Научная статья на тему 'BO‘LAJAK MAKTAB RAHBARLARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR'

BO‘LAJAK MAKTAB RAHBARLARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
25
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kompetentlik / boshqaruv / menejment / boshqaruv maktablari / klassik boshqaruv maktabi / inson munosabatlari maktabi / boshqaruvning empirik maktabi / ijtimoiy tizimlar maktabi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Kamalov A.J, Eldorova Z.E

Ushbu maqolada rahbar xodimlar kompetentligini aniqlash, shakllantirish, boshqaruv faoliyati asoslari va boshqaruv uslublari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK MAKTAB RAHBARLARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR»

BO'LAJAK MAKTAB RAHBARLARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR *Kamalov A.J., 2Eldorova Z.E.

1O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi boshqarma boshlig'i,

p.f.f.d.(PhD)

2Nizomiy nomidagi TDPU, Maktab menejmenti ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10810119

Annotatsiya. Ushbu maqolada rahbar xodimlar kompetentligini aniqlash, shakllantirish, boshqaruv faoliyati asoslari va boshqaruv uslublari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: kompetentlik, boshqaruv, menejment, boshqaruv maktablari, klassik boshqaruv maktabi, inson munosabatlari maktabi, boshqaruvning empirik maktabi, ijtimoiy tizimlar maktabi.

Аннотация. В данной статье мы поговорим об определении, формировании, основах управленческой деятельности и стилях управления компетенцией руководителя персонала.

Ключевые слова: школа компетентности, менеджмент, менеджмент, школы менеджмента, классическая школа менеджмента, школа человеческих отношений, эмпирическая школа менеджмента, школа социальных систем.

Abstract. In this article we will talk about the definition, formation, fundamentals of management activities and management styles of the head of staff competence.

Keywords: school of competence, management, management, management schools, classical school of management, school of human relations, empirical school of management, school of social systems.

Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu — ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz,

Vatanimizning yorug' istiqboli, birinchi navbatda, ta'lim tizimi va farzandlarimizga

berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog'liq.

Sh.Mirziyoev

Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma'rifat va ta'limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo'lmaydi, insoniyat fan o'qi atrofida aylanayotgandek go'yo. Jahonning yetakchi davlatlarida ta'limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo'lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog'liqdir.

Ma'lumki har qanday faoliyat turi boshqaruv asosiga quriladi, chunki shu faoliyatni amalga oshirishda ko'zlangan maqsadga erishish, bajariladigan vazifalarni taqsimlash, ijrosini nazorat qilish, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun shu faoliyatda ishtirok etuvchilarning manfaatlarini himoya qilish, rag'batlantirish chora tadbirlari boshqaruv jarayonida tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi. Mamlakatimizda rahbar kadrlarni tayyorlash bugungi kunda har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, har jihatdan mukammal rahbarlarni tayyorlamay turib, jamiyatni rivojlantirib bo'lmaydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi PQ-3755-son "Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror, «2022 — 2026 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida» 2022 yil 11 maydagi PF-134-son, «Maktabgacha va maktab ta'limi

vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida» 2023 yil 26 maydagi PF-79-son farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 25 dekabrdagi 681-son "Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o'quv kurslarida o'qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori hamda boshqaruv faoliyatiga tegishli boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan masalalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish xozirgi kundagi asosiy vazifalardan biri sanaladi.

