Научная статья на тему 'TA’LIM TASHKILOTI MENEJERI IQTISODIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ZARURATI'

TA’LIM TASHKILOTI MENEJERI IQTISODIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ZARURATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
86
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kasbiy faoliyat / iqtisodiy kompetentlik / modernizasiyalash / mehnat bozori / innovasiya / raqobat / ta’lim sifati / mantiqiy fikrlash

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Saidaxmedova N.I, Jo‘raeva K. R.

Mazkur maqolada ta’lim tashkiloti mеnejerlarining iqtisodiy kompetentligini rivojlantirishning zarurati, tashkiliy shakllari va mazmuniy xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TASHKILOTI MENEJERI IQTISODIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ZARURATI»

TA'LIM TASHKILOTI MENEJERI IQTISODIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ZARURATI *Saidaxmedova N.I., Jo'raeva K.R

1Nizomiy nomidagi TDPU, Ta'lim menejmenti kafedrasi, i.f.d.(DSc), professor 2Nizomiy nomidagi TDPU, Maktab menejmenti ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.1081059 7

Annotatsiya. Mazkur maqolada ta'lim tashkiloti mеnejerlariningiqtisodiy kompetentligini rivojlantirishning zarurati, tashkiliy shakllari va mazmuniy xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: kasbiy faoliyat, iqtisodiy kompetentlik, modernizasiyalash, mehnat bozori, innovasiya, raqobat, ta'lim sifati, mantiqiyfikrlash

Аннотация. В данной статье рассматривается о необходимости развития экономической компетентности, организационных формах и содержании будущих менеджментов.

Ключевые слова: профессиональная деятельность, экономическая компетентность, модернизация, рынок труда, инновации, конкуренция, качество образования, логическое мышление.

Abstract. This article describes the need for the development of economic competence, organizational forms and content of future management.

Keywords: professional activity, economic competence, modernization, labor market, innovation, competition, quality of education, logical thinking.

Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlar ko'rish, iqtisodiy o'sishning yangi, asosan, innovatsion omillariga o'tishni taqozo etmoqda. Ayni paytda inson kapitali sifatini yuksaltirish iqtisodiy o'sish, aholi daromadini oshirish, kambag'allikni kamaytirishning asosiy omiliga aylanib bormoqda. Jahon iqtisodiyotida global muammolar kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda mamlakatimiz hududlarini o'rta va uzoq muddatli barqaror rivojlantirish strategiyalari har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Zero, bugungi tarkibiy islohotlar samaradorligini oshirish, yangi o'sish manbalarini ishga solish orqaligina barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash mumkin. Zamonaviy iqtisodiyotda mamlakat taraqqiyoti kishilarning jismoniy mehnati, yer osti boyliklari va boshqa resurslarga emas, eng avvalo, insonlar aql-zakovatiga bog'liq bo'lib qolmoqda. Endi inson kapitalini rivojlantirish masalasi ustuvor ahamiyatga ega.

Mamlakatlar, hududlar va korxonalar rivojida inson omili yetakchi rol o'ynaydi. Bu esa ta'lim masalasiga alohida e'tibor qaratish zarurligini anglatadi. Bu borada mamlkantimizda muammoni hal etishda asosiy e'tibor ta'lim tizimidagi qamrov darajasi ancha past bo'lgan maktabgacha va oliy ta'lim bo'g'inlariga qaratilib bir qator ishlar olib borilmoqda, jumladan, maktabgacha ta'lim qamrovi 72 foizga yetkazildi. Oliy ta'lim muassasalarining umumiy soni 2,5 barobar, talabalar soni esa 3 barobardan ko'proq oshdi. O'rta va o'rta maxsus ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'lim muassasalariga qamrab olish darajasi 38 foizni tashkil etdi. "O'zbekiston — 2030" strategiyasiga muvofiq, 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga to'liq qamrab olish, yoshlarning OTMlarga qamrovini rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazish ko'zda tutilgan. Inson resurslaridan oqilona va samarali foydalanish har bir davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy masalalaridan sanaladi. Uning dolzarbligi innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish, inson omili markaziy o'rin tutgan sharoitda yanada oshdi. Bu aholining sifat xususiyatlarini o'zgartirishni, yangi turdagi kadrlar tayyorlashni talab etadi.

