Научная статья на тему 'TA’LIM TASHKILOTI RAHBARLARINING MEHNAT SALOHIYATI KOMPONENTLARI'

TA’LIM TASHKILOTI RAHBARLARINING MEHNAT SALOHIYATI KOMPONENTLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
9
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixofiziologik komponent / salomatlik holati / shaxsiy fazilatlar / kasbiy-malakaviy / ma’lumoti va malakasi darajasi / staj / professional harakatchanlik

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Qosimova Shaxnoza Nuriddinovna

mazkur maqolada ta’lim tashkiloti rahbarlarining mehnat salohiyati komponentlari qobiliyatlari haqida fikr-mulohazalar yuritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TASHKILOTI RAHBARLARINING MEHNAT SALOHIYATI KOMPONENTLARI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

ARTICLE INFO

TA'LIM TASHKILOTI RAHBARLARINING MEHNAT SALOHIYATI KOMPONENTLARI

Qosimova Shaxnoza Nuriddinovna

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti "Ijtimoiy fanlar kafedrasi" dotsenti P.f.f.d. (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.13885377

ABSTRACT

Qabul qilindi: 25- Sentabr 2024 yil Ma'qullandi: 28- Sentabr 2024 yil Nashr qilindi: 30- Sentabr 2024 yil

KEY WORDS

psixofiziologik komponent,

salomatlik holati, shaxsiy fazilatlar, kasbiy-malakaviy,

ma'lumoti va malakasi darajasi, staj, professional harakatchanlik

mazkur maqolada ta'lim tashkiloti rahbarlarining mehnat salohiyati komponentlari qobiliyatlari haqida fikr-mulohazalar yuritiladi

Boshqaruv xodimlarilarning raqobatbardoshligi muammosi bo'yicha psixologik -pedagogik nazariya va amaliyotni tahlil qilish nuqtai nazarlarning: didaktik o'lchov birligi sifatida; ta'lim jarayoni sifatining darajasi yoki ko'rsatkichi sifatida; bitiruvchilarning kasbiy ustunliklarini shakllantirish darajasi sifatida; kasbiy kompetensiyaning shakllanish darajasi sifatida mavjud xilma-xilligini ko'rsatdi.

Mehnat salohiyatining psixofiziologik komponenti xodimlarning psixofiziologik xususiyatlari bilan belgilanadi va jinsi, yoshi, salomatligi holati, xodimlarning shaxsiy fazilatlari kabi elementlarni o'z ichiga oladi.

Jins insoniyatni ikki qismga bo'ladi. An'anaga ko'ra, erkaklar va ayollar o'rtasidagi farqlar asosan ularning morfologik xususiyatlari bilan bog'liq. Jinsning xususiyatlari mehnat salohiyatining xususiyatlarini qat'iy belgilab bermaydi. Eng keng tarqalgan tendensiyalarda, ijodiy ish bilan shug'ullanadigan ayollarda erkaklarga qaraganda ehtiyotkorlik va inertlik, shuningdek, g'oyalarni tekshirish va baholashga ko'proq e'tibor berish xosdir. Yangi intellektual vazifalar, odatda, erkaklar tomonidan yaxshiroq hal qilinadi, lekin ayolning faolligi tashqi ta'sirlarga sezgirroq, shuning uchun ular tezroq va katta muvaffaqiyat bilan o'rganishga erishadilar. Bu ayollarga muvaffaqiyatli ishlashga imkon beradi.

Yosh. Yosh, xodimlarning raqobatbardoshligining rivojlanish darajasini ularning bilim va ko'nikmalarining to'plami sifatida belgilaydi. Pensiya yoshidagi xodimlar zaif mehnat faolligi, hissiy beqarorlik, zaif intellektual qobiliyat va boshqalar bilan ajralib turadi; pensiya oldi yoshidagi xodimlar - bu o'z kasbiy faoliyati sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar, ular boy professional tajribaga ega; o'rta yoshdagi xodimlar nisbatan kam professional tajribaga ega; yosh mutaxassislar - mehnat faoliyatini boshlaydigan xodimlar, ish tajribasining yo'qligi yoki uning yetishmasligi bilan ajralib turadi.

