Научная статья на тему 'TA’LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDA NODAVLAT TA’LIM TASHKILOTLARINING OʻRNI'

TA’LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDA NODAVLAT TA’LIM TASHKILOTLARINING OʻRNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Nodavlat ta’lim tashkiloti / qonun / qaror / tizim / metod / sifatli ta’lim / dunyo ta’lim tizimi / boshqaruv funksiyasi / natijadorlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shakirova Dildora Abdumalikovna

Nodavlat ta’lim tashkilotlari bugungi kun ta’lim tizimining ajralmas qismiga aylandi.Maqolada nodavlat ta’lim muassasalarining maqsad va vazifalari ularda ta’lim berishning yangi tizimlari va olinayotgan natijalar yoritilgan.Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish yuzasidan bir qator yangiliklar taklif etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDA NODAVLAT TA’LIM TASHKILOTLARINING OʻRNI»

TA'LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDA NODAVLAT TA'LIM TASHKILOTLARINING O'RNI Shakirova Dildora Abdumalikovna

Xalqaro Nordik Universitet. iTa'lim muassasalari boshqaruvi yo'nalishi 1-bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10678157 Anotatsiya. Nodavlat ta'lim tashkilotlari bugungi kun ta'lim tizimining ajralmas qismiga aylandi.Maqolada nodavlat ta'lim muassasalarining maqsad va vazifalari ularda ta'lim berishning yangi tizimlari va olinayotgan natijalar yoritilgan.Nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish yuzasidan bir qator yangiliklar taklif etilgan.

Kalit so'zlarNodavlat ta'lim tashkiloti ,qonun,qaror, tizim,metod,sifatli ta'lim,dunyo ta'lim tizimi,boshqaruvfunksiyasi,natijadorlik

Abstract. Non-govermental educational organizations have become an integral part of today's educational system. The article describes the goals and tasks of non-state educational institutions,new sistems of education and the results optained in them.A number of innavations have been proposed to improve the efficiency of the activities of non-governmental educational organizations.

Keywords: Non-govermental educational organizations,system,method quality education,world education system,menejmentfunction,effectiveness.

Kirish.Bugungi kunga kelib yanada rivojlanib borayotgan yangi O'zbekiston taraqqiyotida ta'lim tizimining o'rni beqiyos.Bu sohada yoshlarga eng zamonaviy bilimlarni berish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va albatta dunyo miqyosida munosim o'rin egallahlarida bir qator islohatlarni amalga oshirish zarurati tug'ilgan bir paytda ,davlatimiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan bir qator qaror va farmonlarga o'zgartirishlar kiritilda,yangilari imzolandi.

Xususan O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi" ,2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli "O'zbekiston oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'grisida"gi hamda 2019 yil 6 sentabrdagi PF-5812-sonli "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi farmonlar,2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017 yil 27 iyuldagi PQ_3151-sonli "Oliy ma'lumotli mutahassislar tayyorlash sifatini oshirish iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtrokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatta amalga oshirikayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtrokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qrorlar,

2020 yil 7 avgustdagi 466-sonli O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ozbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang'ch,o'rta va o'rta mahsus,professional ta'lim tizimini tartibga soluvchi normative-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi va 2020 yil 23 sentyabrda tasdiqlangan 637-sonli O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, 2017-yil 15-sentabr,PQ-3276 sonli Nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori1 shular jumlasidandir.

O'zbekiston Respublikasidagi barcha davlat va nodavlat ta'lim muassasalri "Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi" hamda "Oliy ta'lim,fan va innovatsiyalar vazirligi" tomonidan yuqorida keltirilgan me'yoriy hujjatlar asosida boshqariladi.

Materiallar va usullar.Hozirgi iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichida dunyoda shu o'rinda O'zbekistonda ham nodavlat ta'lim tashkilotlariga bo'lgan talab keskin oshib bormoqda.Bu yo'nalish bo'yicha xorijiy davlatlarda ham,yurtimizda ham qator ilmiy ishlar amalga oshirilgan.

Nodavlat ta'lim tashkilotlarining bugungi kundagi roli,yutuq va muammolari,boshlang'ch ta'limdagi o'rni kabi mavzular xorijiy olimlar Fawziya Reza,Shanti Jagannathanilarning ilmiy tadqiqotlarida o'z ifodasini topgan.Mamlakatimiz olimlaridan

M.E.Axtamova,S.Sh.Urazovlarning ilmiy izlanishlarida ham O'zbekistonda talim xizmatlari samaradorligini oshirishda rivojlangan davlatlar tajribalarini qo'llashning nodavlat usullari masalalari yoritilgan.Undan tashqari bu tizimni rivojlantirish usullari masalalarni qator yosh izlanuvchilar o'z maqolalarida ham yoritishga harakat qilganlar.

Masalan Sh.Jagannat o'z ilmiy ishida Hindiston davlati oldida 6 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan barcha bolalarni sifatli ta'lim bilan ta'minlashdek juda qiyin va katta hajmdagi vazifa turganligini ta'kidlaydi.Bolalarning 95% boshlangich' ta'lim bilan qamrab olingan bo'lsada,35 000 bola afsus maktab ta'limidan umuman yiroq.Savodxonlikni ta'minlash vazifasi hukumat tomonidan zaruriy harakatlar talab qilsh bilan birga,xususiy sektorlar hamda jamoalar hamkorlik qilishlariga hissa qo'shishlariga ham ehtiyoj borligini ko'satdi. Muvaffaqiyatli tajribalar va ta'limga yangi yondoshuvlar aynan nodavlat tashkilotlar tomonidan paydo bo'la boshladi

Bu tadqiqot shuni korsatdiki nodavlat ta'lim xalq ta'limi tizimini to'ldirishi va uning samaradorligini oshirishda kata rol o'ynashi mumkin.Nodavlat ta'limning eksperemental yondoshuvi maktab ta'limidagi ko'plab kamchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etdi. So'rovda qatnashgan Nodavlat ta'lim tashkilotlari boshlang'ich ta'limning parallel ta'minlovchilari bo'lishga intilmaydilar,balki hukumat tizimining samaradorligini oshirish uchun katalizator kuch sifatida harakat qilishni xohlashadi.