Maktablar bilim bilan birga tarbiya, ma'naviyat maskani. Demak, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi ko'p jihatdan rahbarlarga, ularning boshqaruv sohasidagi professional mahoratiga bog'liq. Shuning uchun maktab rahbari ta'lim muassasasida vujudga keladigan muammoli vaziyatlarda ham rahbarlarga xos ravishda, o'z vakolati doirasida faoliyat ko'rsatishi, stereotiplarni, ya'ni jamoada mavjud bulgan sun'iy to'siq va muammolarn hal etishda, turli yo'nalishlarda qarorlar qabul qilishda jamoa fikrini o'rganishi, boshqaruv jarayonida tarbiyaviy munosabatlar mavjudligi hamda tarbiyaviy munosabatlarda "rahbar-xodim" munosabatlarining ko'p qirrali ekanligi boshqaruv jarayonida o'zaro bevosita ta'sirlar mavjudligini e'tiborga olishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Jahondagi boshqaruv va uni tashkil etishning nazariyotchilaridan biri Piter F.Druker aytganidek, "Boshqaruv alohida faoliyat turi bo'lib, tashkil etilmagan betartib ommani, bir maqsadga yo'naltirilgan samarali va unumli guruhga, jamiyatga aylantiradigan, sotsial o'zgarishlarni rag'batlantiruvchi element hisoblanadi". Kuzatishlar shuni ko'rsatmokdaki, maktab amaliyotida umumiy o'rta ta'lim muassasasi rahbarlarining ko'pchiligida boshqaruv yo'nalishlari bo'yicha zaruriy bilim, kasbiy faoliyat tajribalari, pedagogik mahorat, ko'nikma va malakalarni yetarli darajada emasligi ta'lim jarayonini boshqarishda muammolarni vujudga kelishiga sabab bo'lmokda. Ta'lim tizimida (ehtimol, boshqa istalgan sohada bo'lgani kabi) muttasil tajriba o'tkazish, tizimning konfiguratsiyasini, tartib-qoidalarini va mazmunini tinmasdan o'zgartiraverish mumkin emas. Har qanday yangilik hozirgi holat va ungacha amalga oshirilgan ishlarning puxta, ilmiy asoslangan tahliliga tayanishi zarur. Aks holda, tizim boshboshdoqlikka yuz tutishi xavfi vujudga keladi, uning ko'p sonli va qarama-qarshi qoidalarini hatto eng tajribali mutaxassis ham tushuna olmaydigan vaziyat yuzaga keladi. Shunday ekan, maktab rahbarlarining menejment, jumladan, ta'lim menejmentiga oid bilimlarni zamonaviy xoslikda tushunishi shakllangan bo'lishi zarur.

Bu borada qator tadqiqotlar ta'lim menejmentining asosiy funksiyalarini amalga oshirish va maqsadga erishish usullari ajratib ko'rsatilgan: Pedagogik xodimlarni iqtisodiy rag'batlantirish (mehnatning xajmi va sifatini inobatga olib, toifa va unvonlar uchun haq to'lashi va h.k.); tashkiliy yoki ma'muriy boshqaruv (ijrochilar faoliyatini reglamentini belgilash, qaror, farmoyish, buyruq va h.k.); psixologo-pedagogik ta'sir ko'rsatish (maslahat, iltimos, tilak, minnatdorchilik va h.k.) va jamoaviy ta'sir etish - ta'lim muassasasini boshqarishga pedagoglar va o'quvchilarni jalb qilish.

Shunday ekan, hozirda Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 25 dekabrdagi 681-son "Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o'quv kurslarida o'qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori asosida bo'lajak umumiy o'rta ta'lim direktorlari kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun Menejerlik kurslari maktab direktorlarini tanlash, tayyorlash va ularni uzluksiz malakasini oshirishning ilg'or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo'li bilan tizimda kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo'yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo'lib, zamonaviy talablar asosida

umumiy o'rta ta'lim maktablari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik sertifikatini olishga tayyorlashda menejerlik ko'nikmalarini shakllantirish va kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi. Nomzodlar (tinglovchilar) zamonaviy boshqaruv, jamoada ishlash, ota-onalar bilan muloqot qilish, moliyaviy savodxonlik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko'nikmalari bo'yicha o'qitiladi. Menejerlik sertifikatiga ega bo'lgan nomzodlar orasidan maktab direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi shakllantiriladi. Endilikda nomzodlar faqat sertifikata mavjud bo'lgan va mazkur nomzodlar zaxirasiga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi.