Boshqaruv tizimining barcha darajasida, ilmiy-tadqiqot va tahliliy markazlarda davlat, tarmoq va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyalari, strategiya va dasturlarini ishlab chiqish hamda ro'yobga chiqarish mexanizmlarini qo'llay oladigan kadrlar yetishmayotgani yaqqol sezilib qoldi.

Mamlakatimizda davlat, mahalliy va xo'jalik boshqaruvi tizimida jarayonlarni chuqur tahlil qiladigan, mavjud muammolarning kelib chiqish sabablarini ob'ektiv baholay oladigan, kelgusida ro'y berishi mumkin bo'lgan tahdidlarning oldini olish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini prognoz qilishning zamonaviy iqtisodiy-matematik usullarini keng qo'llay biladigan, o'rta va uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda strategik fikrlaydigan kadrlarga talab ortib bormoqda.

Kafedrada talabalarga bilim berish bilan bir qatorda rivojlanish strategiyalariga oid ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, hozir kafedra professor-o'qituvchilari xorijlik hamkorlar bilan birga viloyat, tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish stregiyalarini ishlab chiqish metodologiyasi ustida ish olib bormoqda. Mamlakatimiz hududlari rivojlanishida kuzatilayotgan ijobiy o'zgarishlarga qaramasdan, ijtimoiyiqtisodiy yuksalish darajasi, ixtisoslashuvi, mahalliy resurslardan samarali foydalanishi bo'yicha muammolari hamda foydalanilmayotgan katta imkoniyatlari mavjud. Binobarin, uzoq yillar davomida to'planib qolgan muammolarni, hudud iqtisodiyotidagi tarkibiy nomutanosibliklarni qisqa muddatda bartaraf etib bo'lmaydi.

Ma'lumki har qanday faoliyat turi boshqaruv asosiga quriladi, chunki shu faoliyatni amalga oshirishda ko'zlangan maqsadga erishish, bajariladigan vazifalarni taqsimlash, ijrosini nazorat qilish, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun shu faoliyatda ishtirok etuvchilarning manfaatlarini himoya qilish, rag'batlantirish chora tadbirlari boshqaruv jarayonida tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi. Mamlakatimizda ta'lim tashkilotlari menejerlarini tayyorlash bugungi kunda har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, har jihatdan mukammal rahbarlarni tayyorlamay turib, jamiyatni rivojlantirib bo'lmaydi.

Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, innovasion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish shuningdek, ta'lim muassasalarining iqtisodiy barqarorligini ta'minlash bilan bog'liq vazifalar, ta'lim tizimida zamonaviy fikrlaydigan, innovasiyalarni qo'llab quvvatlovchi, raqobat o'sib borayotgan ta'lim xizmatlari bozorida raqobatlasha oladigan va iqtisodiy kompetentligi shakllangan menejer va mutaxassislariga talab oshib bormoqda. Shu nuqtai-nazardan bo'lajak mmenejerlarni iqtisodiy kompetentligini shakllantirishni tizimli, metodologik va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish dolzarb hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi PQ-3755-son "Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror, «2022 — 2026 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida» 2022 yil 11 maydagi PF-134-son, «Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida» 2023 yil 26 maydagi PF-79-son farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 25 dekabrdagi 681-son "Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o'quv kurslarida o'qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori hamda boshqaruv faoliyatiga tegishli boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan masalalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biri sanaladi.

