Научная статья на тему 'XALQARO VA RESPUBLIKA TA’LIM SIFATIGA BAHO BERISHDA XALQARO TADQIQOTLARNING ROLI'

XALQARO VA RESPUBLIKA TA’LIM SIFATIGA BAHO BERISHDA XALQARO TADQIQOTLARNING ROLI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / xalqaro baholash tadqiqotlari / PISA / PIRLS / TIMSS / EGRA / EGMA / zamonaviy dasturlar / ta’lim sifati.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Kambaraliyeva Zulxumor Rustamovna

Globallashuv jarayonlari o‘z ta’sirini ta’lim sohasida ham ko‘rsatib kelmoqda. Shu munosabat bilan nafaqat respublikada, balki butun dunyoda ta’lim sifatini oshirish masalasi eng oldingi o‘rinlarga chiqdi. Va bu bilan davr talablariga asoslangan holda tashkil etilishi joiz bo‘lgan dars jarayonlarida xalqaro tadqiqot usullarini qo‘llashning ahamiyati yanada ortdi. Chunki bu o‘quvchilarning xalqaro miqyosdagi turli xil bellashuvlarda o‘z o‘rinlarini munosib egallashlarida zamin bo‘lib xizmat qiladi. Aynan mana shu munosabat bilan mazkur maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimi va jahon ta’lim sifatini baholashda xalqaro tadqiqotlarning ahamiyati, roli to’g‘risida fikr-mulohaza olib boriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO VA RESPUBLIKA TA’LIM SIFATIGA BAHO BERISHDA XALQARO TADQIQOTLARNING ROLI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

XALQARO VA RESPUBLIKA TA'LIM SIFATIGA BAHO BERISHDA XALQARO

TADQIQOTLARNING ROLI Kambaraliyeva Zulxumor Rustamovna

Namangan shahar 31-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi

Annotatsiya. Globallashuv jarayonlari o'z ta'sirini ta'lim sohasida ham ko'rsatib kelmoqda. Shumunosabat bilannafaqatrespublikada, balki butundunyoda ta'lim sifatini oshirish masalasi eng oldingi o'rinlarga chiqdi. Va bu bilan davr talablariga asoslangan holda tashkil etilishi joiz bo'lgan dars jarayonlarida xalqaro tadqiqot usullarini qo'llashning ahamiyati yanada ortdi. Chunki bu o'quvchilarning xalqaro miqyosdagi turli xil bellashuvlarda o'z o'rinlarini munosib egallashlarida zamin bo'lib xizmat qiladi. Aynan mana shu munosabat bilan mazkur maqolada O'zbekiston ta'lim tizimi vajahon ta'lim sifatini baholashda xalqaro tadqiqotlarning ahamiyati, roli to'g'risidafikr-mulohaza olib boriladi.

Kalitso'zlar: Ta'lim, xalqaro baholash tadqiqotlari, PISA, PIRLS, TIMSS, EGRA, EGMA, zamonaviy dasturlar, ta'lim sifati.

Аннотация. Процессы глобализации проявляют свое влияние и в сфере образования. В связи с этим на первый план вышел вопрос повышения качества образования не только в республике, но и во всем мире. И при этом еще больше возросла значимость использования международных исследовательских методов в учебном процессе, которые можно организовать, исходя из требований времени. Потому что он служит основой для того, чтобы студенты заняли свое место в различных конкурсах международного уровня. Именно в связи с этим в данной статье рассматриваются важность и роль международных исследований в оценке качества системы образования Узбекистана и мирового образования.

Ключевые слова: Образование, международные оценочные исследования, PISA, PIRLS, TIMSS, EGRA, EGMA, современные программы, качество образования.

Abstract. Globalization processes are showing their influence in the field of education. In this regard, the issue of improving the quality of education not only in the republic, but also in the whole world came to the fore. And with this, the importance of using international research methods in teaching processes, which can be organized based on the requirements of the time, has increased even more. Because it serves as a basis for students to take their place in various competitions at the international level. It is in this connection that this article reviews the importance and role of international research in evaluating the quality of the education system of Uzbekistan and world education.

Keywords: Education, international assessment studies, PISA, PIRLS, TIMSS, EGRA, EGMA, modern programs, quality of education.

