Rahmatullayeva S.
ShDPI "Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi" mutaxassisligi II bosqich magistranti
XALQARO BAHOLASH TIZIMINING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA TA'LIM SOHASIDA QO'LLANILISHI
Annotatsiya. Mazkur maqoladaxalqaro baholash dastur talablari va ta'lim tizimiga joriy etish tamoyillari hamda PIRLSxalqaro baholash dasturining asosiy xususiyatlari va ta'lim sohasida qo'llanilishi 4-sinf o'quvchilari misolida keltirilgan. PIRLS xalqaro baholash dasturining o^quvchilarni hayotga amaliy tayyorlashdagi ahamiyati ochib berilgan.
Kalitso'zlar: Xalqaro baholash dasturlari, PIRLS, ta'lim sifatini baholash milliy markazi, kasbiy kompetentlik, o'qish savodxonligi, tushunish darajasi, ta'lim tizimi.
Rahmatullayeva S. master's degree ii
"Theory and Methodology of Education and Training"
ShDPI
THE MAIN CHARACTERISTICS OF THE INTERNATIONAL ASSESSMENT SYSTEM AND ITS APPLICATION IN THE FIELD OF
EDUCATION
Annotation. This article presents the requirements of the international evaluation program and the principles of the educational system, as well as the main characteristics of the PIRLS International Assessment and its application in education. The importance of the PIRLS international assessment program in the practical preparation of students for life has been revealed.
Keywords: international evaluation programs, PIRLS, National Center for Education Assessment, professional competence, literacy of study, level of understanding, education system.
KIRISH
Hozirgi kunda butun dunyo bo'ylab har bir sohada globallashuv va integratsiya jarayonlari o'z aksini ko'rsatmoqda. Shu qatorda ta'lim ham davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylandi va ushbu sohada ta'limni yangicha innovatsion g'oyalar asosida rivojlantirish bo'yicha islohotlar amalga oshirila boshlandi.
Jamiyat va hayotda sodir bo'layotgan yangilanishlar ta'lim tizimiga ham yangicha innovatsion yondashuvni, ta'lim, fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi integratsiya jarayonlarini yanada tezlashtirishga zamin yaratadi, natijada yangicha
innovatsiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish dolzarb masalalar qatoridan joy oldi. Ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda xorij tajribalarni o'rganish, tizimga xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tajribalarni o'rganish, mavjud tizim bilan qiyosiy, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, tizimda ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro loyihalarni joriy qilish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim sanaladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, "o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir". [5, 7]
PIRLS tadqiqoti tomonidan o'qish savodxonligiga berilgan ta'rif IEA xalqaroassotsiatsiyasining 2001-yildagi tadqiqotiga asoslangan bo'lib, unda o'qish savodxonligi "tushunish va shaxs tomonidan qadrlanadigan va/yoki jamiyat tomonidan talab etiladigan barcha yozma til shakllaridan foydalana olish qobiliyati" deb izohlangan.[6, 4]
Respublikamizda o'qituvchilar va o'quvchilar uchun 4 nomdagi metodik qo'llanmalar yaratilgan bo'lib, ularda PISA va PIRLS dasturlari haqidagi umumiy tushunchalar, namunaviy topshiriqlar, ularni bajarish bo'yicha tavsiyalar va baholash mezonlari o'z aksini topgan. "Xalqaro tadqiqotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash", "Xalqaro tadqiqotlarda o'quvchilarning o'qish savodxonligini baholash", "Xalqaro tadqiqotlarda o'quvchilarning matematik savodxonligini baholash", "Xalqaro tadqiqotlarda o'quvchilarning tabiiy fanlar bo'yicha savodxonligini baholash" deb nomlangan ushbu qo'llanmalar o'n ming adadda chop etilib, barcha umumta'lim muassasalariga yetkazib berildi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
PIRLS - (inglizcha - Progress in International Reading Literacy Study -matnni o'qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot) mazkur xalqaro
tadqiqotning maqsadi turli xil ta'lim tizimidan iborat bo'lgan davlatlarni boshlang'ich maktab o'quvchilarining matnni o'qish va qabul qilish bo'yicha tayyorgarligi hamda o'quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo'luvchi ta'lim tizimidagi o'ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat.PIRLS yosh o'quvchilarning sinfda va sinfdan tashqari o'qishining ikkita keng qamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy tajriba orttirish hamda ma'lumot olish
va ulardan foydalanish uchun o'qishdir. Bundan tashqari, PIRLS o'qish maqsadlarining har birida to'rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular: diqqatni jamlash va aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish, to'g'ridan to'g'ri
xulosalar chiqarish, g'oyalar va axborotni talqin qilish va uyg'unlashtirish, kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish.
Oltita asosiy element ta'lim sifatiga ta'sir qilishini hisobga oladigan bo'lsak, PIRLS tadqiqoti aynan ana shu tarkibiy elementlarni o'z doirasida qamrab oladi:
1) o'qituvchi va o'qitish usullari.
2) Ta'lim mazmuni.
3) O'quv muhiti.
4) Maktabni boshqarish.
5) Moliyalashtirish va tashkil etish
6) O'quvchilar uchun shart-sharoitlar.