Hatto qassho mamlakatlarda ham o'z faoliyatini olib borayotgan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining samaradorligiga kam ta'minlangan bolalar,chekka joylardagi jamoalar va ta'lim olishda ijtimoiy to'siqlarga duch kelayotgan boshqa bolalarning muvaffaqiyatli maktabda o'qishi eng yaxshi isbotdir.

So'ngi yillarda Respublikamizda ham ta'limning bu tarmog'iga bolgan qiziqish va talab ortib borayotgani yaqqol ko'zga tashlanmoqda.Aholi orasida bu ta'lim tashkiloti faoliyatiga taluqli aniq ma'lumot berish maqsadida quyidagilarni malum qilamiz.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son qarori ijrosini ta'minlash, O'zbekiston Respublikasida ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha nodavlat sektorning salmog'ini kengaytirish borasida tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.Bu qarorning 2-bobida aynan ta'limning poydevori bo'lgan nodavlat umumta'lim tashkilotlarning maqsad va vazifalari aniq ko'rsatib o'tilgan.Unga ko'ra:

Nodavlat umumta'lim tashkilotining maqsadi ta'lim oluvchilarga umumiy o'rta ta'limning yuqori sifatini ta'minlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish, an'anaviy ta'lim xizmatlari bilan bir qatorda sifatli va ommabop ta'lim olishning muqobil imkoniyatlarini yaratadigan pullik ta'lim

xizmatlari ko'rsatish, ilg'or xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda o'qitishning innovatsion pedagogik shakllari, uslublari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida umumiy o'rta ta'lim sohasidagi samaradorlik va natijadorlikni oshirishdan iborat.

Nodavlat umumta'lim tashkilotining vazifalari quyidagilardan iborat: umumiy o'rta ta'limni har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko'zlagan holda amalga oshirish, ta'lim oluvchilarning jinsi, millati, dini, irqiy mansubligi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar, ularning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar, o'z ustida mustaqil ishlashi va qo'shimcha bilim olishi uchun imkoniyatlar yaratish;

ta'lim oluvchilarning muntazam bilim olishini ta'minlash, ularda bilim olish ehtiyojini kuchaytirish, bazaviy o'quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirish;

ta'lim oluvchilarga milliy an'analar va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta'lim berish, milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg'unlashtirish asosida yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni qaror toptirish, o'z Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish;

ta'lim oluvchilarning alohida ijobiy xususiyatlari va qobiliyatlarini aniqlash, qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta'lim olishi, ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishi va ro'yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratib berish;

ta'lim oluvchilarda mehnat qilish va mustaqil ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish, ularni kasbiy yo'naltirishga va kasb tanlashiga ko'maklashish;

Yuqoridagi maqsad va vazifalardan shuni anglatadiki, nodavlat ta'lim tashkilotlarining maqsadi ham jamiyat uchun ma'naviyati yuksak,bilimli shaxsni tarbiyalash ekan.

Xulosa. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan globallashuv davrida ilm-fan,texnika va madaniyat taraqqiyotining asosiy va muhim bo'lgan omili bu albatta ta'limdir.Bu tizimning har bir sohasini chuqur o'rganish va yanada rivojlantirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanar ekan,bu tizimning rivoji uchun ta'limning har qanday yo'nalishni yuksaltirish ,taraqqiy etgan mamlakatlar tajribalari asosida yanada takomillashtirish,jahon ta'lim standartlari talablariga javob bera oladigan eng zamonaviy metodikalar va qo'llamalardan foydalanish, salohiyatli kadrlarni tayyorlash va ularni malakalarini chet davlatlarida oshirish,iqtidorli o'quvchi yoshlarga turli sohalarda o'zlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratib berish va ularni qo'llab quvvatlash,rag'atlantirish davlatimiz kelajagi yuksalishining asosiy ustuvor tayanchi hisoblanadi deb o'ylayman.Shulaani inobatga olgan holda nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishda yangi mehanizmlar yaratish ustida tadqiqotlar olib borish zarur deb hisoblayman.

REFERENCES

1. Ахтамова М.Э, Уразов С.Ш. НЕГОСУДАРСТВЕННЫЕ СПОСОБЫ ПРИМЕНЕНИЯ ОПЫТА РАЗВИТЫХ СТРАН ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УСЛУГ В УЗБЕКИСТАНЕ. // Архивариус.-2021.Т.7.-№4(58)-С.37-40.

2. Fawziya Reza -THE ROLE OF NGOS IN PROMOTING EDUCATIONAL:SUCCESSES AND CHALLENGES./Internetional Journal of Educational,Learning and Development.Vol.10, № 1рр.24-43,2022

3. Shanti Jagannathan.THE ROLE OF NONOGOVERMENT ORGANIZATIONS IN PRIMARY EDUCATION.

4. lex.Uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.