Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O‘RNINI YUKSALTIRISHDA OLIY TA’LIM MUASSASALARI VA TALABALAR ROLINI KUCHAYTIRISH'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O‘RNINI YUKSALTIRISHDA OLIY TA’LIM MUASSASALARI VA TALABALAR ROLINI KUCHAYTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
34
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xalqaro reyting / indeks / talabalar / iqtisodiy hayot / globallashuv / inson huquqlari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi

Maqolada iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi ustuvor xalqaro reytinglar va ularga O‘zbekistonning integratsiyalashuvini ahamiyati, uni yuqori retinglarga ko‘tarilish zarurligi, “xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va uni amalga oshirishi shart-sharoitlari masalalari muhokama etilgan. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasini xalqaro reyting va indekslarda o‘rnini yuksal tirishda oliy ta’lim muassasalari va talabalar rolini kuchaytirish haqidagi fikr-mulohazalar ham o‘z ifodasini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O‘RNINI YUKSALTIRISHDA OLIY TA’LIM MUASSASALARI VA TALABALAR ROLINI KUCHAYTIRISH»

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINI XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O'RNINI YUKSALTIRISHDA OLIY TA'LIM MUASSASALARI VA TALABALAR

ROLINI KUCHAYTIRISH Jalilova Dilshoda Ural qizi

Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qtish metodikasi kafedrasi

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10143169

Annotatsiya. Maqolada iqtisodiy vaijtimoiy sohadagi ustuvorxalqaro reytinglar vaularga O 'zbekistonning integratsiyalashuvini ahamiyati, uni yuqori retinglarga ko'tarilish zarurligi, "xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va uni amalga oshirishi shart-sharoitlari masalalari muhokama etilgan. Bundan tashqari O 'zbekiston Respublikasini xalqaro reyting va indekslarda o'rnini yuksal tirishda oliy ta'lim muassasalari va talabalar rolini kuchaytirish haqidagi fikr-mulohazalar ham o'z ifodasini topgan.

Kalit so'zlar: Xalqaro reyting, indeks, talabalar, iqtisodiy hayot, globallashuv, inson huquqlari.

Аннотация. В статье рассматриваются приоритетные международные рейтинги в экономической и социальной сферах и важность интеграции в них Узбекистана, необходимость повышения его до более высоких рейтингов, «дальнейшее развитие международного экономического сотрудничества и условия его реализации». Кроме того, также были высказаны мнения об усилении роли высших учебных заведений и студентов в повышении позиций Республики Узбекистан в международных рейтингах и индексах.

Ключевые слова: Международный рейтинг, индекс, студенты, экономическая жизнь, глобализация, права человека.

Abstract. The article discusses priority international ratings in the economic and social spheres and the importance of Uzbekistan's integration into them, the need to raise it to higher ratings, " further development of international economic cooperation and the conditions for its implementation." In addition, opinions on strengthening the role of higher education institutions and students in raising the position of the Republic of Uzbekistan in international rankings and indexes have also been expressed.

Key words: International ranking, index, students, economic life, globalization, human

rights.

Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlar, sifat va tarkibiy o'zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga ko 'tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko'ndalang qo'ymoqda. Bu esa, eng avvalo, o'sha mamlakatning jahon miqyosidagi o'rni, xalqaro reyting va ko'rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi.

Bugun hayotning har bir jabhasida yangilik va bunyodkorlik ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Tabiiyki, bunday yangilanishlar natijasi nafaqat xalqimiz hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslar ko'rsatkichlarida ham o'z ifodasini topayotir.

Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish jarayonini o'zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlarning ko'zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

islohotlar mohiyatida ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulug'lashga, odamlarning hayotdan rozi va mamnun bo'lib yashashini ta'minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran mazmun kasb etadi.

Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, ta'lim markazlarini shakllantirish va yaratish jarayonining yakuniy natijasi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish omili sifatida raqobatbardoshlikni oshirish va oliy ta'lim muassasalarining mintaqaviy integratsiyasini kuchaytirishdir. Shu asosda o'tgan asrning 1990-yillaridan boshlab Singapur, Tayvan va Janubi-Sharqiy Osiyoning boshqa mamlakatlari hukumatlari xalqaro faoliyatni kengaytirish va universitetlar tomonidan qo'shma xalqaro ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish orqali oliy ta'lim tizimining davlat va xususiy ta'lim muassasalarini o'zgartirish siyosatini olib bormoqda. Bugungi kunda esa ushbu siyosat bizning mamlakat miqyosida ham o'z o'rnini topib kelyapti. Buning natijasida davlatning xalqaro maydondagi reyting va indekslarda rolini orttirish ham maqsad qilingan. Bunday maqsad hukumat tarafidan qabul qilinayotgan qator farmon va qonun-qoidalarda ham o'z aksini topib bormoqda. Buni aynan mamlakat Prezidenti tashabbusi bilan «Xalqaro reyting va indekslarda O'zbekiston Respublikasining o'rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to'g'risida» gi Farmoni misolida ham ko'rish mumkib.

Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta'minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar har qanday mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshiradi. Zero, mazkur yo'nalishdagi islohotlar mamlakat taraqqiyoti, xalq farovonligini belgilab beruvchi muhim omillardan hisoblanadi. Shu sababli ham inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta'minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi ko'rsatkichlari oshishiga sabab bo'lmoqda.

Jumladan, so'nggi to'rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg'armasining "Iqtisodiy erkinlik" indeksida 52 pog'onaga, Jahon bankining "Logistika samaradorligi" indeksida 19 pog'onaga, "Biznes yuritish" indeksida 18 pog'onaga ko'tarildi

O'zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining "Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash" tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga o'tdi.

Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e'tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o'tkazilayotgan so'rovlarda aksariyat islohotlar o'z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O'zbekiston Respublikasi quyi pog'onalarda qolayotgani ham ko'zga tashlanmoqda. Shu boisdan ham bu sohada yetuk mutaxassislarni yetishtirish masalasi dolzarbdir. Bunda eng avvalo, davlatimiz hududidagi oliy ta'lim muassasalarining ta'limiy jarayonlariga chuqur e'tibor berish va bunda amaliy qismga mas'ul sanalgan professor-o'qituvchilar tarkibini mukammal darajada tarkib toptirish muhim hisoblanadi.

Iqtisodiy hayotning sohaning kun sayin rivojlanishi munosabati bilan oliy ma'lumot ta'limi sifatini oshirish muammosi alohida ahamiyatga ega. Ko'rinib turibdiki, liberal paradigma iqtisodiyotda ham, ishlab chiqarishdan tashqari sohada ham keng qamrovli bo'lishni davr talablari hisobi tufayli ham o'zini rivojlanishini to'xtatmaydi. Shuning uchun ham buguni davr farzandlarini iqtisodiy savodxonligiga chuqur e'tibor berish lozim. Hamda amaliy jarayonlarga ularni jalb etish ham muhim vazifalardandir. Bu borada oliy ta'lim muassasalarida aynan xalqaro reyting va indeks masalalariga e'tibor qaratga guruhni shakllantirish va mazkur guruh faoliyati

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

asosida talabalarning xalqaro reyting, indeks haqidagi tasavvurlari doirasini, bilim salohiyatini

kengaytirish joiz. Bu kelajakda O'zbekistonning xalqaro reyting va indekslarda munosib o'rinda

turishi uchun xizmati qiluvchi kadrlarni tayyorlash uchun ham zamin bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.03.2019 yildagi PF-5687-son

2. https://yuz.uz/uz/news

3. Kovalenko T.I., Krasnoshhekov V.V. Kross-kul'turnyj menedzhment mezhdunarodnyh kratkosrochnyh obrazovatel'nyh programm // «XXXIX Nedelja nauki SPbGPU»: mat. mezhdunar. nauch.- prakt. konf Ch. XIII. SPb., Izd-vo Politehn. un-ta, 2010. S. 164-166.

4. https://xs.uz/uz/post

5. https://vt.me/jalilova dilshoda 2292

6. https://t.me/ilmiy yordam beraman

7. Dilshoda Jalilova. Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi tarkibir qizmlarining mazmun- mohiyati. «O'ZBEKIS TONDAILM -FANNINGRIVOJLANISfflSTTOBOLLART' xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2022-yil 30-noyabr. 839-842-betlar. (https://doi.org/10.5281/zenodo.7377842)

8. Dilshoda Jalilova Ural qizi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish masalasining ahamiyati. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607) .

9. Hojieva, Z. U. (2014). The Role of' Mark" in Humanization of Didactic Relationships. In Young Scientist USA (pp. 33-36).

10. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim - taraggivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

11. Zulfiya Khojieva. THE ROLE OF CO-CREATION IN PREPARING FUTURE TEACHERS FOR EFFECTIVE COLLABORATIVE WORK. International Journal of Pedagogics. 2022.

12. Zulfiya Khojieva. THE HUMANIZATION OF DIDACTIC RELATIONS BETWEEN TEACHER AND STUDENT IN MODERN EDUCATION. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 124-127pages. 2020.

13. https://t. me/jalilova_dilshoda_2292

14. https://t. me/ilmiy_yordam_beraman

15. https://cyberleninka.ru

16. http://scientists.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.