Научная статья на тему 'O‘QUVCHILAR SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA PISA XALQARO BAHOLASH DASTURINING AHAMIYATI'

O‘QUVCHILAR SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA PISA XALQARO BAHOLASH DASTURINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
763
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
savodxonlik / ta’lim sifati / xalqaro tajribalar / xalqaro dastur / innovatsiya / dunyoqarash. / literacy / quality of education / international experiences / international program / innovation / worldview.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — To‘Raqulov, Iqboljon

Maqolada ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirishning muhim omillari tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF THE PISA INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAM IN IMPROVING STUDENT LITERACY

The article examines the study of international experiences on the assessment of the quality of education, a comprehensive comparative analysis of the existing system, and the important factors of the implementation of international projects on the assessment of the quality of education.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILAR SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA PISA XALQARO BAHOLASH DASTURINING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'QUVCHILAR SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA PISA XALQARO BAHOLASH DASTURINING AHAMIYATI

Maqolada ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tajribalarni o'rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, ta 'lim sifatini baholash bo 'yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirishning muhim omillari tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: savodxonlik, ta'lim sifati, xalqaro tajribalar, xalqaro dastur, innovatsiya, dunyoqarash.

The article examines the study of international experiences on the assessment of the quality of education, a comprehensive comparative analysis of the existing system, and the important factors of the implementation of international projects on the assessment of the quality of education.

Key words: literacy, quality of education, international experiences, international program, innovation, worldview.

В статье рассматривается изучение международного опыта по оценке качества образования, комплексный сравнительный анализ существующей системы, а также важные факторы реализации международных проектов по оценке качества образования.

Ключевые слова: грамотность, качество образования, международный опыт, международная программа, инновации, мировоззрение.

Bugungi globallashuv jarayonida kelajagimiz davomchilari bo'lgan yoshlarni ijodiy g'oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini davlat ta'lim standartlari asosida shakllantirish hamda il g'or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga egadir. Shunday ekan, ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tajribalarni o'rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy

To'raqulov Iqboljon,

Farg'ona viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim metodikalari kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tahlil qilish, ta'lim sifatini baholash b o'yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Dunyoning rivojlangan davlatlarida ta'lim-tarbiya jarayonining natijasini qiyosiy taqqoslash, o'quvchilar bilimining rivojlanish dinamikasini hamda ta'lim sifatini muntazam tahlil qilib borish maqsadida xalqaro tadqiqotlar takomillashib bormoqda. Mazkur tadqiqotlarga Matematika va tabiiy fanlar sifatini baholash b o'yicha xalqaro tadqiqot TIMSS (Third International Mathematics Science Study) yoki 15 yoshli bolalarning hayotiy k o'nikmalarni egallaganligini o'rganishga qaratilgan PISA (Programme for International Student Assessment), PIRLS, Ta'lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (International Association of Evaluation of Educational Achievements), Ta'limni baholash xizmati ETS (Educational Testing Service) va boshqalar kiradi.

PISA - o'quvchilarni ta'lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo'yicha xalqaro dastur bo'lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o'quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo'llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi 15 yoshli o'quvchilar ta'lim dargohida olayotan bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch yilda bir marotaba o'tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o'smirlar ishtirok etadi.

MUHOKAMA

Maktabdagi ta'lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yo'nalishda:

1) o'qish

2) matematika

3) ijtimoiy fanlar savodxonligi bo'yicha olib boriladi.

