Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH – FAROVON KELAJAK POYDEVORI'

TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH – FAROVON KELAJAK POYDEVORI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
205
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi O’zbekiston / ta’lim / islohotlar / maktab / tarbiya / oliy ta’lim. / Новый Узбекистан / образование / реформы / школа / образование / высшее образование.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nimatullayeva, Maxfirat Rahmatullayevna

Ushbu maqolada ta’lim tizimini rivojlantirish bo’yicha hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning ahamiyati borasida fikr-mulohazalar keltirilgan. Ta’lim tizimini yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РАЗВИТИЕ СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ – ФУНДАМЕНТ БЛАГОПОЛУЧНОГО БУДУЩЕГО

В данной статье представлены мнения о проводимых в нашей стране реформах и их значении для развития системы образования. Выдвинуты предложения и рекомендации по дальнейшему развитию системы образования.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH – FAROVON KELAJAK POYDEVORI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

TA'LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH - FAROVON KELAJAK

POYDEVORI

Nimatullayeva Maxfirat Rahmatullayevna

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 6-sonli umumta'lim maktabi direktori

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta 'lim tizimini rivojlantirish bo 'yicha hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning ahamiyati borasida fikr-mulohazalar keltirilgan. Ta'lim tizimini yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

Kalitso'zlar: Yangi O'zbekiston, ta'lim, islohotlar, maktab, tarbiya, oliy ta'lim.

В данной статье представлены мнения о проводимых в нашей стране реформах и их значении для развития системы образования. Выдвинуты предложения и рекомендации по дальнейшему развитию системы образования.

Ключевые слова: Новый Узбекистан, образование, реформы, школа, образование, высшее образование.

Barchamizga ma'lumki, bugungi kunda mamlakatimizda ta'lim tizimini rivojlantirish, uni sifat jihatdan mutlaqo yangi bosqichga ko'tarish borasida ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Zero, har bir xalq va davlat taraqqiyotining eng asosiy kaliti bilimdon yoshlardir. Mamlakatimizda yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga e'tibor qaratish bo'yicha kuchli huquqiy baza yaratilganligi hech birimizga sir emas. Xususan, O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi 41-moddasida har kimning bilim olish huquqi kafolatlangan1. Shuningdek, 2022-yil 28-yanvarda muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmonda ham ta'lim tizimiga asosiy ahamiyat qaratilgan2.

Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek: "Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez

1 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - T.: O'zbekiston, 2017. - 76 b.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmoni. 28.01.2022.

АННОТАЦИЯ

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quwatlaydi".

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Haqiqatan ham, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ularda jamiyat hayotini o'zgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo ta'lim tizimidan, bog'cha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini ko'ramiz. Chunki maktabni o'zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o'zgartirib bo'lmaydi. Ta'lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu - maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o'qituvchilardir. Ma'lumki, murakkab o'tish yillarida maktablardagi ma'naviy-ma'rifiy muhit, o'qituvchi kasbining obro'yi, nufuzi pasayib ketgani, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion ta'lim texnologiyalarini joriy etishga yetarli e'tibor berilmagani sohada bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi.

Keyingi yillarda ana shu muammolarni samarali hal etish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan xalq ta'limi tizimiga oid 6 ta farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-me'yoriy asoslari mustahkamlandi. Ota-onalar, jamoatchilikning istaklari inobatga olinib, yurtimizda 11 yillik maktab ta'limi tizimi tiklandi. So'nggi uch yilda yurtimizda 157 ta umumta'lim maktabi yangidan qurildi. Ulug' allomalarimiz -Mirzo Ulug'bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Is'hoqxon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, "Temurbeklar maktabi", Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi ta'lim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandlari uchun ta'lim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda.

Ta'lim-tarbiya ishlarini samarali olib borishda erkak o'qituvchilarning alohida o'rni va ta'siri borligi hisobga olinib, ko'rilgan aniq chora-tadbirlar natijasida xalq ta'limi tizimiga 12 ming 871 nafar erkak o'qituvchi qaytdi.

Pedagog xodimlar mehnatini rag'batlantirish bo'yicha katta ishlar qilinmoqda. Oxirgi 3 yilda o'qituvchilarning ish haqi o'rtacha 2,5 barobar oshirildi. Uzoq tumanlarga borib ishlayotgan pedagog kadrlar mehnatini rag'batlantirish bo'yicha aniq mezonlar belgilandi. Ularga 50 foizgacha qo'shimcha oylik ustamalar to'lanmoqda. Bu olis hududlarda yetishmayotgan mingdan ziyod o'qituvchini jalb etish imkonini berdi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.

Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi.

Konseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o'quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa ko'plab aniq yo'nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta'lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko'tarish uchun xizmat qiladi.

Bugungi kunda jahondagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari ilm-fanning yirik o'choqlari hisoblanishi hech kimga sir emas. Hozirda yangi-yangi oliy o'quv yurtlari, dunyodagi etakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, so'nggi 5 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta'lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o'quv yurtlarining soni 125 taga etdi.

Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyati yo'lga qo'yilmoqda. Aholi fikrini o'rgangan holda, sirtqi va kechki ta'lim shakllari qayta tiklandi, qabul kvotalari oshirilmoqda. Maktab bitiruvchilarini oliy ta'limga qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga etdi. Professor-o'qituvchilarning xorijdagi oliy ta'lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka o'tashini ta'minlaydigan mexanizm yaratildi. Ularning oylik ish haqi miqdori 2018 yilga nisbatan o'rtacha 2,5 barobar oshirildi. Bu yildan boshlab 10 ta oliy ta'lim muassasasi o'zini-o'zi moliyalashtirish tizimiga o'tkazildi.

