Научная статья на тему 'TA’LIM – TARBIYA USTOZ-MUALLIM BILAN MUSTAHKAM VA BARDAVOM YASHOVCHI KUCH'

TA’LIM – TARBIYA USTOZ-MUALLIM BILAN MUSTAHKAM VA BARDAVOM YASHOVCHI KUCH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagog / ustoz / o‘qituvchi / ta’lim-tarbiya / guvernyor / grammatiatlar / pedanomlar / didaskallar / pedotrib.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ahmedova D. A.

Mazkur maqolada, o‘qituvchilik kasbi va uning mashaqatli va sharafli tomonlari haqida ma’lumotlar berilib o‘tilgan, hamda bu kasbning nazariyalari keng yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM – TARBIYA USTOZ-MUALLIM BILAN MUSTAHKAM VA BARDAVOM YASHOVCHI KUCH»

YANGI O'ZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVaJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

TA'LIM - TARBIYA USTOZ-MUALLIM BILAN MUSTAHKAM VA BARDAVOM YASHOVCHI KUCH

Ahmedova D. A.

NVPMM metodik xizmat ko'rsatish bo'limi boshlang'ich ta'lim metodisti

Shoirga dedilar siz baxtli inson, Elingiz ardoqlar, hamma taniydi.

Shoir javob berdi, menda bor armon, Muallim desalar meni qaniydi!

(A.Oripov)

https://doi.org/10.5281/zenodo.13943938

Annotatsiya. Mazkur maqolada, o'qituvchilik kasbi va uning mashaqatli va sharafli tomonlari haqida ma'lumotlar berilib o'tilgan, hamda bu kasbning nazariyalari keng yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: pedagog, ustoz, o'qituvchi, ta'lim-tarbiya, guvernyor, grammatiatlar, pedanomlar, didaskallar, pedotrib.

Аннотация. В данной статье представлена информация о профессии учителя, ее сложных и почетных сторонах, а также теории этой профессии.

Ключевые слова: педагог, учитель, учительница, образование, правитель, грамматисты, педаномы, дидаскалы, педотриб.

Annotation. This article provides information about the teaching profession, its difficult and honorable sides, as well as the theory of this profession.

Keywords: pedagogue, teacher, teacher, education, governor, grammarians, pedanomes, didaskals, pedotrib.

O'qituvchilar biz uchun yaratgan tomonidan berilgan alohida bir ne'matdir. Aynan ular millatni ulug'likka yetaklaydilar, insonni yetuk qiladilar va dunyoni yaxshi tomonga o'zgartiradilar. Aynan o'qituvchilar bizga qalam qilichdan muhimroq ekanligini o'rgatadi. Ular jamiyatda hurmatga sazovordir, ular insonlarning turmush darajasini oshiradi. Ular insoniyatni tarbiyalaydi va insoniy fazilatlarni o'rgatadi, yaxshi jamiyat qurishga hissa qo'shadi. Axir bejiz aytishmaydiku, "Ustoz-otangdek ulug'" deb, chunki otalarimiz bizga hayot bahsh etishadi, yashashimiz uchun bor imkoniyatlarni yaratadilar. Ustozchi?, ustozlarimiz bizlarga dunyoni ko'rishni, anglashimizni, uni tarannum etishimiz uchun ilm ulashadilar.

O'qituvchi juda keng ma'noni anglatuvchi, doimiy izlanishda, o'rganishda bo'lguvchi kasb egalari. Ularga bir necha asrlar davomida insoniyat tomonidan o'zgacha extirom va hurmat ko'rsatganlar. Bugun ham ayni shundaymi? Bugun ustoz- murabbiylarga, pedagog -o'qituvchilarga bo'lgan munosabat o'zgardimi? Bunday savollar bisyor ammo o'qituvchi-pedagoglarga munosabat, ularning mavqeini yanada mustahkamlash to'g'risidagi chora-tadbirlar, islohatlar, ular uchun yaratilgan imkoniyat va shart - sharoitlar ham beqiyosdir.

Hayotimiz davomida so'zlarimiz orasida "O'qituvchi - pedagog"lar jumlasi juda ko'p ishlatiladi. Keling avvalo bu ikkisning farqi haqida bilib olaylik.