Yuqoridagi amaldagi ishlar davr talabi, sivilizatsiya taqozasi, jamiyat taraqqiyoti, ravnaqining zaruriyatidir. Maktabni boshkarish - bu raxbarlar bilan pedagoglarning xamkorlikdagi faoliyatidan iborat bulib, ta'lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va uni boshkarish, mazkur jarayon ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqqlashtirish hamda o'quvchilarga fanlar bo'yicha chukur bilim va axloqiy tarbiya berish, kasb tanlashga yo'llash va har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yunaltirilgan, ilmiy asoslangan faoliyatdir.

Jahondagi ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida rahbarlar kompetentligini takomillashtirish, kasbiy tajriba asosida rahbar boshqaruv kompetentligini rivojlantirish, boshqaruvchi kommunikativ kompetentligini xalqaro hamkorlikda rivojlantirish, rahbar professional kompetentligini akmeologik baholash, yosh rahbarlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini shakllantirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada biz shu masala bo'yicha ilgari surilgan fikr va qarashlar Abu Nasr Farobiyning «Aql to'g'risida»gi risolasi, Amir Temurning «Temur tuzuklari» asari, Alisher Navoiy asarlarida va zamonamiz olimlaridan N.Boymurodovning «Rahbarlik psixologiyasi», M.Qoplonova, O.Avlaevning «Boshqaruv psixologiyasi», R.X.Djuraev, J.G'.Yo'ldoshev, S.A.Usmonovning «Ta'lim menejmenti», R.Sh.Ahlidinovning «Maktab boshqaruvida ichki nazorat», N.Komilov, A.Begmatov, M.Quronovning «Rahbar va xodim» kabi ilmiy asarlarida ko'rishimiz mumkin.

Ma'lumki, istalgan kabsiy tayyorgarlik nafaqat bilimlarning ma'lum miqdorini o'zlashtirish, balki ma'lum darajada fikrlash, idrok, tasavvur madaniyati va boshqa qobiliyatlarni shakllantirishni talab etadi.

Shu sababli ta'lim menejerlarini maktab ta'limi menejmentini amalda realizatsiyalashga tayyorlash umumilmiy va metodik tayyorgarlikning amaliy yo'nalganligini oshirish, ya'ni maktab ta'limi sifatini menejmentining o'ziga xosliklarini amaliy o'zlashtirishni taqozo qiladi. Bundan tashqari, o'sib kelayotgan avlodning rivojlanishi va tarbiyasi, yosh shaxsning zamonaviy sharoitlarda ijtimoiylashishini tubdan yaxshilashga qodir bo'lgan ta'lim menejerlari kasbiy tayyorgarligining ijtimoiy ahamiyati ortishi mazkur jarayonda (tayyorgarlikda) psixologik tayyorlik masalasini ajratib ko'rsatish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Boshqaruvning mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishini va iqtisodiy aloqalarini murakkablashuvi bilan kengayib boradi. Boshqarish usullari kishilarni, jamiyatni ob'ektiv ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish qonunlari talablarini bajarishga undaydi. Ular aniq bir usul, uslub, maqsadga erishish yo'lini ifodalaydi. Har bir muassasaning faoliyatidagi sa-maradorlik, birinchi navbatda, jamoadagi shaxslararo munosabatlarning qanchalik to'g'ri tashkil etilgani yoki etilmaganligiga bog'liq.

Rahbar bajaradigan amallar

1-jadval.

