MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA RAHBARLIK VA INNOVATSION BOSHQARISHNING ZAMONAVIY SHARTLARI Abdullayeva Lobar Bahodirovna
Toshkent shahri, Uchtepa tumani 592-sonli MTT direktori https://doi. org/10.5281/zenodo. 7926466
Annotatsiya: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini innovatsion boshqarish va rejalashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalardan sanaladi. Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida rahbarlik va boshqarishning yangi innovatsion usullari to grisida fikrlar bildirilgan.
Kalit so'zlar: boshqarish, innovatsiya, rejalashtirish, tashkilot, faoliyat, imkoniyat, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazorat qilish, samaradorlik, ta'lim sifati, bilimdonlik, jamoatchilik, kadr.
Zamonaviy jamiyatda "menejment" so'zini tez-tez eshitishimiz mumkin. Ilmiy-metodik adabiyotlarda bu tushuncha ijtimoiy, shu jumladan, ta'lim jarayonlarini boshqarish tamoyillari, usullari, vositalari va shakllari majmui sifatida talqin etiladi, menejment boshqaruv san'ati deb ham ataladi.
Ta'lim sohasi sifati samaradorligini oshirish borasida yurtimizda ham bir qancha islohotlar olib borilmoqda. Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan farmon, farmoish va qarorlarda hamda 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi qonunda ham buning yorq in dalilini ko'rishimiz mumkin.
Rahbar ta'lim muassasasini boshqaruvi quyidagi tamoyillari asosida tashkillashtiriladi:
-pedagogik tizimni boshqarishda demokratlashtirish va insonparvarlashtirish; -
boshqarishning tizimliligi va yagonaligi;
-ta'lim tizimini boshqarishda axborotning obyektivligi va to'liqliligi;
-yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotini boshqarish ko'p omilli jarayon bo'lib, uning bir qismi tashkiliy tuzilma, ta'lim tashkilotining umumiy madaniyati, rahbarning strategiyasi va taktikasi hisoblanadi. Boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqishda, maqsadlarni belgilashda ta'lim tashkilotlari rahbarlari bugungi kunda davlatning ta'lim siyosatini, tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalari ehtiyojlarini hisobga olgan holda harakat qila olishlari kerak. Ta'lim va tarbiya sifatini ta'lim tashkiloti xodimlarini oqilona boshqarish, ta'lim jarayoniga tashqi va ichki muhitga mos ravishda o'zgartirishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, normativ-huquqiy, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va psixologik omillar asos hisoblanadi. Zamonaviy ta'limni rivojlantirish va uni isloh qilish vazifalarini belgilashda uning sifatini ta'minlash masalalari ustuvor o'rin tutadi.
Ta'lim tizimida innovatsion faoliyatini rejalashtirishning o'zi ham bir qator tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi. Jumladan:
1) strategik (yuqori maqsad) va taktik (bir yillik joriy maqsadlar, oylik vazifalar) rejalarning ustivorligi va ustunligi.
2) strategik va taktik rejalarning ijtimoiy yo'naltirilganligi.
3) rejalashtirish obektlari va ularning zahiralarini oqilona taqsimlash maqsadida ularning muhimligi bo'yicha ajratish.
4) rejalarning mavjud moddiy shart-sharoitlarga mosligi.
5) muayyan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi muqobil rejalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etishda kam xarajatlikka erishish.
6) rejaning iqtisodiy jihatdan asoslanishi;
7) rejalashtirish tizimining teskari aloqasini ta'minlash.
8) rejani amalga oshirishning eng qulay shaklini tanlash.
9) faoliyat davrini tartibga solish va uning izchilligi, ustivorligi ta'minlash.
10) tadbirlarning puxtaligini tahlil qilishga imkon beruvchi faoliyat va grafikli (yozuvli) reja tahlilini amalga oshirish.
Pedagogik faoliyat jarayonini tashkillashtirishda ishlab chiqilgan rejalarni amalga oshirish, qatnashchilar o'rtasida vazifalarni taqsimlash, ularning huquqlari va majburiyatlarini aniqlashdan iborat o'zaro bog'liq harakat mexanizmlarini belgilash maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ta'lim maqsadlarini amalga oshirish uchun sarflangan vaqt va sarflarni qayd qilish, zahiralarni sarflash puxta hisob-kitob olib borilishini talab qiladi.