Hozirgi kunda Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 25 dekabrdagi 681-son "Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o'quv kurslarida o'qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori asosida bo'lajak umumiy o'rta ta'lim direktorlari kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun Menejerlik kurslari maktab direktorlarini tanlash, tayyorlash va ularni uzluksiz malakasini oshirishning ilg'or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo'li bilan tizimda kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo'yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo'lib, zamonaviy talablar asosida umumiy o'rta ta'lim maktablari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik sertifikatini olishga tayyorlashda menejerlik ko'nikmalarini shakllantirish va kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi. Menejerlik sertifikatiga ega bo'lgan nomzodlar orasidan maktab direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi shakllantiriladi. Endilikda nomzodlar faqat Menejerlik sertifikati mavjud bo'lgan va mazkur nomzodlar zaxirasiga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi. Bizningcha, bunday amaliy ishlar, jahon iqtisodiyotida global muammolar kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarlarni shiddatli o'zgarishlaridan kelib chiqib, uzoq yillar davomida ta'lim tizimida to'planib qolgan muammolarni bartaraf etish yo'llaridan biri bo'lib, vaqtinchalik yechim sifatida shakllantirilayotgan nomzodlar zaxirasidagi bo'lajak ta'lim tashkilotlari rahbarlarida, shunchaki, tashkilot rahbari emas, balki aynan ta'lim tashkilotining menejerlikka xos bo'lgan zamonaviy fikrlaydigan, innovasiyalarni qo'llab quvvatlovchi, raqobat o'sib borayotgan ta'lim xizmatlari bozorida raqobatlasha oladigan strategik rahbar kadrlarga xos menejerlik bilim, ko'nikma va malakalarini mustahkamlashdan iborat. Bu borada, mehnat bozoriga hozirgi ta'lim islohotlari davrida strategik maqsadlardan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasi Ta'lim to'g'risidagi Qonunida (O'RQ-637-son 23.09.2020 yil) ko'zda tutilgan ta'lim turlari bo'yicha bakalavriatura va magistraturada ta'lim tashkilotlari menejmenti ta'lim yo'nalishlarida kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yish, ta'lim tashkilotlari boshqaruv strukturasiga menejer lavozimini kiritish dolzarb yechimini kutayotgan masalalardan biri deb hisoblaymiz.

Kompetentlik deganda, ko'pincha shaxsning faoliyat yuritishga umumiy qobiliyati va uning kasbiy tayyorgarligida namoyon bo'luvchi bilim va tajribalariga asoslangan integratsiyalashgan sifatlar nazarda tutiladi. Kompetentlik - shaxsiy sifatlar to'plami bo'lib, muyayyan sohadagi vazifalarni egallangan muhim, doimiy rivojlanib boruvchi kompetensiyalar asosida bajara olish qobiliyati, iqtisodiy kompetenlik esa bu - jamiyat rivojlanishiga mos iqtisodiy bilim, ko'nikma, malakalarni doimiy egallab borish qobiliyati bo'lib, turli iqtisodiy vaziyatlarda ularning amaliyotga maqsadli tatbiqi bilan bog'liq shaxsiy rivojlanib boruvchi sifatlar yig'indisidir. A.Yu.Misailovning fikricha, iqtisodiy kompetentlikning tarkibi bir biriga bog'liq bo'lgan quyidagi komponentlardan iborat:

• motivatsion - jamlangan va yetarlicha barqaror ehtiyojlar tizimi, iqtisodiy faoliyat uchun muhim sabablar, turli iqtisodiy kompetensiyalarga ega bo'lishga qiziqish bilan tavsiflanuvchi;

• kognitiv - asosiy iqtisodiy tushunchalarni ifodalovchi tizim (iqtisodiyot, iqtisodiy qonunlar, talab, taklif, mahsulot), iqtisodiy nazariyalar, tushunchalar, modellar, davlatning iqtisodiy siyosatini olib borishga yondashuvlar, iqtisodiyotning xalqaro muammolari; kasbiy faoliyatda iqtisodiyot asoslari (qonunlar, korxonaning iqtisodiy faoliyati usullari, iqtisodiy rejalashtirish, nazorat va audit va boshqalar);

• amaliy - iqtisodiy muammolar va vaziyatlarni hal qilish, iqtisodiy ko'nikma va qobiliyatlar kombinatsiyasiga asoslangan iqtisodiy hisob-kitoblarni olib borish, biznes rejalarni tuzish, buxgalteriya hisobini yuritish, turli xil iqtisodiy vaziyatlarda kasbiy muammolarga iqtisodiy yechim tanlashni amalga oshirish, iqtisodiy faoliyatda axborot texnologiyalaridan foydalanish, fuqarolik iqtisodiy xatti-harakatlariga rioya qilish va boshqalar;

• shaxsiy - bir qator muhim iqtisodiy fazilatlardan iborat: faollik, mustaqillik, ijodkorlik, samaradorlik, mehnatsevarlik, qat'iyatlilik, tashabbuskorlik.

