Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM TIZIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR: YOSHLAR IJTIMOIY ISHTIROKI MISOLIDA'

OLIY TA’LIM TIZIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR: YOSHLAR IJTIMOIY ISHTIROKI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
386
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yoshlar / oliy ta’lim tizimi / ta’limdagi islohotlar / davlat grantlari / yoshlar siyosati.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilshoda Jalilova Ural Qizi, Shaxnoza Jalilova Ural Qizi

Ayni vaqtda globallashib borayotgan jamiyatda ta’lim sohasiga chuqur e’tibor qaratish masalasi dolzarbdir. Shu boisdan ham oliy ta’lim tizimida amalgam oshirilayotgan islohotlarda yoshlarning ishtirokini ko‘rish, ularnig kamchiliksiz ta’lim olishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni taqdim qilish muhim. Xuddi shu munosabat bilan mazkur maqolada aynan oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar — yoshlar ijtimoiy ishtiroki misolida ko‘rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM TIZIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR: YOSHLAR IJTIMOIY ISHTIROKI MISOLIDA»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

OLIY TA'LIM TIZIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR: YOSHLAR

IJTIMOIY ISHTIROKI MISOLIDA 1Dilshoda Jalilova Ural qizi 2Shaxnoza Jalilova Ural qizi

1Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 330-sonli umumiy o 'rta ta lim maktabi boshlang ich ta lim fanlar o'qituvchisi 2Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zMU 4-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10038350

Annotatsiya. Ayni vaqtda globallashib borayotgan jamiyatda ta'lim sohasiga chuqur e 'tibor qaratish masalasi dolzarbdir. Shu boisdan ham oliy ta'lim tizimida amalgam oshirilayotgan islohotlarda yoshlarning ishtirokini ko'rish, ularnig kamchiliksiz ta'lim olishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni taqdim qilish muhim. Xuddi shu munosabat bilan mazkur maqoladaaynan oliy ta'lim tizimidaamalga oshirilayotgan islohotlar — yoshlar ijtimoiy ishtiroki misolida ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: Yoshlar, oliy ta'lim tizimi, ta'limdagi islohotlar, davlat grantlari, yoshlar siyosati.

Yoshlar - har qanday davlatning muhim ijtimoiy resursi hisoblanadi. Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, davlat va jamiyat taqdiri va istiqbolini belgilovchi asosiy kuch hamdir. Shu bois yoshlar masalasi har qanday davlat siyosatining asosiy vektorlaridan biriga aylangan. Bugun jahonning turli mintaqalari va davlatlarida kuzatilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning yetakchi kuchini asosan yoshlar tashkil qilayotganligi sir emas.

Istiqololning dastlabki kunlaridanoq yosh avlodning ta'limi masalasi kun tartibidagi asosiy masalaga aylandi. Ayniqsa, so'nggi yillarda ta'limda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar ta'limda, oliy ta'lim tizimida tub burilish yasadi deyish mumkin. Maktablarda 2017-yildan boshlab 11 yillik ta'lim tizimiga o'tish boshlanib, 2019-yilda 11 yillik ta'lim tizimiga to'liq o'tildi. 2017-yilda oliy ta'lim tizimini kompleks rifojlantirishga qaratilgan 5 yillik dastur qabul qilinib, ta'lim tizimining eng quyi bosqichi hisoblangan maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ham qabul qilindi, qolaversa, 2020-2025-yillarda xalq ta'lim tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi ham ishlab chiqildi. 2018-2019-o'quv yilida 2502 oltin, 2555 kumush medali bilan maktabni tugatgan bitiruvchilar oliy ta'lim bosqichiga imtiyozli o'tish imkonini qo'lga kiritdi. Bu imkoniyatning yo'lga qo'yilgani iqtidorli yoshlar mehnatini qo'llab-quvvatlash jihatidan ta'lim sohasi qo'lga kiritgan eng katta yutuq bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi nazarimizda.

2017-2021-yllarda oliy ta'lim izimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilinganidan so'ng 2019-yildan oliy ma'lumotli kadrlarga bo'lgan ehtiyoj yuqori bo'lgan olis, chekka va tog'li hududlarda joylashgan umumta'lim maktablari uchun maqsadli qabul ko'rsatkichlari belgilandi.

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida har doim har bir mamlakat uchun yetuk kadrlar tayyorlash muhim vazifalardan biri ekanligi, oliy ta'lim tizimida tahsil olish uchun keng imkoniyat yaratish, pedagog kadrlarga e'tibor berish, mutaxassislar tayyorlashni kuchaytirish kerakligi ta'kidlandi. 2019-yilga kelib 14 yangi oliy ta'lim muassasalari o'z faoliyatini boshlagan bo'lsa, 6 ta mahalliy va 8 ta xorijiy unversitetlarning joylarda filiallari ochildi. Shu asosda 40 ta yangi yo'nalish, 41 ta yangi mutaxassislik ta'limi joriy etildi. Qolaversa, Qo'qon shahrida xususiy Qo'qon universiteti ochilib, ta'limda ham o'ziga xos "xususiy sektor" paydo bo'ldi deyish mumkin. Oliydan keyingi ta'lim - magistratura bosqichida zamonaviy texnika sohalariga yaqin yo'nalishlar ochildi. Shu yerda savol tug'iladi - Oliy ta'lim tizimiga so'nggi yillarda talab oshishining sababi nimada?