Vazifalar Vazifalarni bajarish

Yo'naltirish Pedagogik va o'quvchilar jamoasini milliy istiqlol mafkurasining asosiy g'oyalari, tamoyillari asosida faoliyat ko'rsatishga yo'naltirish

Vazifa qo'yish «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun, shuningdek, rasmiy hujjatlar asosida pedagog va o'quvchilar jamoasi oldiga shaxs va jamoani tarbiyalash bo'yicha vazifa qo'yish

O'rganish Pedagogik jamoaning ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish uchun aniq maqsad qo'yish va kerakli metodik shakllarni topishga o'rganish

Yordam berish Jamoada mehnat faoliyati va ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil etish va faollashtirishga yordam berish

Qo'llash Pedagogik va o'quvchilar jamoasi, o'qituvchi va o'quvchilar tashabbusini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish

Maslahat berish Jamoaga o'z imkoniyatlarini to'liq ishlatishi uchun kerakli amaliy-uslubiy maslahatlar berish

Kuzatish Kattalar va bolalar jamoasining saviyasi, axloqiy va madaniy-ma'rifiy o'sishini takomillashtirib borishini kuzatish va o'rgatish

Tartibga solish Jamoaning ishga bo'lgan va o'zaro munosabatlari, jamoa a'zolarining mehnat faoliyatlarining ijobiy-salbiy tomonlarini tartibga solish

Ko'rsatma berish Jamoaga mehnat faoliyatlarini tashkil etishida kerakli ko'rsatma berish

Nazorat qilish Pedagog xodimlar va o'quvchilar faoliyatlari natijalarini muntazam nazorat qilib borish

Boshqarish Avtoritar, ya'ni yakka hokimlik usulida barcha ishlarni o'zi hal etishga harakat qilishi, «MEN» ini yuqori qo'yish; demokratik, ya'ni pedagogik jamoa va o'quvchilar bilan hamkorlikda fikrlashib, ish olib borish; liberal, ya'ni o'z ishiga, vazifalariga e'tiborsizlik bilan qarash, mas'uliyatni sezmaslik.

Boshqacha aytganda, ishning qanday tashkil etilishi rahbarlik, boshqaruvchilikning tashkil etilishi darajasiga bog'liq. Rahbarlik 1-jadvalda berilgan amallar bajarilishini taqozo etadi. Rahbarlikda ba'zida o'z e'tiborini faqat vazifalarga, ishga qaratgan yoki faqat xodimlarga qaratgan rahbarni ko'rish mumkin. Albatta, bunday ko'rinishdagi rahbarlarning ikkalasi ham jiddiy kamchiliklarga ega, deb baholanadi. Shu o'rinda boshqaruv madaniyati, boshqaruv ma'naviyati tushunchalarini izohlab o'tishni joiz deb bildik, ya'ni, boshqaruv madaniyati - boshqaruv va rahbarlik sohasidagi muayyan maqsadga erishish yo'lida insoniy salohiyatni ro'yobga chiqarishga qaratilgan madaniy-ma'rifiy tadbirlar majmui. Boshqaruv madaniyati xodimlar faoliyati, maqsad-muddaolari va ularning qadriyatlarini hisobga olgan holda boshqaruvni amalga oshirish hisoblanadi. Boshqaruv ma'naviyati esa bu - ma'naviyat tamoyillarining boshqaruv sohasida namoyon bo'lishi, rahbarga xos ma'naviy fazilatlar, jamiyat va davlat hayoti, barcha sohalardagi boshqaruvning ma'naviyat talablariga mos bo'lishini anglatuvchi tushuncha.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida va global axborot oqimining ko'pligi davrida rahbardan juda katta mas'uliyat talab etiladi. Shu o'rinda quyidagi rahbarlik vazifasi mezonlarini keltirib o'tamiz:

1. Ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy yetuklik, davlat va ta'lim siyosatini to'g'ri tushunish va talqin qilish.

2. Umumiy o'rta ta'lim direktorlik lavozimiga zarur bo'lgan tajriba, bilim, ko'nikma, malakaga ega bo'lish.

3. Ta'lim tizimi va o'quv muassasasi o'qituvchilari, xodimlari, o'quvchilar faoliyatini oldindan seza bilishi, shunga qarab chora-tadbirlarni belgilash.

