Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARINING NUTQIY SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA XALQARO BAXOLASH DASTURLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK NAZARIY ASOSLARI'

BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARINING NUTQIY SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA XALQARO BAXOLASH DASTURLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

56
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalqaro baholash dasturlari / til kompetentligi / metakognitiv kompetentlik / o'qish savodxonligi / matn bilan ishlash strategiyalari / boshlang„ich ta'lim / tanqidiy fikrlash / xalq og„zaki ijodi. / international evaluation programs / linguistic competence / metacognitive competence / reading literacy / strategies for working with texts / primary education / critical thinking / folk poetic creativity.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Alisher Xasanovich Narmanov

Jahon ta‟lim tizimi amaliyotida о„quvchilarga xalqaro baholash dasturlar talabi asosida ta‟lim berishga bо„lgan ehtiyoj kuchaymoqda. Bu borada о„quvchilarning lingvistik va metakognitiv kompetentligini rivojlantirish, о„qish savodxonligi (matnni tushunish, foydalanish, mulohaza yuritish hamda munosabat bildirish) bо„yicha kо„nikmalarini mustahkamlash, matn bilan ishlashda kerak bо„ladigan turli strategiyalarni anglash va ulardan tо„g„ri foydalana olish kabi masalalar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organisation for Economic Co-operation and Development, OECD) ning PISA (The Programme for International Student Assessment) hamda Ta‟lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement, IEA) ning butun dunyo bо„ylab ta‟limni baholash, о„qish va tushunish sifatini yaxshilash bо„yicha ish olib boruvchi PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) xalqaro dasturlarida keng kо„lamda tadqiq etilmoqda. Mazkur muammoni boshlang„ich ta‟limda fanlar integratsiyasi va о„quvchilarning nutqiy imkoniyatlariga ta‟sir etuvchi omillar, xususan, xalq og„zaki poetik ijodi vositasida tadqiq qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL PRINCIPLES OF USING INTERNATIONAL EVALUATION PROGRAMS TO ENHANCE THE COMMUNICATIVE COMPETENCE OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS

The demand for international evaluation programs as a basis for teaching is increasing in the world education system . In this regard, it is important to strengthen the linguistic and metacognitive competence of students, strengthen their reading literacy (understanding, use, analysis, and reporting of texts), and teach various strategies for working with texts to effectively utilize them. The International Association for the Evaluation of Educational Achievement (IEA), the Organisation for Economic Co-operation and Development (OECD), and the Progress in International Reading Literacy Study (PIRLS) are conducting extensive research on improving the quality of reading and understanding skills of students worldwide. The issue of integrating subjects in primary education and investigating the impact of folk poetic creativity on students' critical thinking skills is of great importance in this area

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARINING NUTQIY SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA XALQARO BAXOLASH DASTURLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK NAZARIY ASOSLARI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING NUTQIY SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA XALQARO BAXOLASH DASTURLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK NAZARIY

ASOSLARI

Alisher Xasanovich Narmanov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi

o'qituvchisi p.f.f.d. (PhD), dotsent v.b.

ANNOTATSIYA

Jahon ta'lim tizimi amaliyotida o'quvchilarga xalqaro baholash dasturlar talabi asosida ta'lim berishga bo'lgan ehtiyoj kuchaymoqda. Bu borada o'quvchilarning lingvistik va metakognitiv kompetentligini rivojlantirish, o'qish savodxonligi (matnni tushunish, foydalanish, mulohaza yuritish hamda munosabat bildirish) bo'yicha ko'nikmalarini mustahkamlash, matn bilan ishlashda kerak bo'ladigan turli strategiyalarni anglash va ulardan to'g'ri foydalana olish kabi masalalar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organisation for Economic Co-operation and Development, OECD) ning PISA (The Programme for International Student Assessment) hamda Ta'lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement, IEA) ning butun dunyo bo'ylab ta'limni baholash, o'qish va tushunish sifatini yaxshilash bo'yicha ish olib boruvchi PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) xalqaro dasturlarida keng ko'lamda tadqiq etilmoqda. Mazkur muammoni boshlang'ich ta'limda fanlar integratsiyasi va o'quvchilarning nutqiy imkoniyatlariga ta'sir etuvchi omillar, xususan, xalq og'zaki poetik ijodi vositasida tadqiq qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Kalit so'zlar: xalqaro baholash dasturlari, til kompetentligi, metakognitiv kompetentlik, o'qish savodxonligi, matn bilan ishlash strategiyalari, boshlang'ich ta'lim, tanqidiy fikrlash, xalq og'zaki ijodi.

PEDAGOGICAL PRINCIPLES OF USING INTERNATIONAL EVALUATION PROGRAMS TO ENHANCE THE COMMUNICATIVE COMPETENCE OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS

ABSTRACT

The demand for international evaluation programs as a basis for teaching is increasing in the world education system.