Birgina 2015-yilning o'zida 70 dan ortiq davlatlar PISA xalqaro dasturi sinovida ishtirok etgan. Umuman olganda, PISA dasturi davlatlarning ta'lim sohasidagi siyosatiga sezilarli darajada ta'sir o'tkazadi. Har bir davlat o'tkazilgan tadqiqot natijalari asosida o'zining ta'lim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqeini ko'radi hamda ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini takomillashtirishda o'z yo'nalishlarini va strategiyasini belgilab oladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

PISA xalqaro baholash dasturi shuningdek, o'quvchilar munosabati va motivatsiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar t o'playdi, o'quvchilarda muammoni hal qila olish kabi k o'nikmalarni ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda o'quvchi-yoshlaming fikr-mulohazalari, ular bergan taklif va yechimlarni baholaydi. PISA xalqaro baholash dasturlarining natijalari asosida dunyo mamlakatlari o'quv dasturlarida mavjud b o'lgan talablar doirasida o'quvchilarning bilim va k o'nikmalarni q o'llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga baho beriladi. PISA hech qanday o'quv dasturini belgilamaydi yoki tar g'ib qilmaydi yoki umumiy e'tirof etishni taqozo etmaydi. Ishtirokchi mamlakatlar ekspertlari va iqtisodchilarining fikriga ko'ra, o'quvchilarda tabiiy fanlardan o'zlashtirilgan bilim va ko'nikma darajalari shakllanishi, mustahkamlanishi davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim dastlabki qadamlar, deb hisoblanishini e'tirof etadi.

PISA tadqiqoti Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti IHTT (OECD -Organisation for Economic Cooperation and Development) tomonidan amalga oshiriladigan dastur hisoblanadi. Tadqiqot ilk bor 2000-yilda o'tkazilgan bo'lib, har uch yilda bir marotaba o'tkazib boriladi. Navbatdagi tadqiqotlar 2021- yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan.

PISA tadqiqoti o'ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan:

- ta'lim sohasidagi eng yirik, keng ko'lamli xalqaro monitoring tadqiqotlaridan biri sanaladi;

- tadqiqotda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan 15 yoshli o'quvchilar ishtirok etadi;

- tadqiqotda o'quvchilarning "hayotga tayyorlik" darajasi, ya]ni ularning maktabda egallagan bilim va ko'nikmalarini hayotda qo'llay olish layoqati baholanadi;

- tadqiqotda o'quvchilarning matematika, o'qish (matnni tushunish), tabiiy y o'nalishdagi fanlar va global muammolarni hal etish sohasidagi funktsional savodxonligi baholanadi;

- tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta'lim tizimining o'ziga xosligi bo'yicha ma'lumot olish imkonini beradigan kontekst axborot to'planadi.

PISAning asosiy vazifasi - mamlakatlarni ta'lim siyosatiga oid ma'lumotlar bilan ta'minlash va qarorlar qabul qilishda ularni qo'llab-quvvatlashdan iborat. Tadqiqotning har uch yilda o'tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qarorlarni va tegishli dasturlarning ta'sirini hisobga olish uchun ma'lumot va tahlillarni o'z ichiga olgan holda, o'z vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratib beradi. Agar tadqiqotni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'tkazish davriyligi qisqa muddatda amalga oshirilsa, o'zgarishlar va yangilanishlar uchun yetarli vaqt hamda kerakli ma'lumotlarni t o'play olmaslik muammosini vujudga keltiradi. Tadqiqot doirasi 15 yoshli o'quvchi yoshlar orasida o'tkazilishiga asosiy sabab, aksariyat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) a'zo davlatlarda ushbu yosh majburiy ta'lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi. Shuning uchun PISA xalqaro baholash dasturi butun dunyoda keng qamrovli va muntazam ravishda o'tkazib kelinayotgan dasturdir. Mazkur xalqaro baholash dasturida qariyib 80 dan ortiq davlatlar ishtirok etishgan. Tadqiqotning har uch yilda bir marotaba o'tkazilishi esa, davlatlarga o'z ta'lim tizimida kelajakda erishish k o'zda tutilgan asosiy maqsadlarni aniqlab olish imkoniyatini yaratib beradi. Shuningdek, dastur 15 yoshdagi o'quvchilarning bilim va k o'nikmalarini baholash b o'yicha yagona xalqaro baholash loyihasi hisoblanadi.

