Mahmudova N. o'qituvchisi
ShahDPI "Boshlanglch talim" kafedrasi
BOSHLANGICH SINF O'QUVCHILARINING MANTIQIY TAFAKKURINI O'STIRISHDA O'QISH SAVODXONLIGINING
AHAMIYATI
Annotatsiya. Respublikaning dunyo miqyosida tutgan o'rni, talimiy reytingini aniqlash, o'zidan ilg^or davlatlar talim tajribasini o'rganish maqsadida jahon miqyosida xalqaro baholash tadqiqotlari tizimi yo'lga qo'yilgan. Maqolada xalqaro baholash dasturlaridan biri bo'lgan PIRLS tadqiqoti doirasida o'quvchilar mantiqiy tafakkurini rivojlantirish holati tahlil qilingan hamda o'qish savodxonligini oshirish haqida so'z borgan.
Kalit so'zlar: mantiqiy tafakkur, o'qish savodxonligi, xalqaro baholash dasturlari, PIRLS tadqiqoti, ilg^or xorijiy tajribalar, Milliy markaz, ePIRLS raqamli tadqiqoti va h.k.
Mahmudova N. teacher
""Primary Education"" department
ShahDPI
THE IMPORTANCE OF READING LITERACY IN DEVELOPING THE LOGICAL THINKING OF PRIMARY CLASS STUDENTS
Abstract. In order to determine the place of the republic in the world, its educational rating, and to study the educational experience of more advanced countries, a system of international evaluation studies has been established. The article analyzes the state of development of students' logical thinking within the PIRLS study, one of the international assessment programs, and talks about improving reading literacy.
Keywords: logical thinking, reading literacy, international assessment programs, PIRLS research, advanced foreign experiences, National Center, ePIRLS digital research, etc.
Hamma o'quvchilarda o'qishga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish lozim, faqat shu yo'l bilangina ularning shaxsiy xususiyatlaridagi farqlarni barobarlashtirish mumkin. O'quv jarayoni va amaliyotida o'quvchilarning mahoratini shakllantirish, qiziqishini yanada yuqori darajaga ko'tarish kerak.
Har bir o'quvchining o'ziga xos biror kuchli tomoni bo'lishi mumkin. Ulardagi shu xislatga tayanib fanga bo'lgan qiziqishini oshirish
mumkin.Yuqorida aytib o'tilgan xususiyat egalarining harakati psixologik nuqtayi nazardan ularning tafakkuriga bog'liq deb izohlanadi.
Tafakkur qanday jarayon degan savolga mazkur bobda batafsil javob beriladi.
Tafakkur inson aqliy faoliyati, aql-zakovati, ongli xatti-harakatining yuksak shakli hisoblanadi. Tafakkur jarayonida insonda fikr-mulohaza, g'oya, faraz vujudga keladi va ular ongda tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalandi. Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bog'liq ravishda namoyon bo'ladi.
Tafakkur sezgi, idrok, tasavvur yordamida atrof-muhit bilan bevosita bog'lanadi.So'ngra voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning bevosita bog'lanadi. So'ngra voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning belgi va sifatlarini bosh miya yarim sharlarida aks ettiradi.
Aniq tafakkurning ikki turi mavjud:
a) kuzatish, sezish;
b) olingan bilimlar asosida obyekt va modul orasidagi bog'lanishni o'rganishga kirishish.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari ko'rgazmali qurollar yordamida kuzatish va sezish orqali aniq tafakkurga ega bo'ladi.
2. Abstrakt tafakkur - bu fanni o'rganish jarayonida vujudga keladi. Abstrakt tafakkurni ikki qismga bo'lib o'rganish mumkin.
1. Analitik tafakkur
2. Mantiqiy tafakkur
Ta'lim jarayonida o'quvchilar bilimlar sistemasini, o'quv ko'nikmalari va malakalarini egallash orqali o'zlarining bilim fondlarini ko'paytiradilar, shuning bilan birga ilmiy tushunchalarning tub ma'nosi ular ongiga singa boradi. Bu ishlarning hammasini izchillik bilan ketma - ket, bir tekis amalga oshirish uchun o'quvchi ma'lum darajada bilimlar va ko'nikmalarni egallagan, qolaversa tafakkur formalari va mantiqiy fikr yuritish qoidalarini o'zlashtirib olgan bo'lishlari kerak.