April, 2023

468

In this regard, it is important to strengthen the linguistic and metacognitive competence of students, strengthen their reading literacy (understanding, use, analysis, and reporting of texts), and teach various strategies for working with texts to effectively utilize them. The International Association for the Evaluation of Educational Achievement (IEA), the Organisation for Economic Co-operation and Development (OECD), and the Progress in International Reading Literacy Study (PIRLS) are conducting extensive research on improving the quality of reading and understanding skills of students worldwide. The issue of integrating subjects in primary education and investigating the impact of folk poetic creativity on students' critical thinking skills is of great importance in this area.

Keywords: international evaluation programs, linguistic competence, metacognitive competence, reading literacy, strategies for working with texts, primary education, critical thinking, folk poetic creativity.

KIRISH

Dunyoda innovatsion ta'lim muhitini yaratish, PIRLS, EGMA (Early Grade Math Assessment), EGRA (Early Grade Reading Assessment), TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) singari jahon ta'lim standartlarini joriy qilish, global va metakompetentlik kabi yo'nalishlar bo'yicha bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shu jihatdan, zamonaviy pedagogik yondashuvlar (shaxsga yo'naltirilgan, kompetensiyaviy, evristik, akmeologik) va texnologiyalarni ta'lim amaliyotiga samarali tatbiq qilish, o'quvchilaming tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, undan foydalanish va munosabat bildirish ko'nikmalarmi rivojlantirishga qaratilgan xalqaro baholash dasturlari talablari asosida ta'lim mazmunini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa boshlang'ich sinf o'quvchilarida ularning lingvistik kompetentligini rivojlantirish orqali PIRLS va PISA xalqaro dasturlarida nazarda tutilgan o'qish savodxonligi bo'yicha ko'nikmalari shakllantirish ustida ishlashni taqozo qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mamlakatimizda ta'lim tizimini isloh qilish, xususan, boshlang'ich ta'limda kompetensiyaviy yondashuvlarni qaror toptirish, o'quvchilaming o'qish savodxonligini oshirish orqali ularning nutqiy ko'nikmalarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Xususan, respublikamiz Prezidenti tomonidan xalq ta'limi tizimi oldiga "2030 yilga kelib PISA xalqaro miqyosda o'quvchilarni baholash dasturi reytingi bo'yicha jahonning birinchi 30 ta ilg'or mamlakati qatoriga kirishiga erishish" [1]

April, 2023

469

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

talabining qo'yilishi soha vakillaridan PIRLS, EGMA, EGRA, TIMSS kabi xalqaro tadqiqotlarning mazmun-mohiyatini tushunishni, ta'lim mazmuni va shakliga unga muvofiq tarzda o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishni, eng muhimi, pedagogik faoliyatga ilg'or xalqaro tajribalarda qo'llanilayotgan usul va yondashuvlarni tatbiq qilishni taqozo qiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ruhiy zo'riqishlarsiz ta'limga olib kirish, ularning qobiliyatlarini aniqlash va ro'yobga chiqarish, shakllanayotgan tafakkur tarzini mantiqiy, kreativ va nostandart mushohadaga yo'naltirish, metakompetensiyalar orqali ularning nutqiy imkoniyatlarini oshirish, bunda boy xalq og'zaki poetik ijodi imkoniyatlaridan keng foydalanish xalqaro baholash dastur va tadqiqotlar talablariga moslashish sharoitida har tomonlama chuqur ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan o'rganishni taqozo qiladi.

Keyingi yillarni jamiyatimizda tub o'zgarishlar, islohotlar davri deyishimiz uchun yetarli asoslar bor. 2017 yilda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi" 2017-2021 yillarda mamlakatimizni kompleks rivojlantirish, shuningdek, yurt taraqqiyotini ta'minlashning ustuvor jihatlarini belgilab bergan dastur bo'lib xizmat qildi. Shubhasiz, 2017-2021 yillar mamlakatimiz tarixida "Yangi O'zbekiston" jamiyatini barpo etish va "Uchinchi Renessans" poydevorini qo'yishdek ulug'vor maqsadlarga kirishilgani bilan qoladi. Amalga oshirilayotgan islohot va tashabbuslarning aniqligi, strategik ahamiyati va qamrovi nafaqat mahalliy, balki xalqaro ekspertlar tomonidan ham e'tirof etilmoqda.

Islohotlar kontekstida ta'lim va fan sohasiga bo'layotgan e'tibor alohida e'tirofga loyiq. Keyingi besh yil davomida barcha turdagi ta'lim bosqichlarini tubdan takomillashtirish bo'yicha bir qator Prezident farmoni va qarorlari qabul qilindi. Qabul qilingan bu hujjatlar amaliy jihatdan hayotga yaqinligi bilan ajralib turadi.