Salomatlik holati. Inson salomatligi - uning samarali faoliyatining eng muhim shartidir.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti salomatlikni- insonning turli xil ijtimoiy-mehnat hayotida optimal ishtirok etish imkoniyatini belgilaydigan to'liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlikni belgilaydigan biologik, fiziologik va ruhiy funksiyalarning uyg'un birligi deb hisoblaydi. Salomatlik darajasiga bir qancha: ham genetik, ham ijtimoiy-iqtisodiy, hayot darajasi va sifatiga o'xshagan omillar ta'sir qiladi. Agar xodimlarning salomatligining holati ularning ishiga qo'yiladigan elementar talablarni bajarishga imkon bermasa, mehnat faoliyatining yuqori natijalarini kutish qiyin. Salomatlik holatini o'lchashning miqdoriy ko'rsatkichi sifatida kasallik tufayli o'tkazib yuborilgan ish kunlari soni va boshqalar haqidagi ma'lumotlardan foydalaniladi. Xodimlarning salomatligini saqlab qolish uchun tashkilot rahbariyati ishda dam olish imkoniyatlari va normal maishiy sharoitlarni (oshxona, dam olish xonalari va h.k.) ta'minlashi kerak.

Shaxsiy fazilatlar. Shaxsiy fazilatlar xodimlarning quyidagi individual xususiyatlari bilan tavsiflanadi: faollik, ijodkorlik, tadbirkorlik, motivatsiya turi, ehtiyojlar va boshqalar. Eng yorqin individual fazilatlar xodimlarning raqobatli ustunliklariga aylanadi. Bu fazilatlar tarkibi insonning o'z faoliyati jarayonida qanday harakat qilishiga katta ta'sir ko'rsatadi.

Mehnat salohiyatining kasbiy kasbiy-malakaviy komponenti xodimlarning, ma'lumot darajasi va malakasi, kasb bo'yicha ish staji va kasbiy harakatchanligi kabi kasbiy-malakaviy xususiyatlari bilan belgilanadi.

Ma'lumoti va malakasi darajasi. Xodimlarning malaka darajasi - uning raqobatbardoshligini baholashga bevosita ta'sir qiladi. Ma'lumot - malaka va shaxsiy rivojlanish uchun asosdir. Bu shaxsning umumiy intellektual va ishbilarmonlik salohiyatini shakllantirishga yordam beradi, uning ijtimoiy harakatlarini tartibga soladi, mehnat va ijodiy faollikni rag'batlantiradi.

Staj. Ish tajribasi xodimlarning tashkilotdagi hamkasblariga nisbatan ustunligini oshirishi mumkin. Ish stajining oshishi bilan xodim nafaqat o'z sohasida, balki yo'ldosh kasblar bo'yicha ham professional bo'lib, bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladi, shuningdek, ishchi o'zlashtirgan barcha kasblar to'plami bo'yicha umumiy ish staji oshishi bilan, xodimning raqobatbardoshligi oshishi kerak.

Professional harakatchanlik. Kasbiy harakatchanlikka tayyorlik darajasi raqobatbardoshlikni baholashga bevosita ta'sir ko'rsatadigan xodimlarning moslashuvchanlik darajasini, vertikal harakatlanish qobiliyatini yoki harakatchanligini, moslashuvchanligini aks ettiradi. Iqtisodiy o'sish sharoitida, chiqarilayotgan mahsulot raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun ishlab chiqarish texnologiyalarini doimiy ravishda modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish vositalarini muntazam yangilab turish zarur bo'lganda, xodimlar malakasini oshirish zarurati tug'iladi. Kasbiy harakatchanlikka tayyorlik, ya'ni aynan qo'shimcha kasbni o'zlashtirishga, malakasini oshirishga, xodimning ishga joylashish imkoniyatlarini oshirishga, kasbiy o'sishiga tayyorligi ham yangi ish joyiga tez moslashishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Фатхутдинов, Р. А. Конкурентоспособност организатсии в условиях кризиса: экономика, маркетинг, менеджмент / Р. А. Фатхутдинов. М.: Издателско-книготорговый сентр «Маркетинг», 2002. - 892 с.

2. Yuldashev M.A. Xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirishda ta'lim sifati menejmentini

takomillashtirish: Ped.fan. dok... diss. avtoreferati. - Toshkent, 2016. - 92 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.