PISA sinovlarida to'rt xil sinov usulidan foydalaniladi:

1. Bir javobli testlar;

2. Bir nechta javobli testlar;

3. Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar;

4. Biror muammoning yechimi bo'yicha o'quvchi fikri (odatda bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar b o'ladi, o'quvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, o'quvchi ijodkorligi q o'llab quvvatlanadi).

PISAning asosiy yo'nalishlari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

O'qish savodxonligi: Insonning matn shaklida berilgan ma'lumotlarni tushuna olishi va ularga reaktsiya bera olish k o'nikmasi, jamiyat hayotida faol qatnashish jarayonida o'qigan ma'lumotlaridan o'z maqsadlari y o'lida foydalana olish, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati. Bu yerda o'qish savodxonligi tushunchasi keng ma'no kasb etadi. Bu y o'nalish maqsadi o'quvchining berilgan badiiy asardan parcha, biografiya, xat, hujjat, gazeta va jurnallardan olingan maqolalar, turli q o'llanmalar, geografik kartalar kabi rang-barang tematikadagi tarkibida matnni ochib berishga m o'ljallangan diagrammalar, rasmlar, kartalar, grafik va jadvallar berilgan matnni tushunishi, mazmuni haqida fikr yurita olish, matn mazmuniga baho berish va o'qiganlari haqida o'z fikrini bera olishi kabi kompetentsiyalarini aniqlash hisoblanadi.

Matematik savodxonlik: Insonning matematikaning o'zi yashayotgan olamdagi o'rnini bilishi, matematik jarayonlarni t o' g'ri va t o'liq asoslay olishini tekshiradi. SHaxsning matematikadan yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi insonning hozirgi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

va kelajakdagi matematik bilimlarga b o'lgan ehtiyojini qondira oladigan darajada foydalana olishini ta'minlash bu b o'limning asosiy maqsadidir. Asosiy e'tibor matematik bilimlardan turli xil hayotiy vaziyatlarda fikrlash va intiutiv qaror qabul qilish talab qilinadigan turli uslublaridan q o'llagan holda foydalana olish nazarda tutiladi. Lekin bu turdagi savollarga javob berishda maktab dasturida beriladigan bilim va k o'nikmalar zarur b o'lishi mumkin. Bu y o'nalish sinovlarida odatda hayotning turli sohalarida (tibbiyot, turar joy, sport va h.k) duch kelinishi mumkin b o'lgan matematikaga oid vaziyatlar taklif qilinadi.

Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi: hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin b o'lgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetentsiyasidir. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushinish va inson faoliyati natijasida unda sodir b o'layotgan o'zgarishlarni anglab yetish, shunga k o'ra kerakli qarorlar qabul qila olish k o'nikmasini rivojlantirishning asosiy maqsadidir. Bu savodxonlik asosi fizika (astronomiya elementlari bilan birga), biologiya, kimyo va geografiya fanlari o'qitilishi jarayonida berilishi ko'zda tutilgan.

Xulosa qilib aytganda, ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tajribalarni o'rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish rivojlanish sari qo'yilgan qadamdir.

REFERENCES

1. The PISA results can be followed in the host of publications offered on the OECD webpage http://www.pisa.oecd.org. For an overview and analysis of the German results see Deutsches PISA-Konsortium (2001, 2003a).

2. https://en.wikipedia.org/wiki/Programme_for_International_Student_Assessment

3. https://nces.ed.gov/surveys/pisa/

4. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

5. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 5(2), 33-39.

6. Murodilovna, O. G. (2020). Melody and musicality in Lirycs. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 656-664.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

7. Oripova, G. M., & Tolibova, M. T. Q. (2021). Composition Of Modern Uzbek Stories. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03),

8. Oripova, G. (2020, December). RHYTHM AND MYTHING IN LYRICAL GENRE. In Конференции.

9. Oripova, G. (2019) "Traditions of folk ballads and distinctiveness of uzbek poetry of independence period," Scientific journal of the Fergana State University: Vol. 2 , Article 12.

10. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

245-249.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.