Mamlakatimiz Prezidentimizning 2017 yilda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida: "Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo'liga o'tmoqdamiz... Yangi fikr, yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Uning uchun miya qobiliyatini rivojlantirish omillarini puxta tahlil qilishi zarur. Biz ulug' bobolarimizning munosib davomchilari bo'ladigan yetuk insonlarni tarbiyalash masalasiga, afsuski, yetarlicha ahamiyat bermadik... Nodir talant egalarini tarbiyalab kamolga yetkazish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yo'q. Rivojlangan mamlakatlar bugungi yuksak taraqqiyot darajasiga aynan shuning hisobidan yetgani - bu ham haqiqat" [2], deb ta'kidlangan.

April, 2023

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Albatta, yangi fikr va yangi g'oyani amalga oshirishda siyosiy, iqtisodiy islohotlar bilan bir qatorda barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularga jahon andozalariga muvofiq ta'lim va tarbiya berish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta'lim muassasalarida, xususan, umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilaming kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish, nutqiy ko'nikmalarini rivojlantirish kompetensiyaviy va shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalarining muhim masalalaridan hisoblanadi. Kommunikativ kompetensiyalar o'quv fanini puxta o'zlashtirish, ijtimoiy munosabatlarga kirishish, tanqidiy va nostandart tafakkur tarziga erishish, o'z fikrini aniq va tushunarli bayon qilish bilan bog'liq nutqiy faoliyat mahsuli ekan, o'quvchilarda mazkur kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish masalasiga maktabgacha ta'lim davri va umumiy o'rta ta'lim maktablarining dastlabki bosqichlaridan katta e'tibor qaratish lozim va bu, ayni paytda, o'quvchilarda shaxsiy kompetensiyalarni shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hamdir.

Bola nutqini shakllantirish va rivojlantirish masalasi pedagogikaning asosiy muammolaridan bo'lib kelgan. Darhaqiqat, bolalar nutqining shakllanishi bir qancha omillarga bog'liq va ularni tahlil qilish mazkur muammoning yechimiga nisbatan to'g'ri yondashuvni qaror toptiradi. Mazkur omillar sifatida oila va ta'lim muassasasidagi muhit, bolaning ruhiy holati, imkoniyatlari, jismoniy salomatligi, faolligi, axloqiy va estetik sifatlarini keltirish mumkin. Bola nutqini rivojlantirishda boy folklor namunlarining o'rnini, shuningdek, xalq og'zaki poetik ijodi (tadqiqotda ixchamlikni ta'minlash maqsadida keyingi o'rinlarda XOPI abbreviaturasi bilan ishlatiladi)dagi bir qator janrlarning ruhiy va fiziologik ta'sir imkoniyatlarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash bugungi kun tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik, psixologiya va pedagogika kabi fanlarning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Mavzuning bir necha fanlar kesishmasidan joy olishi uning keng qamrovli ilmiy muammo ekanligini ko'rsatadi.

XULOSA

Umuman, bolalar nutqini rivojlantirish masalasi keng qamrovli va ko'p omilli pedagogik muammo sifatida ilmiy jamoatchilikning e'tiborini ko'pdan beri jalb qilib kelmoqda. Ularda muammo turli xil aspektlarda tadqiq qilingan. Ayniqsa, bu borada rus pedagog olimlarining xizmati katta bo'lib, mahalliy tadqiqotchilar tomonidan hali amalga oshirilishi lozim bo'lgan tadqiqotlar talaygina. Shubhasiz, bolalar nutqini rivojlantirish maslalasini turli rakurslar orqali tadqiq qilinishi o'zining nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyatiga

April, 2023

471

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

ham ega. Xususan, folklor asarlari vositasida bolalar nutqini rivojlantirish masalasining hali keng o'rganilmaganligi ushbu muammoning dolzarbligini, zaruratini belgilaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 5712-con farmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlar milliy bazasi, 29.04.2019 y.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 2017 yil 22 dekabr // https://president.uz/uz/lists/view/1371

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi qaroriga 5-ilova / O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 14-son, 230-modda

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi qaroriga 1-ilova / O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 14-son, 230-modda

5. Mirziyoyev SH.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2021.

6. Ахмаджюшва М.Э., Маматкулoва Д.Б. Бoшланg'ич синф ^увчиларини og'3ara ва ёзма нутqини устириш тизими // Мoлoдoй учёный. 2017. -№4.2 (138.2). -С.6-8.

7. Бабанский Ю.К. Избранные педагогические труды / [coct. М. Ю. Бабанский ; авт. вступ. ст. Г. Н. Филoнoв, Г. А. Пoбедoнoсsев, А. М. Мoисеев ; авт. гаммет1. А. М. Мoисеев] ; Акад. пед. наук СССР. - М. : Педагогика, 1989. - С. 352.

8. Xo'jamqulov. U.N Pedagogik ta'lim innovasion klasterining ilmiy-nazariy asoslari.ped.fan.dok.diss.Avtoreferat.Chirchiq. 2020. 54-b.

9. Xalqaro tadqiqotlarda o'quvchilarning o'qish savodxonligini baholash. Ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun qo'llanma. Tuzuvchilar: Ismailov A., Norboyeva D., Ahmedov H va b. -T.: Sharq NMAK, 2019. -B.12.

278-b.

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.