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Oliy ta'limga talabning oshayotgani dunodagi rivojlangan davlatlar oliy ta'lim tizimida ushbu ta'limga yoshi yetgan yoshlarni qamrab olish darajasi 60-70 foizni tashkil etayotganida ko'rish mumkin. Respublikamizda bitiruvchilarni oliy ta'lim tizimi bilan qamrab olish darajasi o'tgan davrda 9-10 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2017-yildan oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalari 15 foizga oshirilib, 2020-2021-o'quv yilidan e'tiboran o'qish muddati 3 yil bo'lgan bakalavriat ta'lim yo'nalishlari joriy etildi. 2019-yilda mamlakatimizda qamrov darajasini 20 foizga yetkazishga maqsad qilib olindi. Umuman olganda, keyingi besh yilda oliy ta'limga qabul kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182 ming nafar yoshlar uchun talaba bo'lish imkoniyati yaratildi. Bu umumiy qamrov 28 foizga yetdi, deganidir. O'zingiz qiyoslab ko'ring, 4-5- yil avval bu raqam atigi 9 foizni tashkil etardi. Bu borada davlat grantlari 21 mingtadan 47 mingtaga ko'paytirilgani, o'tgan yilgi tajribani yangi bosqichga ko'tarib, ehtiyojmand oilalarga mansub 2 ming nafar qizlarga 2021-yilda oliygohlarga kirish uchun alohida grantlar ajratilgani yoshlarimiz kelajagini ta'minlashga qaratilgan amaliy e'tibor namunasi bo'lib, 2030-yilga qadar maktab, litsey va kollej bitiruvchilarini oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini 50 foizga yetkazishga erishish vazifasi qo'yildi.

Davlatimiz tomonidan keyingi yillarda yoshlar o'rtasida kambag'allikni kamaytirish, yoshlar qatlamini ish bilan band qilish maqsadida bir qator dasturlar qabul qilindi, jumladan, "Yoshlar daftari", "Temir daftar" shulardan bo'ldi. 2021-yilning 8 oyi mobaynida mazkur daftarga kiritilgan 430 ming nafar yoshlarning muammolarini hal etish uchun davlatdan 300 milliard so'mlik mablag' yo'naltirildi, shundan, "Temir daftar"ga kiritilgan 2 mingdan ziyod 'qishga qabul qilingan talabalarning kontrakt pullari to'lab berildi. 2021-2022-o'quv yilida esa Davlat byudjeti hisobidan 4 mingdan ziyod oilalar farzandlarining kontrakt pullari qoplab berilib, bu vazifani bajarish uchun ajratilgan summa 29,2 milliard so'mni tashkil etdi.

Yosh olimlarni ilmiy faoliyatini rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot muassasalarining innovatsion faoliyatini va infratuzilmasini kompleks rivojlantirishning 5 yillik dasturi ishlab chiqildi. Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Global innovatsion indeksda 2015-yilda jahonning 141 davlati orasida 122-o'rinni egallagan edi. Undan keyingi yillarda esa ushbu reytingga respublikamiz kiritilmagan. 2020-yil O'zbekiston Global innovatsion indeksiga qaytdi. Mana shu qaytishning o'zi yangi O'zbekistonda ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijasi bo'ldi. Yosh olimlar va yangi sohalar bo'yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashga e'tiborni oshirish maqsadida xorijiy davlatlar oliy ta'lim muassasalari bilan 55 ta ta'lim dasturlari doirasida O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari birlashdi.

Bugun mamlakat hududu boyla yoshlar siyosatiga oid barcha islohotlar zamirida mustaqillik sharafi yotadi. Yuqorida sanalgan islohotlar, ta'lim tizimida doir bo'lgan yangilik va o'zgarishlar, amalga oshirilgan harakatlardan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarimizning jahon maygonida o'z o'rnini chuqur egallashlari, vatan bayrog'ini ko'kka ko'tarishlari, jahondagi o'z tengdoshlari bilan dunyoqarashi, fikrlashi, tafakkuri bilan tengma-teng bahslasha olishlari uchundir. Shuningdek, yoshlarning ajdodlarimizga munosib avlod sifatida o'qib, izlanib, O'zbekiston nomini yuksaltirish yo'llarida ham xizmati qiladi.

REFERENCES

1. Мирзиёев Ш.М. Узбекистан Республикаси Президентининг Олий Мажлисга Мурожаатномаси, 24.12.2019 й. URL: https://president.uz/ru/lists/view/3324

2. Янги Узбекистан Учинчи Ренессанс остонасида. - Т.: Замин нашр, 2021. Б. 144.

3. Какой след оставляет уходящий год в жизни Узбекистана // Стратегия Узбекистана. -Тошкент. Terra Print Klaster. No 4.2019. - С. 66 - 69.

4. https://t.me/jalilova dilshoda 2292

49б|

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2G23-yil

5.

6. 7.

https://t.me/ilmiy yordam beraman

https://cyberleninka.ru

http://scientists.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.