Iqtisodiy kompetentlik tushunchasi bilan yondosh mazmunda, muammo sifatida belgilangan ta'lim tashkilotlari menejerlarining iqtisodiy kompetentligi negizida qanday sifatlar aks etishi, uning mohiyati, o'zlarida iqtisodiy kompetentlikning qanday sifatlarini yorita olishi zarurligi borasida yuzaga keladigan savollar «ta'lim tashkiloti menejerining iqtisodiy kompetentligi» tushunchasini mohiyatan tadqiq qilish zaruriyatini belgilaydi. Bu borada olim LLJuklines o'zining ilmiy ishlarida ta'lim tashkiloti rahbarining iqtisodiy kompetentligini quyidagicha ta'riflagan: ta'lim muassasasi rahbarining iqtisodiy kompetentligi - shaxsiy sifatlar tavsifi bo'lib, kompetensiyalar tizimidan iborat bo'lgan, bilimlar, ko'nikmalar, ish tajribalari asosida oqilona iqtisodiy qarorlar qabul qilishga harakatlarni safarbar qilish va rahbarning muayyan iqtisodiy muammolarni hal qilishga tayyorlik darajasi.

Ye.A.Varkinaning ilmiy ishlarida «iqtisodiy kompetentlik - bu shaxsning integrativ sifati bo'lib, maxsus kompetensiyalar (marketing, tadbirkorlik, xujalik-huquqiy) majmui bilan tavsiflanadi shuningdek, egallangan iqtisodiy bilim, ko'nikma va tajribalarni va ma'lum faoliyat usullarini qo'llay olish qobiliyatini aks ettirib, ustuvor qadriyatlar va motivlar bilan tartibga solinadigan doimiy shaxsiy rivojlanish asosida ta'lim muassasasi faoliyatini ta'minlashdir deb ta'riflangan.

Ta'lim tashkiloti menejerining iqtisodiy faoliyati, tashkilot moliyaviy faoliyatini rejalashtirish, ijro etish, nazorat va boshqarishdan iborat bo'lib, tashkilotning iqtisodiy barqarorligini, moliyaviy mustaqilligini ta'minlash faoliyatida, moliyalashtirish manbalarini kengaytirish, moliyaviy resurslarni rejalashtirish va boshqarish, moliyaviy resurslar ijrosini ta'minlash va nazorat kabi funksiyalarini o'z ichiga oladi. Bunda: moliyalashtirish manbalarini kengaytirish - budjet mablag'lari, to'lov kontrakt mablag'lari, xomiylik mablag'lari, maqsadli buyurtma mablag'lari, grant mablag'lari, ishlab chiqarish va turli xizmatlarni tashkil etish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan iborat bo'lishi mumkin; moliyaviy resurslarni rejalashtirish va boshqarish - xarajatlar va daromadlar reja smetalarini shakllantirish, tuzish, tasdiqlash, mehnat resurslari, asosiy vositalar va tovar moddiy zaxiralardan samarali foydalanishni tashkil etish va boshqarishni nazarda tutadi; moliyaviy resurslar ijrosini ta'minlash va nazorat -muassasaning o'quv, xo'jalik, kommunal faoliyatlari ijrosini tashkil etish, moddiy va moliyaviy resurslar bilan ta'minlash, mehnatga haq to'lash, rag'batlantirish shuningdek, joriy, rejali, davriy, uzluksiz nazoratlarni qamrab oladi.

Ta'lim tashkiloti faoliyatining ma'lum jarayonlarida, ta'lim menejerining iqtisodiy roli o'zgarib turadi va har bir iqtisodiy faoliyatga mos huquq va majburiyatlar majmui, shuningdek bilim, ko'nikma va malakalar talab etiladi. Ta'lim tizimidagi ko'p yillik faoliyat tajribasidan kelib chiqqan holda, belgilash mumkinki ta'lim tizimi boshqaruv xodimlarining iqtisodiy kompetentligini tashkil etuvchi komponentlar qatorida bilish hamda motivatsion komponentlari ham muhim o'rin egallaydi. Bilish komponeti - faoliyatning asosini tashkil etadigan zarur iqtisodiy-huquqiy bilimlarning yig'indisi bo'lib, real iqtisodiy vaziyatlarni tahlil qila olish, iqtisodiy muammolarni yechish usulini tanlay olish, rejalashtirish, qaror qabul qilish kabi bir qator