Bir qaraganda bu ikki so'zlar sinonim sifatida ishlatiladi, bu to'g'ri. Ammo ayrim qirralari bilan ikkisi bir-biridan farq qiladi. Ya'ni, pedagog (yun. paidagogos — tarbiyachi) — pedagogika mutaxassisi; bolalar va yoshlarni tarbiyalash va o 'qitish bilan shug'ullanuvchi, shu soha bo'yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan shaxsdir. O'qituvchi esa umumiy o'rta ta'lim,

"YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda oliy o'quv yurtlarida ta'lim-tarbiya ishlarini amalga oshiradigan, o'quv jarayoniga rahbarlik qiladigan mutaxassisdir.

O'qituvchilik kasbi juda qadim zamonlardan buyon inson faoliyatining alohida turi sifatida mavjud. Chunki inson faqat ta'lim tarbiya tufayligini hayotini davom ettira va rivojlantira oladi. Tamaddunning Ossuriya, Bobil, Misr, Turkiston, Hindiston, Xitoy singari qadimiy o'choqlarida topilgan tarixiy madaniy obidalar bu o'ikalarda o'qituvchilik kasbi juda qadim zamonlarda shakllanganligini ko'rsatadi. Bu davrlarda eng oqil, tajribali kishilar o'qituvchilik bilan shug'ullanishgan va ular boshqalarga qaraganda katta imtiyozlarga ega bo'lishgan. Yunonistonda faqat ozod kishilargina o'qituvchilik qilishga haqli hisoblangan. Ular mamlakatning turli yoshlarida grammatiatlar, pedanomlar, didaskallar, pedotriblar shaklida nomlanganlar va ko'pincha o'z shaxsiy maktablariga ega bo'lganlar. Boy oilalarda esa, ta'lim-tarbiya ishi bilimli va savodli qullarga topshirilib, ular paydagoglar ("pedagog" so'zi shundan kelib chiqqan), ya'ni "bola yetaklovchilar" deb atalgan. Rim imperiyasida o'qituvchilik imperator nomidan tayinlanadigan davlat amaldori sanalgan. O'rta asrlarga kelib, G'arb mamlakatlarida o'qituvchilik bilan, asosan, cherkov xizmatchilari shug'ullanishgan. Shaharlarda dunyoviy maktablar tashkil topgach, hunarmandchilik sexlari va savdogarlar gildiyalari tomonidan taklif etilgan yollanma o'qituvchilar paydo bo'ldi. Texnika taraqqiy etib, fkazdlar ko'payishi bilan o'qituvchilik eng ommaviy kasblardan biriga aylandi. Chunki ma'lum darajada ta'lim ko'rmagan odam texnika vositalaridan foydalana olmas edi. Buning uchun esa, ko'plab maktab va o'qituvchilar kerak bo'lardi. Ayni vaqtda, XVIII - XIX asrlarda boy oilalarda murabbiy, guvernyor singari uy o'qtuvchilaridan foydalanish keng yoyildi.

Sharq mamlakatlari, jumladan, Turkiston o'lkasida ham o'qituvchi eng qadimiy va obro'li kasb hisoblanib, "ustoz" deb e'zozlangan. O'lkaga islom dini kirib kelishi bilan har bir qishloq, shaharlardagi har bir mahallada masjid va deyarli har bir masjid qoshida maktab tashkil etildi. Bu maktablarning o'qtuvchilari "domla" deb ataldi. Shuningdek, maktablar alohida shaxslar uyida ham tashkil etilib, ular maktabdor deyilgan. O'lkamizda qizlarni o'qitishga ham alohida e'tibor qaratilib, savodli ayollar uylarida maktablari tashkil etilgan. Bu maktab o'qtuvchilari "otinoyi" yoki "otinbibi" deb yuritilgan. Ta'lim davlatdan ajratilganligi, bolalarning o'qishi, asosan, ota-onalarning ishi hisoblangani uchun ham Turkistonda o'qtuvchilik kasbiga maxsus tayyorlanilmagan. Madrasa ko'rgan yoki maktabdan so'ng o'z ustida ishlagan savodli kishi o'qtuvchilik bilan shug'ullanishi mumkin bo'lgan.

Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning fikricha, ilm fanni yoshlikdan boshlab o'qib o'rganish kerak: "Yoshligingda yig'gil bilimni, qariganda sarf qil ani'' deb bilim olishga undagan. Uning " Mahbub ul qulub " ''Ko 'ngillarning sevgani'' asari -oltmish yillik umri davomida hayotda ko'rgan kechirganlarini teran tahlil qilib, xulosalar chiqargan donishmandning kelgusi avlodlarga qoldirgan buyuk ma'naviy merosidir. Navoiy donishmand va murabbiy , ulkan madaniyat arbobi sifatda ilm- fan , san'at va adabiyotning ahamiyatini targ'ib qiladi, malakali, iqtidorli o'qituvchilarni, olimlarni, shoirlarni, san'atkorlarni maqtaydi, ularni hurmat qilishga va qadrlashga chaqiradi. Bu o'rinda u murabbiylarning halol xizmatlarini alohida takidlaydi. Asarning har bir qismida ulug' mutafakkir Alisher Navoiyning yuksak ma'naviy qiyofasi, buyuk ma'rifatparvar ekanligini, uning so'z kuchi qudratini his qilamiz. Alisher Navoiy ilmni ta'riflaganda "Ilm olib amal qilmagan kishi, misoli yerni haydab urug' sepmaganga yoki urug' sepib, undan hosil olmaganga" o'xshatadi. Shunday ekan biz ham har bir o'rganayotgan narsamizni mukammal o'rganishimiz va undan o'z hayotimizda samarali foydalanishimiz va boshqalarga foydamiz tegishi zarur.

"YANGI O'ZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

XIX asrning oxiridan, ya'ni o'lkada ma'rifatchilik harakati paydo bo'lishi bilan o'qtuvchining saviyasiga alohida e'tibor beriladigan bo'ldi. Turkistonda an'anaviy yo'sinda o'qitadigan o'qtuvchilar bilan birga Yevropa mamalakatlaridan o'zlashtirilgan usullarda dars beradigan yangi muallimlar ham faoliyat ko'rsata boshladi. Bu hol, ayniqsa, jadidchilik harakati avj olgan kezlarda ancha keng yoyildi. O'qtuvchilar saviyasining oshganligi millat ruhiyatida uyg'onish bo'lishiga, taraqqiyotning bir qadar tezlashuviga olib keldi.

"XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bir qator sharq va musulmon mamlakatlarida vujudga kelgan jadidchilik harakati Turkiston o'lkasida teran tarixiy ildizlarga egadir. Yurtimiz ulkan ijtimoiy-siyosiy va ma'rifiy ahamiyatga ega ushbu jarayonlardan chetda qolmagani, aksincha, bu harakatning markazlaridan biriga aylanganini ta'kidlash lozim. O'z zamonining ilg'or namoyandalari bo'lgan jadidlar g'oyat murakkab va qiyin sharoitda bilim va ma'rifat tarqatish, ta'lim-tarbiya sohasini tubdan isloh etish orqali milliy taraqqiyotga erishish g'oyasi bilan maydonga chiqdilar. Shu maqsadda o'z mablag'lari hisobidan maktab va teatrlar, nashriyot va kutubxonalar, gazeta va jurnallar tashkil qildilar, qobiliyatli yoshlarni chet ellarga o'qishga yubordilar. Ularning bu olijanob tashabbus va harakatlari jamiyat hayotida kuchli aks sado berib, qudratli to'lqinga aylandi. O'ylaymanki, tarixda ikki buyuk Renessansga zamin bo'lgan mintaqamizda uchinchi Renessansni aynan jadid ajdodlarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Afsuski, mustabid tuzum ularning ezgu g'oya va amaliy harakatlarini to'la ro'yobga chiqarishga imkon bermadi. Biz bugun mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati, huquqiy demokratik davlat barpo etar ekanmiz, jadid bobolarimizning gumanistik qarashlariga tayanamiz, ularning merosidan ma'naviy kuch-quvvat olamiz. Yurtimizda mustabid tuzum davrida siyosiy qatag'onga uchragan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish bo'yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. 31 avgust - Qatag'on qurbonlarini yod etish kuni sifatida keng nishonlanmoqda. "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasi, Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va uning hududiy bo'limlari faoliyat olib bormoqda. Jadidchilik harakati tarixiga oid ilmiy tadqiqotlar, badiiy asarlar, kinofilmlar ko'plab yaratilmoqda. Ulug' ma'rifatparvarlarimiz nomlari bilan ataladigan yodgorlik majmualari, ta'lim muassasalari, muzeylar, bog' va xiyobonlar barpo etilmoqda. O'tgan uch yil mobaynida O'zbekiston Oliy sudi tomonidan qatag'on qurboni bo'lgan to'rt yuzdan ziyod vatandoshlarimizning nomlari oqlandi. Ularning aksariyat qismini jadidchilik harakati vakillari tashkil etishi ayniqsa e'tiborlidir. Hurmatli do'stlar! Biz ma'rifatparvar bobolarimizning muqaddas orzularini ro'yobga chiqarish uchun mamlakatimizda yangi Renessans poydevorini yaratishni strategik vazifa qilib belgilaganmiz. Shu maqsadda ilmfan, ta'lim-tarbiya, madaniyat sohalarida tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz" (SH.Mirziyoyev: Jadidlar merosini o'rganishga bag'ishlangan xalqarokonferensiya ishtirokchilariga yo'llagan tabrigidan.2023 yil 6-mart)