O'qishdan ko'zlangan maqsadlar asosan, matnlar bilan bog'liqligi barchamizga ayon. Masalan, badiiy tajriba orttirish uchun odatda fantastik asarlarni mutolaa qilishadi, vaholanki axborotga ega bo'lish va undan foydalanish ma'lumotga boy maqolalarni o'qish bilan amalga oshiriladi. Shunday bo'lsa-da, o'qishdan ko'zlangan maqsadlar alohida matn turiga bog'liq, deb cheklanmaydi.. Matnlarni turlarga ajratishda, ularda mazmunning qay usulda shakllantirilgani va matnni tashkil etuvchi fikr-mulohazalar qay tartibda keltirilganiga e'tibor qilinadi. Matnlar tuzilishi va shakliga ko'ra, yozma materiallari tartib bilan joylashtirilgan matnlardan to tasvirli va jadvalli ma'lumotlar bilan to'ldirilgan qisqa so'zlar va iborali matnlargacha bo'lib, ular bir-biridan keskin farq qiladi. O'qib tushunishda ham asosan, ma'lum janrga xos bo'lgan mazmun va uslubning roli katta.
Xalqaro baholash dasturlari orasida PIRLS tadqiqoti boshlang'ich sinflarning 4- sinflari uchun mo'ljallangan bo'lib, bugungi kunda O'zbekiston ham ushbu dasturda ishtirok eta boshladi. Tadqiqotga tayyorgarlik ko'rish birinchi sinfdanoq boshlanib, boshlang'ich sinf o'quvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda g'oyat muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimiz ta'lim tizimiga kirib kelganiga ko'p bo'lmagan bo'lsa-da, xalqaro baholash dasturlari bugunning dolzarb masalasi sifatida qaralmoqda. Chunonchi, O'zbekistonning 2021-yilda PIRLS tadqiqotida ishtiroki ushbu dastur borasida ko'plab izlanishlar olib borishni, ularni maktab amaliyotiga joriy etishni taqozo etadi.
Ko'pchilikka ma'lumki, PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) bu - 4-sinf o'quvchilarining matnni o'qib tushunish darajasini baholovchi xalqaro tadqiqot. Har besh yilda o'tkazilib kelinayotgan ushbu dastur 2001-yilda joriy etilgan bo'lib, 2021-yilda beshinchi marta tashkil etildi. Xalqaro baholashning ushbu turi o'quvchilarning matnni o'qib, to'g'ri talqin qilishlari, mustaqil mulohaza yurita olishlari hamda xulosalar chiqara olishlarini tekshirishga qaratilgan. Ushbu jihatdan PIRLS jahonning turli mamlakatlaridagi o'qitish tajribalarini qiyoslaydi hamda ular o'rtasida reytingni aniqlaydi. PIRLS tadqiqoti faqatgina o'quvchilar savodxonligini aniqlashga yo'naltirilgan topshiriqlar tizimidan iborat bo'lib qolmay, o'z ichiga bu borada ta'limda olib borilayotgan islohotlarni aniqlovchi so'rovnomalarni ham oladi. Bunday so'rovnomalar maktab ma'muriyati, o'qituvchilar hamda ota-onalar yoki vasiylar o'rtasida tashkil etiladi. O'quvchilarning ta'lim olishidagi imkoniyatlari hamda sharoitlari haqidagi so'rovnoma ma'lumotlari ta'lim natijalarini talqin qilishda muhim rol o'ynaydi. PIRLS tadqiqotining muhim jihatlaridan biri shuki, dasturda erishilgan natijalar tahlili hamda o'tkazilgan so'rovnomalar ma'lumotlarining umumlashtirilishi dunyo bo'ylabo'qish savodxonligini oshirishdagi eng yaxshi tajribalarga doir qimmatli ma'lumotlarni to'plash imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, "o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir". 8
O'quvchilar matndan ma'no hosil qilar ekan, bunda o'qish savodxonligining ikki muhim jihati yuzaga chiqadi - interaktiv hamda konstruktiv. Interaktivlik xususiyati matn bilan ishlash asnosida o'quvchi hamda asar o'rtasidagi muloqotni aks ettirsa, konstruktivlik esa o'z nomi bilan ( construction - ing. qurish, tuzish) matndan yangi ma'noni, xulosalarni yaratishni taqozo etadi.
8Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang' ich sinf
o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash.Boshlang' ich sinf o'qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodikqo'llanma. «Sharq» nashriyot-matbaa Aksiyadorlik kompaniyasi. Toshkent - 2019
PIRLS o'quvchilaming badiiy va axborot olish ko'nikmasini aniqlashga qaratilgan bo'lib, shunga ko'ra ikki xil ko'rinishdagi matnlar asosida topshiriqlar ishlab chiqiladi:
- badiiy matnlar;
- axborot matnlari.
Bunda quyidagicha o'qitish maqsadlari qo'yiladi:
- badiiy tajriba orttirish;
- ma'lumot olish va undan foydalanish uchun o'qish.
O'quvchilar tilni tushunishi hamda badiiy shakl va vositalarni aniqlay olishi matnni qay darajada o'zlashtirganliklarini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi hamda bu badiiy tajriba orttirish maqsadini aks ettiradi. Ushbu maqsadni amalga oshirishda badiiy matnlar tanlanadi. Bunday matnlar o'quvchilarga voqea-hodisani shunchaki tasvirlabgina qolmay, badiiy vositalar yordamida voqelikni his qilishlari hamda aniq tasavvur etishlariga ko'maklashadi. Ma'lumot olish va undan foydalanish maqsadini yuzaga chiqarish uchun esa ko'proq axborot matnlaridan foydalaniladi. Yosh o'quvchilarga ilmiy, tarixiy, geografik va boshqa turdagi bir qator axborot matnlarini o'qish tavsiya etiladi. Bunda o'quvchilarning yosh va individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda matnlar tanlanadi.
PIRLS tadqiqoti tomonidan o'qish savodxonligiga berilgan ta'rif IEA xalqaro assotsiatsiyasining 2001-yildagi tadqiqotiga asoslangan bo'lib, unda o'qish savodxonligi "tushunish va shaxs tomonidan qadrlanadigan va/yoki jamiyat tomonidan talab etiladigan barcha yozma til shakllaridan foydalana olish qobiliyati" deb izohlangan.9
2016-yilda muqobil tanlov asosida bugungi kunda dolzarblashi borayotgan onlayn o'qish savodxonligini aniqlashga qaratilgan ePIRLS tadqiqot dasturi ham ishlab chiqildi.
PIRLS va ePIRLSda o'qish maqsadlari hamda tushunish jarayonlarining foizlardagi ulushini quyidagicha tasvirlash mumkin:_
O'QISH SAVODXONLIGINING MAQSADI PIRLS Epirls
Badiiy tajriba orttirish 50% 0%
Axborot olish va undan foydalanish 50% 100%
TUSHUNISH JARAYONI PIRLS ePIRLS
Diqqatni jamlash va aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni toppish 20% 20%
To'g'ridan to'g'ri xulosalar chiqarish 30% 30%
G'oyalar va axborotni talqin qilish hamda uyg'unlashtirish 30% 30%
Kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish 20% 20%
O'qish savodxonligini aniqlashda 4 turdagi topshiriqlardan foydalaniladi: - Diqqatni jamlash va aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topishga doir;
9Ina V.S.Mullis va Michail O. Martin. PIRLS -2021 aholash qamrov doirasi. Ta'lim sifatini baholash o'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi matbaa bo'limi. Toshkent-2021.
- to'g'ridan to'g'ri xulosalar chiqarishga doir;
- g'oyalar va axborotni talqin qilish va uyg'unlashtirishga doir;
- kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilishga oid.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori. 10.12.2018-yil, 09/18/997/2289-son.
2. "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni. Toshkent.2019 yil, 29-aprel.
3. A. A. Ismailov, X. J. Daminov va b. O'quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashga mo'ljallangan axborotnoma. Toshkent, 2021. 148 b.
4. A. A. Ismailov, X. J. Daminova va b. Kreativ fikrlashni baholash. T.: "Milliy markaz", 2021, 95 b.
5. A. B. Rajiyev, A. A. Ismailov, J. R. Narziyev va b. O'quvchilar savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlar dasturi. Qo'llanma. Toshkent -2019. 62 bet.
6. A. Ismailov, D. Norboyeva va b. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash. Metodik qo'llanma. T.: "Sharq", 2019. 92 bet.
7. Boshlang'ich sinf o'quvchilari bilimini baholashda xalqaro tajribalardan foydalanish: muammo va yechimlar. Vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 2020-yil 14-mart. -288 b.
8. Ina V.S.Mullis va Michail O. Martin. PIRLS -2021 aholash qamrov doirasi. Ta'lim sifatini baholash o'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi matbaa bo'limi. Toshkent-2021