayotgan va katta samara berayotgan ta'lim texnologiyalari, baholashning xalqaro talablariga muvofiq bo'lishiga qaratilmoqda. Dunyoning yuksak taraqqiy etgan davlatlarida ta'lim sohasida baholashning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro baholash dasturlari amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. Taraqqiyot odimlari bilan jahonga yuz tutayotgan mamlakatimizda ham ta'lim sohasida baholashning xalqaro mezonlari qo'llanilmoqda. Ma'lumki, ta'lim sifatini xalqaro standartlar asosida baholash orqali dunyo mamlakatlari bilan qiyosiy tahlillar olib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 8-dekabrda "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror kabul qilingan. Qarorda ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etilib, ta'lim sifatini belgilash bo'yicha qator xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi belgilangan. Qolaversa, O'zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmonida inson kapitalini shakllantirishning asosiy bo'g'ini bo'lgan tizimda amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar va ularni hayotga tatbiq etish yo'llari atroflicha belgilab berildi. Jumladan, unda mamlakatimizning 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) - o'quvchilarning ta'lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo'yicha xalqaro dastur reytingida jahonning 30 ta ilg'or mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi qo'yilgan. Xalq ta'limida sodir bo'layotgan mazkur o'zgarishlar bevosita oliy ta'lim muassasalari bilan ham bog'lik bo'lib, maktab va oliy ta'lim muassasalari hamkorlik aloqalari yuksalishiga sabab bo'lmoqda.

Bevosita oliy ta'lim sohasiga e'tibor qaratilsa ham qator qonun va farmonlar, qarorlarning chiqishi mazkur sohalarda tub burilishlar bo'layotganidan dalolat beradi. Shu o'rinda O'zbekistan Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi oliy ta'lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta'lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta'minlash asosida ta'lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilganligini ta'kidlash joiz. Konsepsiya O'zbekistan Respublikasida oliy ta'limni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo'nalishlari, vazifalari, o'rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo'lib, har bir oliy ta'lim muassasasi mazkur konsepsiya asosida uz "Yul xarita"larini belgilab oldi. Shu asosda ilmiy tadqiqot ishlarini tizimli yo'lga qo'yish, maqsadli kadrlar tayyorlash, ijodiy aloqalar, innovatsion loyihalar tuzish, dasturlar yaratish, nazariya va amaliyot o'rtasidagi integratsiya jarayonini takomillashtirish, talabalarning ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarini sifatli tashkil etish yo'lga ko'yilmokda. Natijada oliy ta'lim muassasalari va maktablar hamkorligi borasida qator amaliy ishlar olib borilayotir.

Mazkur hodisa oliy ta'lim tizimida yaratilayotgan milliy kadrlarimiz salohiyatini yanada oshirib, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengroq baholashga yordam beradi. Oliy ta'lim, fan va ishlab chiqarish o'rtasida innovatsion hamkorlik shartnomasining kelgusidagi eng muhim vazifasi ham oliy ta'lim muassasasida tahsil olayotgan ilmli, iste'dodli va mahoratli talabalarni qo'llab-quvvatlash, moddiy-ma'naviy rag'batlantirish, ularni malakali kadrlar qilib yetishtirishdan iborat. Mazkur qadam bevosita oliy ta'lim tizimidagi professor- o'qituvchilarning xalqaro baxolash dasturlariga munosabatini, uning nazariy asoslarini yaratish va ilmiy asoslash lozimligini ham ko'rsatib beradi.

Xulosa qilinganda, so'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi sababli barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo'lgan talab yana-da oshmoqda. Bu o'z-o'zidan talabalarimizning darslarga qiziqish xususiyatlarini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama ta'lim-tarbiyasiga e'tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarning oliy ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.

Yana aytish joizki, o'zgarishlar davrida ta'lim tizimi ijtimoiy jarayonlaridan kelib chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta'lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo'lgan yangi avlod shakllantiriladi. Shuni inobatga olgan holda umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e'tibor qaratish qat'iy bo'lib bormoqda. Shuningdek, ta'lim sohalariga kadrlar yetishtirib berish masalasi, oliy ta'lim tizimida muayyan sohalar uchun alohida kvotalar ajratilishi, pedagogik amaliyotlar bevosita ishlab chiqarish muassasalarida olib borishi oliy ta'lim tizimida ham ancha o'zgarishlar bulayotganidan dalolatdir. Xususan, dunyoda ta'lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi dasturlar deya bong urilayotgan — PISA (O'quvchilarni ta'limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni o'qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadkikot), TIMSS (Maktabda matematika va anik fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo'lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta'lim

sifatini yana-da oshirishdagi mezon sifatida keng qo'llanilib kelinmoqda va bu qo'llanilish endigi

galda o'z o'rnini yanada musthakamlashi davr talablari tufayli yanada ortib boradi.

REFERENCES

1. YsGeKucroH PecnyGnuKacu Ba3upnap Max,KaMacuHuHr 2017 nun 6 anpengaru «YMyMun ypTa Ba ypTa Maxcyc, Kac6-xyHap TatnuMuHuHr gaBnaT TatnuM craHgapTnapuHu TacguKnam Tyrpucuga»™ 187-coh Kapopu.

2. Y36eKHCTOH XanK TatnuMu Ba3upnurHHHHr 2017 nun 3 uroHgaru «YMyMun ypTa TatnuMHHHr gaBnaT TatnuM craHgapTnapu TanaGnapu acocuga TaKOMunnamrapunraH yKyB gacTypnapuHH TacguKnam Ba aManuerra ^opuM этнm Tyrpucuga»™ 190-coh Gynpyru.

3. Dilshoda Jalilova Ural qizi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish masalasining ahamiyati. Raqamli texnologiyalar davrida tillarni intensev o'qitishning psixologik-pedagogik ilmiy jihatlari ilmiy-amaliy anjumani. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607) .

4. Dilshoda Jalilova Ural qizi, Shaxnoza Jalilova Ural qizi. MUAMMOLI TA'LIM -BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA O'QUVCHILARNI IJODIY FIKRLASHGA O 'RGATISH VOSITASI SIFATIDA. "RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 25-oktabr 2023-yil. 509-512-b. https://doi.org/10.5281/zenodo.10038453

5. Dilshoda Jalilova Ural qizi, Shaxnoza Jalilova Ural qizi. RAQAMLI TA'LIM DAVRIDA INNOVATSION TARBIYA TEXNOLOGIYALARINING TALABALAR TARBIYAVIY FAOLIYATGA KIRISHISHIDA TUTGAN O'RNI. "RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 25-oktabr 2023-yil. 564-566-b. https://doi.org/10.5281/zenodo.10040596

6.

7. Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova. ORGANIZATION OF INDEPENDENT EDUCATION IN THE FIELD OF TECHNOLOGY IN PREPARING PUPILS FOR EDUCATION ON THE BASIS OF FOLK CRAFTS. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 4 APRIL 2023. 100-101p.

8. Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova. METHODOLOGY OF FORMATION OF COMPETENCES OF PUPILS' INTEREST IN NATIONAL CRAFTS BASED ON THE CLUSTER APPROACH. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 4 MARCH 2023. 373-374p.

9. https://t.me/jalilova dilshoda 2292

10. https://cyberleninka.ru

11. http://scientists.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.