Tezkor jarayonlar, o'zgarishlar davrida ta'lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta'lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo'lgan yangi avlod shakllantiriladi. Shuni inobatga olib, umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Shuningdek, mazkur ta'lim sohalariga kadrlar yetishtirib berish masalasi, oliy ta'lim tizimida mazkur sohalar uchun alohida kvotalar ajratilishi, pedagogik amaliyotlar bevosita ishlab chiqarish muassasalarida olib borishi oliy ta'lim tizimida ham ancha o'zgarishlar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

bo'layotganidan dalolatdir. Xususan, dunyoda ta'lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (O'quvchilarni ta'limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni o'qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (Maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud b'lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta'lim sifatini yana-da oshirishdagi mezon sifatida keng qo'llanilib kelinmoqda.

PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) - turli davlatlarda 15 yoshli o'quvchilarning (o'qish, matematika, tabiiy fanlar)

savodxonligini hamda bilimlarini amaliyotda qo'llash qobiliyatini baholovchi dastur. Bu dastur 3 yilda bir marotaba o'tkaziladi. Unda o'quvchilarning bilim sifati o'qish, matematika va tabiiy fanlar bo'yicha monitoring qilinadi va 1000 ballik tizimda baholanadi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo'llanilgan.

PISA - o'quvchilarni ta'lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo'yicha xalqaro dastur bo'lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o'quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo'llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi — 15yoshli o'quvchilar ta'lim dargohida olayotan bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch yilda bir marotaba o'tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o'smirlar ishtirok etadi. Maktabdagi ta'lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yo'nalishda: o'qish, matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo'yicha olib boriladi.

PIRLS - (inglizcha - Progress in International Reading Literacy Study - matnni o'qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot) mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta'lim tizimidan iborat bo'lgan davlatlarni boshlang'ich maktab o'quvchilarining matnni o'qish va qabul qilish bo'yicha tayyorgarligi hamda o'quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo'luvchi ta'lim tizimidagi o'ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat.

PIRLS - tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtirok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta'lim tizimidan iborat bo'lgan davlatlardagi boshlang'ich maktab o'quvchilarining matnni o'qish va qabul qilish bo'yicha tayyorgarligi hamda o'quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo'luvchi ta'lim tizimidagi o'ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta'limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o'qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.

TIMSS - (Trends in International Mathematics and Science Study) maktabda matematika va tabiiy fanlarni o'qitish sifatining xalqaro monitoringi bo'lib, ta'lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. Mazkur dastur 4-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo'yicha egallagan bilim darajasi, sifatini solishtirish hamda milliy ta'lim tizimidagi farqlarni aniqlashga yordam beradi. Ushbu dasturning o'ziga xosligi shundaki, u dunyodagi maktablarning matematika va tabiiy fanlar bo'yicha berilayotgan ta'lim mazmuni, o'quv jarayoni, o'quv muassasasi imkoniyati, o'qituvchilarning bilim darajasi, tahsil oluvchilarning oilaviy muhiti bilan bog'liq omillarni ham o'rganadi. Bulardan tashqari yana shularni aytish lozimki, TMSS - ham jahon mamlakatlari ta'lim tizimida keng tadbik etilmoqda.

TMSS dasturi ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (International Association for the Evaluation of Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan bo'lib, ushbu tadqiqot 4- va 8-sinf o'quvchilari orasida matematika va ijtimoiy fanlar bo'yicha ta'limning sifati, darajasi, fanga bo'lgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga o'xshab, o'quvchilar, maktab

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

ma'muriyati va o'qituvchilari orasida qo'shimcha so'rovnomalar o'tkazadi va fan sohasida to'sqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa o'sha mamlakatda ishlab chiqilgan ta'lim standartlarini va ta'lim samaradorligini boshqa davlatlar bilan solishtirib ko'rish imkonini beradi. Shu paytga qadar TMSS tadqiqotlari natijalariga ko'ra AQSH, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ta'lim tizimi eng yuqori ko'rsatkichlarni egallagan. Ta'kidlash lozimki, ayni shu davlatlarda yuqori texnogiyalarni o'zlashtirish, sanoatlashtirish va yuksak darajadagi taraqqiyotga erishish maqsadida aniq fanlarni yuqori darajada o'zlashtirishga alohida e'tibor qaratilib, unda o'quvchilar tug'ma iste'dod va qobiliyatlardan ko'ra o'z ustida doimiy ishlash hamda aniq fanlarni o'qitishda guruh yoki sinfdagi o'quvchilar sonining 16 nafardan oshmasligi belgilangan. Bunday tajriba AQSHda ham mavjud bo'lib, 1999-yildan boshlab bitta o'qituvchi 40 minutlik dars mashg'uloti davomida 16 ta bolaga bilim va tarbiya bera olish imkoniyatiga ega ekanligi inobatga olgan holda, prezident qarori bilan ta'lim muassasalaridagi guruhlarda o'quvchilar soni 16 nafar etib belgilangan.

