Научная статья на тему 'TA’LIM XIZMATLARI BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI'

TA’LIM XIZMATLARI BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / biznes / nodavlat tashkilotlar / ta’lim xizmatlari / xorij tajribasi. / education / business / non-governmental organizations / educational services / foreign experience.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Janabayeva Gulbaxor Ashirovna, Iminoxunov Abdukoxor Abdivaitovich

Ushbu maqolda ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish orqali mamlakatizmida nodavlat ta’lim xizmatlarini ilgari surish, raqobat muhitida ularni rivojlantirishda xorij tajribasidan samarali foydalanish yo’llari mualliflar tomonidan yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the ways of promoting non-state educational services in nationalism through the development of the market of educational services, and the effective use of foreign experience in their development in a competitive environment are highlighted by the authors.

Текст научной работы на тему «TA’LIM XIZMATLARI BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI»

TA'LIM XIZMATLARI BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJ

TAJRIBASI

Janabayeva Gulbaxor Ashirovna

Mustaqil tadqiqotchi Iminoxunov Abdukoxor Abdivaitovich

Oriental universiteti Iqtisodiyot va turizm kafedrasi dotsenti v.b., PhD

Annotatsiya. Ushbu maqolda ta'lim xizmatlari bozorini rivojlantirish orqali mamlakatizmida nodavlat ta'lim xizmatlarini ilgari surish, raqobat muhitida ularni rivojlantirishda xorij tajribasidan samarali foydalanish yo'llari mualliflar tomonidan yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, biznes, nodavlat tashkilotlar, ta'lim xizmatlari, xorij tajribasi.

Abstract. In this article, the ways of promoting non-state educational services in nationalism through the development of the market of educational services, and the effective use of foreign experience in their development in a competitive environment are highlighted by the authors.

Key words: education, business, non-governmental organizations, educational services, foreign experience.

Nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish, ta'limning yuqori sifatini ta'minlashda davlat va nodavlat ta'lim muassasalari o'rtasida sog'lom raqobat muhitini yaratish, shuningdek, nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish sohasidagi yuridik shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish asosiy masalalardan biri hisoblanadi.

Nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalish va vazifalari etib quyidagilar belgilash maqsadga muvofiq:

iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlarni aniqlash va qo'llab-quvvatlash orqali ta'lim-tarbiyaning yuqori sifatini ta'minlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish;

sog'lom raqobat muhitini shakllantirish uchun an'anaviy ta'lim xizmatlari bilan bir qatorda sifatli va ommabop ta'lim olishning muqobil imkoniyatlarini yaratadigan pullik ta'lim xizmatlari ko'rsatish bozorini jadal rivojlantirish;

ilg'or xalqaro tajribalarni inobatga olib, o'qitishning innovasion pedagogik shakllari, uslublari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida ta'lim sohasidagi samaradorlik va natijaviylikni oshirish.

Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsion faoliyatni rivojlantirishga iqtisodiy taraqqiyotni belgilovchi asosiy vosita sifatida qaramoqda va davlatning eng muhim ustuvor vazifasi sifatida ilm - fanni rivojlantirish, innovatsion faollikni oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari birinchi o'ringa kutarmoqda. Shunga ko'ra, respublikamizda keyingi yillarda ilm-fan va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va innovatsion faoliyat uchun qulay iqtisodiy muhitni yaratish, fan, ta'lim, ishlab chiqarish integratsiyasini yanada kengaytirish bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda, zamonaviy iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish davlat dasturlari qabul qilinib, ular realizatsiya qilinmoqda.

V.O.Kalyatinning ishida bir qator mamlakatlarning innovatsion jarayonlarni boshqarish tajribasini tahlil qilishga katta e'tibor berilgan. Universitetlarga kelsak, ularning asosiy kontragentlar bilan o'zaro munosabatlarining aniq misollari qiziqishni paydo qiladi. Shunga ko'ra, Yevropa Ittifoqida "Tadqiqotlarga sarmoya kiritish: harakat rejasi" hujjatiga muvofiq, olimlarning martaba imkoniyatlarini yaxshilash, ommaviy tadqiqotlarni sanoat ehtiyojlariga yaqinlashtirish va Yevropa va milliy davlat moliyaviy vositalari nazarda tutiladi. Tabiiy fanlar, muhandislik yoki biznes fakultetlarida tahsil olayotgan har bir talaba asosiy mutaxassislikdan tashqari, intellektual mulk va texnologiyalar transferi yo'nalishi bo'yicha kursni ham tamomlashi shart.

Nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslarga ilg'or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda quyidagilar tavsiya qilinadi: ta'lim jarayonini o'qitishning eng zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda fanlarni chuqurlashtirib o'rgatish yo'nalishida tashkil etish;

o'zlariga nom tanlashda Vatanimizning mashhur va buyuk olimlari, jamiyat arboblari ismlaridan o'rnatilgan tartibda foydalanish;

ilg'or ilmiy-amaliy tajribani joriy etish hamda chuqurlashtirib o'rganiladigan fanlarni chet tilida o'qitish uchun ta'lim jarayoniga xorijiy pedagog va mutaxassislarni jalb qilish.

Mustaqillik yillarida ta'lim sohasida yoshlarga zamonaviy bilimlarni berish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashiga qaratilgan tub o'zgarishlar va islohotlar amalga oshirildi.

Xususan, umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirish, intellektual, estetik va jismoniy barkamol avlodni shakllantirishni hamda yoshlarga ta'lim berishni yangi sifat darajasiga ko'tarish, shu jumladan, chet tillari, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi muhim va talab yuqori bo'lgan boshqa fanlarni chuqurlashtirib o'rgatish 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri

sifatida belgilangan va uning davomi sifatida Yangi O'zbekiston Taraqqiyot Strategiyasida ham ushbu vazifalar keltirilgan.

Xorijiy tajribalar davlat va nodavlat ta'lim muassasalari o'rtasida sog'lom raqobat fuqarolarning sifatli ta'lim olishga bo'lgan huquqini ro'yobga chiqarishga xizmat qilishini ko'rsatmoqda.

Shuning uchun ham bir qator rivojlangan xorijiy mamlakatlarda nodavlat ta'lim sektorining umumiy o'rta ta'limdagi ulushi salmoqli bo'lib, Germaniyada 12 foizni, Frantsiyada 17 foizni, AQShda 18 foizni, Buyuk Britaniyada 20 foizni, Ispaniya, Irlandiya va Gollandiyada 30 foizni tashkil etadi.

Yuqorida ko'rsatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tegishli vazirlik hamda idoralarga nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha tegishli tartib va me'yoriy-huquqiy hujjatlarga o'zgartirishlar kiritish topshiriqlari berilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorining qabul qilinishi xalq ta'limi tizimida sog'lom raqobat muhitini yaratish, nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish, xorijiy o'qituvchilarni jalb etish yo'li bilan aniq hamda tabiiy fanlar, chet tillarni chuqurlashtirib o'qitishga, bu esa, o'z navbatida, yoshlarning dunyo mehnat bozorida raqobatdosh va yuqori malakali mutaxassis kadr sifatida jahon hamjamiyatida mamlakatimiz nufuzini oshirishiga, barkamol inson bo'lib shakllanishiga xizmat qiladi.

Qaror nodavlat ta'lim muassasalari sektori kengayishi, respublikaning har bir tuman va shahridagi fuqarolar ta'lim xizmatlaridan foydalanishda tanlovga ega bo'lishi, yoshlarga munosib ta'lim-tarbiya berish kabi vazifalarni o'z zimmasiga oladigan malakali xususiy tadirkorlar faoliyatini qo'llab-quvvatlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Гневашева, В. А. Образование как фактор производства в информационном обществе / В. А. Гневашева // Вестник высшей школы.2009.-№ 4.

2. Гребнев, Л. С. Образование: рынок «медвежьих» услуг / Л. С. Гребнев // Мир России. - 2005. - № 2.

3. Ильинский, И. Об экономической природе современного отечественного образования / И. Ильинский // Высшее образование в России. - 2004. - № 9.

4. Колесов, В. Рынок образовательных услуг и ценности образования (между ВТО и Болонским процессом) / В. Колесов // Высшее образование в России. - 2006. - № 2.

5. Максимова Е.В. (2005) Развитие конкурентоспособности студента в образовательном процессе университета: автореф.дис. ...канд.пед.наук. Оренбург, 14-16 с.

6. Вахабов А., Имамов Э. (2007) Высшее образование в Центральной Азии. Задачи модернизации. -М.: -214 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.