Hozirgi pedagogika fani o'qituvchining amaliyotchilik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik, vositachilik, ijrochilik singari vazifalari borligini qayd etadi. Ana shu vazifalarni to'la uddalaydigan o'qituvchigina bugungi yosh avlodning barkamol shaxslar sifatida shakllanishiga ta'sir ko'rsata oladi. Istiqlol davri o'qituvchilarida ana shunday xususiyatlarni qaror toptirish mamlakat taraqqiyotini ta'minlash omilidir.

Shuni aytish kerakki, o'qituvchi alohida ijtimoiy hodisa bo'lib, jamiyat a'zolarining shakllanishiga ta'sir ko'rsatgani uchun ham uning shaxslik sifatlari kasbiy fazilatlaridan muhimroq hisoblanadi. Chunki u jamiyatning buguni va ertangi kuni qiyofasini shakllantiradi. Shuning uchun ham o'qituvchining professional jihatdangina yetuk bo'lishi kifoya qilmaydi. Uning ma'naviy olami o'quvchilarga singdirilishi ko'zda tutilgan ezgu insoniy sifatlarga

YANGI OZBEKISTONDA O ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

to'yingan bo'lishi kerak. O'qituvchilar tayyorlanadigan o'quv yurtlarida ayni shu jihatga alohida e'tibor qaratiladi.

Xulosa qilib aytganda, o'qituvchi faqat o'qituvchi vazifasini bajarmaydi. Zarur bo'lganda ular turli rollarga moslashadi. Biz xafa bo'lganimizda ular do'st bo'lishadi, biz yordamga muhtoj bo'lganimizda ota-onamiz kabi g'amxo'rlik qilishadi. Shunday qilib, ustozlar haqida gap ketganda ularning o'quvchilar hayotiga qanday ta'sir qilishini va uni qanday inson bo'lib shakllanishidagi rolini cheksiz ta'riflash mumkinligiga amin bo'lamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. SH. Mirziyoyev: Jadidlar merosini o'rganishga bag'ishlangan xalqarokonferensiya ishtirokchilariga yo'llagan tabrigidan. 2023 yil 6-mart

2. Alisher Navoiy "Mahbub ul-qulub'' Toshkent G'afur G'ulom nomidagi nashriyot matba ijodiy uyi, 2011-yil, 453 -454 bet

3. . Alisher Navoiy "Mahbub ul-qulub" Yoshlar nashriyot uyi , Toshkent 2018- yil 117-bet

4. Masharipova .Z "Mahbub ul-qulub hikmatlarida xalq maqollari" Navoiyga armug'on. 5-kitob. Toshkent .2006. 78- bet.

5. Shavkat Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston" gazetasiga bergan intervyusidan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.