EGRA va EGMA tadqiqotlari boshlang'ich sinflarni o'qitishda tizimli bo'shliqlarni tashxislash va ularni hal etishning eng maqbul yechimlarini aniqlovchi, o'qish hamda savodxonlik ko'nikmalarini sinovchi ilmiy asoslangan modellar hisoblanadi. Jumladan, EGRA va EGMA boshlang'ich sinflarda o'qish hamda matematika bo'yicha ko'nikmalariga baho beradi. Baholash natijalariga ko'ra yangi o'quv dasturlari, o'qitish uslubi va yondashuvlar O'zbekiston yoshlarining yaxshi natija ko'rsatishi uchun moslashtiriladi.

Bu tadqiqotlar O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan AQShning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Mazkur loyiha 2019-yil 28-sentyabrda XTV va USAID o'rtasida 50 million dollarga imzolangan besh yillik rivojlanish maqsadlari to'g'risidagi bitimning birinchi tarkibiy qismidir. AQShning O'zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyumning ta'kidlashicha, EGRA va EGMA boshlang'ich sinf o'quvchilarning savodxonligi va matematika bo'yicha ko'nikmalarini baholovchi oddiy, arzon va kuchli vositadir. Bu vosita bolaning bilimi, o'qituvchining dars berishi yoki direktorning maktabni boshqaruv ko'nikmalarini tekshirmaydi.

Mamlakatimiz buyuk kelajak sari intilib taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin egallab bormoqda. O'sib kelayotgan avlodning ta'lim-tarbiyasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, shuningdek, o'quvchilarni mustaqil, erkin fikrlashga o'rgatish maqsadida turli dastur va texnologiyalardan foydalanish zamon talabiga aylanib qolmoqda. Ayniqsa, boshlang'ich ta'limda o'quvchining yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har xil zamonaviy va xalqaro dasturlardan foydalanish maqsadga muvofiq. O'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni qo'llab, ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish hozirgi zamon boshlang'ich ta'limning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun esa boshlang'ich sinf darslarida o'quvchilarning ijodiy ishlarini tashkil qilishda ta'lim texnologiyalari, turli xil metod, usullar va tarqatma materiallaridan foydalanish bilan bir qatorda EGRA va EGMA dasturlari haqida ma'lumotlar berib, ularni dars jarayonida qo'llash ham boshlang'ich sinf o'quvchisining rivojlanishi va kamol topishi, mustaqil fikrlash ko'nikmalarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Avazova Durdona Erkinovna. PIRLS dasturi asosida boshlang'ich sinf o'quvchilariga tizimi topshiriqlar asosida badiiy asarni tahlil qilishni o'rgatish. Science and Education. 2023/4/29. 752-756b.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

2. Dilshoda Jalilova. BOSHLANG I C H TA'LIM O'OITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYASI TARKIBIY QISMLARINING MAZMUN-MOHIYATI. «O'ZBEKISTONDAILM-FANNINGRIVOJLANISHISTIOBOLLARI" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2022-yil 30-noyabr. 839-842-betlar. (https://doi.org/10.5281/zenodo.7377842)

3. Dilshoda Jalilova Ural qizi. BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIDA AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALASINING AHAMIYATI. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607) .

4. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim - taraggivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

5. Madinakhon Alimova Iskandar qizi, Egamberdiev N.B. THE IMPORTANCE OF SCIENCE AND EDUCATION IN DEVELOPING DESIGN ABILITY IN PRESCHOOL AND PRIMARY SCHOOL CHILDREN. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 4 APRIL 2023. 566-569p.

6. Nuradilova Aselxan Dilshodxo'ja qizi. Boshlang'ich sinflarda ona tili fanini o'qitishda noan'anaviy dars usulining samarali natijalari. MYFA^^HM X,3M Y3HHKCH3 BH^HM^EH^HPHY. Toml. 241-246b.

7. https://t.me/jalilova_dilshoda_2292

8. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.