Ushbu dasturni amalda to'g'ri va aniq qo'llay olish texnikasining yaratilishi o'quvchilarning kichik maktab yoshidan boshlab ijodiy tafakkurlarining rivojlanishiga keng yo'l ochadi. Quyida keltiriladigan PIRLS dasturiga doir topshiriqlar 4-sinf "O'qish" darsligida keltirilgan "Donishmand ustoz" rivoyati asosida tuzilgan bo'lib, bu topshiriqlar 4-sinf o'quvchilarining o'qish va tushunish ko'nikmalarining rivojlanishiga yordam beradi.
1-topshiriq. Ibn Sino qanday sinov o'tkazdi?
2-topshiriq. Ibn Sinoga tegishli bo'lgan tariflardan qaysi biri to'g'ri?
1. Tabib
2. Shifokor
3. Davolovchi
4. Hakim
5. Olibsotar
3-topshiriq. Ushbu rivoyatda keltirilgan giyoh nomlarini sanang.
a) Yovvoyi rayhon
b) Yalpiz
c) Toshtuz
d) Yantoq
e) Ismaloq
f) Tog'rayhon
4-topshiriq. Rivoyatda keltirilgan kasalliklarni davolovchi giyoh bilan moslang._
№ Kasallik nomi Davolovchi giyohlar
1 Chanqoq a) Yantoq
b) yalpiz
c) yovvoyi rayhon
2 Oyoq qaltirashi
1- 2-
5-topshiriq. Ibn Sino kambag'al yigitni nega shogirdlikka oldi?
6-topshiriq. Ibn Sino boy yigitga kimga borib shogirdlikka tushishni aytadi?
1. Boshqa bir tabibga
2. Savdogarga
3. Olibsotarga
7-topshiriq. Rivoyatga yana qanday sarlavha qo'yish mumkin deb o'ylaysiz?
8-topshiriq. Nabotot olami deganda nimani tushunasiz?
a) Hayvonot olami
b) O'simliklar olami
9-topshiriq. Oyoq qabarishi kasalligi haqida qaysi fikrlar to'g'ri deb o'ylaysiz?
To'g'ri fikrlarga "T", noto'g'ri fikrlarga "N" harfini qoldiring.
1. Qabarish terining biror joyiga og'ir jism tegganda hosil bo'ladi.
2. Ko'pincha oyoq va qo'llar qabaradi.
3. Qabarish " Qavarish " so'zi bilan ham ishlatiladi.
4. Ko'p yurganda ham oyoqlar qabaradi.
5. Qabarish zamonaviy tilda "Radikuliyet" deyiladi.
TAHLIL VA NATIJALAR
O'quvchilarni xalqaro PISA, PIRLS baholashning asl mohiyati o'quvchilarda tafakkur uyg'oqligi, ularni ixtirochi, ijodkorlikka o'rgatishning asosiy belgisi hisoblanadi. O'zbekistonda ta'lim tizimiga xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o'quvchilarning bilim darajasini baholash va monitoring qilishning "Milliy dasturi"ni yaratish hozirgi kun talabiga mos keladi. Yana shuni aytish joizki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o'zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi. Yuqorida keltirilgan topshiriqlar yordamida o'quvchilar rivoyatning mazmun-mohiyatini chuqurroq anglaydilar, ularda rivoyatga nisbatan fikrlar
uyg'onadi, hayotda qo'llay olish bo'yicha ko'nikma va malakalari rivojlanadi. Topshiriqlar ko'lami, oson-qiyinlik darajasi kengayib borgani sari o'quvchilarning fikrlash darajasi ham ortib boraveradi. XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, Boshlang'ich sinf ona tili darslarida o'quvchilar mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlar, jumladan, PIRLS xalqaro baholash dasturining o'rni muhim ahamiyatga ega bo'lib, PIRLS baholash tizimiga asoslangan darslar o'quvchilarda darsga bo'lgan qiziqishlarini orttirish bilan birga, fikrlash doiralarining kengayishiga olib keladi. Sinfda va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda bunday test topshiriqlardan foydalanib ish ko'rilsa, maqsadga muvofiq bo'lardi. Chunonchi, ushbu dastur o'quvchilarning nafaqat o'qib tushunish ko'nikmalarini rivojlantirishga, balki ularni hayotga amaliy tayyorlashga ham qaratilgan.
Adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2019-yil 29-apreldagi PF-5217 sonli Farmoni.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora -tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.
4. Matchonov S. va boshqalar. O'qish kitobi. 4-sinflar uchun darslik. - Toshkent. Yangiyo'l polygraph service. 2020. 216b
5. Ina V.S.Mullis va Michail O. Martin. PIRLS -2021 baholash qamrov doirasi. Toshkent. Ta'lim sifatini baholash o'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi matbaa bo'limi. 2021. 97 b
6. Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash.Boshlang'ich sinf o'qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo'llanma Toshkent. «Sharq» nashriyot-matbaa Aksiyadorlik kompaniyasi. 2019. 92 b.
7. Boshlang'ich ta'limga raqamli texnologiyalarni tatbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari. Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 2021-yil 1-2-aprel. Buxoro-2021. -290 b.