4. Axloqliligi va tarbiyalanganligi, obro'-e'tibori, rostgo'yligi, adolatliligi, kamtarligi, barcha kamchiliklarga murosasiz bo'lishi.

5. So'zi bilan ishi birligi, ishchanligi va uddaburonligi.

6. Inson psixologiyasini bilishi, har tomonlama rivojlangan psixologik muhit o'rnatishga intilishga erisha olishi.

7. Umumiy o'rta ta'lim ta'lim muassasasining barcha rahbariyati, pedagogik xodimlarning vazifalarini to'g'ri taqsimlay olishi, ularning natijalarini xolisona baholashi.

8. Umumiy o'rta ta'lim ta'lim muassasalari pedagogik xodimlari va o'quvchilar bilan samimiy munosabatda bo'lishi, mumkin qadar qulay sharoit yarata olishi.

9. O'z mehnat faoliyatini to'g'ri tashkil eta olishi, o'quv-tarbiyaviy jarayonning samarali bo'lishiga imkoniyat yarata olishi.

10. Pedagog-o'qituvchilar, xodimlar, o'quvchilarning sog'lom bo'lishlari, ishchanlik holatlarini saqlashlari, ularning kundalik ehtiyojlarini qondirishga bo'lgan sharoitni yaratishi, zaruriy moddiy-ma'naviy yordam berishning imkoniyatlarini tanlay bilishi.

Bulardan tashqari, rahbar o'z ish faoliyatini amalga oshirishida boshqaruvda monitoring tizimini amalga oshirishi samarali natija beradi. Pedagogik faoliyatni kuzatish, axborot to'plash, saqlash, qayta ishlash uning ahvoli, taraqqiyoti istiqbolini belgilab beradi. Natijada ta'lim muassasasi jamoasidagi «psixologik iqlim» mo'tadillashib, pedagogik jamoa mehnatining unumdorligiga ta'sir ko'rsatdi.

Umumiy o'rta ta'lim ta'lim muassasasi ichki boshqaruvi tizimida pedagoglar jamoasini va uning ayrim a'zolarini moddiy va ma'naviy jihatdan rag'batlantirish muhim ahamiyatga ega. Moddiy-ma'naviy rag'batlantirish tizimlari ongli-intizomli o'quvchilarning tarbiyalanishiga turtki bo'ladi.

Ushbu ma'lumotlar asosida xulosa qiladigan bo'lsak, boshqaruv insonlarni ongli mehnatga, ishga ma'suliyatliligini nazorat qilish, ularning bilim va ko'nikmalarini faoliyatga

ijobiy ta'sir ko'rsatishini ta'minlash, rag'batlantirishni tashkil etishdir. Xo'jalik yuritishning barcha bo'g'inlarida boshqarishni tashkil etish shakllari, uslublarini ifodalovchi nazariy va amaliy tamoyillari majmuidan iborat. Boshqaruv usullarini puxta egallagan, uni to'g'ri qo'llay biladigan rahbar shu faoliyatni samarali boshqarishda nafaqat ishlab chiqarishda, qolaversa, butun iqtisodiyot rivojlanishida katta ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi PQ-3755-son "Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 25 dekabrdagi 681-son "Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o'quv kurslarida o'qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori.

3. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. T.: «O'zbekiston», 2017.

4. Saidaxmedova N.I., Kurbaniyazov Sh.K., Xusniddinov M.M.Boshqaruv nazariyasi. Darslik. T.:"LESSON-PRESS" nashriyoti, 2023 yil.

5. Ma'naviyat asosiy tushunchalar izohli lug'ati. T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2013.

6. Saidaxmedova N.I., Otaboeva L.F. Iqtisodiy ta'limning rivojlanishtirish masalalari. Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar. To'plam. T.:, 2024-yil 20-fevral.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.