vazifalarni bajarishda iqtisodiy bilimlar to'plamini mujassam etadi. Iqtisodiy sohaga oid qonuniyatlarni bilmasdan turib faoliyatni amalga oshirish samarasiz bo'ladi. Iqtisodiy tushunchalarni, ta'riflarni qonunlarni, iqtisodiy nazariya va faoliyat uslublarini bilish odatiy va nostandart iqtisodiy muammolarni hal qilishda rahbar imkoniyatni ta'minlaydi. Motivatsion komponent - motivlar, shaxsning individual ahamiyatli qadriyatlari va iqtisodiy boshqaruv faoliyati yo'nalishi uchun muhim xususiyatlar yig'indisi sifatida qaraladi.

Ta'limi tizimi boshqaruv xodimlarining tayanch mutaxassisliklari va ish stajlari turlichaligi bois, ularning iqtisodiy kompetensiyalarni egallashga bo'lgan motivlari turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, yangi iqtisodiy bilimlarga ega bo'lish, iqtisodiy bilimlarni tizimlashtirish, iqtisodiy bilimlarga qiziqish, iqtisodiy sohadagi ko'nikmalarni rivojlantirish, oddiy va murakkab iqtisodiy vaziyatlarda muammolarga yechim topish (sertifikat olish, malaka oshirish vaqti, buxgalteriya xizmatiga ishonchsizlik) va shu kabilar. Iqtisodiy kompetenlik o'z navbatida yangi iqtisodiy bilimlar, ko'nikmalar va tajribalarni o'zlashtirish negizida rahbarning oddiy va murakkab iqtisodiy sharoitlarda o'z imkoniyatlarini to'liq namoyon etishiga xizmat qiladi. Demak, bugungi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar sharoitida, ta'lim tizimi tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligi va iqtisodiy samaradorligini ta'minlashga qaratilgan tizim boshqaruv xodimlarining iqtisodiy kompetentligini rivojlantirishda quyidagi yo'nalishlarga e'tibor qaratilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

- ta'lim tizimi boshqaruv xodimlarining iqtisodiy faoliyatlari sohasiga oid seminar-treninglar, vebinarlar, boshqaruvning iqtisodiy muammolariga oid konferensiyalar, mustaqil iqtisodiy bilimlarni o'zlashtirish, qisqa muddatli o'quv kurslarini tashkil etish asosida malaka oshirish uzluksizligini ta'minlash;

- bevosita malaka oshirish kurslarida, o'quv dasturlari va tegishli modullar mazmunlarini tizim boshqaruv xodimlarining real iqtisodiy faoliyatlari natijasida yuzaga keladigan o'quv ehtiyojlari va talablariga moslashtirish;

- ta'lim tizimi boshqaruv xodimlari malaka oshirish jarayonlarining turli shakllarida, iqtisodiy kompetentlik tarkibini tashkil etuvchi kompetensiyalarni faol o'zlashtirish motivatsiyasini rivojlantirish;

- ta'lim tizimi boshqaruv xodimlari iqtisodiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan maxsus o'quv kurslarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etilishi muhimdir;

- jahon iqtisodiyotida global muammolar kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarlarni shiddatli o'zgarishlaridan kelib chiqib, ta'lim turlari bo'yicha bakalavr, magistr darajadagi ta'lim tashkilotlari menejerlarini mehnat bozoriga tayyorlab borish maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi PQ-3755-son "Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarom.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022 — 2026 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida» ги фармойиши.

3. Овакимян Ye.Ye. Развитие экономической компетентности студентов вузов. Автореферат. - Челябинск, 2010.

4. Мисаилов А.Ю. Компьютерное сопровождение формирования экономической компетентности у студентов учреждений среднего профессионального образования. Автореферат. - М., 2013.

5. Saidaxmedova N.I., Kurbaniyazov Sh.K. Boshqaruv nazariyasi. Darslik. -Toshkent.:"LESSON-PRESS" nashriyoti, 2023 yil.

6. Saidaxmedova N.I., Kurbaniyazov Sh.K. Interrelations of organizational structures in the management process through prospective development strategy of the higher education institution. Galaxy international interdisciplinary research journal (GIIRJ) vol. 11, ISSUE 12, december (2023).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.