Innovatsion boshqarishda maktabgacha ta'lim tashkilotlari bilan ijtimoiy tashkilotlar o'rtasidagi o'zaro integratsiya quyidagilarda namoyon bo'ladi:
a) tashkilot rahbarlari, rahbar xodimlar, pedagogik jamoa, boshqaruv organlari, tarbiyachilar, tarbiyalanuvchilar hamda ularning ota-onalar o'rtasida o'zaro hamkorlikni qaror toptirish;
b) turli boshqaruv darajalari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni kuchaytirish, ya'ni maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini o'zaro hamkorlikda boshqarish - bunga ko'ra maktabgacha ta'lim tashkilotlari jamoasining barcha a'zolari qarorlarni ishlab chiqarish va qabul qilish jarayonida faol ishtirok etadi. O'zaro hamkorlikda boshqarish, eng avvalo, faoliyatni rejalashtirishni nazarda tutadi. Boshqaruv darajalari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni kuchaytirishda tabaqalashtirish, individuallashtirish, o'z-o'zini boshqarish organlarining huquq va vakolatlarini kengaytirish, talabchanlik, faoliyatning jamoaviy hamda ijodiy xususiyatini inobatga olish zarur;
c) jamoatchilik tomonidan ko'rsatiluvchi o'zaro yordam asosida vaqtinchalik ijodiy guruhlar (masalan, ilmiy-metodik kengash, ekspert hay'ati va boshqalar)ni tashkil qilish orqali boshqaruv organlari faoliyatida yuqori samaradorlikka erishish.
Boshqaruv faoliyati jarayonida boshqaruvchida, albatta, turli xil muammolar uchraydi va u mazkur muammolarni samarali hal qilish darajasi orqali uning vakolat darajasini aniqlash mumkin. Boshqaruv vakolati rivojlanishi nafaqat o'z-o'zini rivojlantirish va boshqaruvchi faoliyatida tajriba orttirish, balki boshqaruvchining malakasini oshirish, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorining kasbiy qayta tayyorgarligiga bog'liq.
Butun ta'lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun pedagog kadrlar jamoalarini boshqarishning zamonaviy usullari, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni yaxshi biluvchi, innovatsiyalar bozorida samarali ishlashga qodir mutaxassislar kerak. Innovatsiya har bir tashkilot uchun murakkab va og'riqli jarayondir. Ammo innovatsiyalarsiz tashkilotlar, tashkilotlar va firmalar o'rtasidagi raqobat xarakteriga ega zamonaviy jamiyatda ishlash va rivojlanish mumkin emas. Zamonaviy innovatsion jarayonlar juda murakkab va muqarrardir. Ular boshqaruvning istalgan sohasida rejalashtirishni takomillashtirish, boshqaruv organlarining tuzilishi va funksiyalari, kadrlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish muhimdir.
Maktabgacha ta'lim tizimida innovatsion faoliyat - bu tashkilot moddiy-texnika bazasini va ta'lim-tarbiyani yangilashga va rivojlantirishga imkon beruvchi yangi g'oyalar va ishlanmalarni yaratish, o'zlashtirish va tatbiq etishga qaratilgan jarayonlar majmuasi tushuniladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida innovatsion menejment quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
- MT tashkiloti innovatsion faoliyat rejasi va dasturlarini ishlab chiqish;
- MT tashkilotida yangi turdagi ta'lim va tarbiya turlarini yaratish va amaliyotga joriy etish jarayonini kuzatib borish, muhokama qilish;
- tashkilot miqyosida umumiy innovatsion siyosat yurgizilishini ta'minlash;
- innovatsion jarayonlarni moliyaviy va moddiy resurslar bilan ta'minlash;
- tashkiliy tuzilma oldida turgan nnovatsion muammolarni kompleks tarzida hal etmoq uchun maqsadli guruhlarni tuzish.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini innovatsion boshqarishda pedagogik qo'llab-quvvatlashning ustuvorligi ta'lim tashkiloti jamoasi har bir a'zosining o'z ichki imkoniyatlarini anglashlariga yordam beradi. Rag'batlantirish tashkilot jamoasining barcha a'zolari o'rtasida insonparvarlik g'oyalariga asoslangan munosabatni qaror toptirish orqali amalga oshirilishi lozim.
REFERENCES
1. Богуславец Л. Г., Майер А. А. Управление качеством дошкольного образования: метод. Пособие. М.: ТЦ Сфера, 2009. 128 с.
2. Третьяков П. И., Белая К. Ю. Дошкольное образовательное учреждение: управление по результатам. М.: Новая школа, 2003. 304 с.
3. Khalilova Dilnoza Furkatovna. Formation of social competence of future educators in preschool educational organizations. Science and innovation international scientific journal Volume 2 issue 3 march 2023. 174-177.
4. Dilnoza Furqatovna Xalilova. (2023). Talabalarda ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishga oid kasbiy kompetentligini takomillashtirishda innovatsion ta'lim muhiti beradigan natijalar. Conferencea, 76-79. Retrieved from https://conferencea.org/index.php/conferences/article/view/1918
5. D Khalilova. Innovative educational environment as a factor for improving professional competence in developing social relationships in students. - Science and innovation, Volume 2 Issue 1, 2023. 412-413.
6. X.D Furqatovna. Bo'lajak tarbiyachilarning pedagogik faoliyatiga kreativ yondashuv. PEDAGOGS jurnali, 2022/4/15.
7. Dilnoza Furqatovna Xalilova. (2023). Bo'lajak tarbiyachilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish. Conferencea, 115-117.
8. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.
9. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.
10. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.