Oliy ta'limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilganligi, oliy o'quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko'paytirib, 2 mingtaga etkazilishi oliy ta'limga qamrab olish ko'lamini yanada kengaytirdi. Ta'lim tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri oliygohlar va

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

ta'lim tizimining quyi bo'g'inlari o'rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy o'quv yurtlari tasarrufiga o'tkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum ham o'z yo'nalishi bo'yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktirilishi bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, intellektual mulk ulushi Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizini tashkil etadi. 2020 yilning 12 oktyabr kuni Prezidentimiz raisligida bo'lib o'tgan yig'ilish ham "Intellektual mulkni himoya qilish - Uchinchi uyg'onish davri uchun ishonchli poydevor bo'lib xizmat qiladi" mavzusiga bag'ishlangan edi. O'shanda davlatimiz rahbari patent egalari va tadbirkorlar o'rtasidagi hamkorlikni ta'minlash zarurligiga alohida e'tibor qaratdi. Xususan, ta'lim tizimida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bu - "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bo'ldi. Mazkur qonunga asosan ta'lim sohasidagi asosiy printsiplar, ta'lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo'yildi. Shuningdek, qonunga ko'ra, davlat oliy ta'lim, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalari va ularning filiallari, davlat ishtirokidagi oliy, o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo'ldi. Nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish ularning ta'sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta'lim tashkilotlariga litsenziya Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan beriladigan bo'ldi. Shunga ko'ra, mazkur Qonunning qabul qilinishi hamda amaliyotga joriy etilishi ham ta'lim sohasida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bo'ldi deyishimiz mumkin.

Xulosa qiladigan bo'lsak, ta'lim sohasida amalga aoshirilayotgan istiqbolli vazifalar, o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko'lamda davom ettirish davr talabidir.

REFERENCES

1. Буторина, О. Г. Об опыте воспитания и обучения детей с ограниченными возможностями здоровья / О. Г. Буторина // Воспитание школьников, 2010.

2. Ахметова, Д.З. и др. Педагогика и психология инклюзивного образования: учебное пособие . - Казань, 2013.

3. Mustafayev, U. U. (2021). OLIY TA'LIM: SAVODSIZLIKNING ILDIZI QAYERDA?. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 313-317.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

4. Mustafayev, U. U. (2022). OLIY TA'LIMDA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH AMALIYOTI: MUAMMO VA YECHIMLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(3), 614-621.

5. Mustafayev, U. U., Mustafayeva, S. U., & Haydarov, O. E. (2022). TURMUSHDAGI ISLOM: NAMOYON BO 'LISHI VA MOHIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 914-921.

6. Panjiyev, S. (2019). CONCEPTS OF TRUTH OF THE NEW TIME. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(7), 170-173.

7. Raxmanov, A. (2022). SHARQ RENESSANSI DAVRI GUMANIZMINING GNOSEOLOGIK VA ONTOLOGIK ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 668-674.

8. Saidov, S. (2021). Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo 'shgan hissasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 334-337.

9. Saidov, S. (2022). "TADBIR UL-MANZIL" RISOLASI-OILAVIY MUNOSABATLAR UCHUN DASTURULAMAL. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 894-897.

10. Saidov, S. (2022). TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA'LUMOTLAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 525-528.

11. Saidov, S. A. O. G. L. (2021). IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 8-14.

12. Suhrob, P. (2022). GLOBALIZATION PROCESS AND NATIONALSPIRITUAL FACTORS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(12), 636-638.

13. Suhrob, P. (2022). THE NOOSPHERE STAGE AND THE INCREASING RESPONSIBILITY OF MANKIND IN THE PERSPECTIVE OF THE PLANET EARTH. American Journal of Research in Humanities and Social Sciences, 6, 55-58.

14. Turdiboyev, B. X. (2019). CIVILIZATIONS AS FORMS OF MANIFESTATION OF HISTORICAL PROCESSES. Theoretical & Applied Science, (11), 29-32.

15. Панжиев, Сугроб (2022). КАДРИЯТЛАРНИНГ ШАХС МАЪНАВИЙ КИЁФАСИНИ ЮКСАЛТИРИШДАГИ УЗИГА ХОС ЖИХХАТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (11), 863-866.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

16. Саидов, С. (2022). ЯНГИ МАЪНАВИЙ МАКОННИ ТАШКИЛ ЭТИШДА ИБН МУКАФФА АСАРЛАРИНИНГ РОЛИ. International scientific journal of Biruni, 7(3), 19-22.

17. Турдибоев, Б. (2022). ТАРИХИЙ ЖАРАЁНЛАРНИ БИЛИШНИНГ ИЖТИМОИЙ ВОКЕЛИКНИ ТУШУНИШ ВА ДУНЁКАРАШЛАРГА БОЕЛИКЛИГИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 1037-1043.

18. Турдибоев, Бозор Худойбердиевич (2022). ТАРИХИЙ ЖАРАЁНЛАРНИ ИЖТИМОИЙ-ФАЛСАФИЙ БИЛИШНИНГ МАЪНО - МАЗМУНИ. International scientific journal of Biruni, 1 (3), 23-28.

19. ШОИМОВ, А. (2020). ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ПОЛИТИКИ ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА И ГОСУДАРСТВА НА НОВОМ ЭТАПЕ НАЦИОНАЛЬНОГО РАЗВИТИЯ УЗБЕКИСТАНА. Вопросы политологии, 10(11), 3330-3338.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.